
Saida Mirziyoyeva
8-mart – ayollarning imkoniyati, qobiliyatlari haqidagi necha-necha asrlardan buyon yo‘qotib bo‘lmayotgan “bu ojizalarning o‘rni faqat oshxonada va ikkinchi darajali rollarda” degan qarashlardan, xato tasavvur hamda stereotiplardan voz kechish vaqti kelganini butun taraqqiyparvar dunyo baralla eslatadigan kundir.
Men mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida – IT va texnologiyalardan tortib, biznes va sportgacha, ayollarimiz yetakchiligi noyob istisno emas, balki odatiy holga aylanishini istardim.
Chunki bu – kuchli iqtisodiyot hamda o‘zaro hurmatga qurilgan mustahkam oilalar demakdir. Bu – insonning o‘ziga va ertangi kunga bo‘lgan ishonchi. Bu – davlatimiz osoyishtaligi va qudrati.
Opa-singillarim, barchangizni bag‘rimga bosaman.
Bayramingiz muborak!
—
8 марта — день, когда весь прогрессивный мир громко напоминает, что в 21 веке пора перестать тянуть из глубины веков предрассудки и стереотипы о возможностях и способностях женщин, что их место только «на кухне и на вторых ролях».
Я хочу, чтобы в нашей стране женское лидерство в любых сферах нашей жизни: от IT и технологий до бизнеса и спорта, было нормой, а не уникальным исключением.
Потому что это — сильная экономика и крепкие семьи, основанные на уважении. Это уверенность в себе и завтрашнем дне. Это спокойствие и сила страны.
Обнимаю всех вас. С праздником!
Toshkentda 10-mart – Xalqaro ayol sudyalar kuniga bag‘ishlangan tantanali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston ayol sudyalari assotsiatsiyasi tashkil etildi va men ushbu voqea munosabati bilan barchamizni samimiy qutlayman.
Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlar va bolalarni zo‘ravonlik hamda tazyiqlardan himoya qilishga qaratilgan muhim farmon qabul qilindi. Bu – inson taqdirini barbod qilib, jinoyatini “an’ana” niqobi ostiga yashirishga, mavqei yoki mansabi bilan xaspo‘shlashga urinayotgan kimsalarga qarshi murosasiz qadamdir. Bu borada sudyalar hal qiluvchi o‘ringa ega: qonun shunday ishlashi kerakki, jinoyatchi uchun bahona ham, “tuynuk” ham qolmasin.
Bunga erishish uchun sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi va tergovga qadar tekshiruv organlari faoliyatining samaradorligi, mas’uliyati yanada oshiriladi hamda zo‘ravonlikning har qanday holatiga real huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.
Birinchi bor aynan ushbu xalqaro sana munosabati bilan ayol sudyalarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar. Men buni qat’iyati va halolligi bilan odil sudlovni amalga oshirayotgan insonlarga bo‘lgan yuksak hurmat ifodasi, deb bilaman.
Zo‘ravonlik atrofdagilar sukuti va mazlumlarning qo‘rquvi ortiga aslo yashirina olmasligi kerak. Biz ana shunday muhitni barpo etishni maqsad qilganmiz.
—
В Ташкенте прошла торжественная встреча, посвящённая Международному дню женщин-судей, который отмечается 10 марта.
Впервые в истории страны создана Ассоциация женщин-судей Узбекистана, и я сердечно поздравляю всех нас с этим событием.
Президентом принят важный указ, направленный на защиту женщин и детей от насилия и принуждения. Это шаг против тех, кто разрушает судьбы и пытается прикрывать преступления «традициями», статусом или властью. И здесь роль судей ключевая: закон должен работать так, чтобы у преступников не оставалось ни оправданий, ни лазеек.
Именно поэтому будет усилена ответственность и эффективность судей, правоохранительных и доследственных органов; любые случаи насилия должны получать реальную правовую оценку.
На мероприятии женщины-судьи получили государственные награды. Это знак уважения к тем, кто вершит правосудие твёрдо и честно.
Мы хотим, чтобы насилие больше никогда не смогло прятаться за молчанием и страхом.
Prezidentimizning transport tizimini modernizatsiya qilishga oid qarorini hayotga tatbiq etish ishlari boshlandi. Buning uchun maxsus tuzilgan Yo‘l harakatini tashkil etish markazida kecha Toshkent shahridagi tirbandliklar va ekologiya masalalarini hal qilish, shuningdek, umuman, jamoat transporti nazorati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
Berilgan hisobotlarga ko‘ra, bugun-erta “aqlli” svetoforlarni o‘rnatish, yo‘llarga standartlarga mos chiziqlar tortish hamda avtoturargohlarni to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanadi.
Umid qilamanki, shahar hokimi boshchiligidagi jamoa qarorning ijrosini to‘laqonli ta’minlashga bor kuch va imkoniyatini qaratadi. Men buning bajarilishini shaxsan nazorat qilib boraman.
Poytaxt uchun o‘ta muhim, juda zarur bo‘lgan ushbu loyihani amalga oshirishda jamoaga muvaffaqiyat tilayman.
