
QURONIM
https://t.me/uthumaki
Ey, ko'ngil! Diqqat qil - oxir zamon bu! Nafsing istagi yo‘lida yurib suratga aldanma! Hatto iblisni hayratga soluvchi qullar bor. Qalbida jannat yashiringan vayrona qullar bor. Sevsang, vafo ne, taqvo ne - biladiganni sev.
Oynani pok va go‘zal insonning qarshisiga qo‘yish lozim. Chunki chiroyli inson o‘z go‘zalligini ko‘rishni istaydi. Shu sabab go‘zal yuz oynaga oshiqdir. Chiroyli yuz ruhga jilo, qalblarga esa poklik ulashadi.
Izoh: (Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «Alloh go‘zaldir (Jamil), go‘zallikni sevadi», – deya marhamat qilganlar. Olam ilohiy go‘zalliklarni o‘zida aks ettiruvchi oyna kabidir. Moddiy-ma’naviy har qanday borliq, o‘z qobiliyatiga ko‘ra bu go‘zallikdan ulush va nasiba olgan).
Ey, qalbim istagan, bir umr sodiq qolgan Haqiqat! Seni aqlimga tanitdim, bovar qilmadi. So'ngra yuragimga joyladim.
U esa faqat Sen ila limmo-lim to'ldi.
Huddi Hadicha onamiz Payg‘ambar alayhissalom ni zavjalari, yelkadoshi, ham jismonan ham ruhan bori bilan qo‘llagani kabi..