Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

OLTIN_PRESS
Oltinko‘l tumanida ro‘y berayotgan jamiyat, iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat, sport, texnologiyalarga oid eng so‘nggi xabarlar. 2021/ ©
Subscribers
3 890
24 hours
-10
30 days
Post views
1 280
ER
0,2%
Posts (30d)
214
Characters in post
864
December 11, 03:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun, 11-dekabr haftaning payshanba kuni.
☁️
+9°...+5°, Bulutli
📆
Bugun:
🇺🇳
Xalqaro tog‘lar kuni.
🌏
Xalqaro Tango raqs bayrami kuni.
🌏
Butunjahon bronxial astmaga qarshi kurash kuni.
🇦🇷
Argentina - Milliy tango bayrami.
🇧🇫
Burkina-Faso - Respublika kuni.
🇮🇶
Iroq - Kurd xotin-qizlari Ittifoqi tashkil topgan kun.

Tarixiy voqealar:
🏳️
1946 - BMT huzurida UNICEF tashkil topdi.
🚀
1972 - Apollon-17 ekipaji  kosmik kemani XX asrda so‘ngi marta Oyga qo‘ndirishdi.
🕰
1981 - Big Ben soati sovuq tufayli 12: 27da to'xtab qoldi.
🚅
2000 - AQShda yuqori tezlikdagi “Acela Express” poyezdlarining muntazam qatnashi yo‘lga qo‘yildi.
✍🏻
Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|

December 10, 12:24
Media unavailable
8
Show in Telegram

Tibbiyot sohasidagi islohotlar bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi
Bugun Oltinko‘l tumanida sog‘liqni saqlash tizimidagi yangilanishlar va islohotlarni aholiga yetkazish maqsadida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman tibbiyot birlashmasi rahbari D. Nazirjonov, KTTI, OP va OShP boshliqlari, bosh hamshiralar hamda 178 nafar fuqarolar ishtirok etdi.
Seminar maqsadi: Prezident farmoni PF-88 va qarori PQ-185 ijrosini tushuntirish, 2026 yildan joriy etiladigan yangi tizim hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni sodda va tushunarli tilda yetkazish edi.
Tadbirda oila shifokori bilan bitim tuzish, yo‘llanmasiz pullik xizmat ko‘rsatish, texnika va laboratoriya xizmatlarini markazlashtirish, hujjatlarni elektronlashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi va yangi tizimning afzalliklari tushuntirildi.
✍🏻
Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|

December 10, 11:59
Media unavailable
10
Show in Telegram

Oltinko‘l tumanida raqamli tadbirkorlik bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Oltinko‘l tumanida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PQ-247-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun raqamli platforma orqali biznes yuritish qulayliklarini yaratish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda raqamli xizmatlardan foydalanish tartibi, onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari, hisobotlarni yuritish hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan amaliy ma’lumotlar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga zarur ko‘nikmalar namoyish etilib, ular qiziqtirgan savollarga javoblar taqdim etildi.
✍🏻
Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|

December 10, 09:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yana bir masala – respublikada ekin maydonlaridan o‘tgan
70 ming kilometr uzunlikdagi ochiq drenaj va kollektorlar
bor.
Agar ular
bosqichma-bosqich yopiq tizimga o‘tkazilsa, ekin ekish uchun qo‘shimcha maydon ochiladi, zovurlarni tozalash xarajatlari karrasiga tejaladi.
Bu masala,
ayniqsa, yer tanqis bo‘lgan vodiy viloyatlari uchun juda dolzarb.
Shu bois,
ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha alohida dastur
qabul qilinib, bu maqsadlar uchun
100 million dollar
ajratilishi belgilandi.
Viloyat hokimlari tajribali tadbirkorlar bilan kelasi yilning o‘zida
kamida 10 ming kilometr drenajni yopiq tizimga o‘tkazib, 20 ming gektar qo‘shimcha ekin maydoni ochish
uchun mas’ul bo‘ladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

December 10, 09:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Qishloq xo‘jaligi sohasini qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘larni yildan-yilga oshirib boryapmiz.
Bundan keyin ham sohaga qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topib berishga tayyorman.
Lekin bu
mablag‘lar o‘z vaqtida egasiga yetib borishi va hosildorlikni yanada oshirishga xizmat qilishi uchun ochiq va shaffof tizim bo‘lishi kerak

,
– dedi Prezidentimiz.
Qishloq xo‘jaligidagi
subsidiyalar shu paytgacha 6 ta vazirlik tomonidan ajratilayotgan edi.
Shu bois,
barcha subsidiyalar bo‘yicha moliyaviy xizmatlarni bir joyda ko‘rsatadigan Agrar sohada to‘lovlar agentligi
tashkil etildi.
Agentlik tomonidan kelasi yil dehqon va fermerlarga
2 trillion 200 milliard so‘mlik subsidiya
beriladi. Bunda subsidiya ajratish jarayoni hozirgi
4 bosqichdan 2 bosqichga,
uni olishga ketadigan vaqt esa
1 oydan 15 kunga qisqaradi.
Eng muhimi,
har bir subsidiya fermerlarga ma’qul bo‘ladigan shartlarda, ularga mablag‘ eng zarur paytda beriladigan tizimga
o‘tiladi.
Keyingi yildan
suv nasosiga sarflangan elektr energiyasi uchun subsidiyalar meva-sabzavot, moyli ekin, kartoshka va ozuqa ekinlari yetishtiruvchi fermerlarga ham ajratilishi
e’lon qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
X

