Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

MISTIK|PSIXOLOGོPARUK PILOོ

Paruk_Pilo
5 yillik tajriba MISTIKA,TASAVVUF,PSIXOLOGIYA, MUNOSABATLAR. MISTIK PSIXOLOG FARRUH QURBONDURDIYEV sahifasiga xush kelibsiz! Uyg'onish va rivojlanish yo'lida men bilan birga bo'ling @Isyonkor_bot aloqa @Paruk_kurslari sotuvdagi trening kurslar
Subscribers
1 460
24 hours
10
30 days
1 331
Post views
455
ER
31,92%
Posts (30d)
31
Characters in post
961
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Esoterica & Holistic Practices
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Psychology & Counseling
Summary
April 26, 20:25

SENNING QO‘RQUV VA QARZDA YASHASHGA O‘RGANGAN RUHING BOR — BU ZANJIR SINDIRILADI!
Men o‘zim bo‘lsam, boshqalar meni yoqtirmaydi.
Men haqiqatimni aytsam, meni tushunishmaydi.
Men yuragimni ochsam, meni rad etishadi.
Bo‘lsin! Kim seni rad etsa — u seni sevishga qodir emas.
Kim seni tushunmasa — u seni ko‘rishga loyiq emas.
Kim seni yoqtirmasa — u sening hayotingda bo‘lishi shart emas.
"Qo‘rquv — bu o‘zga hayot uchun yashashning mahsuli. Qo‘rquvsiz hayot — bu o‘z haqiqating bilan yashash."
Bugundan boshlab: Sen faqat o‘zing uchun yashaysan!
SENING ICHINGDA MUNOFIQ BOR — BUGUN UNI O‘LDIRASAN!
Ichingda qaynab yotibsan, tashqarida tabassum.
Yuraging bo‘g‘ilayapti, og‘zing «hammasi zo‘r» deydi.
Biror kimga jahling chiqadi, lekin ichingga yutasan.
Bu — ruhiy o‘z joniga qasd.
"Tashqi va ichki o‘rtasidagi har bir tafovut — seni bo‘g‘adi."
Bugundan boshlab: Iching nima desa — og‘zing ham shuni aytadi!
SEN «BARCHAGA MAQUL» O‘YININI O‘YNAYAPSAN — BU O‘YIN HAM CHIQINDIGA!
Ko‘pchilik nima desa — shuni ma’qullaysan.
Barchaga moslashasan.
O‘z so‘zlaringni yutasan, o‘z ranglaringni yashirasan.
Kulgili! Chunki seni hech kim baribir to‘liq qabul qilmaydi.
"Kim har bir kishiga yoqishni istasa, u o‘ziga xiyonat qiladi."
Bugundan boshlab: Sening vazifang hech kimga yoqish emas — o‘zinga sodiq bo‘lish.
©
Paruk Pilo
@Paruk_Pilo

April 25, 11:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ассалому алайкум менга хаетни танитган англатган нурли устозим ФАРРУХ
❤️
❤️
❤️
❤️
❤️
❤️
❤️
❤️
❤️
❤️
❤️
Тугилган куниз бн табриклайман иккаламизга хам муборак булсин сиз бнбир кунда тугилганимданминнатдорман
💐
💐
💐
💐
💐
💐
💐
💐
💐
💐
Илохим умриз узок илмиз бунданда зиеда булсин
Сизни курсизда укиб хаетимни уз кулимга олдим
Хакикатда кучли дарслар бунга эришганимдан хурсандаман
Доимо сог саломат булинг
🌺
🌺
🌺
🌺
🌺
🌺
🌺
🌺
🌺
🌺
🌺

April 25, 07:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun Kamina Parukning tug'ilgan kuni
🥳
🥳
🥳
🥳
🥳
.
Tabriklab qo'yishingizlar mumkin.
Trening kurslarimdan sotib olsangizlar xursand bo'laman.
@Isyonkor_bot

