Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

𝗦𝗛𝗔𝗛𝗥𝗜𝗦𝗔𝗕𝗭 𝗔𝗛𝗟𝗜 🇺🇿

SHAHRISABZAHLII
Узбекистан ҳақида фактлар, янгиликлар ва эълонлар!
Subscribers
3 470
24 hours
30 days
-30
Post views
487
ER
0,16%
Posts (30d)
164
Characters in post
874
December 09, 14:26
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

#LIVE
Amir Temur maydonida gullar ekilmoqda
Yomg‘irli ob-havoga qaramay, Shahrisabz shahar Obodonlashtirish departamenti gulchilari bugun ham o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda.
Amir Temur maydonida rang-barang gullar ekilib, hudud yanada chiroy ochmoqda. Qish faslida ham shaharga go‘zallik baxsh etuvchi yangi gulsimon kompozitsiyalar shahar manzarasiga o‘zgacha jilo bag‘ishlamoqda.

December 09, 13:56

DIQQAT "SHAHRISABZ SHAHAR SHTABI"
Shahrisabz shahrida Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obiеktlari va ko'p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish davriga tayyorlash yuzasidan muammolar yuzaga kеlishini inobatga olib, 2025/2026-yil kuz-qish mavsumini bеtalofat o'tkazish hamda vujudga kеlgan muammolarni o'z vaqtida bartaraf etish maqsadida Shahrisabz shahar hokimligi binosida uzluksiz faoliyat yurituvchi
“SHAHAR SHTABI”
tashkil etildi.
Murojaat uchun tеlеfon: markaziy shtab raqami 75-521-25-49 Shtab rahbari o'rinbosari
Shahar hokimining qurilish, to'siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalar, kommunal xo'jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari
Umar Abdusalimov;
98-110-14-41 Shtab a'zolari
Shahrisabz shahar qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi boshlig'i
Ulug'bek Umurzoqov;
91-320-22-00
Shahrisabz shahar gaz ta'minoti bo'lim boshlig'i
Elboboyev Faxriddin;
90-288-00-65
104, 75-522-18-03 (dispеtchеr)
Shahrisabz shahar elеktr tarmoqlari korxonasi boshlig'i
Oybеk Boqiеv;
91-456-43-28;
75-522-87-01 (dispеtchеr).
Shahrisabz shahar "Suv ta'minoti" filiali boshlig'i
Adham Yusupov;
90-805-76-99
Shahrisabz shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudiri
Shеrzod Islomov;
98-475-09-19
Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi boshlig'i
Olim Norboyеv;
90-720-88-88;
Shahrisabz shahar
Favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlig'i
Sherxon Qobilov;
91-960-75-55:
101; 75-522-64-41 (dispеtchеr)
Shahrisabz shahar IIB yo'l harakati xavfsizligi bo'limi boshlig'i
Doniyor Toshpulatov ;
97-049-71-17;
Shahrisabz yo'llardan foydalanish unitar korxonasi boshlig'i
Ma’ruf Xusanov;
97-384-86-36.
https://t.me/SHAHRISABZAHLII

December 08, 18:35
Media unavailable
2
Show in Telegram

Xushxabar – Shahrisabzlik hunarmand Italiyada!
“Xushxabarning qanotli bo‘r” deyishadi. Joriy yilning 6–14-dekabrdan boshlab, Italiya Respublikasining Milan shahrida “Artigiano in Fiera – 2025”, ya’ni Xalqaro hunarmandlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu nufuzli ko‘rgazmada Shahrisabz shahridan Hunarmandlar klasteri a’zosi Nodir Mannonov ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Hunarmandlar uyushmasi a’zosi, ustalarimiz mazkur yarmarkada faol qatnashib, o‘zlarining noyob mahsulotlarini namoyish qilmoqdalar.
Namoyish etilayotgan betakror buyumlar o‘zbek xalqining boy tarixiy merosi, milliy hunarmandchiligi va an’analarini aks ettirib, xorijiy mehmonlarda katta taassurot qoldirmoqda.
Hunarmandlarimizga ulkan muvaffaqiyatlar, yarmarka ishtirokchilariga esa yangi g‘oyalar va samarali hamkorliklar tilaymiz!

