Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

ORIENTALIST | SHARQ

Orientalist_SHARQ
🌙 SHARQ Tarixi, Lingvistikasi, Madaniyati, Antropologiyasi va Etnografiyasi, umuman SHARQ haqida barcha bilim va ilmiy farazlar... 💫 SHARQni sevuvchilar va tarix ixlosmandalari uchun kanal! 👇 Hamkorlik va Murojaat uchun: @Orientalist_chat_bot
Subscribers
960
24 hours
1
30 days
-22
Post views
776
ER
0,81%
Posts (30d)
Characters in post
1 412
April 17, 06:06
Media unavailable
6
1
Show in Telegram

🇾🇪
📷
YAMANDAGI GO'ZAL TARIXIY BINOLAR
INSTAGRAM SAHIFAMIZGA OBUNA BO'LING!
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
📱
https://www.instagram.com/orientalist_sharq?igsh=OGtxZm1oNHhzNWNj
🤩
Kanalga obuna bo'ling:
📱
@Orientalist_SHARQ

April 12, 14:11
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

🐉
SHARQDA OMAD, G‘ARBDA OFAT — AJDARHO OBRAZINING KELIB CHIQISH TARIXI
🐲
Uzoq Sharq
mamlakatlaridagi
ajdarho  obrazining kelib chiqishi
qadimiy
mifologiyalarga
,
tabiat kuchlari
va
diniy-falsafiy
qarashlarga borib taqaladi. Bu obraz har bir mamlakatda o‘ziga xos tarzda shakllangan, ammo ayrim umumiy ildizlarga ega.
😍
Xitoyda ajdarho ramzining kelib chiqishi,
mil.avv. 4700–2900-yillar
oralig‘ida Xitoyda ajdarho haqidagi tasvirlar
ilk bor topilgan.
🐲
Neolit davridagi
Liangzhu (良渚文化) va Hongshan (红山文化)
madaniyatlari (m.avv. 3000–2000 yillar)
ajdarho shaklidagi tosh va nefrit haykallari
bilan mashhur.Bu davrdagi ajdarho tasvirlari ko‘pincha
ilon
shaklida bo‘lib, u
osmon, suv va hosildorlik
bilan bog‘langan.
🐉
Ajdarho obrazining shakllanishida turli hayvonlar

ilon, baliq, timsoh, yo‘lbars, burgut
va hatto
kiyikdan olingan elementlar
aralashgan. Masalan:
Xitoy ajdarhosi

ilon tanasi, yo‘lbars tirnoqlari, burgut panjalari, kiyik shoxi va baliq tangachalariga ega bo‘ladi.
Bu aralash obraz qadimgi odamlarning tabiat hodisalarini tushuntirishga urinishlari bilan bog‘liq (masalan,
momaqaldiroq, sel, daryo toshqinlari
).
🐉
Qadimiy miflar va diniy e’tiqodlarga ko'ra,
Xitoyda "Ajdarho" ( "龍 (lóng)" qadimdan imperator hokimiyatining ramzi
, kuch, omad va hayot manbai (yomg‘ir, suv) sifatida qaralgan.
Nyuva
va
Fusi
(
Nyuva
(女娲) va
Fusi
(伏羲) Xitoy mifologiyasida insoniyatning otasi va onasi sifatida tanilgan qadimgi ilohiy shaxslar hisoblanadi. Ular Xitoy xalq og‘zaki ijodida va qadimgi yozma manbalarida muhim o‘rin egallaydi)
ajdarho tanasiga ega mavjudotlar sifatida tasvirlangan.
🐉
Yaponiyada "Ajdarho" "Ryu" 「竜」(ryū) yoki 「龍」(ryū) deb ataladi.
U ko‘pincha
dengiz
yoki
yomg‘ir
bilan bog‘langan.
Sintoizm dinida suv ilohlari bilan bog'lanadi.
🐉
Koreyada
esa
ajdarho tinchlik va himoya ramzi
hisoblanadi.
Ko‘pincha osmon va suv bilan bog‘lanadi, shuningdek,
qirollik belgisi bo‘lgan.
Izoh:
🐉
Sharq va
🐉
G‘arbda
"ajdarholar"ga
qarash
bir biridan tubdan farqi qiladi:
Sharqda

ajdarho yaxshi, hayotni qo‘llab-quvvatlovchi, baxt va omad olib keluvchi mavjudot hisoblansa
,
G‘arbda
esa —
ko‘proq yovuz, olov purkaydigan va yengilishi kerak bo‘lgan jonzot sifatida tasvirlanadi.
INSTAGRAM SAHIFAMIZGA OBUNA BO'LING!
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
📱
https://www.instagram.com/orientalist_sharq?igsh=OGtxZm1oNHhzNWNj
🤩
Kanalga obuna bo'ling:
📱
@Orientalist_SHARQ

