
Qamariddin Bekmuhammad
SAFAR TAASSUROTLARI
1. MARG'ILON.
Vodiyga safarimizning ilk manzili -
Marg'ilon shahri
bo'ldi.
Taniqli jurnalist, sport sharhlovchisi - Xayrulla Hamidov, muharrir va jurnalist - Muhammad Temur A'zam, rejissor va jurnalist - Yorqin Xalil akamlar bilan birga to'rtovlon yo'lga chiqdik.
Xayrulla aka bilan ilk bor hamsafar bo'lishim. Ajoyib suhbatdosh ekanlar. Manzilga yetguncha turli mavzularda gurunglashdik.
Marg'ilondagi uchrashuvning unutilmas va qiziqarli bo'lganiga sabab - "O'tkan kunlar" asari bo'ldi. Otabekning yurtidan Kumushning shahriga kelib, Qodiriyning asaridan so'z oldik. Xayrulla aka asardagi Zaynabning holidan bahs qildi, avvalgi ko'rsatuvda aytilganlardan va navbatda e'lon qilinajak suhbatdan ba'zi joylarini bayon etdi. Asarning qiziqarli nuqtalari haqida so'zlab berdi.
Biz ham mulohazalar bilan bo'lishdik.
Uchrashuvdan so'ng Xayrulla aka Toshkentga qaytdi. Biz safarni davom ettirdik.
2. QO'QON.
Keyingi manzil -
Qo'qon shahri.
To'rt yil oldin ochilgan Hilol Nashr do'koni yangi manzilda ish boshlashi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Mezbon sifatida ustoz Ismoiljon Muhammad Yusufning o'zlari ilmga muhabbatli kitobxon mehmonlarni qarshi oldilar.
Domlamiz o'z nutqlari davomida Shayx hazratlarining kitobga bo'lgan munosabatlari va asarlarida keltirgan daqiq ma'lumotlarini zikr qildilar.
Yangi do'kon avvalgisidan ancha keng va shinam bo'libdi. Kitobsevarlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Ustozlar bilan xayrlashib, ular poytaxtga biz esa keyingi manzilga yo'l oldik.
3. NAMANGAN.
Safarimizning yakuniy nuqtasi - Hilol Nashrning
Namangan filiali
bo'ldi.
Bu yerdagi uchrashuv mehmoni esa - muharrir va yozuvchi G'iyosiddin Yusuf akamiz edi.
Kitobxonlar bilan kechgan jonli suhbat kutilganidan ham qiziqarli o'tdi. Savol-javoblar davomida kitobxonlarning ilmga bo'lgan ishtiyoqidan quvondik. Mutolaaga bo'lgan zavqlari esa alohida mavzu edi.
Rejalarimiz ko'ngildagiday amalga oshgach, yana kitobxonlar bilan takror diydorlashish niyatida Toshkentga qaytdik.
Yil davomida viloyatlar bo'ylab ochilgan filiallarga safar qilish rejasi bor. Nasib qilsa endi vohalik kitobxonlar bilan ko'rishamiz.
17-, 18-, 19 -Aprel, 2026-yil
@QamariddinBekmuhammad
Hilol Nashrning Marğilon, Qõqon, Namangan filiallarida kitobxonlar bilan bõlib õtgan uchrashuvlari haqida ba’zi xotiralar.
➡️
SAFAR TAASSUROTLARI
@QamariddinBekmuhammad
Marğilondagi dõkonda uchrashuv boshlandi.
Xayrulla akadan “Õtkan kunlar” borasida muhim nuktalar eshityapmiz.
@QamariddinBekmuhammad
Qodiriy dahosi. Toshkent. Ikkinchi suhbat.
📸
16.04.2026
Ilk suhbat uchun havola.