December 08, 11:51
Media unavailable
2
Show in Telegram

MUROJAAT–MAHALLAGA CHORLADI
Barhayot mahallasining Xurriyat va Zafarobod ko‘chalari aholisi asfaltlash masalasida shahar hokimiyatiga murojaat bilan chiqdi.
Shahrisabz shahar hokimi
Sherzod Bo‘riyev
murojaat bo‘yicha fuqarolarning fikrini shaxsan tinglab, murojaat kelib tushgan kunning o‘zidayoq mazkur hududga tashrif buyurdi.
Tashabbusli budjet tanlovida g‘olib bo‘lgan ushbu mahallada nosoz yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari boshlangan jarayon joyida o‘rganildi. Hokim yo‘lsozlar hamda mahalla aholisi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.
Aholining taklif va istaklari inobatga olinishi natijasida, yillar davomida bahorda loy, yozda chang bo‘lib kelgan, chuqurlari ko‘paygan yo‘llar ta’mirlanishi rejalashtirildi.
Bayram arafasida mazkur xabarni eshitgan mahalla aholisi buni quvonchli yangilik sifatida qabul qildi. Loyiha amalga oshishi aholining davlat va mahalliy hokimiyatga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashi ta’kidlandi.
@umidnormuratov

December 08, 06:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

TABRIK!
Hurmatli hamshaharlar, qadrli mehmonlar!
Sizlarni Baxtimiz qomusi — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining
33 yilligi
munosabati bilan
shahar hokimligi, shahar kengashi deputatlari va faol fuqarolarimiz nomidan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Prezidentimiz bayram tabrigida ta’kidlaganidek:
“Faqat Konstitutsiya va qonunlarimizga chuqur hurmat, puxta huquqiy bilim va amaliy tajriba asosidagina biz davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etib, Vatan va xalq oldidagi farzandlik burchimizni sharaf bilan ado eta olamiz. Shundagina Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuchi, bunyodkorlik salohiyati amalda yanada yorqin namoyon bo‘ladi.”
Darhaqiqat, bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mas’uliyatli bosqichida ulkan maqsadlar sari dadil qadam qo‘yayotgan bir vaqtda shahrimiz ravnaqi, el-yurtimiz farovonligi yo‘lida mehnat qilayotgan aziz yurtdoshlarimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Shu qutlug‘ ayyomda sizlarni yana bir bor Baxtimiz qomusi qabul qilingan kun bilan tabriklayman. Xonadonlaringizda tinchlik, osoyishtalik, fayz-u baraka doimo barqaror bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz mangu bo‘lsin!
Hurmat va ehtirom bilan,
Sherzod Bo‘riyev
Shahrisabz shahar hokimi

December 08, 04:05
Media unavailable
3
Show in Telegram

Óz haqiqitingizni boshqalarga
isbotlashingiz shart emas
https://t.me/SHAHRISABZAHLII