April 23, 07:18

SEN HALI HAM «YAXSHI BOLADAY» O‘YNAYAPSAN — BU TEATR TUGADI!
Tartibli bo‘l.
Odobli bo‘l.
Boshqalar nima deydi — shuni qil.
Bu teatr sening hayotingni o‘g‘irlagan!
"Haqiqiy hayot faqat haqiqatni tan olgan, niqobni uloqtirgan, o‘zini qabul qilgan odamga keladi."
Bugundan boshlab: Yaxshi bola emassan — tirik odam bo‘lasan!
SENNING HARAKATDAN QO‘RQISH KASALING BOR — ENDI HARAKAT BOSHLANADI!
Birinchi o‘rganay.
Yana o‘ylab ko‘ray.
Keyin harakat qilaman.
Yo‘q! Bu seni botqoqda saqlaydigan usul.
"Dastlab qadam bos. Keyin bilib olasan. Bilim emas — tajriba uyg‘otadi."
Bugundan boshlab: Avval harakat — keyin tushunish!
BUGUNDAN BOSHLAB SENING IKKITA YO‘LING BOR:
1. Yana eski yo‘l — shikoyat, shubha, kutish, soxta sevgi, qo‘rquv, niqob.
2. Yangi yo‘l — qadam, tavakkal, ochiqlik, sevgi, jasorat, haqiqat.
"Har kuni o‘z-o‘zingni o‘ldir. Har kuni yangi o‘zliging bilan tug‘il."
Bugun nimani o‘ldirasan? Qaysi eski niqobni yirtib tashlaysan? Men sendan so‘rayman emas — men seni majbur qilaman! Chunki men seni yaxshi ko‘raman va seni o‘zing bo‘lishingni xohlayman!
©
Paruk Pilo
@Paruk_Pilo

April 22, 19:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

MUNOSABATLAR MATRITSASIDAN CHIQISH VAQTI KELDI!
​Sizni o‘rab turgan insonlar — bu shunchaki tasodif emas, bu sizning ichki dunyongizning aksidir. Nega munosabatlarimizda doim bir xil "xatoliklar" yuz beradi? Nega yaqinlarimiz bizni eshitmaydi?
​ Munosabatlar — bu alkimyo. Uni boshqarishni o‘rganish mumkin.

Sizni 3-may kuni bo'ladigan "Munosabatlar san'ati" nomli jonli seminarga taklif qilamiz.
​Bu seminarsaa biz nimalarni "transformatsiya" qilamiz?

📍
Ichki dunyo arxitekturasi
O‘z "Soya"laringiz bilan tanishish. Sizdagi qaysi dasturlar toksik insonlarni hayotingizga tortmoqda?

📍
Erkak va Ayol energiyasi
Ehtirosni qanday saqlash va "bir butun" bo‘lib, o‘zlikni yo‘qotmaslik sirlari. Erkinlik va yaqinlik balansi.

📍
Avlodlar zanjiri va Oila
Ota-onangizdan qolgan "karmik" yuklardan xalos bo‘lish va farzandlarga namuna bo‘lish alkimyosi.

📍
Ijtimoiy energetika
Ishdagi "psixologik shartnomalar", energetik vampirlardan himoya va begonalarni do‘stga aylantirish san’ati.

Nima uchun aynan bu seminar?


Quruq nazariya emas, hayotda sinalgan psixologik instrumentlar.

Tizimli yondashuv: Shaxsiy o‘sishdan tortib, global sevgigacha bo‘lgan bosqichma-bosqich yo‘l.

Amaliy natija: Siz nafaqat tushunasiz, balki muloqot uslubingizni butunlay o‘zgartirasiz.

