
OQTEPA MASJIDI (rasmiy)
Ўзбекистонлик қори халқаро Қуръон мусобақаси совриндори
Қозон шаҳрида «Қозон — Ислом оламининг маданий пойтахти» йили дастури доирасидаги илк тадбир сифатида ўтказилган халқаро Қуръони Карим мусобақаси якунланди.
Мусобақанинг саралаш босқичида Яқин Шарқ, Африка, Жануби-Шарқий ва Марказий Осиё ҳамда Евро Осиёнинг 30 мамлакатидан Қуръон тиловатида энг моҳир бўлган 30 нафар қори иштирок этди.
Ҳакамлар ҳайъати қарорига кўра, қуйидаги қорилар ғолиб деб эълон қилинди:
1-ўрин: Имрон Ал-Карим (Индонезия)
2-ўрин: Маҳмуд Тоҳа Саид Муқбил (Яман)
3-ўрин: Муҳаммад Юсуф бин Қосим (Малайзия)
4-ўрин: Низомиддин қори Шуҳрат ўғли Исмоилов (Ўзбекистон)
5-ўрин: Абдуллоҳ Ҳамад Салим Ҳамад Абу Шарида (Қатар).
Ғолибларга мукофотларни Бош муфтий шайх Равил Гайнутдин ҳазратлари
топширдилар.
🕋
@islomuz
#muftiy_minbari
Зиёрат одоби — маънавият ойнаси
🎙
Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари
📱
YouTube
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
📲
РАСМИЙ САҲИФА
✅
УЛАШИНГ
🗣
OQTEPA MASJIDI (rasmiy)
pinned a photo
⏰
NAMOZ VAQTLARI
24-aprel, juma kunidan
#namoz_vaqtlari
BOMDOD 04:45
PESHIN 12:40
ASR 17:25
SHOM 19:16 (o'zgarib turadi)
XUFTON 21:00
🌐
Yaqinlaringizga ham yuboring!
🌙
@Oqtepajome
🏷
Masjid kanaliga a‘zo bo‘ling va namoz vaqtlarini kuzatib boring!
#Muslim_podcast
📱
🗣
ABU HANIFA KIM BO‘LGAN?
🎙
Ekspert:
Habibulloh domla Jo‘raboev
– O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi katta ilmiy xodimi
🎞
Toʼliq
👉
FULL HD:
@muslim_podcast_uz
da
koʼring!
📝
Mazkur podkast
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi.
🥺
Telegram
🛍
Instagram
🤪
Facebook
😍
YouTube
🟢
MUSLIM.PODCAST.UZ
GA
📲
OBUNA BO'LING
✅
VA
ULASHING
🗣
BEMORNI DOMLAGA O‘QITISH DINIMIZDA BORMI?
#dam_solish
❓
1322-SAVOL: Xalq orasida kasal bo‘lgan insonni mulla yoki eshonga o‘qitish degan tushuncha bor. Shu tushuncha shariatga qanchalik to‘g‘ri keladi?
💬
JAVOB:
Bismillahir Rohmanir Rohim. Bu ish shariatimizga muvofiq keladi. Faqat dam soluvchi kishi mulla yoki eshon bo‘lishidan tashqari, Qur’oni karimni to‘g‘ri o‘qiydigan kishi, yo bemorning yaqinlari, yoki bemorning o‘zi ham bo‘lishi durust. Dam solish asosan Qur’oni karim suralari va oyatlari, hadisi sharifda kelgan duolar bilan bo‘ladi.
Payg‘ambarimiz alayhissalom ichida shirk so‘zlari bo‘lmagan dam solish durustligini bayon qilganlar. Yana hadisi shariflarda turli gazanda hayvon va hasharotlar chaqqanda, jinnilikda, ko‘z tegganda, isitmada va shu kabi kasalliklarda Qur’on o‘qib davolashga ko‘rsatmalar berganlar. Jumladan: Qays ibn Talq otasidan rivoyat qiladi:
كُنْت عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَلَدَغَنِي عَقْرَبٌ ، فَجَعَلَ يَمْسَحُهَا وَيُرْقِيهِ
“Payg‘ambarimiz alayhissalomning yonlarida edim. Meni chayon chaqib oldi. U kishi
(chayon chaqqan joyni)
silab, dam soldilar”
(Imom Tahoviy rivoyatlari).
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
لَدَغَتْ رَجُلًا مِنَّا عَقْرَبٌ ، عِنْدَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ رَجُلٌ : يَا رَسُولَ اللَّهِ ، أَرْقِيهِ فَقَالَ مَنْ اسْتَطَاعَ مِنْكُمْ أَنْ يَنْفَعَ أَخَاهُ فَلْيَفْعَلْ
"Payg‘ambarimiz alayhissalomning yonida birimizni chayon chaqib oldi. Bir kishi: “Ey, Allohning Rasuli, dam solaymi?” dedi. U zot aytdilar: “Ichingizda kim birodariga foyda keltira olsa, shunday qilsin!”
