Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Rustam Ibragimovich Xolmurodov

Rustam_Ibragimovich_Xolmurodov
Самарқанд давлат университети ректори, Ўзбекистон Республикаси фан арбоби, Олий Мажлис Сенати аъзоси Facebook - https://www.facebook.com/RustamIbragimovichXolmurodov
Subscribers
3 260
24 hours
110
30 days
10
Post views
1 627
ER
11,5%
Posts (30d)
18
Characters in post
839
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
February 24, 11:56
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi samimiy va iliq lahzalarga boy bo‘ldi.

Встреча Президента Шавката Мирзиёева с молодежью была наполнена искренними и теплыми моментами.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
Samarqandim.uz
|

Telegram |
🌐
Instagram |

Facebook
|
📹
You tube

February 24, 11:56
Media unavailable
2
Show in Telegram

Davlatimiz rahbari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Глава нашего государства провел открытый диалог с молодежью.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
Samarqandim.uz
|

Telegram |
🌐
Instagram |

Facebook
|
📹
You tube

February 24, 11:16
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan
muloqoti
bo‘lib o‘tdi.

В резиденции «Куксарой» состоялся
диалог
Президента Шавката Мирзиёева с молодежью, посвященный поддержке ее инициатив.
#Mirziyoyev
#muloqot
#yoshlar
#tashabbuslar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
Samarqandim.uz
|

Telegram |
🌐
Instagram |

Facebook
|
📹
You tube

February 24, 09:06
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

“Ko‘mak” dasturi
doirasida
130 million so‘mgacha foizsiz ssuda
ajratish yo‘lga qo‘yilgani uchun
olis va chekka hududlarda
olti oy ichida xorijiy til o‘rgatadigan
120 dan ziyod o‘quv markazi
ish boshladi.
Bunday o‘quv markazlarini tashkil qilib, tajriba orttirgan yosh tadbirkorlar atrofida AT va zamonaviy kasb markazi, kutubxona, sport to‘garaklarini ochish taklifini bermoqda.
“Ko‘mak” loyihasi doirasida o‘z biznesini boshlab, yaxshi natija ko‘rsatayotgan yoshlar faoliyatini kengaytirish uchun
300 million so‘mgacha foizsiz ssuda
ajratish yo‘lga qo‘yiladi.
Endi
olis hududlardagi o‘quv markazlari ijtimoiy soliqni 1 foiz
miqdorida to‘laydi, ulardagi
o‘qituvchilar uchun daromad solig‘i 7,5 foiz bo‘ladi
(hozir ijtimoiy va daromad solig‘i 12 foizdan to‘lanadi).
Yoshlar ishlari agentligiga xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda
yiliga 20 ming yoshni kelajak kasblariga o‘qitish dasturini
ishga tushirish, har bir tumanga
500 million so‘mgacha ssuda ajratib, texnikum va o‘quv markazlarida kasb-hunar laboratoriyasini tashkil qilish
topshirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
Samarqandim.uz
|

Telegram |
🌐
Instagram |

Facebook
|
📹
You tube

February 24, 08:59
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Xorijiy til sertifikatini olgan yoshlarga imtihon va o‘qish xarajatini qoplash yo‘lga qo‘yilgani katta samara berdi.
Sertifikatga ega yoshlar 600 mingdan oshdi.
Eng muhimi, xorijiy tillarni mukammal biladigan
72 mingta instruktor
paydo bo‘ldi.
Yaratilgan sharoitlar hisobiga
xususiy o‘quv markazlarining soni 3 karra ko‘payib, 38 mingdan oshdi.
Mazkur yo‘nalishdagi yosh tadbirkorlar
O‘quv markazlari uyushmasini
tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan. Prezidentimiz buni qo‘llab-quvvatladi.
Endilikda uyushmaga a’zo bo‘lgan
xususiy o‘quv markazlariga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Bunday markazlarning o‘qituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi hisobidan
AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuborish
yo‘lga qo‘yiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
Samarqandim.uz
|

