Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Respublika bolalar kutubxonasi/Rasmiy

RespublikaBolalarKutubxonasi
Subscribers
3 160
24 hours
30 days
-60
Post views
9 509
ER
3,01%
Posts (30d)
Characters in post
1 080
February 18, 12:37
Media unavailable
4
Show in Telegram

Bugun
#uztreasure
– zamin xazinalari ruknida yozuvchi Abdulla Qodiriy va uning xonadonida 2019-yilda ochilgan muzey haqida hikoya qilamiz.
Abdulla Qodiriy shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, oʻzbek adabiyotida tarixiy roman janrining asoschisidir. Yozuvchi 1894-yilda Toshkentda o‘ziga to‘q savdogar oilasida tavallud topgan. Bolaligidan u tojirlar, boy va kambag‘al dehqonlar, iste’dodli hunarmandlar, mangu muhtojlikda kun kechirayotgan mayda kosib va yersiz ziroatchilar qurshovida bo‘ladi. Pirovardida aynan ular yozuvchining bosh asarlari qahramonlariga aylanishadi. Qodiriyning toj asari “O‘tkan kunlar” romani bo‘lib, XIX asr oxiri o‘zbek xalqi tarixidagi o‘zaro ichki davrni tasvirlaydi. Ilk marotaba 1922-yilda chop etilgan asar yangi o‘zbek realizm nasrchiligining debochasi bo‘ladi. Roman dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilinib, 1969 va 1997-yillarda esa muvaffaqiyatli ravishda ekranlashtirilgan. Joriy yilning oʻzida Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Qodiriyning dovrug‘li kitobi asosida tayyorlangan myuziklni muxlislar e’tiboriga havola etadi.
Qodiriy muzeyi adibning 125 yilligi munosabati bilan Toshkentning Shayxontohur tumanidagi mahallasida ochilgan. Bu yerda u oilasi bilan kichkina, ammo shinam ikki qavatli imoratda istiqomat qilgan. Undan uncha uzoq bo‘lmagan joyda mehmonlar uchun ochiq ayvonli yana bir mo‘jaz uy va yozuvchi o‘z asarlarini yaratgan ijod darsxonasi bor. Ijtimoiy-siyosiy mavzularda qalam tebratgan adibning nabirasi Xondamir ham tarkibida bor muzey ma’muriyati xonalarning asl holatini borligicha saqlab qolishga sa’y-harakat qilgan. Hamma narsa o‘z joyida qolgan – yozuv mashinkasi, choy servizi, so‘zana, gilam va ko‘rpachalar.
Muzey hududida yozuvchiga yodgorlik o‘rnatilib, shu yerning o‘zida tuman xalq kutubxonasi joylashgan.

February 16, 10:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

Respublika bolalar kutubxonasi professional hamjamiyat doirasida tajriba almashish va inklyuziv loyihalarni ishlab chiqishning turli ssenariylarini muhokama qilish maqsadida “Garaj” muzeyining inklyuziv dasturlar jamoasi tomonidan o‘tkaziladigan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” xalqaro anjumani hamkori bo‘ldi. Bu yil anjuman 19–21-aprelda Toshkentda bo‘lib o‘tadi!
Bu yilgi mavzu – bolalar va o‘smirlar bilan ishlashda inklyuziv amaliyotlar. Xalqaro tajriba almashish lozim, axir mutaxassislar hamfikrlarning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lib turgan bir vaqtda, ko‘plab tashabbuslar tarqoq holda mavjud bo‘lib kelmoqda. Biz turli tajribaga ega bolalar va oʻsmirlar uchun loyihalarni amalqa oshirish, uslub yoki ishlab chiqilgan uslub asosida tadbirlarni oʻtkazishni muhokamaga taqdim etishga tayyor muzey xodimlari, oʻqituvchi, uslubchi, rassomlar hamda taʼlim amaliyoti va inklyuziyaga qiziqqan boshqa mutaxassislarni izlamoqdamiz.
2024-yil 3-martgacha loyihalaringiz haqidagi hikoyalarni intiqlik bilan kutamiz. Tafsilotlar
acdflibrary.uz
’da.

