Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

103_Press_Official

Press_Official_103_uz
Соғлиқни сақлаш вазирлиги, Республика тез тиббий ёрдам маркази ва унинг вилоят филиаллари расмий матбуот канали!!!
Subscribers
11 000
24 hours
30 days
-300
Post views
4 972
ER
31,33%
Posts (30d)
57
Characters in post
962
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Medicine
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
March 14, 11:06
Media unavailable
3
Show in Telegram

Фарғонада тез тиббий ёрдам жамоаси иштирокида ободонлаштириш ҳашари.
Республика тез тиббий ёрдам маркази Фарғона филиали ҳамда вилоятдаги барча тез тиббий ёрдам станцияларида «Юрт ободлиги, аввало, маҳалладан бошланади!» шиори остида умумхалқ ҳашари ташкил этилди.
Мазкур тадбирда муассаса жамоаси фаол иштирок этиб, филиал маркази ва станциялар ҳудудларида кенг кўламли ободонлаштириш ишларини амалга оширди. Хусусан, ҳудудлар тозаланди, гул ва манзарали дарахт кўчатлари экилиб, атроф-муҳит янада кўркам ва озода қиёфа касб этди.
Бундай эзгу ташаббуслар нафақат ҳудудларни ободонлаштиришга, балки жамоада ҳамжиҳатлик, фаоллик ва масъулият муҳитини янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда.

March 14, 07:25
Media unavailable
6
Show in Telegram

🌿
“Yurt obodligi – mahalladan boshlanadi”
shiori ostida o‘tkazilib turgan umumxalq xayriya hashari doirasida
Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati filiali
ning barcha stansiya va podstansiyalarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hashar davomida hududlar tozalanib, yashil maydonlar tartibga keltirildi, daraxtlar parvarish qilindi hamda xizmat binolari atrofi obodonlashtirildi. Tadbirda tizim xodimlari faol ishtirok etib, hududlar yanada fayzli va ozoda ko‘rinishga keltirildi.
Mazkur tashabbus yurtimizda obodlik, poklik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🇺🇿
#Hashar
#YurtObodligi
#MahalladanBoshlanadi
#TezTibbiyYordam
#Buxoro

March 14, 05:49
Media unavailable
8
Show in Telegram

🧹
Умумхалқ хайрия ҳашари – обод маҳалла, тоза муҳит сари!
Мамлакатимизда маҳаллаларни обод қилиш, атроф-муҳитни тозалаш ва юртнинг санитария ҳолатини янада яхшилаш мақсадида 13–14 март кунлари умумхалқ хайрия ҳашари ташкил этилди.
Ушбу хайрли ташаббус доирасида Республика тез тиббий ёрдам маркази Самарқанд вилояти филиали ҳамда унинг тасарруфидаги барча тез тиббий ёрдам станциялари ва шахобчаларида ҳам ҳашар тадбирлари фаол тарзда ўтказилмоқда.
Ҳашар давомида ҳудудлар ободонлаштирилиб, атроф-муҳит тозаланмоқда, бинолар атрофи тартибга келтирилиб, яшил ҳудудларга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Бу эса нафақат тозаликни таъминлаш, балки аҳоли учун янада қулай ва соғлом муҳит яратишга хизмат қилмоқда.
Бундай хайрли ишлар юртимизда ҳамжиҳатлик, меҳнатсеварлик ва ватанпарварлик каби юксак қадриятларни янада мустаҳкамлайди.
🌿
RASMIY|
LIVE|
SPORT|
TV
📷
Instagram
I
😎
Facebook
I
🌐
You tube
I
💬
Telegram