🚀
Eski ssenariylar asosida yashashni to‘xtating. O‘z munosabatlaringizning bosh arxitektoriga aylaning!
25-aprelgacha chegirma narxda ulgurib qoling.
Murojat uchun
@Adm_seminar

April 22, 17:17

Assalomu alaykum yaxshimisiz ustoz, ustoz sizdan yanvar oyida konsultatsiya olgandim. Umuman g’alati vaziyatda edim ushanda chorasiz edim,muammolarim bir talay edi…. Oradan hech qancha vaqt utmasdan ish topildi ishga joylashdim, fevral oyi boshida unashtirildim, unashtiruvim ham juda teez va osoon bo’ldi. Uzim ham hayratdaman ustoz. O’zim uchun to’g’ri inson tanladim deb o’ylayman, sizni darslariz sabab bo’ldi ustoz
🙏
rahmat kattakon

April 22, 08:48

"
Qizil tabletka"
(Red Pill) — bu zamonaviy madaniyatda, ayniqsa psixologiya va falsafada "achchiq bo'lsa-da, haqiqatni tanlash" ramzidir.
​Ushbu tushuncha mashhur "Matritsa" (1999) filmidan kelib chiqqan. Filmda bosh qahramon Neoga ikkita tanlov beriladi:
​Moviy tabletka (Blue Pill): Siz uxlashda davom etasiz, hamma narsa siz o'ylagandek go'zal va tinch bo'lib ko'rinadi. Siz illyuziyalar dunyosida (Matritsada) qolasiz, lekin hech qachon haqiqatni bilmaysiz. Bu — shirin yolg'on.
​Qizil tabletka (Red Pill): Siz uyg'onasiz. Dunyo aslida qanday ekanligini, tizim sizni qanday boshqarayotganini va zanjirlaringizni ko'rasiz. Bu yo'l qiyin, og'riqli va xavfli bo'lishi mumkin, lekin bu — haqiqiy ozodlik.
​Paruk Pilo "Ichki Matrissa" kitobi kontekstida "Qizil tabletka": o'quvchi uchun aynan o'sha qizil tabletka vazifasini o'taydi. Buning ma'nosi shuki:
​Uyg'onish: O'quvchi o'zining avtomatik odatlari, jamiyat yuklagan qoliplari va ichki qo'rquvlari aslida uning "o'zi" emas, balki tizimning dasturi ekanini tushunib yetadi.
​Mas'uliyat: Qizil tabletkani tanlagan odam endi o'z hayoti uchun birovni ayblay olmaydi. U haqiqatni ko'rdi va endi hamma narsa uning o'ziga bog'liq.
​Qulaylikdan voz kechish: Ko'p odamlar moviy tabletkani (yolg'on tinchlikni) afzal ko'rishadi, chunki haqiqat qo'rqinchli bo'lishi mumkin. Qizil tabletkani faqat jasur, isyonkor qalblar yuta oladi.
"Ichki Matrissa"Kitobini audio va matn shaklda sotib olishingiz mumkin
Murojat uchun
@Isyonkor_bot

April 21, 19:09

Sen o‘z hayotingni kechiktirish ustasisan
.
"Keyinroq o‘z ustimda ishlayman."
"Keyinroq o‘z yo‘limni tanlayman."
"Keyinroq meditatsiya qilaman."
Keyin… Keyin… Keyin…
Qachon? O‘lib bo‘lganingdan keyinmi?
Har kuni o‘zingga yolg‘on gapirasan. Har kuni o‘z hayotingni ertangi kun o‘g‘risiga topshirasan.
Osho:
"Hayot faqat bugun bor. Keyin degan so‘z — bu shaytonning eng zo‘r quroli."
Sen o‘zingni qaramlik bilan oziqlantiruvchi giyohvandsan
.
Boshqalar seni maqtashi kerak.
Boshqalar seni yaxshi ko‘rishi kerak.
Boshqalar seni tushunishi kerak.
Sen ichki bo‘m-bo‘shligingni boshqalar bilan to‘ldirmoqchi bo‘lasan. Bu nima? Bu ruhiy giyohvandlik. Boshqalar fikri senga doza. Boshqalar mehridan kayf qilasan. Boshqalar seni qabul qilsa, tirik his qilasan.
Bu hayot emas, bu kasallik.
"
O‘z hayotini boshqalar fikriga bog‘lagan har bir odam — o‘zini o‘ldirgan odamdir."
Sen o‘z qo‘ling bilan o‘z hayotingni bo‘g‘ib o‘ldiryapsan
Hech kim seni yo‘q qilmayapti.
Hayot seni jazolamayapti.
Koinot senga qarshi emas.
Sen o‘zingni o‘ldiryapsan.
Qo‘rquving bilan.
Yolg‘onlaring bilan.
Qochishlaring bilan.
Bahonalaring bilan.
©
Paruk Pilo
@Paruk_Pilo