April 04, 13:31
Media unavailable
9
1
Show in Telegram

​​
🔠
FG'ONISTONDAGI BOBUR BOG'I –
باغ بابر در افغانستان
🔠
obur bog'i

Afg'onistonning diqqatga sazovor joylaridan biri bo'lib,
Afg'onistonning
Kobul shahrida
joylashgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan ushbu bog'
1528-yilda Kobulda qurilgan bo'lib
, umumiy
11 gektar
maydonni egallaydi.
📖
Boburning vasiyatiga ko'ra
, o‘g‘li Humoyun otasining afg‘on rafiqasi Bibi Muborak bilan birga Bobur ushbu bog'ga dafn etiladi. Shundan beri bu bog‘
Bog‘i Bobur (باغ بابر)
deb nomlanadi.
➡️
Bobur bog‘i
«Guzargoh»
deb nomlangan hududda joylashgan. G‘arbdan
Chehelstun yo‘li
va
Dorilamon yo‘li
, sharqdan
Shir Darvoza
tog‘i, janubdan
Chehelstun
hududi bilan bog‘langan.
➡️
Keyinchalik,
Afg‘oniston amiri Abdul Rahmon
(
1844-1901
) ham Bog‘i Bobur ichida
yozgi saroy qurdiradi
. Bog‘i Boburga oddiy odamlar kirishi va sayr qilishlari taqiqlangan edi.
Afg‘oniston amiri Muhammad Nodirshoh (1883-1933)
hukmronligidan keyin bu bog‘ning darvozasi
xalq uchun ochilgan.
Odamlar faqat juma va dam olish kunlari Bog‘i Boburga kirishlari mumkin bo‘lgan.
📌
P.S: o'z navabtida,
Bog‘i Bobur uch marotaba:
birinchi marta –
amir Abdul Rahmon davrida
, ikkinchi marta –
Muhammad Nodirshoh
davrida va uchinchi marta –
Hamid Karzay davrida
ta’mirdan chiqarilgan
.
INSTAGRAM SAHIFAMIZGA OBUNA BO'LING!
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
📱
https://www.instagram.com/orientalist_sharq?igsh=OGtxZm1oNHhzNWNj
🤩
Kanalga obuna bo'ling:
📱
@Orientalist_SHARQ

March 28, 11:58
Media unavailable
4
Show in Telegram

🇮🇳
🇵🇰
HINDISTON-POKISTON CHEGARASIDAGI SHOU: TINCHLIK VA DUSHMANLIK O‘RTASIDAGI MUVOZANAT
🇵🇰
🇮🇳
Hindiston va Pokiston
chegarasidagi
Vagah chegara posti
har kuni kechqurun o‘tkaziladigan tantanali
bayroq tushirish marosimi bilan mashhur.
Ushbu tadbir
1959-yildan
beri har
ikki davlat harbiylari tomonidan o‘tkaziladi.
🇵🇰
🇮🇳
Marosimning kelib chiqishi tarixi:
Hindiston
va
Pokiston
1947-yilda mustaqillikka erishgach,
Britaniya Hindistoni ikkiga bo‘lindi. Shundan so‘ng, har ikki davlat o‘rtasida keskinlik kuchaydi.
1959-yilda harbiylar
bu keskinlikni milliy g‘urur va intizomni namoyish qilish orqali muvozanatga keltirish maqsadida Vagah chegara postida tantanali marosim o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi.
🇵🇰
🇮🇳
Tadbirda ikki davlat chegara qo‘shinlari o‘ziga
xos yurishlar
,
oyoq urishlar
va
qat’iy harakatlar bilan o‘z intizomini namoyish etadi
. Ularning yurishi
baland oyoq ko‘tarish
,
qattiq oyoq urishlari
va keskin harakatlar bilan ajralib turadi. Har ikki tomon
askarlari bir-biriga tik boqib
, o‘zaro intizom va g‘urur namoyish qiladi. Chegara darvozasi ochilib, harbiylar
o‘zaro qo‘l berib salomlashadi
. Bayroqlar yig‘ilgach, darvoza yana yopiladi va harbiylar qaytib ketadi.

