Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

𝐾𝑜'ℎ𝑛𝑎 𝐼𝑙𝑜𝑞🏔

Ohangaron_tumani_kohna_iloq
Subscribers
9 630
24 hours
570
30 days
-100
Post views
580
ER
0,74%
Posts (30d)
89
Characters in post
457
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 28, 04:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

📣
E’LON!
TANLOV TUGASHIGA OZ MUDDAT QOLDI!
Otabek Xasanovning “Liderlar" kitobi bo‘yicha savol-javob tanlovi e’lon qilingan.
📚
Tanlov doirasida ishtirokchilar ushbu kitobni 1 oy davomida o‘qib chiqishlari talab etiladi.
🧠
Yakuniy bosqichda ishtirokchilar kitob asosida tayyorlangan savollarga javob berish orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar.
📍
Yakuniy savol-javob jarayoni 2-may kuni Ohangaron tumani Yoshlar markazida joylashgan Axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tadi va shu kuni g‘oliblar aniqlanadi.
🏆
G‘oliblar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Xasanov tomonidan quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
🥇
1-o‘rin — Planshet
🥈
🥉
2-, 3-, 4-, 5-o‘rinlar — Toshkent shahri bo‘ylab bepul sayohatga yuboriladi.
📌
Barcha kitobxonlar va yoshlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
FURSATDAN FOYDALANING VA G'OLIB BO'LING!
Omad barchaga yor bo‘lsin!
🚀

April 28, 03:48
Media unavailable
3
Show in Telegram

#iqtibos
📚
Boshqalarning fikrini o‘ylab o‘tirgandan ko‘ra o‘z ustingda ko‘proq ishla.
✍🏻
Lev Tolstoy
💻
Bizni kuzatishda davom eting
Ko'hna Iloq kanali
📲

April 27, 10:43
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Ohangaron_tumani
Joriy yilning 27-aprel kuni Ohangaron tumani 29-son umumta’lim maktabida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🛡
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar ongida giyohvandlikka qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, ularni turli zararli illatlardan asrash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.
📚
Suhbat davomida mutaxassislar tomonidan giyohvand moddalarning inson salomatligi, kelajagi va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
🤝
Tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, sog‘lom hayot sari dadil qadam tashlashga chorlandi.
BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING
KO'HNA ILOQ KANALI

April 27, 08:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

#yangiruhiyat
📚
Dam olish kunlari – ma’naviyat bilan!
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi tashabbusi bilan viloyatning so‘lim go‘shalarida kitobxonlik piknigi tashkil etildi.
Tabiat bag‘rida o‘tgan ushbu ma’rifiy tadbir yoshlar va kitob ixlosmandlarini bir maydonga jamlab, ularga nafaqat dam olish, balki bilim olish imkonini ham yaratdi. Ishtirokchilar o‘zlari sevgan kitoblar mutolaasi bilan shug‘ullanishdi, fikr almashishdi va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilishdi.
🌱
Tabiat, toza havo va kitob — inson ruhiyati uchun eng yaxshi uyg‘unlikdir.
📖
Bunday tadbirlar orqali kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlar qalbida bilimga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsad qilinmoqda.

April 27, 03:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

#iqtibos
Takabburlikni qilma dilga pesha,
Tavozu ayla har kimga hamisha.
Boshoq boshin ko‘tardi gerdayib, boq.
Boshin uzdi, tushirdi yerga o‘roq.
Abdurahmon Jomiy
💻
Bizni kuzatishda davom eting
Ko'hna Iloq kanali
📲

April 26, 09:14
Media unavailable
2
Show in Telegram

Bugun xalqimizning sevimli shoiri, vatan, yurt, xalq kuychisi Muhammad Yusufning tug‘ilgan kuni. Shoir hayot bo‘lganida 72 yoshni qarshilagan bo‘lardi.
"Rimni alishmasm
an bedapoyangga...", "Parijning eng go‘zal restoranlarin, Bitta tandiringga alishmasman men..." , "O‘zingdan qo‘ymasin, xalqim, o‘zingdan-a...." , "Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston...", "O‘zing meni ulug‘lardan ulug‘imsan, vatanim". Bu misralar b
ugun barchamizga yod bo‘lib ketgan.
Shoir xalq qalbiga yaqin, o‘zidek sodda, samimiy o‘xshatishlari bilan yuragimizdan joy olgan.
Shoir o‘lmaydi, degan gap bor. Bu gap Muhammad Yusuf haqida aytilgandek. U hali hamon she’rlari bilan qalbimizda yashab kelmoqda. Vatan muhabbatiga yuraklarimizda bir haykal o‘rnatganki, uni hech kim olib tashlolmaydi.
Uning tug‘ilgan kuni barchamizning Vatanga muhabbatimiz izhor qilinadigan kunimizga ham aylangan. Vatanga bunday samimiy dil izhorlarimiz shoir she’rlari orqali doimo abadiydir.
@otabek_khasanov

April 24, 12:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz yangi qiyofa kasb etgan O‘zbekiston ovozi ko‘chasi bilan tanishdi.

April 24, 10:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

#yangiruhiyat
Milliylik ruhi — tafakkur va ilhom uyg‘unligida
Go‘zal manzaralar, milliy ruh va samimiy kayfiyat uyg‘unlashgan ushbu lahzalarda bir haqiqat yanada yaqqol namoyon bo‘ladi: o‘zligimizni anglash va uni asrab-avaylash — har birimizning muqaddas burchimizdir.
Milliy qadriyatlarimizni his etgan holda, bilim va kitobxonlik orqali tafakkurimizni boyitish esa bu yo‘ldagi eng muhim qadamlardan biridir.

April 24, 03:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

#16_son
Hurmatli davlat xizmatchilari,
siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
🌍
Biz bilan kuzatib boring!
🕊
Telegram
|
📸
Instagram

April 23, 09:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

LIRIK CHEKINISH
O'ZBEGIM - Sherali Jo'rayev