
REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali
❗️
GPA natijangizni hisoblash endi yanada oson —
my.hemis.uz
orqali
Talabalar o‘z o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini (GPA) kuzatib borishlari va akademik natijalarini tahlil qilishlari uchun
my.hemis.uz
portalidan foydalanishi
mumkin.
❓
Tizimdan qanday foydalaniladi?
Portalga
OneID
yagona identifikatsiya tizimi yoki oliygoh tomonidan berilgan
HEMIS
login-paroli orqali kirish mumkin.
Saytdagi
GPA kalkulyatori
orqali siz — har bir
o‘quv yili
natijasini alohida
GPA
ko‘rsatkichini ko‘rishingiz mumkin. Agar sizga umumiy GPA ko‘rsatkichingiz qiziq bo‘lsa,
kontrakt.edu.uz
axborot xizmatidan
foydalanishingiz mumkin.
🌐
@Ofis_registratori
❗️
HEMISda buyruqlar moduli: Endi barchasi QR kod va elektron imzo bilan!
#hemis
HEMIS axborot tizimida
standartlashtirilgan buyruqlar moduli
to‘liq ishga tushirildi. Endilikda har bir buyruqning haqiqiyligini
QR kod
orqali tekshirish va
EduImzo
platformasi orqali elektron raqamli imzo (
ERI
) bilan tasdiqlash imkoniyati
mavjud.
Har bir buyruq quyidagi 5 ta muhim qismdan iborat bo‘ladi:
1️⃣
Qayd ma’lumotlari
(raqami va sanasi);
2️⃣
Asosiy matn
tarkibi;
3️⃣
Asoslovchi hujjatlar
(ariza, tushuntirish xati va boshqalar);
4️⃣
Imzolovchi mas’ullar
ro‘yxati;
5️⃣
Ilova
(buyruqqa tushgan talabalar ro‘yxati va ma’lumotlari).
❓
Tizimda qanday buyruqlarni rasmiylashtirish mumkin?
Hozirda HEMISda jami
19 turdagi
asosiy buyruq va farmoyishlarni shakllantirish imkoniyati yaratilgan:
• Talabani o‘qishga
qabul qilish
va darslarga ruxsat berish;
• Kursdan
kursga o‘tkazish
yoki kursdan qoldirish;
• O‘qishni
bitirish
yoki bekor qilish;
• O‘qishni
ko‘chirish
(perevod) va qayta
tiklash;
•
Akademik ta’til
berish va akademik mobillik;
•
Stipendiya
tayinlash;
•
Intizomiy chora
ko‘rish;
•
Shaxsiy grafik
belgilash;
• Talabani
amaliyotga
yuborish;
• Bitiruv ishlari
mavzusini tasdiqlash
va himoyaga ruxsat berish.
🌐
@Ofis_registratori
❗️
Bitiruvchi talabalar diqqatiga: Diplom rasmiylashtirishning yangi tartibi!
#hemis
HEMIS tizimining yangi versiyasida bitiruvchi talabalarning diplomlarini tayyorlash va bitirish buyruqlarini rasmiylashtirish jarayoni to‘liq
raqamlashtirildi.
Endilikda jarayon quyidagi
4 ta bosqichda
amalga oshiriladi:
1️⃣
Talabaning o‘quv rejasidagi barcha fanlarni
to‘liq o‘zlashtirgani
tekshiriladi va universitet akkreditatsiyasi tasdiqlanadi;
2️⃣
Har bir talaba uchun
diplom anketasi
yaratiladi. Diplomning elektron
PDF variantlari
shakllantirilib, ma’lumotlar to‘g‘riligi qayta tekshiriladi;
3️⃣
Talabalarning o‘qishni bitirishi bo‘yicha
buyruq rasmiylashtiriladi
va tizimda talaba avtomatik ravishda
Bitirgan
statusiga o‘tkaziladi;
4️⃣
Diplomlar tasdiqlanadi,
nashr parametri
faollashtiriladi hamda diplomlar yagona davlat
reyestriga
kiritiladi.
‼️
Muhim:
Tizimda “
O‘qishga qaytarish”
funksiyasidan foydalanish to‘xtatiladi. Shuning uchun barcha ma’lumotlar buyruq rasmiylashtirilgunga qadar sinchiklab tekshirilishi shart!
Eslatma,
bitiruvchi talabalar o‘z shaxsiy ma’lumotlari (ism-sharifi, pasport ma’lumotlari) HEMIS tizimida to‘g‘ri kiritilganini yana bir bor tekshirib olishlari tavsiya etiladi.