March 13, 10:56
Media unavailable
6
Show in Telegram

📍
Нарпай туман тез тиббий ёрдам станциясида семинар ташкил этилди
Республика тез тиббий ёрдам маркази Самарқанд вилояти филиали рахбарияти томонидан Нарпай туман тез тиббий ёрдам станциясида тез тиббий ёрдам ходимлари, Emergency department ходимлари ҳамда туман соғлиқни сақлаш бўлими тор мутахассислари иштирокида ПҚ–20-сонли қарор, шунингдек Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирининг 65-сонли ҳамда 75-сонли буйруқлари мазмун-моҳиятига бағишланган семинар ташкил этилди.
Семинар давомида мазкур қарор ва буйруқларда белгиланган вазифалар, уларнинг соғлиқни сақлаш тизимидаги аҳамияти ҳамда тез тиббий ёрдам хизмати фаолиятидаги амалий жиҳатлари юзасидан тушунтиришлар берилди.
Шунингдек, ходимлар ўртасида савол-жавоблар олиб борилди, иштирокчилар томонидан берилган саволларга мутахассислар томонидан атрофлича жавоблар қайтарилди.
RASMIY|
LIVE|
SPORT|
TV
📷
Instagram
I
😎
Facebook
I
🌐
You tube
I
💬
Telegram

March 10, 12:16
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan sogʻliqni saqlash tizimida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir qator jonkuyar ayollar munosib taqdirlandilar.
Ularning orasida
Oygul Qiyomovna Hotamova
- Konimex tumani tez tibbiy yordam stansiyasi shifokori ham bor.
Oygul Qiyomovnaning hayoti bu kasbga sadoqat, inson hayotiga boʻlgan yuksak masʼuliyat va fidoiylik namunasidir. U butun umrini tibbiyotga bagʻishladi. Ayniqsa, tez tibbiy yordam xizmatida oʻtgan 45 yil bu faqatgina ish staji emas, balki minglab insonlar taqdiriga daxldor boʻlgan masʼuliyatli yillardir.
Tunlarning bedorligi, ogʻir chaqiruvlar, hayot bilan oʻlim oʻrtasidagi daqiqalar… Shunday vaziyatlarda u oʻz kasbiga boʻlgan sadoqatini, inson hayotiga boʻlgan mehr-shafqatini yana va yana isbotladi. Qanchadan-qancha insonlar uning fidoiy mehnati tufayli hayotga qaytdi, qanchadan-qancha oilalar oʻz yaqinlarini yoʻqotish qaygʻusidan asrab qolindi.
Shifokorlik bu shunchaki kasb emas. Bu qalb amri, insonga xizmat qilish yoʻli. Oygul Qiyomovna esa ana shu yoʻlni umrining mazmuniga aylantirgan insonlardan biridir.
Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadri yuksak eʼtirof etilmoqda. Shu bois, davlat siyosati doirasida fidoiy tibbiyot xodimlarining mehnati yuksak qadrlanmoqda. Oygul Qiyomovnaning koʻp yillik xizmatlari ham davlat va vazirlik tomonidan munosib eʼtirof etildi.
Respublika tez tibbiy yordam markazi Navoiy filiali rahbariyati ushbu jonkuyar, fidoiy shifokorni munosib mukofot bilan tabriklar ekan, unga mustahkam sogʻliq, uzoq umr va kelgusi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Kasbga sadoqat bilan oʻtgan umr - eng oliy mukofotdir.
Oygul Qiyomovnaning hayot yoʻli esa bu haqiqatning yorqin isbotidir.
#tez_tibbiy_yordam
#taqdirlash
#8mart
#Navoiy
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
YouTube

March 10, 11:45
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimi mukofotlandi
Xabar
berganimizdek, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻiga muvofiq sogʻliqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan, shu jumldan tez tibbiy yordam tizimida ham ayol xodimalari
“Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi”
koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Mukofotlanganlar orasida Respublika tez tibbiy yordam markazi Sifatni monitoring va nazorat qilish boʻlimi mutaxassisi
Gulnara Ruziyevna Raimdjanova
ham mavjud.
Bugun Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishonini oʻz egasiga topshirdi.
#tez_tibbiy_yordam
#taqdirlash
#8mart
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
YouTube

