
O'lmas Temur
Bugun yuzlab odamlar hali chop etilmagan kitob haqida suhbat qurish uchun keldi. Ajoyib kitobxonlik kechasi.
Barchangizga rahmat!
Xudo xohlasa barcha kutganlaringizni oqlaydigan roman oʻqishingizga umid qilaman!
@javlonjovliyev
Kitobga yo‘l bering: Javlon Jovliyev bilan adabiy kecha!
📚
23-aprel – Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni munosabati bilan barchangizni o‘zgacha adabiy tadbirga taklif etamiz!
Taniqli yozuvchi, "Oltin qalam" mukofoti sohibi Javlon Jovliyev va uning shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan, yaqin kunlarda nashrdan chiqishi kutilayotgan, yangi "Katta qizlar" romani bilan yaqindan tanishish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
Bu shunchaki taqdimot emas, bu adabiyot va san’at uyg‘unlashgan jonli ijro bo‘ladi!
Dasturda Sizni nimalar kutmoqda?
🎤
Samimiy suhbat:
O'lmas Temurning Javlon Jovliyev bilan "Katta qizlar" romanining yozilish tarixi, undagi mavzular hamda yetti nafar qahramon qizning taqdiri haqidagi qiziqarli suhbatidan bahramand bo‘ling.
🎭
Sahna ko‘rinishlari:
Yosh aktyorlar ijrosida asardan saralangan eng hayajonli lavhalar jonlanadi. Fotima, Maya va boshqa qahramonlarning kechinmalarini sahna ko‘rinishlari orqali his eting.
💬
Erkin muloqot:
Tadbir so‘ngida yozuvchi bilan bevosita muloqot qilish, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olish va asar haqida fikr almashish imkoniga ega bo‘ling.
📅
23-aprel, 15:00-17:00
📍
Amir Temur ko'chasi 42, O'zbekistondagi Gyote-Instituti kutubxonasi
Tadbirda ishtirok etish bepul!
Kitob sehrini va so‘z qudratini biz bilan birga his qiling!
Barchangizni kutib qolamiz!
📖
🎭
Literatur auf der Bühne!
Anlässlich des Welttags des Buches laden wir Euch zu einem besonderen literarischen Highlight ein! Erlebt den bekannten usbekischen Schriftsteller Javlon Jovliyev und sein neuestes Werk „Katta qizlar“ hautnah.
Dies ist keine gewöhnliche Lesung – es ist eine Performance, die Literatur lebendig macht!
Was erwartet euch?
🎤
Im Gespräch:
O'lmas Temur führt ein exklusives Interview mit Javlon Jovliyev über die Hintergründe, die mutigen Themen und die sieben Frauenbiografien in seinem neuen 500-seitigen Roman.
📚
Literatur wird lebendig:
Junge Schauspieler*innen bringen ausgewählte Szenen aus Buch „Katta qizlar“ auf die Bühne. Spürt die Emotionen der Protagonistinnen Fotima, Maya und vielen anderen in einer packenden Performance.
Nach der Vorführung öffnen wir die Runde für ein Gespräch mit dem Publikum.
📅
23.04.2026
📍
Goethe-Institut Usbekistan
⏰
15:00-17:00
🇺🇿
Usbekisch
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi
Fabio Kannavaro
ning so‘nggi, yurtimizga oid postlarini kuzatib, bitta jihat e’tiborimni tortdi.
🇺🇿
🤝🏻
🇮🇹
Mashhur futbolchi postdagi gaplarni, avvalo, o‘zbek tilida boshlayapti. Bu shunchaki tarmoq yuritish usuli emas, balki auditoriyaga, shu mamlakat madaniyatiga bo‘lgan oddiy va samimiy hurmat belgisidir. Italiyadan kelgan, butun dunyo taniydigan, “Oltin to‘p” sohibining bu e’tibori, ochiq aytish kerak, komplekslari yo‘q, o‘zini shu jamiyatning bir bo‘lagi hisoblaydigan istalgan o‘zbekistonlikka xush yoqadi.
Aslida, bu hammamiz uchun yaxshigina namuna. Biz ko‘pincha “shunga o‘rganib qolganmiz”, “boshqalar tushunmaydi” degan andishalar bilan eski odatlarimizdan kecholmaymiz, lekin o‘zgarish uchun qandaydir katta turtki shart emas. Atigi ozgina istak va muloqot odatini to‘g‘ri shakllantirishga bo‘lgan iroda bo‘lsa yetarli ekanini shu bitta misol ham ko‘rsatib turibdi.
