
📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊
MUVOZANAT
Ba'zan odamlar mendan so'rashadi: "Qancha muddat kasbim va shaxsiy hayotimda muvozanatni ushlab turishim kerak?"
Men ham ularga savol bilan javob beraman: "Baland dorda ketayotgan dorboz qancha vaqt muvozanatni ushlab turishi kerak?"
Biroz o'ylangach, ular taxminan shunday javob berishadi: "Har doim".
"Bu ham xuddi shunday jarayon. Muvozanatni har doim ushlab turishingiz kerak. Siz hech qachon o'z-o'zidan ideal muhitga erishib qolmaysiz. Buning uchun qattiq ishlash kerak", deyman ularga.
- Brayan Treysi
Dostlarga ulashing
👇🏼
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI
🎥
Kino: "Mehrobdan chayon"
📖
Asar: "Mehrobdan chayon"
👤
Muallif: Abdulla Qodiriy
@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI
#nasr
Hajmi kichik, lek katta ahamiyatga ega hikoyalar!
1-hikoya. Hayrat
U xotinining qotiliga sut ichirardi.
2-hikoya. Robiya
Ey, Xudoyim, yaqinda tug‘iladigan ukam ham qiz bo‘lishini xohlardim. O‘shanda biz buvijonim bilan birga yashardik…
3-hikoya. Eng qisqa hikoya
Haydovchi tamaki tutatdi va qancha yoqilg’i qolganini bilish uchun benzin bakiga egildi. Marhum atigi 23 yoshda edi.
4-hikoya. Qasd va xalos
Jonimga qasd qilish uchun o’zimni pastga tashladim Keyin fikrimdan qaytdim.
5-hikoya. Taqdir
Vaqtlararo sayohatchining dayoli: «Parol» nima edi-ya?
6-hikoya. E’lon
Siniq derazaning sirtiga yozilgandi: Yangi oila qurganlar .
7-hikoya. Tarjimai hol
Avvallari mening tekis yuzim, burma ko’ylagim bor edi, hozir esa… aksi.
8-hikoya. Umid
“… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon to‘qnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon ko‘zlarimiz ko‘zlarimizga tushmaydi…
Ko‘rishguncha…”
9-hikoya. Yolg’izlik
Dunyodagi eng oxirgi inson xonasida o’tirgan edi. Eshik taqillab qoldi…
10-hikoya. Yotoqxona
Yotoqxonamizdan ikki kishining ovozi eshitilardi. Men eshikni taqillatdim…
11-hikoya. Gunohkor
U haqiqiy gunohkor edi. Chunki bir yuz yigirma to’rt ming suvoriydan yolg’iz ugina urushdan vataniga sog’-omon qaytdi.
12-hikoya. Optimist
– Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha bog‘ichga ega bo‘lishimni o‘ylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa o‘ylamaslikka urinaman…
13-hikoya. 6 so’zli hikoya
Sotiladi. Chaqaloq tuflichasi. Biror marta kiyilmagan.
14-hikoya. Mas’uliyat
Yetti bolaning kiyimlari og’irlik qilib uzilgan dor, uyidan bosh olib ketayotgan erkak oyoqlarini chalishtirib yiqitdi.
15-hikoya. Qo’rquv
-Endi uxla, toychog’im,- ona shunday deb chiroqni o’chirdi. – Oyi! O’chirmang, iltimos. Qorong’ilikdan juda qo’rqaman! – dedi ko’zlari ojiz bolakay.
@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI
*. *. *
Уруғни қаерга экканингни эсдан чиқарган бўлсанг, хотиржам бўлавер, баҳор ёмғири ёққандан сўнг ўша уруғ бўй кўрсатади. Шундай экан, яхшиликни қаерда бўлса ҳам, кимга бўлса ҳам қилавер! Сен раҳмат ёмғирининг қачон ва қайерга ёғишини билмайсан-ку...
Умримиз қисқа,
фурсатимиз оз...
Баъзан эккан уруғларимиз биздан кейин мева беради...
@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI
* * *
Яна тушларимга кирди нималар?
Осмонми? Учдимми? Юзим нега ҳўл?
Кўнглимда фалакдан меҳмон шевалар,
Сездим – самовотда қардошларим мўл.
Яна тушларимда нималар бўлди?
Нега юрагимда хуррамлик ортиқ?
Иккита фаришта кўнглимга қўнди –
Менга бир жуфт қанот этдилар тортиқ.
Яна тушларимда нималар кечди –
Жаъми хуррамликни этгули(к) душвор?
Юрагим-у руҳим фалакни қучди,
Таним қолиб кетди заминда афгор.
Яна тушларимда... Нега юзим ҳўл?
Уйғоқман. Кетяпман замин узра жим,
Самовот руҳимга бўлганида йўл –
Уйғонармидим, оҳ, уйғонармидим?..
Усмон Азим
@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI
Ассалому алайкум ва рахматиллоху ва баракатуҳ
Янги тонг муборак!
Азизлар, бугунги кун барчангизнинг хонадонларингизга фазлу - хидоят, нури-саодат, файзу - барокатлар олиб келсин!
Иймонимизни комил қилсин ва юксак даражаларга етиштирсин...
Ўзининг қудрати билан ёмонлик ва адоватларга бархам берсин!
Сешанба тонги ҳаммамизга хайрли бошлансин!
✏️
ISHQ YO‘LIDA
🕊
@ISHQ_ROZLARIM