Республиканская детская библиотека стала партнером международной конференции «Музей ощущений 0+», которую проводит команда инклюзивных программ Музея «Гараж» для обмена опытом внутри профессионального сообщества и обсуждения различных сценариев развития инклюзивных проектов. В этом году конференция пройдет с 19 по 21 апреля в Ташкенте на нашей площадке!
Тема этого года — инклюзивные практики в работе с детьми и подростками. Международный обмен опытом необходим, ведь многие инициативы существуют изолированно, в то время как специалисты нуждаются в поддержке единомышленников. Мы ищем музейных сотрудников, педагогов, методистов, художников и других специалистов, интересующихся образовательными практиками и инклюзией, готовые предложить к обсуждению реализацию проекта, методику или провести мероприятие по разработанной методике для детей и подростков с различным опытом.
Мы очень ждем рассказы про ваши проекты до 3 марта 2024 включительно.
Подробности на acdflibrary.uz.

February 15, 08:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

19-fevral kuni soat 18:00 da Respublika bolalar kutubxonasining majlislar zalida polyak shoiri Zbignev Herbert (1924-1998) - faylasuf, zakiy, san’at tarixchisi ijodiga bag‘ishlangan she’riyat kechasi bo‘lib o‘tadi.
Herbertni nima uchun tafakkur she’riyati vakili deb hisoblashlari, uning zamonaviy tarix va eng qadimiy davr o‘rtasidagi muvozanatni qanday izlagani, sadoqat va to‘g‘rilikni qanday talqin etganini bilib olamiz. Saylanma she’rlarini san’atkorlar ijrosida tinglaymiz.
Herbert nafaqat shoir va dramaturg, balki nozik hikoyanavis va zukko publitsist ham edi. Polsha va xorijiy adabiy mukofotlari sovrindori, eng ko‘p tarjima qilinadigan polyak adiblaridan biri, bir necha bor Nobel mukofotu nomzodlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Muloqot tili: polyak va rus tillari
Yosh chegarasi: 12+
Joylar soni cheklangan. Iltimos,
acdflibrary.uz
'da
ro‘yxatdan o‘ting.

February 14, 10:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

February 14, 05:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

14-fevral — Xalqaro kitob hadya qilish kuni - International Book Giving Day
Kitob — bu insoniyatning asrlar mobaynida yaratgan eng buyuk mo‘jizasi va ixtirosidir, u insonni aqlan yetuk darajaga erishishiga va ma’naviy kamolotga yetishida yordam beradi.
Bu bayram bolalarga kitob sovg‘a qilish, ularda kitob o‘qishga mehr uyg‘otib barchani birlashtirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘lib, ushbu bayram Minnesotalik maktab kutubxonachisi Emmi Brodmur tomonidan ta’sis etilgan.

February 14, 05:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri, muarrix va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi nishonlanmoqda.
U o‘zining 47 yillik hayoti davomida tarix va adabiyotda ulkan iz qoldirdi. Xususan, uning “Boburnoma” tarixiy asari haqli ravishda turk nasrining javohir asari sifatida e’tirof etiladi.
Amir Temurning bevosita avlodi bo‘lmish Zahiriddin Muhammad Bobur iqtidorli sarkarda, jangovar shon-shavkat va favqulodda aql-zakovat sohibi bo‘lgan. 1494-yilda Fargʻona hukmdori boʻlib, 1526-yildayoq Hindistonda markazlashgan Boburiylar davlatiga asos soladi. Dovrug‘i yetti iqlimga tarqalgan saltanat hozirgi Hindiston, Pokiston, Bangladesh va janubi-sharqiy Afg‘oniston hududlarini egallaydi.
Sharq davlatchiligi tarixida eng qudratli saltanatlardan birini yaratgan Bobur o‘z Vatanining otashin jonkuyari bo‘lib qolib, umrining so‘nggi lahzalarigacha jonajon Andijon shahri bilan diplomatik va do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga sa’y-harakat qiladi.
O‘zbekiston davlat san’at muzeyi sara to‘plamlaridan.