@QamariddinBekmuhammad
📖
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф асарларининг ёшлар тарбиясидаги ўрни юқори баҳоланди
📆
Жорий йил 11 апрель куни пойтахтимиздаги
«Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф»
мажмуасида у киши таваллудининг
74 йиллигига
бағишланган
«Ёшларга соф Ислом маърифатини танитиш ва уларни ёт ғоялар таъсиридан асрашда Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф асарларининг ўрни»
мавзусида республика илмий-амалий конференцияси бўлиб ўтди.
📚
Анжуманда юртимизнинг таниқли уламолари, фан докторлари, исломшунос тадқиқодчилар, Шайх ҳазратнинг яқинлари, шогирдлари ва кенг жамоатчилик иштирок этди.
📖
Сўзга чиққан нотиқлар Шайх ҳазратларининг юртимизда диний-маърифий билимларни юксалтириш, умматни бирлик ва ҳамжиҳатликка чорлаш ҳамда тафриқага барҳам бериш йўлидаги улкан хизматларини алоҳида эътироф этди.
📚
Таъкидланганидек, Шайх ҳазрат қолдирган бой илмий мактаб ва бебаҳо асарлар бугунги кунда ёш авлодни соғлом эътиқод, ватанпарварлик ва мўътадиллик руҳида тарбиялашда асосий манба бўлиб хизмат қилмоқда.
🔖
Маърифий тадбир доирасида экстремизмга қарши маърифат билан курашиш ва тинчликни асрашга доир долзарб масалалар муҳокама қилинди.
🔖
🗂
Анжуман иштирокчилари томонидан
ўзбек, турк, инглиз, араб ва рус тилларида
тақдим этилган мақолалар жамланган махсус илмий тўплам нашр этилиши режалаштирилган.
🖋
Бу каби анжуманлар Шайх ҳазратларининг меросини замонавий тадқиқотлар билан бойитган ҳолда халқимизга етказиш ва жамиятда маънавий барқарорликни мустаҳкамлашга хизмат қилади.
✅
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
📱
ISHONCHLI VA RASMIY MANBA
📲
OBUNA BO'LING
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
«Ёшларга соф ислом маърифатини танитиш ва уларни ёт ғоялар таъсиридан асрашда Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф асарларининг ўрни» номли илмий-назарий ва амалий конференциядан фотолавҳалар
🕋
@islomuz
ILK KONFERENSIYA
Dunyo tanigan olim Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari tavalludining 74 yilligiga bag‘ishlangan “Yoshlarga sof Islom ma’rifatini tanitish va ularni yot g‘oyalar ta’siridan asrashda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining o‘rni” mavzusidagi birinchi respublika ilmiy-amaliy konferensiyada boshlovchi sifatida ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘ldim. Aslida
@Yorqin_Xalil
akam boshlovchi bõlishlari kerak edi, ma’lum sabablar bilan vazifani menga topshirdilar.
Har tadbirni õziga xos xotirasi bor. Bir mavzudagi tadbirlarga takror-takror boshlovchilik qilish mumkin. Ammo shunday tadbirlar bõladiki, takrorlansa-da ilk bor sõz aytish sizga nasib etgani boshqa hissiyot bõladi.
Peshqadam Ilmiy Markazi,
@HilolNashr
va
Islom.uz
hamkorligida tashkil etilgan ushbu anjuman millat yoshlarini ezgulik ğoyalari bilan tarbiyalash yo‘lidagi ulkan qadamlardan bõladi, inshaalloh.
11.04.2026
📸
@mnvrmy
📸
@BekhruzArt
@QamariddinBekmuhammad
11.04.2026
Hamma òz vazifasida, fotograf ham)
@QamariddinBekmuhammad
Tabiatni tinglang: har yaratiqning bir zikri bor!
9.04.2026
@QamariddinBekmuhammad
… Ta’lim berish va tarqatish bilan ilmga xizmat qilinglar. Uning yo‘lida barcha balo va mashaqqatlarni ko‘taringlar. Har qanday yuksak narsa sizni oldingizda bo‘yin egsin, ruhingiz ham ilm sababli o‘zini past tutsin!
Ibn Badiysning "al-Osor" kitobidan