
OTFIV_Navoiy viloyati boshqarmasi
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi rasmiy kanaliga xush kelibsiz!
🌐
Veb-sayt:
@OTFIV_Navoiy
📲
Murojat uchun: +998-79-220-64-45
#Tayinlov
Prezidentning tegishli qarori bilan
Husanov Azimjon Nozimjonovich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktori
lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#vazir_maqola
Oʻzbekistonning YUNESKO bilan taʼlim, fan va madaniyat sohalaridagi keng koʻlamli hamkorligi Xitoy ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida
Xitoyning yetakchi turizm nashri “VICTWO” Oʻzbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Oʻzbekiston va YUNESKO: Taʼlim, fan va madaniyat sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichi”
sarlavhali maqolasini chop etdi.
Nashrda bugungi kunda Oʻzbekiston xalqaro miqyosda taʼlim, fan, madaniyat va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirayotgani va bu jarayonda YUNESKO bilan munosabatlar alohida oʻrin tutishi taʼkidlangan.
👉
Xitoy tilida o‘qish
👉
Ingliz tilida o‘qish
👉
O‘zbek tilida o‘qish
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram |
YouTube
|
Telegram
#qonunchilik_yangiliklari
5-may – “Kasb va mehnat kuni” sifatida nishonlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–316-son qarori
(23.10.2025-y.) qabul qilindi.
🔰
Qarorga ko‘ra, kasbiy ta’lim tizimini
2030-yilgacha
isloh qilishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi, jumladan:
➖
xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlari
joriy etilgan
texnikumlar
sonini kamida
250 taga
yetkazish;
➖
9-sinf bitiruvchilarining
kasbiy ta’lim bilan qamrovini amaldagi
29 foizdan 50 foizga
yetkazish;
➖
kasbiy ta’lim tizimida
dual ta’lim ulushini
amaldagi
9 foizdan 40 foizga
yetkazish;
➖
kasbiy sertifikatga ega
ishlab chiqarish ta’limi ustalari
ulushini
30 foizga
yetkazish;
➖
xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash
dasturlarida ishtirok etgan pedagoglar sonini
100 nafardan 2 500 nafargacha
oshirish.
Endilikda
10-sinf o‘quvchilari
o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat beriladi.
📝
2026-yildan boshlab
5-may kuni “Kasb va mehnat kuni” sifatida har yili keng nishonlanadi.
Uning doirasida jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida
kasblar jozibadorligini oshirish
va
kasbiy ta’limni ommalashtirishga
qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda o‘tkaziladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
❗️
2027-yildan bosqichma-bosqich ishga qabul qilishda malaka sertifikati talab etiladigan tizim yo‘lga qo‘yiladi
Prezidentning PF–190-son
Farmoni
ijrosi doirasida kasbiy malakani oshirish va mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida
malaka darajasiga ega xodimlarni ishga qabul qilishning yangi tizimi
joriy etiladi.
Yangi tartibga ko‘ra, 2027-yildan
bosqichma-bosqich Mashg‘ulotlarning milliy klassifikatorida belgilangan kasb va lavozimlar bo‘yich
a zarur malaka darajasiga ega
diplom yoki malaka sertifikati bo‘lgan xodimlar
ishga qabul qilinadi.
Bu tizim
quyidagi bosqichlarda
amalga oshiriladi:
–
2027-yil 1-yanvardan
Namangan, Samarqand va Toshkent shaharlari bo‘yicha
turizm, kosmetologiya va umumiy ovqatlanish
sohalarida;
–
2027-yil 1-iyundan
shu hududlarda
qurilish sohasidagi kasb va lavozimlar
bo‘yicha;
–
2028-yil 1-yanvardan
butun respublika bo‘yicha
barcha kasb va lavozimlar
uchun tatbiq etiladi.
Shuningdek,
norasmiy va informal ta’lim
orqali yoki amaliy tajriba asosida egallangan ko‘nikmalar ham
malakani baholash markazlari tomonidan
baholanish orqali tan olinadi.
Mazkur tizim
kasbiy malaka talablarini aniqlashtirish, mehnat bozorida malakali mutaxassislar ulushini oshirish va ta’lim sifatini yanada yaxshilash
ga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Qo‘shma deklaratsiyani
imzoladilar.
—
По итогам переговоров Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Сербия Александр Вучич
подписали
Совместную декларацию.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Serbiya
#hujjatlar
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
❗️
Hududlarda Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlar kengashlari tashkil etiladi
Prezidentning PF–190-son
Farmoni
ijrosi doirasida hududlarda kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish va uni mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida
Kasbiy ta’limni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashlari
tashkil etiladi.
Mazkur kengashlarga
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
raislik qiladi.
Kengash tarkibi
tegishli hudud rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi hamda unga:
– yirik tadbirkorlik subyektlari,
ish beruvchi tashkilot va korxonalar
;
– vazirlik va idoralarning
hududiy bo‘linmalari rahbarlari
kiritiladi.