—
Началась практическая реализация постановления Президента по модернизации транспортной системы. Специально созданный для этого Центр организации дорожного движения вчера провёл презентацию по решению вопросов с пробками в Ташкенте, с экологией и как в целом будет организован контроль над общественным транспортом.
Мне доложили, что начинается большая работа по установке умных светофоров, нанесению грамотной разметки на дорогах и организации правильной работы парковок.
Надеюсь, что хоким города и его команда приложат все усилия для выполнения этого постановления в полном объёме. Я также буду контролировать ход исполнения этих задач.
Желаю команде успеха в этом очень важном и нужном для города проекте.
Maxsus vakil, elchi Serjio Gor ishtirokida Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilganini maʼlum qilishdan mamnunman.
Muhokamalar samarali va istiqbolga yo‘naltirilgan tarzda o‘tdi; oldinda bizni har ikki mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha salmoqli va mazmunli ishlar kutmoqda.
—
Рада сообщить о проведении первого заседания узбекско-американского совета по бизнесу и инвестициям с участием специального посланника, посла Серджио Гора.
Обсуждение прошло в продуктивной и ориентированной на будущее атмосфере. Впереди нас ждёт значительный объём содержательной работы по ключевым направлениям, представляющим важность для обеих наших стран.
Kecha Qozog‘iston Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuv o‘tkazdim. Suhbat samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida oliy darajadagi o‘zaro ishonch va yaqin muloqotga asoslangan munosabatlar ancha jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdik. Quvonarlisi, 2025-yil ikki tomonlama hamkorlik uchun muhim va samarali bosqich bo‘ldi.
Parlamentlararo muloqotlar, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish istiqbollari haqida suhbatlashib oldik.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlik bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonaman.
—
Вчера провела встречу с Председателем Сената Парламента Казахстана Мауленом Ашимбаевым. Разговор прошёл в тёплой и доверительной атмосфере.
С удовлетворением отметили высокую динамику развития отношений между Узбекистаном и Казахстаном, основанных на взаимном доверии и тесном диалоге на высшем уровне. Радует, что 2025 год стал важным и результативным этапом для двустороннего сотрудничества.
Обсудили перспективы расширения межпарламентских контактов, торгово-экономических и культурно-гуманитарных связей.
Я уверена, что практическое взаимодействие между нашими странами будет и дальше последовательно укрепляться.
Abu-Dabida Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etganim men uchun ulkan sharaf.
Mukofot hakamlar hay’ati va tashkiliy qo‘mitasidagi hamkasblarimga samarali hamkorlik uchun samimiy minnatdorchiligimni izhor etaman. Bu chindan ham bebaho va ilhombaxsh tajriba bo‘ldi.
Shubhasiz, insoniy birodarlik so‘zlarda emas, balki kundalik amallarda - har bir insonning qadr-qimmatiga hurmatda, e’tiborda va g‘amxo‘rlik qilishda namoyon bo‘ladi.
—
Для меня было огромной честью принять участие в церемонии награждения лауреатов премии им. шейха Заида «Человеческое братство» в Абу Даби.
Искренне благодарю коллег по жюри и организационный комитет Премии за весьма продуктивную совместную работу. Это был по-настоящему бесценный и вдохновляющий опыт.
Несомненно, человеческое братство рождается не от произносимых слов, а в ежедневных поступках — в уважении, внимании и заботе о достоинстве каждого человека.
Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" xalqaro mukofoti hakamlar hay’atida ishtirok etish va 2026-yilgi mukofot sovrindorlarini chin dildan tabriklash men uchun katta sharaf.
Ozarbayjon Respublikasi bilan Armaniston Respublikasi o‘rtasida erishilgan tinchlik kelishuvi hatto uzoq yillar davom etgan va murakkab nizolarni ham hal etish mumkinligini yaqqol namoyon etdi.
Zarqa Yaftalini alohida ta’kidlashni istayman. Uning qizlarning ta’lim olish huquqini himoya qilish borasidagi ko‘p yillik faoliyati izchil va qat’iyatli sa’y-harakatlar orqali insonlar taqdiri, butun hamjamiyatlar kelajagini o‘zgartirish mumkinligini ko‘rsatadi.
Men uchun tinchlik ham, qizlarning ta’limga bo‘lgan huquqlari ham jamiyatlarning barqarorligi va taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan muhim qadriyatlardir.
—
Для меня большая честь участвовать в работе жюри международной премии шейха Заида «Человеческое братство» и от всего сердца поздравить лауреатов 2026 года.
Мирное соглашение между Азербайджанской Республикой и Республикой Армения является важным примером того, что даже затяжные и сложные конфликты могут быть урегулированы.
Отдельно хочу отметить Зарку Яфтали. Её многолетняя деятельность по защите права девочек на образование демонстрирует, как последовательные и настойчивые усилия способны менять жизнь людей и целых сообществ.
И мир, и доступ девочек к образованию я считаю важнейшими ценностями, от которых напрямую зависят устойчивость и развитие общества.