Quvonarlisi shundaki, bu borada
davlat idoralarida allaqachon siljish bor, ko‘zga tashlanyapti.
Misol uchun,
2020-yil 20-oktyabrda Prezident tomonidan imzolangan PF-6084-sonli: “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni
bor. Uning ijrosi yuzasidan
rasmiy yozishmalar va ichki hujjatlar almashinuvi izchil ravishda o‘zbek tiliga faol ko‘chirilayotgani — davlat tilining munosib o‘rni his etilishi boshlangani umid baxsh etadi.
Albatta, hammasi birdaniga silliq kechmayotgandir, ammo qadamlar to‘g‘ri va mantiqiy yo‘nalishda tashlanayotgani ko‘ngilni to‘q qiladi.
Ayniqsa, Navro‘z bayramida Amir Temur imperiyasining bayrog‘i
🙏
mag‘rur hilpiragani, eng yuqori minbarlardan milliy o‘zlikni anglashga yorqin ishoralar bo‘layotgani ham aslida yaqqol signal beradi.
Endigi qadamni
yirik bizneslar, xizmat ko‘rsatish sohalari va xususiy maktablar tashlasa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Davlat sektorida yuz berayotgan va hatto chet elliklar tushunib yetayotgan lisoniy hurmat muhitini xususiy sektorda yaratish ham qiyin emas. Buning uchun katta sarmoya yoki yuqoridan buyruq bo‘lishi shart emas-da — shunchaki o‘z iste’molchisiga qaratilgan hurmat, aholining shu davlat, bir millat o‘zligini his eta olishiga daxldorlikni sezishsa bas.
@mirzodanmaktub
Mutolaa Premiumni olmastemur Promokodi orqali 10 % lik chegirma bilan harid qiling va Dostoyevskiyning barcha asarlari va 3000 dan ortiq audio hamda elektron kitoblarni mutolaa qiling!
PROMOKOD: olmastemur
Meni sevib qolishingdan oldin…
🏆
10 million so‘m mukofot va 100 ta bir yillik premium sovrinlari: Namangan viloyati hokimi kubogiga qoʻshiling!
Namangan viloyati hokimi — Shavkatjon Abdurazzoqov oʻz marra marafonini e'lon qilmoqda.
• “Mutolaa” da Namangan viloyati hokimi kubogiga qoʻshiling va
“Jadidlar: Is’hoqxon to‘ra Ibrat”
asarini mutolaa qiling.
• 8 kun davomida kuniga 26 daqiqadan kitobni mutolaa qilamiz va so’nggida hamma test ishlab, yopiq savollarga javob beradi.
🎁
Imtihonda eng yaxshi natija ko‘rsatgan
🥇
1-oʻrin: 5 million so‘m pul mukofoti.
🥇
2-oʻrin: 3 million so‘m pul mukofoti.
🥇
3-oʻrin: 2 million so‘m pul mukofoti.
🏆
Shuningdek,
TOP 100 nafar kitobxonlar 1 yillik Mutolaa Premium
bilan taqdirlanadilar.
👇
Quyidagi havola orqali Marra’ga qoʻshilishingiz mumkin:
https://mutolaa.com/davra/post/246551
Mutolaa ilovasini yuklab oling
Bugun bizda spektakl bor, bilasiz-a?
Soat 18:00 da bo‘lib o‘tadigan “Julleta sotdi” spektakli uchun 20 ta bepul o‘rin ajratilgan.
😍
Shartlar doimgidek:
— Spektakl boshlanish vaqti: 18:00
— Kamida 20 daqiqa oldin yetib kelish kerak
— Kirish uchun 28 000 so‘mlik kitoblardan kamida 1 dona xarid qilinadi
— Shu orqali spektaklni bepul tomosha qilish imkoniyati beriladi
Ishtirok etmoqchi bo‘lganlar izohlarda 1 dan 20 gacha raqam yozib, o‘z o‘rnini band qiladi.
⚠️
O‘rinlar cheklangan — faqat dastlabki 20 kishi qabul qilinadi.
O'zingni hayotda ortiqchadek his qilmaslikning chorasi faqatgina BILIM!
BILIM ol va o'zingni ortiqchadek his qilishdan QUTIL!.
Ibrat Farzandlari bilan buni yanada osonroq qil.
O’lmas Temur