🌐
❗️
Bitiruvchi talabalar diqqatiga: Diplom rasmiylashtirishning yangi tartibi!
#hemis
HEMIS tizimining yangi versiyasida bitiruvchi talabalarning diplomlarini tayyorlash va bitirish buyruqlarini rasmiylashtirish jarayoni to‘liq
raqamlashtirildi.
Endilikda jarayon quyidagi
4 ta bosqichda
amalga oshiriladi:
1️⃣
Talabaning o‘quv rejasidagi barcha fanlarni
to‘liq o‘zlashtirgani
tekshiriladi va universitet akkreditatsiyasi tasdiqlanadi;
2️⃣
Har bir talaba uchun
diplom anketasi
yaratiladi. Diplomning elektron
PDF variantlari
shakllantirilib, ma’lumotlar to‘g‘riligi qayta tekshiriladi;
3️⃣
Talabalarning o‘qishni bitirishi bo‘yicha
buyruq rasmiylashtiriladi
va tizimda talaba avtomatik ravishda
Bitirgan
statusiga o‘tkaziladi;
4️⃣
Diplomlar tasdiqlanadi,
nashr parametri
faollashtiriladi hamda diplomlar yagona davlat
reyestriga
kiritiladi.
‼️
Muhim:
Tizimda “
O‘qishga qaytarish”
funksiyasidan foydalanish to‘xtatiladi. Shuning uchun barcha ma’lumotlar buyruq rasmiylashtirilgunga qadar sinchiklab tekshirilishi shart!
Eslatma,
bitiruvchi talabalar o‘z shaxsiy ma’lumotlari (ism-sharifi, pasport ma’lumotlari) HEMIS tizimida to‘g‘ri kiritilganini yana bir bor tekshirib olishlari tavsiya etiladi.
🌐
@Ofis_registratori
❗️
HEMIS axborot tizimida “Ijtimoiy faollik indeksi” moduli ishga tushirildi!
Endi talabalarning nafaqat darsdagi o‘zlashtirishi, balki universitet hayotidagi
ijtimoiy faolligi
ham raqamli tizim orqali baholanadi.
Tizimdan foydalanish tartibi juda oddiy:
1️⃣
my.hemis.uz
platformasi yoki
HEMIS mobil
ilovasiga kiring;
2️⃣
Menyudan “
Ijtimoiy faollik”
bo‘limini tanlang;
3️⃣
Ariza yaratish
tugmasini bosing va faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlarni yuklang.
‼️
Ijtimoiy faollik indeksi uchun
maksimal 20 ball
beriladi. Talabaning faoliyati quyidagi
9 ta yo‘nalish
bo‘yicha 100 ballik mezon asosida baholanadi:
Kitobxonlik madaniyati, “5 muhim tashabbus” doirasidagi ishtirok, volontyorlik ishlari, fan olimpiadalari va tanlovlar, teatr va muzeylarga tashriflar, sport va sog‘lom turmush tarzi, o‘quv darslariga to‘liq qatnashish, akademik tartib-intizomga rioya qilish, “Ma’rifat darslari” va boshqa tadbirlar.
Siz kiritgan ma’lumotlar universitet
tyutori
tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Davomat va o‘zlashtirish
natijalari esa HEMIS tizimi orqali
avtomatik
tarzda shakllanadi.
🌐
@Ofis_registratori
🧑🎓
Talabalar uchun munosib ish topish endi yanada osonroq
Raqamli taʼlim va sunʼiy intellektni rivojlantirish markazi
tomonidan
career.edu.uz
axborot tizimining
mobil ilovasi ishlab chiqilibdi.
Mobil ilova orqali siz:
🔹
Yangi ish e’lonlari haqida
birinchilardan
bo‘lib biling
;
🔹
Talabalar uchun
maxsus ishlangan
interfeys;
🔹
Rezyume yozish yoki savollarga javob olish uchun
aqlli bot
doim yoningizda
.
Mobil ilova orqali o‘zingizga munosib ish yoki mutaxassis toping!
📲
Hoziroq yuklab oling:
Android
|
IOS
ℹ️
Ma’lumot uchun
, talabalar ilovaga
hozircha
faqat
OneID tizimi
orqali kira olar ekan, HEMIS login paroli orqali kirish imkoniyati qo‘shilmagan.