Kengashning asosiy vazifalari:
– hududlarda o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan
ehtiyojni aniqlash
;
– xalqaro ta’lim dasturlari, o‘quvchilar amaliyoti hamda dual ta’limni
tashkil etish
;
– bitiruvchilar bandligini ta’minlash, texnikumlar ixtisoslashuvini o‘zgartirish hamda ta’lim dasturlari mazmunini takomillashtirish bo‘yicha
takliflar ishlab chiqish
dan iborat bo‘ladi.
Ushbu kengashlar
hududlarda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, yoshlarning bandligini ta’minlash va kasbiy ta’lim tizimini samarali boshqarishga
xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi
muzokaralari
bo‘lib o‘tdi.
—
Cостоялись
переговоры
Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Республики Сербия Александра Вучича с участием официальных делегаций.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Serbiya
#muzokaralar
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan kelgan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichni
kutib olish marosimi
o‘tkazildi.
—
В резиденции «Куксарой» состоялась
церемония встречи
Президента Республики Сербия Александра Вучича, прибывшего с официальным визитом по приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.
#Mirziyoyev
#marosim
#Serbiya
#kutibolish
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
❗️
Kasbga o‘qitish bo‘yicha buyurtmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylashtirish tartibi joriy etiladi
Prezidentning PF–190-son
Farmoni
ijrosi doirasida
kasbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha yangi tartib
joriy etiladi.
Endilikda davlat organlari va tashkilotlariga
kasbga o‘qitish bo‘yicha buyurtmalarni davlat texnikumlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylashtirish va moliyalashtirish imkoniyati
yaratiladi.
Bu tartibga ko‘ra:
– buyurtma asosida to‘langan mablag‘lar texnikumlarning
byudjetdan tashqari hisob raqamlariga
o‘tkaziladi;
– davlat texnikumlari ta’lim xizmatlari narxini
bozor konyunkturasidan kelib chiqib
mustaqil belgilaydi;
– mutaxassislarni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida
jalb qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur yangilik kasbiy ta’lim tizimida
iqtisodiy mustaqillikni kengaytirish, o‘quv jarayonining sifatini oshirish va mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash
ga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
❗️
Kasbiy ta’lim: yangi tizim, yangi vazifalar
Prezidentning PF-190-son
Farmoni
bilan
Kasbiy ta’lim agentligining asosiy vazifalari
belgilandi. Jumladan, Agentlik tomonidan,
Kasbiy ta’limni muvofiqlashtirish bo‘yicha:
– texnikumlar faoliyati
metodik jihatdan muvofiqlashtiriladi va boshqariladi
;
– direktor va ularning o‘rinbosarlari
tanlov asosida tayinlanadi
;
– mehnat bozori ehtiyojidan kelib chiqib,
o‘quvchilarni qabul qilish rejasi
tasdiqlanadi;
– – mulkchilik shaklidan qat’i nazar
barcha texnikumlar uchun majburiy bo‘lgan
kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha beriladigan
malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash tartibi va texnikumlarning o‘quv-metodik bazasiga
qo‘yiladigan yagona talablar
belgilanadi.
Ta’lim mazmuni va dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha:
–
tabaqalashtirilgan o‘quv dasturlari
ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinadi;
– texnikum va korxonalar o‘rtasida hamkorlik kengaytirilib,
dual ta’lim tizimi rivojlantiriladi
;
– hayot davomida o‘qish tamoyili tatbiq etilib,
aholining turli toifalari uchun kasbga o‘qitish imkoniyatlari
yaratiladi;
– o‘quv jarayonida
interaktiv, raqamli va innovatsion o‘qitish texnologiyalari
joriy etiladi;
– texnikumlar
o‘quv-uslubiy materiallar va adabiyotlar
bilan ta’minlanadi.
Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha:
– o‘qituvchilarni
qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tashkil qilinadi;
– pedagoglar
attestatsiyadan
o‘tkazilib, ularga
malaka toifalari
beriladi;
– pedagoglar faoliyatini
samarali baholash va rag‘batlantirish tizimi
joriy etiladi.
Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha:
– texnikumlarning laboratoriya va ustaxonalari
zamonaviy texnika, asbob-uskuna va sarflovchi materiallar
bilan ta’minlanadi;
– kasbiy ta’limda
davlat-xususiy sheriklik
rivojlantiriladi.
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha:
–
qo‘shma va xalqaro ta’lim dasturlari
asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
–
xorijiy mutaxassislar
ta’lim jarayoniga jalb etiladi,
mahalliy o‘qituvchilar
chet elda malaka oshirishga yuboriladi;
– kasbiy ta’lim dasturlarini
xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish
ga ko‘maklashiladi.
Ushbu yo‘nalishlar kasbiy ta’lim tizimini zamon talablari darajasida rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram