
PSIXOLOGIK TEST
https://t.me/Asadullo_ace
Tez kirib olilar
❗️
#PSIXOLOGIK_FAKT
👁
Biz narsalarni o'zimiz ko'rib turganidek qabul qilmaymiz
Inson miyasi doimiy ravishda hissiyotlardan olingan ma'lumotlarni qayta ishlaydi. U vizual tasvirlarni tahlil qiladi va ularni biz tushunadigan shaklda taqdim etadi. Masalan, biz tezda o'qiy olamiz, chunki biz so'zning faqat birinchi qismini ko'ramiz, qolganini o'ylaymiz.
@Psixalogiy_Test
Psixologiyadan testlar kanali
Menda ham ko‘ngil borligi hayolingga ham kelmadi..
🥺
#PSIXOLOGIK_FAKT
Dunyodagi milliarderlarning 35 foizdan ziyod qismi oliy ta'limni tamomlamagan
.
@Psixalogiy_Test
Psixologiyadan testlar kanali
#Mulohaza
🌎
•
ZAMON O'ZGARDIMI, BIZMI? •
🌍
⏰
O'tgan kunlarda mehmonga:
- Har doim siz uchun eshigimiz ochiq, qachon xohlasangiz tashrif buyuring, marhabo! -, derdik.
🔳
Bu kunlarda esa:
- Kelishingizdan oldin ogohlantirib qo'ysangiz bo'lmasmidi! -, demoqdamiz…
⏰
O'tgan kunlarda:
- Hovli olma, qo'shni ol! -, derdik.
🔳
Bu kunlarda esa:
- Sen menga tegma, men senga tegmayman!-, demoqdamiz…
⏰
O'tgan kunlarda qarindoshlarni:
- Yelkadoshlar! -, deyilardi…
🔳
Bu kunlarda esa:
- Qarindoshlar qorindosh -, deyilmoqda…
⏰
O'tgan kunlarda kunlik yig'ilishimiz bo'lar, oramizda yo'qlarni so'rab-surishtirardik…
🔳
Bu kunlarda esa yo bayramlarda va yo ta'ziyalardagina ko'rishmoqdamiz…
⏰
O'tgan kunlarda:
- Men bugun nima yaxshilik qildim?! -, deb o'zimizni taftish qilardik…
🔳
Bu kunlarda esa:
- Nimaga hech kim yaxshilik qilmayapti?! -, deb o'zgalarni titkilamoqdamiz…
⏰
O'tgan kunlarda dushman kimligini yaxshi bilardik..
Bu kunlarda esa do'st kim ekanini ham bilmay qoldik..
💫
Dunyo o'zgargani yo'q, aslida…
Balki qalblar o'zgarib ketdi…
💫
🌹
Eh, o'tgan kunlarga…
Voy, bu kunlarga…
🥀
@Psixalogiy_Test
Psixologiyadan testlar kanali
❗️
#Mulohaza
Gʻalabaga eltuvchi 6 ta sifat
Juda koʻpchilik, natijaga erishish uchun nima qilish kerak deb soʻraydi? Natijaning 99%i mexnat 1%i omad. Manashu 99% foizni toʻldirish uchun ushbu 6 ta sifat kerak boʻladi
1. Mexnat (mexnat deganda koʻpchilik ogʻir va tinimisiz ishni tushunadi, aslida unday emas. Tinimsiz mexnat bu kam ishlasangiz xam aql va mexr bilan ishlash. Xatto ishlayapganingizda xam shu ishni oʻylash)
2. Sabr (Sabr natija eshigini ochuvchi soʻngi kalit)
3. Toʻlov (Xar bir narsaning toʻlovi bor. Qancha koʻp toʻlasangiz shuncha koʻproq natija olasiz. Toʻlov faqat pulda emas. Toʻlov: vaqt, mexnat, sabr…)
4. Davomiylik (Xech bir ishda muvafaqqiyatga erishish uchun kamida 10000 soat shu ish bilan shugʻullanishingiz kerak)
5. Intizom (motivatsiya sizni ruxlantiradi lekin bitta ishni bajarib qoʻymaydi. Ishni faqat intizom qiladi. Intizom ikki xil boʻladi: ichki va tashqi)
6. Oʻziga ishonch va yaxshilikga umid (Bu barcha natijalarning poydevori. Xar qanday natijaga erishgan insondan soʻrasangiz, -bir kun shu kunlar kelishiga ishonardim, deydi)
Bu postni kimga yuborishni bilasiz. Unga xozir sizning ruxiy dalda berishingiz kerak
©
Azizaxon Tashxodjayeva
@Psixalogiy_Test
Psixologiyadan testlar kanali
#QIZIQARLI_MALUMOT
Vaqtning 5 Ta Siri — O’ylash Vaqti Keldi!
1.
Ish uchun vaqt toping
– bu muvaffaqiyat bahosi.
2.
O’ylash uchun vaqt toping
– bu kuch manbayi.
3.
O’yin uchun vaqt toping
– bu yoshlikning siri.
4.
O’qish uchun vaqt toping
– bu bilim poydevori.
5.
Xudo uchun vaqt toping
– bu diyonat yo’lidir.
@Psixalogiy_Test
Psixologiyadan testlar kanali
Ota-ona fazilatlari
🧕🏻
Ona fazilati
🔸
Onang seni to‘qqiz oy qornida ko‘tarib, shu vaqt orasida ko‘p og‘riq va qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan.
🔸
U sening jisming va kiyimlaringning tozaligiga e’tibor berar edi. Seni emizganda tepangda uzun tunlarni bedor o‘tkazar edi.
🔸
U senga qanday yeyish, ichish, yurish va o‘ynashni o‘rgatgan, sen o‘shanda bularning birontasiga kuchi yetmaydigan bir ojiz bola eding. Senga og‘riq bergan narsa uni og‘ritar edi, seni xursand qilgan narsa uni xursand qilar edi. Demak, sen onang bilan bir butun tanasan.
🧔🏻
Ota fazilati
🔹
Otang har kuni ko‘chaga chiqib, qiynalib mehnat qilib, senga kerakli taom, kiyim, o‘yinchoq va boshqa narsalarni sotib olib kelar edi.
🔹
Sen ulg‘aygach, u seni maktabga yubordi. Ta’lim olishing uchun pul topib, sarfladi, seni odam bo‘lsin, katta bo‘lganida qiynalmasin, deb iztirob chekdi.
🔹
Agar kasal bo‘lsang, seni davolash uchun doktorga olib borib, sog‘ayishing uchun dori-darmon olib kelar edi. Demak, otang sen uchun tayanchdir.
📙
Ziyovuddin Rahimning "Bola - odobi bilan aziz" kitobidan
@Psixalogiy_Test
Psixologiyadan testlar kanali