Telegram |
🌐
Instagram |

Facebook
|
📹
You tube

February 24, 08:50
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

O‘tgan yilda
Kasbiy ta’lim agentligi
tashkil qilinib, har bir hududda hokimlar boshchiligida
Kasbiy ta’lim kengashlari
ish boshladi.
Agentlik va hokimlarga qaysi texnikumda kasbga o‘qitish dasturini qayta ko‘rib chiqib, ish beruvchilarning talabiga moslash, qaysi biriga kasb-hunar va “dual ta’lim” bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni olib kelish kerakligi va
texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash
bo‘yicha masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.
Hokimlar
texnikum binosi va yerlari boshqa maqsadlarda berilmasligi, direktorlari esa faoliyatiga tegishli bo‘lmagan yig‘ilishga chaqirilmasligi
haqida ogohlantirildi.
Har yili kamida
100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlash
maqsad qilib olindi.
“Dual ta’lim” qamrovini yanada kengaytirish
muhimligi ta’kidlandi. Har oyda texnikumlarda
“Kasbiy rivojlanish kuni” va mehnat yarmarkalari
tashkil qilinadi. Texnikumlarga ham oliygohlar kabi
“spin-off” ochishga ruxsat beriladi.
Bunda
o‘quvchilarning startap loyihalariga 1 milliard so‘mgacha
ajratiladi.
Joriy yildan xuddi oliygoh talabalari kabi
texnikum o‘quvchilari uchun ham “Ishla va sayohat qil (Work and travel)” dasturi
asosida olti oy davomida
xorijda ishlab, qo‘shimcha daromad topish imkoniyati
yaratiladi. Bunda dasturda ishtirok etuvchi texnikum o‘quvchilariga
yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi
.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
Samarqandim.uz
|

Telegram |
🌐
Instagram |

Facebook
|
📹
You tube

February 24, 08:38
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Yoshlar ishlari agentligi
“Fikringni ber (Voice Up)” inklyuziv oromgohini
tashkil qilib, yoshlar tashabbusi asosida o‘ndan ziyod loyihalarni amalga oshirdi.
Endilikda ushbu loyihani har bir hududda o‘tkazib, 1 ming nafar yoshlarni qamrab olish, eng yaxshi loyihalarni taklif qilgan yoshlar ishtirokida
Samarqand shahrida Xalqaro inklyuziv yoshlar oromgohini
tashkil qilish topshirildi.
“O‘sish va rivojlanish (Upshift)”
startap loyihasi
kengaytirilib, bu yil media, dizayn, hunarmandchilik, ishlab chiqarish va innovatsiya yo‘nalishlarida ham tanlov o‘tkaziladi.
Yoshlarning
eng yaxshi 40 ta startap loyihasini moliyalashtirish uchun 2 milliard so‘m
ajratiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
Samarqandim.uz
|

Telegram |
🌐
Instagram |

Facebook
|
📹
You tube

February 24, 08:01
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Har yili
600 ming yoshlar
mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030-yilga borib, ular
1 millionga
yetadi.
Yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala
ekani qayd etildi.
Yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning
uchdan biri tadbirkor bo‘lish istagini
bildirgan. O‘tgan yili yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga
400 million dollar
berilgan edi. Xususan,
“Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam” dasturlari
hisobidan
15 ming nafar yoshlar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi, 50 ming odamni ish bilan ta’minladi.
Prezidentimiz yoshlar tadbirkorligi uchun
qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishini
e’lon qildi.
O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun
kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha
oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun
10 milliard so‘mgacha kredit
ajratish (hozir 5 milliard so‘mgacha) mumkin bo‘ladi. Innovatsion startap loyihalariga
100 ming dollargacha investitsiya kiritishga
ruxsat beriladi.
Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish o‘rni yaratgan mahalliy brendlardan
franshiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari
joriy qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
Samarqandim.uz
|

Telegram |
🌐
Instagram |

Facebook
|
📹
You tube

February 24, 06:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mamlakatimizda
har haftaning payshanba kuni
vazirlik, idora va hokimliklarda
“Yoshlar kuni”
bo‘lishi belgilandi.
Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar
mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.
Hokimlar
yoshlarbop savdo-servis loyihalarini
qiladi, yoshlarning
ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga
ko‘maklashadi,
startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, alohida mablag‘ va grantlar
ajratadi.
Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar
o‘tkaziladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

February 24, 06:29
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

“O‘zbekiston
Yoshlar taraqqiyoti global indeksida eng tez sur’atlarda rivojlanayotgan davlat
deb e’lon qilingani bizga g‘urur bag‘ishlaydi
”,
– dedi Prezidentimiz.
Bu yil
Toshkent
shahrida
Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati bosh qarorgohi
tashkil etilishi,
Samarqand
shahri
Yoshlar parlamenti a’zolarining 12-global konferensiyasi, “Take Off” xalqaro startap sammiti
va
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga
mezbonlik qilishi e’lon qilindi.
“A
lbatta,
yangi metodika va innovatsiya olib kirib, ta’lim sifatini oshirish va bolalarni kasbining ustasi qilish
haqida izlanadigan rahbarning faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi, ishiga yangicha muhit kiradi
”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Dunyoda kun sayin
yoshlar ongini egallash bo‘yicha yangi tahdidlar
yuzaga kelayotgan sharoitda
barcha darajadagi rahbarlar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi ish tizimiga o‘tishi
zarurligi qayd etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
Samarqandim.uz
|

Telegram |
🌐
Instagram |

Facebook
|
📹
You tube