(Imom Tahoviy rivoyatlari).
Payg‘ambarimiz alayhissalomning bu so‘zlaridan bemorga foyda beradigan har qanday dam solish durustligi tushuniladi.
Payg‘ambarimiz alayhissalom bemor bo‘lganlarida Jabroil alayhissalom quyidagi so‘zlar bilan dam solganlar:
بِسْمِ اللَّهِ أَرْقِيك مِنْ كُلِّ شَيْءٍ يُؤْذِيك مِنْ شَرِّ كُلِّ ذِي نَفْسٍ وَنَفَسٍ ، وَعَيْنٍ ، اللَّهُ يَشْفِيك ، بِسْمِ اللَّهِ أَرْقِيك
ya’ni:
“Senga ozor beruvchi har bir narsadan, har bir jonli, nafas oluvchi va yomon ko‘zdan Allohning nomi bilan ruqya qilaman
(dam solaman)
. Alloh senga shifo beradi. Allohning nomi bilan dam solaman”
(Imom Tahoviy rivoyatlari). (“Sharhi Maonil osor” kitobi).
Dam solish uchta shart bilan durust bo‘ladi:
1. Qur’oni karim yoki Alloh taoloning ismi sifatlari bilan bo‘lishi;
2. Arab tilida bo‘lishi yoki boshqa tilda bo‘lsa ham, ma’nosi tushunarli bo‘lishi;
3. Dam solishning o‘zi bilan emas, Alloh taoloning izni va qudrati bilan shifo topishiga e’tiqod qilishi (“Al-mavsu’atul fiqhiyya al-Kuvaytiya”).
Dam solish ham davolanishning bir turi bo‘lib, u boshqa davolanish turlari: an’anaviy tibbiyot va zamonaviy tibbiyotdan foydalanishni man qilmaydi. Balki Qur’on oyatlari mo‘minlarning ham ruhiga, ham jasadiga shifo bo‘lganidan davolanishning boshqa turlariga yordamchi bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
🌙
@Oqtepajome
#quron
📜
Qiyomat kuni: Odamlar bir joyga jam bo‘ladilar.
Faqat Qur’onni yod olib, unga amal qilgan kishi bundan mustasno
. U farishtalar — ulug‘ va itoatkor elchilar bilan birga bo‘ladi*.
Qiyomat kuni: Odamlar bir-biridan qochadilar va har bir kishi: "o‘zim, o‘zim!"
(faqat o‘zimni qutqarsam)
deydi.
Faqat Qur’onni yod olib, unga amal qilgan kishi bundan mustasno.
U ota-onasiga viqor tojini kiydirish uchun ularni izlaydi*.
Eng baxtli inson — Qur’onni yod olib, unga amal qilgan kishidir.
Arabicuz
🌙
@Oqtepajome
🕋
Haj arkonlarining ado etilish tartibi bir suratda
1. Miyqotda ehromga kirish.
2. Umra tavofi.
3. Umra sa’yi.
4. Sochlarni to‘liq olish yoki qisqartirish (umrada).
5. Zulhijjaning 8 -kuni ehromga kirish.
6. Zulhijjaning 9- kuni Arafotda vuqufda turish.
7. Muzdalifada tunab qolish.
8. Zulhijjaning 10 - kuni (Qurbon hayiti kuni) Minoga yuzlanib, Jamratul Aqabada tosh otish, qurbonlik so‘yish va sochlarni to‘liq oldirish uchun yo‘l oladi.
9. Ifoza tavofini (ziyorat tavofi) ado etish.
10. Safo va Marvani sa’y qilish.
11. Tashriq kunlari Minoda tunash.
12. Makkaga borgach vidolashuv tavofini ado etish.
Arabicuz
🌙
@Oqtepajome
#Muslim_podcast
📱
🗣
BIR
JOYDA MAZHABLARNI TURLICHA BO‘LISHI IXTILOF KELTIRIB CHIQARMAYDIMI?
🎙
Ekspert:
Habibulloh domla Jo‘raboev
– O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi katta ilmiy xodimi
🎞
Toʼliq
👉
FULL HD:
@muslim_podcast_uz
da
koʼring!
📝
Mazkur podkast
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi.
🥺
Telegram
🛍
Instagram
🤪
Facebook
😍
YouTube
🟢
MUSLIM.PODCAST.UZ
GA
📲
OBUNA BO'LING
✅
VA
ULASHING
🗣
ФАРҒОНА ВИЛОЯТИДАГИ САЙЁР ТАДБИР
УСТОЗ ЗАЙНИДДИН ДОМЛА, ЎЗБЕКИСТОН МУСУЛМОНЛАРИ ИДОРАСИ РАИСИ ЎРИНБОСАРИ, УЛАМОЛАР КЕНГАШИ АЪЗОСИ
Яқинларингизга ҳам улашинг!
👉
@dangara_masjidi