December 10, 09:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Meva-sabzavotni ko‘paytirish uchun
yaylov, qir va adirlardan samarali foydalanish
juda muhimligi ta’kidlandi.
Shu maqsadda sanoatlashgan bog‘, tokzor tashkil qilish, sabzavot, ozuqa ekini yetishtirish uchun a
dir yerlar qiymatining 1 foizi miqdoridagi narx bilan auksionda sotiladi.
Auksion g‘oliblari
yerni boshqa odamga qayta ijaraga berishi mumkin bo‘ladi
va
ijara huquqi bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Bu imkoniyatlar hisobiga ishbilarmon fermerlarimiz
kelgusi yil 100 ming gektar adir yerlarni foydalanishga kiritishiga
ishonch bildirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

December 10, 09:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yana bir muhim, e’tibor qaratish zarur bo‘lgan masala –
go‘sht va sut mahsulotlarini ko‘paytirish.
Kelgusi yilda chetdan
100 ming bosh qoramol va 200 ming bosh qo‘y-echki
olib kelinadi. Paxta va g‘alla yo‘nalishidagi
fermerlarga o‘z yerida chorvachilikni yo‘lga qo‘yish uchun 20 sotixgacha joyda yengil konstruksiyali bino qurishga
ruxsat beriladi.
Import qilingan nasldor qoramol va bir kunlik jo‘ja uchun subsidiya ajratish tartibi yana 5 yilga uzaytiriladi.
Chorvachilik loyihalari uchun
keyingi yil Jahon banki va Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasidan olib kelingan resurslar hisobidan
157 million dollar y
o‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lar chorvadorlarga
10 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan 17 foizdan beriladi.
Bunga qo‘shimcha JICAdan
150 million dollar,
Osiyo taraqqiyot bankidan
60 million dollar
jalb qilinadi. Bu mablag‘larni samarali ishlatib, kelgusi yilda
5 trillion so‘mlik 1 mingta loyihani
ishga tushirish, Fransiya tajribasi asosida
167 ta tumanda 340 ta go‘sht va sut yo‘nalishidagi 50-60 boshli kichik chorvachilik xo‘jaliklarini tashkil etish
muhimligi qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

December 10, 09:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hozirgi tez o‘zgaruvchan sharoitda bozorlardagi
narx-navo barqarorligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash doimiy diqqat markazida bo‘lishi shartligi
ko‘rsatib o‘tildi.
“To‘g‘ri,
kuz-qish uchun asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini zaxira
qilyapmiz. Endi bu ishni
yil davomida amalga oshirib, narxlar barqarorligini ta’minlash uchun doimiy intervensiya tizimi
joriy etiladi”
,
– dedi Prezidentimiz.
Yaqinda
ozuqabop, moyli ekin va kartoshka yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi mexanizmlar
e’lon qilingan edi. Jumladan, kelgusi yilda fermerlarga 2025-yil olgan
hosil qiymatining 50 foizi miqdorida
Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan
12 foizli kredit
ajratiladi.
Xorijiy valyutadagi kredit stavkasining 8 foizdan oshgan qismi
qoplab beriladi.
Kreditlarning 50 foizgacha qismiga kafillik taqdim etiladi.
Har yili “in-vitro” laboratoriyalarda
virusdan xoli 10 milliondan ortiq kartoshka mini-tuganaklari tayyorlanib, urug‘chilik xo‘jaliklariga bepul beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

December 10, 09:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Baliqchilikda naslni yangilash, hosildorlikni oshirish va shaffoflikni ta’minlash
bo‘yicha ham bir qator yangiliklar joriy qilinadi.
Karp va sovuq suv baliqlari bo‘yicha
Vengriya va Norvegiyadagi hamkorlar bilan
Yangiyo‘l va Bo‘stonliq tumanlarida 2 ta naslchilik markazi
tashkil qilinadi.
Chetdan
nasldor ona baliq olib kelish xarajatining yarmi qoplab beriladi.
Baliqchilik xo‘jaliklari
inkubatsiya, laboratoriya, yopiq suv aylanma tizimlarini import qilishda bojxona bojidan ozod etiladi.
Intensiv baliqchilikni yo‘lga qo‘ygan xo‘jaliklarga yer va mol-mulk soliqlari 2 karra kamaytiriladi.
Aksincha,
intensiv usulga o‘tmagan, ko‘llardan samarasiz foydalanayotgan korxonalar uchun yer solig‘i oshirilgan stavkada
qo‘llanadi.
Facebook
|
Instagram
|
X

December 10, 09:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qishloq xo‘jaligi vazirligida
dron xizmatlarini ko‘rsatuvchi alohida markaz
ishga tushirilgani bu sohada mutaxassis tayyorlash va dronlarga servis xizmatini ko‘rsatish imkonini berdi.
Shu yilning o‘zida
100 dan ortiq dron yordamida
yer maydonlari va ekinlar monitoringi, ilg‘or agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi.
Keyingi yil Xitoydan
yana 50 dan ortiq zamonaviy agrodron
olib kelinadi.
Har bir viloyatda kamida 2 tadan dron mobil kompleksi
orqali agroxizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Agrar sohada
dronlar uchun belgilangan uchish og‘irligi hozirgi 100 kilodan 250 kilogacha oshiriladi.
“O‘z faoliyatiga
raqamli texnologiya va sun’iy intellektni olib kirib, kam xarajat bilan yuqori hosildorlikka erishayotgan fermer va klasterlarimiz soni ham ko‘payib borayotgani
meni xursand qiladi”
,
– dedi davlatimiz rahbari.
Facebook
|
Instagram
|
X