
RESPUBLIKA MUALLIMLARI- RASMIY KANALI
⚡️
O’zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil qilinadi.
✅
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidada yangi samolyotlar uchun uchuvchilar, ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchilar, aeroportlar uchun servis va boshqaruv sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil etilishini ma’lum qildi.
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
"Respublika muallimlari" ta‘limga oid yangiliklar kanali obuna boʻling!
https://t.me/Respublikamuallimlari
⚡️
Rasman: Endi texnikum talabalariga ham stipendiya joriy qilinadi!
2026-yildan boshlab texnikumlarda “dual ta’lim” asosida ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi
Shuningdek, “a’lo” baholarga o‘qiyotgan, tanlagan kasbini puxta egallayotgan farzandlarimizga esa oshirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi.
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
"Respublika muallimlari" ta‘limga oid yangiliklar kanali obuna boʻling!
https://t.me/Respublikamuallimlari
⚡️
Ayrim yoshlarning to‘lov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi!
📃
“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–222-son, 20.11.2025-y.) qabul qilindi.
✅
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
🔹
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi hamda ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi;
🔹
“Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali:
▪️
avtomototransportlar haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash boʻyicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish uchun toʻlab beriladi;
▪️
kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib toʻlanadi hamda 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim;
▪️
ayni bir shaxs 1-yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan ko‘pi bilan 2-marta foydalanishi mumkin.
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
"Respublika muallimlari" ta‘limga oid yangiliklar kanali obuna boʻling!
https://t.me/Respublikamuallimlari
⚡️
Umumiy tartibda maktab maslahatchisi lavozimida ishlashi mumkin bo‘lganlar:
1. Ma’lumoti:
oliy pedagogik yoki psixologik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar;
ba’zi hollarda ijtimoiy fanlar (pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, defektologiya) yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot ham qabul qilinadi.
2. Malaka talablari:
“Pedagog-psixolog”, “Maktab psixologi” yoki “Ijtimoiy pedagog” mutaxassisligi bo‘yicha diplom;
qayta tayyorlov kursini tamomlaganligi haqidagi sertifikat (agar asosiy mutaxassisligi boshqa yo‘nalishda bo‘lsa).
3. Kasbiy sifatlar:
bolalar va o‘smirlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
pedagogik-psixologik maslahat berish, tarbiyaviy muammolarni hal etish malakasi;
ota-ona va o‘qituvchilar bilan hamkorlik qila olish.
🔹
Ya’ni, maktab maslahatchisi lavozimida asosan psixologiya yoki pedagogika yo‘nalishida oliy ma’lumotli kadrlar ishlashi mumkin.
Agar mutaxassislik to‘g‘ri kelmasa, qayta tayyorlash kursini o‘qib, hujjat asosida ham ishlash huquqi beriladi.
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
"Respublika muallimlari" ta‘limga oid yangiliklar kanali obuna boʻling!
https://t.me/Respublikamuallimlari
⚡️
Talabalar 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin!
✅
Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.
Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
"Respublika muallimlari" ta‘limga oid yangiliklar kanali obuna boʻling!
https://t.me/Respublikamuallimlari
⚡️
Bakalavriat talabalari uchun nomli davlat stipendiyalari soni 13 ta bo‘ldi!
✅
Ularning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:
➖
pedagogika yo‘nalishida — Abdulla Avloniy;
➖
tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur;
➖
texnika yo‘nalishlarida – Beruniy;
➖
tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino;
➖
gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy;
➖
tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod;
➖
tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek;
➖
kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov;
➖
tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur;
➖
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud;
➖
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy;
➖
Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;
➖
barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari.
✔️
Bundan tashqari Prezident stipendiyasi va Prezident granti ham bor.
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
"Respublika muallimlari" ta‘limga oid yangiliklar kanali obuna boʻling!
https://t.me/Respublikamuallimlari
⚡️
Bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishi mumkin!
✅
Prezidentning “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:
➖
Matematika va informatika (qo‘shimcha informatika fani o‘qituvchisi),
➖
Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi),
➖
Biologiya (qo‘shimcha tabiiy fanlar o‘qituvchisi),
➖
Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qo‘shimcha surdotarjimon)
bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi joriy qilingan.
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
"Respublika muallimlari" ta‘limga oid yangiliklar kanali obuna boʻling!
https://t.me/Respublikamuallimlari
✅
Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!
Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni
“Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga
yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.
Endilikda,
1-kurs
talabalari
davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun
Davlat xizmatlari markazi
yoki
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
—
my.gov.uz
orqali
elektron ariza yuborishlari mumkin.
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
"Respublika muallimlari" ta‘limga oid yangiliklar kanali obuna boʻling!
https://t.me/Respublikamuallimlari
⚡️
Agar sizga kimdir bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting:
1. O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.
2. Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.
3. Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?
4. O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.
5. Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.
P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.
— Ma'lumot uchun: Ushbu tavsiya O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan litsenziyaga ega nodavlat oliygoh talabalariga tegishli.
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
"Respublika muallimlari" ta‘limga oid yangiliklar kanali obuna boʻling!
https://t.me/Respublikamuallimlari
⚡️
Ertaga 3-sentyabr (chorshanba) kunidan quyidagilarga o’qish boshlanadi:
✅
1-kursga kirgan bakalavr hamda magistratura talabalari uchun;
✅
akademik litseylarning barcha bosqich o’quvchilari uchun;
✅
texnikum va kasbiy ta’lim tashkilotlari o’quvchilari uchun;
✅
8-sentyabr (dushanba) kuni bakalavr hamda magistraturaning yuqori bosqich talabalari uchun darslar boshlanadi.
✅
Bugundan maktablarda barcha sinf o’quvchilari uchun dars boshlandi.
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
"Respublika muallimlari" ta‘limga oid yangiliklar kanali obuna boʻling!
https://t.me/Respublikamuallimlari