March 10, 04:29
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🚑
ТАЙИНЛОВ

Соғлиқни сақлаш вазирлигининг тегишли буйруғи билан Худойқулов Воҳид Ёрқул ўғли Сирдарё вилояти соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғи этиб тайинланди.
📆
В. Худойқулов
2012 йилда Самарқанд давлат тиббиёт институтининг бакалавриат ва 2015 йилда магистратура босқичини тамомлаган.
🔎
Фаолияти давомида бир қатор муассасаларда меҳнат қилган.
Хусусан, Каттақўрғон шаҳар туғуруқ мажмуасида акушер-гинеколог, Самарқанд шаҳар 2-сон туғуруқ мажмуасида шифокор,Самарқанд шаҳар марказий кўп тармоқли поликлиникасида акушер-гинеколог сифатида ишлаган.
Шунингдек, у вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси бўлими бошлиғи, Булунғур туман тиббиёт бирлашмаси бошлиғи — кўп тармоқли марказий поликлиникаси мудири лавозимларида ҳам самарали фаолият олиб борган.
📌
Тайинловга қадар В. Худойқулов Каттақўрғон туман соғлиқни сақлаш бўлими бошлиғи бўлиб ишлаб келаётган эди.
➡️
Янги раҳбарга тиббиёт соҳасида олиб борилаётган ислоҳотларни вилоят бўйича изчил татбиқ этиш, бирламчи тиббий ёрдам тизимини такомиллаштириш, замонавий ташхислаш ва даволаш усуллари ҳамда мураккаб жарроҳлик амалиётларини, ихтисослашган хизматларни кенг йўлга қўйиш, рақамлаштиришни кенг жорий этиш
,
пировардида тиббиётни аҳолига янада яқинлаштириш каби қатор вазифалар юклатилди.
Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати
.
🔵
@ssvuz
|
🔵
@ssvmatbuotkotibi
|
👥
Facebook
|
📷
Instagram

March 08, 14:05
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
Tez tibbiy yordam xodimiga koʻkrak nishoni topshirildi
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻiga muvofiq sogʻliqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan, shu jumldan tez tibbiy yordam tizimida ham ayol xodimalari
“Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi”
koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Taqdirlanganlar orasida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida faoliyat yuritayotgan tez tibbiy yordam shifokori
Xosiyat Suyarovna Xodjakulova
ham bor.
Bugun ushbu koʻkrak nishoni oʻz egasiga, yaʼni Xosiyat Suyarovnaga topshirildi.
Shu munosabat bilan, Respublika tez tibbiy yordam markazi rahbariyati Xosiyat Suyarovnani “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan muborakbod etadi.
#tez_tibbiy_yordam
#taqdirlash
#8mart
#Qashqadaryo
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
YouTube

March 08, 12:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
Скорая помощь: какие факторы препятствуют оказанию первой медицинской помощи?
Эти и другие вопросы были обсуждены в программе «Актуально: студия» на телеканале "Dunyo bo‘lab”.
Экспертами выступили
Нозимжон Далибаев
– заместитель директора Республиканского центра скорой медицинской помощи и А
льфия Акалаева
– директор Школы повышения квалификации и переподготовки работников Республиканского центра скорой медицинской помощи.
Подробно
https://youtu.be/A21049vvymU?si=ZtDL3NFhYAAQNbxJ

March 08, 12:10
Media unavailable
2
Show in Telegram

‼️
‼️
‼️
Prezidentimizning joriy yil 20-yanvardagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Milliy dasturda yurak-qon tomir, serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish bilan bogʻliq dolzarb vazifalar koʻzda tutilgan.
Mazkur qaror doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida Respublika tez tibbiy yordam markazi va Koreya Respublikasining KOFIH jamgʻarmasi bilan birgalikda oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish borasida tez tibbiy yordam koʻrsatish treninglari tashkillashtirildi, shu jumladan, Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyati filialida tashkil etilgan oʻquv simulyatsiya markazida ham.
Treninglarni Koreyadan kelgan mutaxassislar hamda Koreya Respublikasida 7 ta hududdan Koreya Respublikasida ToT yoʻnalishi boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan 27 nafar instruktor oʻtkazmoqda.
#tez_tibbiy_yordam
#trening
#infarkt
#insult
#KOFIH
#hamkorlik
#Surxondaryo
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
YouTube