Ushbu marosim turistlar va mahalliy aholi uchun katta tomosha bo‘lib, har kuni minglab odamlar uni kuzatish uchun keladi.
Tinchlik va dushmanlik o‘rtasidagi muvozanat – Garchi Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar murakkab bo‘lsa-da, bu marosim harbiy raqobat bilan birga
muayyan diplomatik odat ham hisoblanadi.
INSTAGRAM SAHIFAMIZGA OBUNA BO'LING!
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
📱
https://www.instagram.com/orientalist_sharq?igsh=OGtxZm1oNHhzNWNj

🤩
Kanalga obuna bo'ling:
📱
@Orientalist_SHARQ

March 23, 14:36
Media unavailable
4
Show in Telegram

🔠
AMO – TASAVVUFIY RAQS
🤩
Samo raqsi
XII–XIII asrlarda yashagan shoir va mutafakkit tasavvuf shayxi
Jaloliddin Rumiy (1207–1273)
tomonidan asos solingan
"Mavlaviy" tariqatining muhim marosimlaridan biri hisoblanadi.
🤩
Samo raqsining ma’nosi va mohiyati:
➡️
Ruhiy poklanish

Samo raqsi orqali darvishlar Allohga yaqinlashishni, dunyoviy g‘am-tashvishlardan xalos bo‘lishni va ilohiy haqiqatni anglashni maqsad qiladilar.
➡️
Harakat va ramziylik

Darvishlar oq libos (o‘lim va yangi hayot ramzi) va  kiyib, soat miliga teskari yo‘nalishda aylanadilar.
➡️
Qo‘llar holati

O'ng qo‘l yuqoriga, chap qo‘l pastga qaragan holda bo‘ladi, bu esa Allohdan nur qabul qilish va uni yerga yetkazish ma’nosini anglatadi.
🤩
Rumiy vafot etgach
, uning o‘g‘li
Sulton Valad
Mavlaviy tariqatini
rivolantirib
Samo raqsini rasmiy zikir marosimi sifatida shakllantirgan.
XIII-XIV asrlardan boshlab, Mavlaviy darvishlari ushbu raqsni Konya (
hozirgi Turkiya
) va boshqa shaharlarda muntazam ravishda ijro eta boshlashgan.
🤩
1925-yilda
Mustafo Kamol Otaturk
Turkiyada diniy tariqatlarni taqiqlaganidan so‘ng, Mavlaviy zohidlik markazlari (zoviyalar) yopilgan va Samo raqsi taqiqlangan. Biroq
1950-yillardan boshlab, u madaniy meros sifatida tiklana boshlad
i
.
🤩
Bu raqs asosan
Turkiya
,
Eron,
Pokiston
,
Afg'oniston
va
Bolqon
davlatlarida keng tarqalgan.
Hozirda u madaniy meros sifatida e’tirof etilib, turistik tomoshalarda ham namoyish qilinadi.
INSTAGRAM SAHIFAMIZGA OBUNA BO'LING!
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
📱
https://www.instagram.com/orientalist_sharq?igsh=OGtxZm1oNHhzNWNj

🤩
Kanalga obuna bo'ling:
📱
@Orientalist_SHARQ

March 21, 08:48
Media unavailable
4
Show in Telegram


NAVRO'Z BAYRAMI TARIXI







🤩
Navro‘z
insoniyat tarixidagi eng qadimiy bayramlardan biri bo‘lib,
uning tarixi 3000 yildan oshadi
. U davlatlar shakllanmasdan oldin, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi qadimiy xalqlar tomonidan nishonlangan.
Bahorgi tengkunlik – 21-mart yangi yil boshlanishi sifatida qabul qilingan.

Keyinchalik, yirik madaniy markazlar va sivilizatsiyalar paydo bo‘lishi bilan
Navro‘z rasmiy bayram sifatida shakllanib,
qadimgi
Eron, Mesopotamiya, So‘g‘diyona, Baqtriya va O‘rta Osiyo hududlarida
keng nishonlana boshlagan.
👑
Navro‘z dastlab
Eronda Axamoniylar sulolasi
(miloddan avvalgi VI-IV asrlar) davrida rasman nishonlangan.
👑
Keyinchalik,
Sosoniylar davrida
(milodiy III-VII asrlar) u
Eronda asosiy bayramlaridan biriga aylangan.
🌐
🍀
Bugungi kunda 12 dan ortiq mamlakatda rasmiy bayram sifatida nishonlanadi va UNESCO madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
🌷
📖
🌺
SHARQONA YANGI YIL MUBORAK
INSTAGRAM SAHIFAMIZGA OBUNA BO'LING!
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
📱
https://www.instagram.com/orientalist_sharq?igsh=OGtxZm1oNHhzNWNj

