
CHDPU | PEDAGOGIKA FAKULTETI | Rasmiy kanal |
#tyutortashabbusi
📅
Sana: 29 -aprel 2026-yil
🕙
Vaqt: 10:30
📍
Manzil: Pedagogika fakulteti faollar zalida
✨
Pedagogika fakultetida bilim, tafakkur va ziyolilik kuni!
Ushbu sana doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini yuqori saviyada tashkil etildi. O‘yin davomida ishtirokchilar
⚡
tezkor fikrlash, mantiqiy tahlil va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
🏆
Natijalar:
🥇
1-o‘rin — “PARADOX” jamoasi
🥈
2-o‘rin — “FAZO” jamoasi
🥉
3-o‘rin — “NOT” jamoasi
G‘olib jamoalar munosib ravishda diplomlar bilan taqdirlandilar
🎓
💡
Bunday intellektual bellashuvlar yoshlarning bilim salohiyatini oshirish, tafakkurini kengaytirish va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📢
Siz ham keyingi “Zakovat” o‘yinlarida faol ishtirok eting!
Bilim — kuch, tafakkur — yuksalishdir!
Kordinator
@Xamidov_saidolim
https://t.me/Pedagogika_fakulteti_1Rasmiy
Bugun universitet rektori G‘.I. Muxamedov tomonidan Pedagogika fakultetining laboratoriya xonalari o‘rganildi. Tashrif davomida bunyodkorlik ishlari, jihozlash jarayonlari hamda innovatsion loyihalarning amalga oshirilish holati bilan tanishildi.
Shuningdek, ishlarni jadallashtirish, sifat va samaradorlikni oshirish, maktablar bilan laboratoriya yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish hamda amaliy mashg‘ulotlar hajmini ko‘paytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Difektologiya yo‘nalishida esa nutqida nuqsoni bor bolalar bilan ishlashda qo‘llaniladigan amaliy jihozlar va metodik vositalar ko‘zdan kechirildi.
Mazkur tashrif universitet infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda ilmiy-ta’limiy jarayonlar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
📰
CHDPU
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axborot xizmati
tomonidan yoritildi.
Telegram
✈️
Instagram
📷
Rektor taklif etadi!
❤️
#anons
O‘zbek Milliy akademik drama teatri jamoasi ishtirokida
«San'at va ilm chorrahasida»
nomli
O‘zbekiston Xalq artisti
Tesha Mo‘minov
ijod yo‘liga bag‘ishlangan kechaga taklif etadi
🗓️
Qachon:
30-aprel kuni, soat 11:00
da
📍
Manzil:
Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Rektorat binosi
✅
Taklifnoma uchun
Gumanitar fanlar fakulteti
ga murojaat qilishingiz so‘raladi...
💚
Ochiq ma’ruza — Maxsus pedagogika kafedrasi
Maxsus pedagogika kafedrasi katta o'qituvchisi, p.f.f.d. (PhD) Ozodaxon Ishmatova tomonidan “Kлассификация речевых нарушений" mavzusida ochiq ma’ruza darsi tashkil etildi.
➡️
Batafsil...
___
💚
Открытая лекция — кафедра Cпециальной педагогики
Старший преподаватель кафедры Специальной педагогики, доктор философии по педагогическим наукам (PhD) Озодахон Ишматова провела открытую лекцию на тему «Классификация речевых нарушений».
➡️
Подробно...
___
💚
Open Lecture — Department of Special Pedagogy
Senior Lecturer of the Department of Special Pedagogy, Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences (PhD), Ozodakhon Ishmatova, delivered an open lecture on the topic “Classification of Speech Disorders.”
➡️
More...
📷
Universitet Axborot xizmati
#HAMKORLIK
28.04.2026 yil
PEDGOGIKA FAKULTETI
Kimyogar MFY bilan hamkorlik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti tyutorlari Chirchiq shahar Kimyogar MFY raisi
Begmatov Dilmurod Shermatovich bilan hamkorlikda
9-May "Xotira va qadrlash kuni"
bayrami munosabati bilan MFY dagi Urush faxriylari hamda yoshi ulug' nuroniylarni holidan xabar olish maqsadida ularni ma'lumotlarni shakllantirish va bayramgacha nuroniylarni xonadoniga borib xabar olish kelishib olindi.
https://t.me/Pedagogika_fakulteti_1Rasmiy
📇
👨💻
“
Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!