December 08, 03:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

🌎
Ер муносабатларига оид ноқонуний ҳолатлар фош этилди
1️⃣
Оҳангарон тумандаги унитар корхона юристи, муқаддам судланган шахс харидорга Нурафшон шаҳрида паррандачилик билан шуғулланувчи хусусий корхонага ажратилган 90 сотих бўш ер майдонини 250 минг АҚШ долларига сотишини айтади.
Шу билан бирга, кадастр идораларидаги танишлари орқали мазкур ушбу ер майдонида коттежлар қурилишига рухсат олиб беришини ҳам ваъда қилиб, ўз “хизмати” учун 30 минг АҚШ доллари талаб қилади.
Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент вилояти бўйича бошқармаси ҳамда Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаменти ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда, у аванс сифатида 40 минг АҚШ доллари олган вақтида ушланди.
2️⃣
Қашқадарё вилоятида кузатилган ҳолатда эса, туман газ таъминоти бўлими ходими ўзининг мансабдор танишлари орқали Кўкдала туманидаги давлат захирасида бўлган 1 гектар ер майдонини харидорга 500 млн. сўмга сотишга келишиб, олдиндан 20 минг АҚШ доллари олган вақтида ушланди.
3️⃣
Бошқа бир қайд этилган ҳолатда, муқаддам судланган, ҳозирда маклерлик фаолияти билан шуғулланувчи шахс Бухоро шаҳрида яшовчи фуқародан унинг фойдаланувида бўлган умумий майдони 1 250 квадрат метр кўчмас мулк объекти тоифасини ўзгартириб, тегишли кадастр ҳужжатларини расмийлаштириш эвазига, 14 минг АҚШ доллари талаб қилади.
Давлат хавфсизлик хизматининг Бухоро вилояти бўйича бошқармаси ҳамда Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаменти ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда ушбу шахс сўралган пул маблағини олган вақтида ушланди.
⚖️
Ҳозирда барча ҳолатлар юзасидан қонунбузарларга нисбатан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда. Шунингдек, мазкур жиноят ишларига алоқадор бўлган бошқа шахсларни аниқлаш бўйича ҳам суриштирув жараёнлари амалга оширилмоқда.
✈️
Каналга аъзо бўлинг

t.me/xavfsizlik_uz

December 07, 19:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
8 Декабрь - Ўзбекистон Республикаси
Конституцияси
қабул қилинган кун!
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси
6 бўлим
,
27 боб
,
155 модда
дан иборат.
Конститутциямизнинг 33 йиллиги муборак бўлсин, барчага фаровонлик, омад, соғлик ва ажойиб кайфият хамроҳ бўлсин.
Дўстларингизни байрам билан биринчилардан бўлиб табрикланг.
👇
👉
https://t.me/SHAHRISABZAHLII

December 07, 14:27

Жазо муддатини ўтаётган 615 нафар шахс афв этилди
Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 33 йиллиги муносабати билан “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.
Фармонга мувофиқ, жазо муддатини ўтаётган ҳамда қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган
615 нафар
шахс афв этилди.
Афв этилган шахсларнинг
220 нафари
асосий жазодан тўлиқ озод этилди,
123 нафари
жазони ўташдан муддатидан илгари шартли озод қилинди,
97 нафарининг
озодликдан маҳрум этиш жазоси енгилроқ жазо билан алмаштирилди. Шунингдек,
175 нафар
шахсларга тайинланган озодликдан маҳрум этиш жазосининг муддатлари қисқартирилди.
Афв этилганларнинг
9 нафарини
чет эл фуқаролари,
29 нафарини
аёл,
23 нафарини
60 ёшдан ошган эркаклар,
264 нафарини
ёшлар (шулардан,
2 нафари
вояга етмаганлар) ҳамда
9 нафарини
тақиқланган ташкилотлар фаолиятида қатнашган шахслар ташкил этади.
https://t.me/SHAHRISABZAHLII

December 07, 14:10
Media unavailable
2
Show in Telegram

Яшнободда талаба
“наркокурьерлар” қўлга олинди
Яшнобод туманида “Хавфсиз ва соғлом юрт” тадбири доирасида иккита 1-босқич талабаси 520 грамм (2600 доза) Alpha PVP билан ушланди. Улар моддани геолокация орқали олиб, ётоқхонада қадоқлаб тарқатиб келгани маълум бўлди.
Талабаларга 10–20 йилгача озодликдан маҳрум этиш билан боғлиқ жиноят иши қўзғатилди.
https://t.me/SHAHRISABZAHLII