🤩
Kanalga obuna bo'ling:
📱
@Orientalist_SHARQ

March 19, 14:44
Media unavailable
4
Show in Telegram

🔥
👑
CHORSHANBE SURI – ERONDA ZARDUSHTIYLIKDAN QOLGAN BAYRAM
👑
👑
👑
Chorshanbe Suri (چهارشنبه‌ سوری) –
forsiy madaniyatga xos qadimiy bayram bo‘lib,
zardushtiylik diniga borib taqaladi
. Bayram Navro‘z arafasida, yilning so‘nggi
CHORSHANBA kuni nishonlanadi
. Ushbu bayram
Eron, Afg‘oniston, Ozarbayjon va Markaziy Osiyoning ba’zi hududlarida keng tarqalgan.
🌕
Bayramning asosiy an’analari:
🔥
OLOV USTIDAN SAKRASH
– An’anaga ko‘ra, ko‘cha va xiyobonlarda yig‘ilib, gulxanlar ustidan sakrab, ushbu gaplarni aytib kuylaydilar: (
سرخی تو از من، زردی من از تو)"Sorhi-e to az man, zardi-e man az to" (“Olovli qizil ranging meniki, kasal sarg‘ish ranging seniki”).
🤩
TURLI RIVOYATLAR AYTISH
– kelajak haqida bashorat qilish va ertaklar aytish odati.
🤩
MAXSUS TAOMLAR TAYYORLASH
– Shirinliklar va o‘ziga xos taomlar tayyorlanadi.
🔥
Chorshanbe Suri qadimdan forslar uchun yovuz ruhlarni quvish va yangi yilni yaxshilik bilan kutib olish bayrami bo‘lib kelgan.
INSTAGRAM SAHIFAMIZGA OBUNA BO'LING!
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
📱
https://www.instagram.com/orientalist_sharq?igsh=OGtxZm1oNHhzNWNj
🤩
Kanalga obuna bo'ling:
📱
@Orientalist_SHARQ

March 18, 07:24
Media unavailable
4
Show in Telegram

🔠
ASHG‘AR – BUYUK IPAK YO‘LINING YURAGI
▶️
Qashg‘ar
Sharq va G‘arbni bog‘lovchi Buyuk Ipak yo‘lining eng muhim shahri bo‘lib,
ming yillar davomida savdo, madaniyat va islom ilmlarining markazi bo‘lib kelgan
.
📜

2000 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan bu shahar qadimda
turkiy
va
forsiy
xalqlarning chorrahasi bo‘lib,
Qoraxoniylar
,
Mo‘g‘ullar
va
Qo‘qon xonligi hukmronligida bo‘lgan.
🐫
Ipak yo‘lidagi savdolarda
Qashg‘ar orqali
Hindiston
,
Xitoy
va
O‘rta Osiyo
savdogarlari ipak, ziravor, gilam va qimmatbaho buyumlarni almashgan.
Bu shahar savdo-sotiq bilan birga madaniyat va diniy g‘oyalar almashinuvining ham markazi bo‘lgan.
🤩
Diqqatga sazovor joylar
:
🤩
Qoh masjidi

Xitoydagi eng katta masjid (1442-yil).
🤩
Eski shahar

qadimiy uyg‘ur
me’morchiligi saqlanib qolgan
hudud
.
🤩
Afaq Xo‘ja maqbarasi

mashhur tasavvuf peshvolaridan birining qabri
.
🤩
Qashg‘ar bozori

Buyuk Ipak yo‘lining savdo an’analarini saqlab qolgan qadimiy bozor.
🇨🇳
🏳️
Bugungi
Qashg‘ar
Xitoy tarkibida bo‘lib
, uyg‘ur madaniyatining eng muhim markazlaridan biri hisoblanadi.
💬
Siz Qashg‘ar haqida yana qanday ma'lumlotlari bilishni xohlaysiz?  Fikringizni izohlarda yozib qoldiring...
INSTAGRAM SAHIFAMIZGA OBUNA BO'LING!
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
📱
https://www.instagram.com/orientalist_sharq?igsh=OGtxZm1oNHhzNWNj

