Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar
Toshkent shahar Kasbiy taʼlim boshqarmasi. Manzil: Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi 331-uy Boshqarma boshlig’iga murojaat: @OTFIV_Tashkent_bot
Subscribers
6 680
24 hours
20
30 days
-140
Post views
1 179
ER
28,71%
Posts (30d)
105
Characters in post
837
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Other
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
April 27, 12:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

Vakant direktor o'rinbosari lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlov
Toshkent shahridagi 2 ta kasbiy ta’lim tashkilotlarining vakant direktor o'rinbosarlari lavozimi uchun ochiq mustaqil
tanlov e’lon qiladi.
📃
Vakant lavozimlar ro‘yxati
Shayxontohur tuman texnikumi
Sergeli tuman 1-son texnikumi
Talabgorlar tomonidan arizalarni yuborish
👉
https://vacancy.edu.uz/
sayti orqali
amalga oshiriladi.
Hujjatlar 2026-yil 7-mayga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram
|Facebook
|
Threads
| Telegram-bot

April 27, 06:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔹
Texnikumlarda xotin-qizlar vakili faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi tizimidagi texnikumlarda xotin-qizlar vakili faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi .
Mazkur nizomga ko‘ra, xotin-qizlar vakilining asosiy maqsadi — ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, kasbiy va intellektual salohiyatini oshirish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashdan iborat.
📌
Vakil zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
— xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va faolligini oshirish;
— sog‘lom turmush tarzi, ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib etish;
— iqtidorli yosh xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;
— muammoli oilalar bilan ishlash va zarur yordam ko‘rsatish;
— qonunchilik hujjatlari mazmunini targ‘ib qilish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Shuningdek, xotin-qizlar vakiliga zarur shart-sharoitlar yaratilib, faoliyati samaradorligiga qarab rag‘batlantirish, jumladan ustama va mukofotlar berish imkoniyati ham belgilangan.
Mazkur tizim ta’lim muassasalarida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram
|Facebook
|
Threads
| Telegram-bot

April 27, 04:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi
– sovrinli oʻrinlar 100 ta!
Tanlovda 2026-yil 31-iyul holatiga koʻra,
11-17 yosh
boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar
ingliz tilida
qabul qilinadi.
Mukofotlar:
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, kutubxona va maktablarga tarqatiladi
– 85 nafar e'tirof etilgan ishlar onlayn antologiyada chop etiladi
Sheʼrlar
2026-yil 31-iyulgacha
qabul qilinadi.
Batafsil
👇
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram
|Facebook
|
Threads
| Telegram-bot

April 26, 13:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://Uzskills.uz
Tanlovda ishtirok et, safimizga qo‘shil va Yangi O‘zbekistonni biz bilan birga bunyod et
.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram
|Facebook
|
Threads
| Telegram-bot

April 26, 12:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎓
“Boshqarma boshlig‘i stipendiyasi” – iqtidor egalari uchun yangi imkoniyat!
Toshkent shahridagi kasbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-fan, kasb-hunar va ijodkorlikka bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish maqsadida
“Boshqarma boshlig‘i stipendiyasi”
joriy etildi.

Ushbu stipendiya yoshlarning tashabbuskorligini oshirish, ularni Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.
📎
Tanlovda Toshkent shahridagi kasbiy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
Batafsil ma’lumot bilan qo‘shimcha
nizom
orqali tanishishingiz mumkin.
🚀
O‘z iste’dodingizni namoyon eting va yangi marralarni zabt eting!
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram
|Facebook
|
Threads
| Telegram-bot

April 26, 04:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Vatan va muhabbat kuychisi – Muhammad Yusuf tavallud topgan kun
Bugun o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi, xalq qalbidan chuqur joy olgan iste’dodli shoir Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.
Uning she’rlari samimiyligi, sodda va ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Shoir asarlarida Vatanga muhabbat, insoniylik, mehr-oqibat va hayot falsafasi chuqur aks etgan.
Muhammad Yusufning boy ijodi bugun ham o‘quvchilar va kitobxonlar qalbida yashab, ularni ezgulikka, sadoqat va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram
|Facebook
|
Threads
| Telegram-bot