Сегодня отмечается 541-й день рождения великого узбекского поэта, мыслителя, историка и государственного деятеля Захириддина Мухаммада Бабура.
За свои 47 лет он оставил колоссальный след в истории и литературе. Так, его исторический труд «Бабурнаме» по праву называют «лучшим произведением тюркской прозы».
Захириддин Мухаммад Бабур, прямой потомок Амира Темура, был талантливым военачальником, обладал воинской доблестью и исключительным умом. В 1494 году он стал правителем Ферганы, а уже в 1526 году основал в Индии централизованное государство Бабуридов. Империя занимала территории современных Индии, Пакистана, Бангладеша и юго-восточного Афганистана.
Создав одну из самых сильных империй в истории Востока, Бабур оставался пламенным патриотом своей Родины и до конца дней стремился наладить дипломатические и дружественные связи с родным городом Андижаном.
Из собрания ГМИ Узбекистана.

February 14, 04:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yod etmas emish kishini g'urbatda kishi,
Shod etmas emish ko'ngulni mehnatda kishi.
Ko'nglim bu g'ariblikda shod o'lmadi, oh,
G'urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.
* * *
Har kimki  vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki  jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi  kishi koʻrmagay yomonligʻ hargiz,
Har kimki yomon boʻlsa, jazo topqusidir.
✍️
Zahiriddin Muhammad Bobur

February 14, 04:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

14-fevral – Buyuk oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun (1483-1530)
Zakovatli olim, isteʼdodli shoir va tarjimon Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topganiga 541 yil toʻldi.
Bobur o‘zining zukko va mardligi bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakatning ham siyosiy ham madaniy jihatdan yuksalishiga o‘z hissasini qo‘shgan.

February 13, 07:51
Media unavailable
2
Show in Telegram

BOBURNING HIKOYASI
Shahzoda, shoh, donishmand
“Boburning hikoyasi. Shahzoda, shoh, donishmand” kitobi islom dunyosi adabiyoti tarixidagi ilk chinakam tarjimai hol – “Boburnoma”ning maroqli qayta ifodalangan hikoyasidir. Farg‘onalik qudratli hukmdor Boburning xotiralari orqali XV–XVI asrlardagi Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston shimoli haqidagi nodir ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
Kitob Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Britaniyaning “Scala Publishers” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlikda o‘zbek, rus, ingliz va fransuz tillarida chop etilgan. Tez orada ertakni arab va hind tillarida, shuningdek, uchta Brayl yozuvida ham mutolaa qilish mumkin bo‘ladi.
Mazkur asar “The Guardian” gazetasi talqiniga ko‘ra 2022-yil yoz faslining eng yaxshi suratlarga boy bolalar kitoblari va hikoyalari nashrlari ro‘yxatiga kiritilgan.

February 10, 09:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

11-fevral kuni soat 14:00 da Respublika bolalar kutubxonasining majlislar zalida kutubxona jamoatchiligining doimiy tashrif buyuruvchilar va kutubxona xodimlari, Toshkent aholisi, tajriba sohiblari hamda taklif etilgan yetakchi mutaxassislar bilan birgalikda inklyuziya masalalari bo‘yicha dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ilk uchrashuvning mehmonlari “Garaj” zamonaviy san’at muzeyining inklyuziv dasturlari jamoasi.
Nima uchun O‘zbekistonda hanuz nogironligi bor kishilar haqida qolipli tasavvurlar shakllanayotgani, nutqimizda qaysi atamalardan foydalanish to‘g‘riligi, qaysi so‘zlarni ishlatmaslik afzal bo‘lishini muhokama qilamiz. Mintaqadagi jamiyat ehtiyojlarining qaysi birini birinchi navbatda hal qilish zarurligi, kutubxona qay tarzda yanada qulay bo‘lishi haqida suhbat quramiz.
Muloqor tili: rus tilida o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan
Joylar soni cheklangan. Iltimos,
acdflibrary.uz
’da roʻyxatdan oʻting.