💡
Hurmatli talaba (
2 bosqichni bitirib 3 bosqichga o‘tadiganlar uchun)
! Yangi bilimlar sari intilayotgan, raqamli savodxonlik va texnologiyalarga qiziqayotgan yoshlarga ajoyib imkoniyat!
🎯
Sun'iy intellekt yordamida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, egallayotgan mutaxassisligingiz bo‘yicha zamonaviy va professional kasb egasiga aylanish hamda yuqori maosh egasi bo‘lishni xohlasangiz unda Siz uchun bu kurs unikal imkoniyat! Imkoniyat va vaqtni qo‘ldan boy bermang! Sun'iy intellektni egarlang! Oddiy mutaxassis emas SI ni boshqara oladigan "chavandoz"ga aylaning!
🚀
Tanlovda ishtirok eting va “Data Science” kurslarida
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting!
📍
Akademik mobillik:
tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi;
🛒
O‘qish davri uchun:
🍛
bir mahal issiq ovqat;
🤑
rag‘bat puli
(oyiga – 1 320 000 so‘m)
beriladi.
🧑💻
Moddiy texnik ta’minot:
⌨️
noutbuk;
🌐
internet ;
📖
online darsliklar;
⚙️
amaliyotchi mutaxassislar darslari.
📊
Kursda:
🗄
“Startup”lar va zamonaviy muammolarni IT yechimlar bilan integratsiya qilish
(vibe coding, Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari)
ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bitiruv malaka ishi "Startup" loyiha sifatida qabul qilinadi.
🗓
Hujjat topshirish
: 2026-yil 28-apreldan.
🗺
Ariza topshirish
: faqat onlayn!
🌐
dscience.uz
saytiga tashrif buyuring!
💬
Aloqa uchun:
+998 90 177 20 22
👨💻
Mirzo Ulug’bek Vorislari
Bizni kuzating:
📱
Sayt
📱
Telegram
📅
Sana: 29- aprel 2026-yil
Soat 10 30 da
📍
Manzil: Pedagogika fakulteti faollar zali
Pedagogika fakultetida bilim, tafakkur va ziyolilik kuni !
Zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tadi.
O'yin davomida
⚡
tezkor fikrlash va jamoaviy hamkorlik talab etiladi.
🎓
Barcha bilimga chanqoq yoshlarni Zakovat maydoniga chorlab qolamiz!
Bilim — kuch, tafakkur — yuksalishdir!
https://t.me/Pedagogika_fakulteti_1Rasmiy
🎉
KITOBGA KIRISHNI XOHLAYSANMI?
🏢
Pedagogika fakulteti Yoshlar Ittifoqi tomonidan
#yangi_loyiha
"
SEN QANDAY MOBILOGRAFSAN
" tanloviga start berildi.
🎗
Loyiha ishtirokchilari o'zlarining noodatiy ishlari bilan
bellashishadi. Eng qizig'i ularga beriladigan mavzular "QURA TASHLASH ORQALI" aniqlanadi.
⏰
Ishtirok etish istagida bo'lgan talabalarni 28.04.2026 kuni 13:00 da Pedagogika fakulteti binosi 217-xonaga kelishlarini so'rab qolamiz
🏆
G'oliblar dekada finalida kutilmagan sovg'alar bilan taqdirlanadi.
Universitetimiz Pedagogika fakulteti Menejment yo'nalishi 1-kurs talabalari uchun Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Xalq amaliy san’ati muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Jarayon davomida talabalar zamonaviy ekspozitsiyalar, qadimiy qo‘lyozmalar va allomalar merosi bilan tanishdilar. Interaktiv hamda raqamli texnologiyalar asosidagi ko‘rgazmalar ularda katta taassurot qoldirdi.
Bunday ekskursiyalar talabalarning boy tarixiy-madaniy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularning dunyoqarashini kengaytiradi.
📰
Pedagogika fakulteti tyutori Goziyev Mashrab
Bugun “Juma — milliylik kuni” doirasida Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–33-sonli farmoniga muvofiq ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Chirchiq shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Jumayeva Yulduz Rasulovna, Pedagogika fakulteti dekan o‘rinbosari Ismoilova Dilafruz Muhiddinovna, dekan maslahatchisi Mustafayeva Xulkar hamda “Kimyogar”, “Shodlik”, “Bahor” MFY xodimlari ishtirok etib, talabalar bilan muloqot o‘tkazdilar.
Suhbat davomida erta turmush, ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq hamda zo‘ravonlikning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Yakunida savol-javob o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.
📰
CHDPU
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axborot xizmati
tomonidan yoritildi.
Telegram
✈️
Instagram
📷