
Oybek Yuldashev 🇺🇿
🇺🇿
BAYRAM MUBORAK!
🇺🇿
10 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
Madhiyamiz — bu faqat musiqa va sheʼr emas, bu xalqning yuragi, Vatanimizning ovozi. Madhiyamiz yangragan har bir daqiqada yuragimizda yurtga taʼzim, kelajakka ishonch va milliy oʻzligimizga faxr tuygʻusi yanada kuchayadi.
1992-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan Davlat madhiyamiz mustaqillikning eng muhim timsollaridan biri boʻlib, bastakor Mutal Burhonovning betakror musiqasi va shoir Abdulla Oripovning ruhbaxsh soʻzlari asosida yaratilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament nazorati kuchaytiriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
“9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”
munosabati bilan
“Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament nazoratini kuchaytirish istiqbollari”
mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
O‘zbekistonda 33 ta tuman (shahar)da hokimlar va ularning o‘rinbosarlari rotatsiya qilinadi
Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra,
2026-yil 1-yanvardan “
Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)”
maqomida bo‘lgan
33 ta tuman
(shahar)
da faoliyat yurituvchi davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi. Bunda:
🔹
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman
(shahar)
bo‘linma rahbari hamda
tuman
(shahar)
hokimi va uning o‘rinbosarlari
har 5 yilda,
qoida tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri doirasida boshqa tuman
(shahar)
ga rotatsiya qilinadi;
🔹
rotatsiya qilinadigan rahbarlar
Boshqaruv samaradorligi agentligining
“hrm.gov.uz”
elektron platformasi orqali aniqlanadi;
🔹
rahbar yangi hududga o‘tishdan oldin hududning iqtisodiy va ijtimoiy holati bo‘yicha
intensiv kursda o‘qitiladi;
🔹
rotatsiya qilingan rahbar faoliyati agentlik tomonidan elektron platforma orqali
onlayn tarzda monitoring qilinadi.
9-dekabr - Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlamentning o'rni.
Boks bo'yicha jaxon chempionati bo'lmoqda.
Hamyurtimizning bir fikri menga juda yoqdi.
O'zbekiston bilan kim chiqsa final jangiga chiqadi. O'zbekistonni kim yutsa chempion bo'ladi.
Qadrli yurtdoshlar!
Tinch-osuda Vatanda erkin va farovon hayotimiz garovi bo’lgan Konstitutsiyamiz inson manfaatini yuksak qo’ygan oliy bosh qomusdir. Unga hurmat va ehtiromda bo’lish, o’z huquq va burchlarimizni chuqur anglagan holda yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo’shish barchamiz uchun muhim.
Mamlakatimizda qabul qilinayotgan barcha qonun va qonunosti hujjatlarining asosi bo’lgan Konstitutsiyamiz xalqimiz va millatimizning yuksak milliy va umuminsoniy qadriyatlari negizida, insonlarimiz xohish-istaklari asosida yaratilgan.
8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.
Barchamizga bosh qomusimizning 33 yilligi muborak bo’lsin!
Oybek Yuldashev
Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun arafasida 615 nafar shaxs afv etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining amaliy tasdig‘i sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, Konstitutsiyamizning 109-moddasiga asosan jami
615 nafar shaxs afv etildi
.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga
bayram tabrigi.
DEPUTATLARNING TAKLIFIGA BINOAN 2026-YILDA QATOR SOHALARGA QO'SHIMCHA PUL AJRATILYAPTI.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining Vengriya Milliy Assambleyasi Adliya qo‘mitasi raisi Vejkey Imre hamda Ijtimoiy farovonlik qo‘mitasi raisi Varga Zoltan bilan uchrashuvi o‘tkazildi!
Uchrashuvda qonun ijodkorligi jarayoni muhokamalar markazida bo‘ldi. Ayniqsa, Vengriya parlamenti tomonidan qabul qilingan qonunni Prezident tomonidan imzolashdan oldin uni Konstitutsiyaviy sudga yuborilishi amaliyoti qizg‘in muhokama qilindi.
Shuningdek, mezbonlarni O‘zbekiston parlamentida tuzilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalar qiziqtirdi.
Har ikki mamlakat parlamentlarining o‘zaro o‘xshashliklari hamda o‘ziga xosliklari taraflarda qiziqish uyg‘otdi va ular o‘zaro tajriba almashishga kelishib olishdi.