Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali

SamHETK
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali. 👉 Murojaatlar uchun: Call center: 1154, (55) 707-60-60 Telegram messenjeri: +998 95 375-75-00
Subscribers
10 400
24 hours
30 days
Post views
1 092
ER
10,58%
Posts (30d)
337
Characters in post
532
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Energy & Environment
Summary
April 27, 12:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
Ertaga, 28-aprel kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Chashma” podstansiyasining elektr tarmog‘ida (V-277, V-278) joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi O‘zbekiston, Tadbirkorlar, Madadkor, Mirzo Ulug‘bek, Lolazor, Navbahor, Panjob, Ahillik mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK

April 27, 09:03
Media unavailable
7
Show in Telegram

🦋
Samarqandda Media haftalik boshlandi
Loyihaning beshinchi hududi bo‘lgan Samarqandda tadbir a’lo kayfiyatda
start
oldi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti bugun OAV va media vakillari uchun muhokamalar markaziga aylangan.
❗️
Hududlararo muloqot orqali ovozasi respublika miqyosiga chiqqan ushbu yirik media loyihada ishtirokchilar endi fikr va takliflarini "charxlab" kelishgan. Bu yerda chekinish yo‘q – muammolarga ham, bahsli masalalarga ham aynan shu maydonda javob topish kerak.

https://t.me/SamHETK

April 27, 06:19

⚡️
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
307-fiderning elektr uzatish tarmog‘ida aniqlangan nuqsonni bartaraf etish ishlari olib borilayotganligi sababli hozirda Samarqand tumanidagi Xo‘ja G‘unjoyish, Ma'rifat, Motrid (ayrim qismida) Xo‘ja qishloq, Azizon (Lokotor, Zarafshon massividagi kottejlar) mahallalarida mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Tez orada ushbu nuqson bartaraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanishini ma’lum qilamiz.

https://t.me/SamHETK

April 27, 05:31
Media unavailable
7
Show in Telegram

⚡️
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan olib borilayotgan ishlar natijasida elektr tarmoqlari bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda.
Mutaxassislar tomonidan uskunalar va taqsimlash punktlarining barqaror ishlashi uchun zarur profilaktik hamda texnik ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, transformator punktlari mukammal ta’mirlanib, bu tizim mustahkamligini oshirib, energiya yo‘qotishlarini kamaytiradi va uzluksiz ta’minotni ta’minlaydi. Shuningdek, 0,4–10 kV tarmoqlarda ta’mirlash ishlari hamda yopiq kabellarning joriy etilishi ishonchlilikni yanada oshirmoqda.
Mazkur ishlar energetika tizimini modernizatsiya qilish, texnik yo‘qotishlarni kamaytirish va iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishga xizmat qilib, aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga zamin yaratmoqda.

https://t.me/SamHETK

April 27, 05:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
ELEKTR ENERGIYASI UCHUN TO‘LOV TARTIBI
📌
Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi quyidagicha:
⚡️
EHNAT tizimiga ulangan iste’molchilar
❗️
Qarzdorlik mavjud bo‘lsa — avtomatik ravishda tarmoqdan uziladi.
🏢
Yuridik shaxslar
💳
Elektr energiyasi 100% oldindan to‘lov asosida yetkazib beriladi.
🔎
Belgilangan muddatlarda to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda elektr ta’minoti to‘xtatiladi (maxsus tartibdagilar bundan mustasno).
⚡️
To‘lov madaniyati — barqaror energiya tizimining poydevori!

https://t.me/SamHETK

April 27, 05:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
Bugun soat 10:00 dan 18:00 oralig‘ida 879-transformator punktida mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahar, Rajabamin mahallasidagi mazkur transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadigan iste'molchilarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK

April 27, 05:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
Bugun soat 10:30 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Shohi Zinda” podstansiyasining T-2, VT-2-6 tarmog‘ida kontakt qizishini bartaraf etish ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Shahriobod, Sarbon, Qo‘shbaqqolli, Ibn Sino mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK

April 27, 05:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
Bugun soat 10:30 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Kimyogar” podstansiyasining VT-2-6 tarmog‘ida joriy ta'mirlash va vakuumli o‘chirgich uskunasini almashtirish ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Kimyogar, Shukrona, Nurli kelajak, Nurafshon, Madaniyat, Chorbog‘, Darg‘om mahallalarida va mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan boshqa iste’molchilarda (10-poliklinika, ishlab chiqarishlar, tadbirkorlik subyektlarida) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK

April 27, 05:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
ORTIQCHA ELEKTR JIHOZLARNI O‘CHIRISHNI UNUTMANG!
Bugun biz odatlangan qulayliklar ortida ulkan mehnat va resurslar yotibdi. Elektr energiyasidan oqilona foydalanish — bu oddiy tejamkorlik emas, balki tabiatga bo‘lgan g‘amxo‘rlikdir.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barchamizni resurslardan mas’uliyat bilan foydalanishga chorlaydi. Har bir o‘chirilgan ortiqcha elektr jihozi— umumiy maqsadimiz sari qo‘yilgan qadamdir.

https://t.me/SamHETK

April 27, 04:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
Bugun soat 11:00 dan 15:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Bo‘ston” podstansiyasidagi T-1 transformatorining A-fazasida kontakt qizishini bartaraf etish ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Melixo‘ja, Yangi qo‘rg‘oncha, Sho‘rak mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.me/SamHETK