🤩
Kanalga obuna bo'ling:
📱
@Orientalist_SHARQ

March 16, 14:30
Media unavailable
8
1
Show in Telegram

☕️
🫖
CHOYNING KELIB CHIQISH TARIXI
🤩
Choy shunchaki ichimlik emas, balki xalqlar o'rtasidagi haqiqiy madaniy ko'prik hamdir.
☕️
🫖
Choy –
tasodif tufayli kashf etilgan ichimlikmi
?
🌿
Rivoyatlarga ko‘ra,
miloddan avvalgi 2737-yilda
Xitoy imperatori
Shen Nongning
qaynoq suv ichish odati bo‘lgan.
Bir kuni daraxtdan tushgan barglar uning ichayotga suviga tushib q
oladi va suvga yoqimli ta’m hamda hid beradi.
Shunday qilib, insoniyat choy bilan tanishadi!
🌿
🤩
Choy
dastlab
Xitoy saroylarida iste’mol qilingan
. Keyinchalik
buddist rohiblar
uni
Yaponiyaga
olib ketishadi.
XIII asrda
choy
Markaziy Osiyo
va
Eronga
savdo yo‘llari orqali yetib keladi.
Yevropaga esa u XVI asrda
golland savdogarlari tomonidan olib borilgan va tez orada
inglizlarning sevimli ichimligiga aylanadi.
🏮
Bularning barchasi Xitoyda boshlangan va choy "
chán" «茶»
deb ataladi - shimolda
chá
«拼音»
va janubda

«拼音»
(Futzyan provinsiyasida) deb talaffuz qilinadi:
1️⃣
Shimoliy Xitoy "chá
" (拼音)
: Bu atama Ipak yo'li kabi quruqlikdagi savdo yo'llari bo'ylab tarqalgan. Misol uchun, bu atama forscha “چای” (chāy) ga mana shunday kelgan; Arabcha
«شاي» (shāy)
— arab tilida asl tovush [ch] boʻlmagani uchun [ch] tovushi [sh] ga oʻzgargan;
Turk/Ozarbayjon («çay»),
rus ("чай”)
d
eb nomlanadi.
2️⃣
Janubi-Sharqiy Xitoy "tê
"(拼音) :
Xitoydan Yevropaga dengiz orqali Gollandiya va Portugal savdogarlari orqali kelgan varianti bo'lib
inglizcha "tea", fransuzcha "thé"
shaklida butun Yevropaga tarqaldi.
🔃
Yuqorida aytganimizdek, choy – faqat ichimlik emas, balki madaniyatdir!
Sharq xalqlari choyni nafaqat ichimlik, balki falsafa va an’ana sifatida qadrlashadi.
Masalan:
🇨🇳
Xitoyda choy marosimi

sabr va uyg‘unlik ramzi.
🇯🇵
Yaponiyada choy tayyorlash san’ati

haqiqat va estetikaga yo‘l.
🇺🇿
O‘zbekistonda choy
do‘stlik va mehmondo‘stlik timsolidir
.
🤩
💬
Yodingizga bo'lsin, choy ichayotganingizda, siz qo'lingizda shunchaki ichimlik emas, balki karvonlar va kemalar bilan sayohat qilgan qadimiy tarixning bir parchasini ushlab turasiz.
INSTAGRAM SAHIFAMIZGA OBUNA BO'LING!
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
📱
https://www.instagram.com/orientalist_sharq?igsh=OGtxZm1oNHhzNWNj
🤩
Kanalga obuna bo'ling:
📱
@Orientalist_SHARQ

March 15, 16:52
Media unavailable
6
1
Show in Telegram

🇸🇦
SAUDIYA ARABISTONINING Jidda shahridagi Al-Balad tumani marjon ohaktoshidan va qo‘lda o‘yilgan yog‘ochdan qurilgan uylari bilan Qizil dengiz mintaqasida noyob me’morchilik namunasi sifatida e’tirof etilgan.

Tarixiylik jihatidan
XVI-XX asr boshlarida qurilgan
ushbu an'anaviy uylar
Jiddadagi kichik baliqchilar qishlog'idan
yirik mustahkam shaharga aylangan. Bunga koʻp jihatdan uning
Hind okeani orqali savdo yoʻlidagi muhim port
va
Makkaga kirish eshigi
sifatidagi mavqei sabab boʻlgan.
💬
Al-Balad
noyob bo'lib, boshqa hech bir joyda bunday arxitektura yo'q. Shunga o'xshash an'anaviy ko'p qavatli uylar
Yamanda Shibam
va
Sanoda joylashgan
, ammo ular loydan ishlangan.
Al-Balad uylari, Yamandagilardan farqli o'laroq, Qizil dengizdan olib kelingan marjon ohaktoshidan qurilgan.
🦈
2014-yilda YUNESKO
Al-Baladni Butunjahon madaniy merosi obyektlari ro'yxatiga qo'shib, bu hududni
"Qizil dengiz me'morchiligi an'analarining ajoyib namunasi
" deb e'tirof etdi.
INSTAGRAM SAHIFAMIZGA OBUNA BO'LING!
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
⬇️
📱
https://www.instagram.com/orientalist_sharq?igsh=OGtxZm1oNHhzNWNj
🤩
Kanalga obuna bo'ling:
📱
@Orientalist_SHARQ