🌐
@Ofis_registratori
❗️
HEMIS tizimining yangi versiyasi e’lon qilindi! #hemis Tizimda bir qator muhim o‘zgarishlar va yangi qulayliklar amalga oshirildi:
1️⃣
OTMlarning o‘quv jarayonida qatnashmaydigan xodimlari uchun tizimda alohida Yordamchi-texnik roli qo‘shildi;
2️⃣
Tizim…
❗️
HEMIS tizimining yangi versiyasi e’lon qilindi!
#hemis
Tizimda bir qator muhim o‘zgarishlar va yangi qulayliklar
amalga oshirildi
:
1️⃣
OTMlarning o‘quv jarayonida qatnashmaydigan xodimlari uchun tizimda alohida
Yordamchi-texnik
roli qo‘shildi;
2️⃣
Tizim “
Yagona milliy mehnat tizimi”
bilan bog‘landi. Endi yangi xodim qo‘shishda uning ma’lumotlari ushbu bazadan
avtomatik tekshiriladi;
3️⃣
Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari
mavzularini tasdiqlash buyrug‘i
funksiyasi ishlab chiqildi;
4️⃣
Talabalar va mas’ullar endi
shartnomalar, to‘lovlar va qarzdorlik
haqidagi ma’lumotlarni billing tizimi orqali real vaqt rejimida ko‘rishlari mumkin;
5️⃣
Tizim Sog‘liqni saqlash vazirligining
DMED tizimi
bilan integratsiya qilindi. Endi talabalarning
kasallik sababli dars qoldirgani
haqidagi ma’lumotlar
avtomatik tarzda
tekshiriladi;
6️⃣
Talaba profilida hujjatlarni
plagiatga tekshirish
uchun yuklash hamda mas’ullar tomonidan ushbu jarayonni boshqarish imkoniyati yaratildi;
7️⃣
Tizimga dars qoldirish sabablarini tizimlashtiruvchi yangi bo‘lim qo‘shildi.
Asosiy yangilik:
Endi kasallik varaqalari uchun qo‘shimcha ovvoragarchiliklar kamayadi, chunki
tizimlar bir-biri bilan bog'landi.
🌐
@Ofis_registratori
❓
Qo‘shma ta’lim dasturlarining kelajagi qanday?
Bugungi matbuot anjumanida vazir
Qo‘ng‘irotboy Sharipov
qo‘shma ta’lim dasturlarining kelajagi va ularga qo‘yiladigan yangi talablar haqida to‘xtalib o‘tdi.
➖
Ilgari
sifatsiz tashkil etilgan ayrim qo‘shma dasturlar
(hatto Iqtisodiyot universitetida ham) talabga javob bermagani uchun yopilgan.
➖
Endilikda faqat dunyoning
Top
500
taligiga kirgan universitetlar bilan hamkorlik qilish vazifasi qo‘yilgan. Kelajakda bu chegara
Top
300
va
Top
100
talikka ko‘tariladi.
➖
Qo‘shma ta’lim xorijiy texnologiyalarni O‘zbekistonga olib kiruvchi va
ta’lim transformatsiyasini
ta’minlovchi ko‘prik
vazifasini o‘taydi.
➖
Talabalar va professorlarning xorijga borib malaka oshirishi uchun ketadigan
katta xarajatlarni mamlakat ichida tejash imkonini
beradi.
Qo‘shma ta’lim dasturlari dolzarbligini yo‘qotmaydi, aksincha, ularning
sifati va hamkor universitetlar darajasiga
bo‘lgan talab yanada kuchayadi.
🌐
@Ofis_registratori
Bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov yangi farmon bilan
bakalavriatni xorijiy tilda
(ingliz, nemis, fransuz va hk.) tamomlagan bitiruvchilardan
magistratura va doktoranturaga
hujjat topshirishda
chet tili sertifikati talab etilmasligini
yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.
🌐
@Ofis_registratori
❗️
Qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul qilish tartibi soddalashtiriladi
Prezident farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar
dasturiga ko‘ra
, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish va unda tahsil olish jarayonlariga bir qator muhim yengilliklar kiritilmoqda.
Bunda quyidagi o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan:
1️⃣
Qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul qilishda o‘qitish olib boriladigan
chet tilidan
(Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan)
kirish imtihoni topshirish tartibi bekor qilinadi
.
2️⃣
Qo‘shma ta’lim dasturida tahsil olayotgan
homilador talabalar
va
3 yoshgacha farzandi
bor talaba-qizlarga xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotining roziligi asosida,
xorijga bormasdan
turib
o‘qishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.
🌐
@Ofis_registratori