April 25, 12:25
Media unavailable
7
Show in Telegram

Kasblar festivali va ijro intizomi — kun tartibidagi asosiy masalalar
Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i B.A. Radjabov hamda texnikum direktorlar ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida texnikumlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan,
“Kasblar festivali”
ni yuqori saviyada tashkil etish,
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”
kasbiy mahorat milliy tanlovi doirasidagi ishlar hamda ijro intizomi holati atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram
|Facebook
|
Threads
| Telegram-bot

April 25, 08:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Foydali
#havolalar
☄️
Toshkent shahridagi kasbiy ta’lim tashkilotlarining rasmiy Telegram kanallari
🔹
Chilonzor tuman 1-son
texnikumi
🔹
Chilonzor tuman 2-son
texnikumi
🔹
Chilonzor tuman 3-son
texnikumi
🔹
Shayxontohur tumani
texnikumi
🔹
Sergeli tuman 1-son
texnikumi
🔹
Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus
texnikumi
🔹
Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus
texnikumi
🔹
Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk
texnikumi
🔹
Respublika televideniye va radio
texnikumi
🔹
Toshkent noshirlik-matbaa
texnikumi
🔹
Respublika musiqa va sanʼat
texnikumi
🔹
Toshkent pedagogika
texnikumi
🔹
Toshkent turizm va madaniy meros
texnikumi
🔹
1-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi
texnikumi
🔹
2-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi
texnikumi
🔹
Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi
texnikumi
🔹
Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi
texnikumi
🔹
Hamshiralar
akademiyasi
🔹
Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti
texnikumi
🔹
Toshkent gidrometeorologiya
texnikumi
🔹
Toshkent transport
texnikumi
🔹
Toshkent iqtisodiyot va soliq
texnikumi
🔹
Toshkent geodeziya va kartografiya
texnikumi
🔹
Toshkent yuridik
texnikumi
🔹
Toshkent kasb-hunar va tibbiyot
texnikumi
🔹
Avitsenna tibbiyot
texnikumi
🔹
Alpha professional ta’lim tibbiyot
texnikumi
🔹
Registon tibbiyot
texnikumi
🔹
Alpha professional ta'lim tibbiyot
texnikumi
🔹
Topex
texnikum
🔹
College of
EMU
🔹
WISE MEDICAL
texnikum
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram
|Facebook
|
Threads
| Telegram-bot

April 24, 12:39

#Jamoatchilik_muhokamasi
🔰
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga
"Kasbiy taʼlim agentligi tizimiga oʻtkazish orqali qayta tashkil etiladigan texnikumlar roʻyxatiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi
Buyruq loyihasi
e’lon qilindi.
Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni
regulation.gov.uz
sayti orqali qoldiring
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram
|Facebook
|
Threads
| Telegram-bot

April 24, 08:48
Media unavailable
8
1
Show in Telegram

Rahbar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot – rivojlanish omili
Kasbiy ta’lim agentligi direktori ishtirokida Toshkent turizm va madaniy meros texnikumida
“Rahbar va yoshlar”
uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir o‘quvchilar bilan ochiq, shaffof va oshkoralik tamoyillari asosida tashkil etilib, samimiy muloqot maydoniga
aylandi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, ta’lim sifati, amaliy mashg‘ulotlar, bandlik istiqbollari hamda yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Rahbar tomonidan barcha savollarga atroflicha javob berilib, o‘quvchilarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, tadbirda kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda ularning kelgusidagi kasbiy rivojlanish istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning fikrini erkin bayon etishi, ularni qaror qabul qilish jarayonlariga jalb etish, tashabbuskorlik va mas’uliyat hissini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram |
Instagram
|Facebook
|
Threads
| Telegram-bot