April 21, 07:06

Endi ikkiga boʼlingan qalbingni o‘ldirish operatsiyasiga o‘tamiz
.
Bu yumshoq meditatsiya yoki iliq maslahat emas. Bu ruhiy jarrohlik. Sening soxta meningni o‘ldirish va haqiqiy meningni tug‘dirish. Tayyor bo‘l!
SEN QURBON RUHIYATI BILAN YASHAYAPSAN — BU TAMOM.
Hayot meni urdi.
Ota-onam meni tushunmadi.
Jamiyat meni ezdi.
Sevganlarim meni aldagan.
Shundaymi? Bo‘pti. Lekin bu yangi bahona bo‘lmaydi.
"Sen hech kimni ayblay olmaysan — bu sening hayoting. Sen tanlagansan! Sen jim bo‘lganing uchun seni bosishgan. Sen o‘z so‘zingni aytmaganing uchun seni e’tiborsiz qoldirishgan."
Hech kim aybdor emas — endi mas’uliyat 100% senda.
Bugundan boshlab: Sen qurbon emassan. Sen yaratuvchisan!
SEN «BIR KUN...» KASALIGA CHALINGANSAN — BU HAM TAMOM!
Bir kun o‘zgaraman.
Bir kun haqiqiy hayot boshlanadi.
Bir kun o‘zim bo‘laman.
Bu eng yomon zahar. Chunki bu hech qachon kelmaydigan «bir kun».
"Haqiqiy hayot faqat hozir va shu yerda boshlanadi. Keyin degan so‘z — bu hayotni o‘g‘irlash."
Bugundan boshlab: Har bir lahza — so‘nggi lahza deb yashaysan!
©
Paruk Pilo
@Paruk_Pilo

April 20, 13:43

SEN SEVGI O‘RNIGA MANIPULYATSIYANI O‘RGANGANSAN — BU ZANJIRNI BUZ!
Sen do‘stlashmaysan — sen foyda izlaysan.
Sen sevganingni aytmaysan — sen qanchadir o‘yin o‘ynaysan.
Sen o‘zingni ochmaysan — sen niqob kiyasan.
"Yarim sevgi — bu zino. Yarim do‘stlik — bu savdo. Yarim hayot — bu o‘lim."
Bugundan boshlab: Sevgi — 100%, do‘stlik — 100%, ochiqlik — 100%!
SENNING «MENGA IJOZAT BERSINLAR» DEGAN QUL TUYG‘USI BOR — BU HAM TAMOM!
Ota-onam yo‘q deyishmasin.
Jamiyat yo‘q deyishmasin.
Atrofdagilar yomon ko‘rishmasin.
Kimdan ijozat kutyapsan? Sen tirik odamsan yoki o‘lik qulmisan?
"O‘z hayotingga faqat o‘zing xo‘jayin bo‘lasan. Boshqa hech kimga huquq berma."
Bugundan boshlab: Hech kimdan so‘ramaysan. O‘zing tanlaysan!
SEN XOHISHINGNI HIMOYA QILISHNI BILMAYSAN — BU HAM O‘ZGARADI!
Nima deydi?
Nima o‘ylaydi?
Nima bo‘ladi?
Xohishing — bu sening ilohiy ichki ovozing. Uni himoya qila olmasang — sen tirik murdasan.
"Ichki ovozing — bu yagona haqiqiy yo‘l-chiroq."
Bugundan boshlab: O‘z xohishing uchun kurashasan, kerak bo‘lsa urushasan!
©
Paruk Pilo
@Paruk_Pilo