
Сайхунобод хабарлари
📢
DIQQAT, E’LON!
Ertaga, 23
-aprel kuni soat 10:00 da
Sayxunobod tumani hokimi
Komiljon Mullajanov
boshchiligida barcha darajadagi rahbarlar ishtirokida
Shodlik mahallasida joylashgan "Kelajak" markazida 14–30 yosh toifasidagi yoshlar bilan uchrashuv
bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan istiqbolli startap loyihalar, innovatsion g‘oyalar va biznes tashabbuslari
muhokama qilinib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
✨
Aziz yoshlar!
Agar sizda yangi g‘oya, startap loyiha yoki tashabbus bo‘lsa, ushbu uchrashuvda faol ishtirok eting. Sizning tashabbus va g‘oyalaringiz yurtimiz taraqqiyoti va kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Sayxunobod tumanida DXX kubogi sport musobaqalariga start berildi.
#Yangilik
🌱
"
Shinjon" usulida ekilgan g'o'za orasiga zira yetishtirish — qo‘shimcha daromad manbai
Sayxunobod tumanida qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlar bosqichma-bosqich joriy etilib, yer resurslaridan samarali foydalanish orqali fermerlar daromadini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shunday ilg‘or tajribalardan biri —
“Shinjon” usuli asosida g‘o‘za qatorlari orasiga zira ekish amaliyotidir.
Mazkur usulning afzalligi shundaki, birgina yer maydonidan
bir vaqtning o‘zida ikki turdagi mahsulot
—
paxta va zira yetishtiriladi.
Natijada nafaqat yer unumdorligi oshadi, balki fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligi ham sezilarli darajada ortadi.
Bugungi kunda
Sayxunobod tumanida jami 50 gektar
maydonda paxta bilan birgalikda
zira yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Xususan,
“Dax Politex” fermer xo‘jaligining 14 gektar
yer maydonida ham ushbu usul asosida zira ekish ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha,
“Shinjon” usuli
suv resurslarini tejash,
yer unumdorligini oshirish hamda qisqa muddat ichida qo‘shimcha daromad olish imkonini beradi. Eng muhimi, bu tajriba fermerlar uchun yangi iqtisodiy imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Sayxunobod tumanida boshlangan ushbu tashabbus kelgusida yanada kengaytirilib, boshqa hududlarda ham joriy etilishi rejalashtirilgan.
|
Telegram
|
Web-site
|
Instagram
|
YouTube
|
X
|
Prezidentimiz delegatsiyalar rahbarlari bilan birga Mintaqaviy ekologik sammit ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
—
Президент нашей страны вместе с главами делегаций осмотрел выставку Регионального экологического саммита.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahridagi “EXPO” xalqaro koʻrgazmalar markazida tashkil etilgan Mintaqaviy ekologik sammit koʻrgazmasidagi milliy pavilyonlarni
borib koʻrdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
посетил
национальные павильоны на выставке Регионального экологического саммита, организованной в Международном выставочном центре EXPO в городе Астане.
#Mirziyoyev
#sammit
#ekologiya
#kurgazma
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
📢
E’LON
Bugun, 22-aprel kuni soat 16:00 da tumanning Baxmalsoy mahallasida joylashgan 2-son politexnikumda Davlat xavfsizlik xizmatining futbol bo‘yicha kubogi musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Barcha sport ixlosmandlari va fuqarolarni ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Sayxunobodda muammolar tizimli hal etilmoqda, 158 ta masala muhokama markazida
Sayxunobod tumanida aholi farovonligini oshirish, hududlarni kompleks rivojlantirish va mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida muhim muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Komiljon Mullajanov hamda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Suhrob Tavboyev boshchiligida korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Mazkur yig‘ilishda tuman mahallalarida bugungi kunda mavjud bo‘lgan 158 ta dolzarb muammo atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir yo‘nalish kesimida masalalar tahlil qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi.
Xususan, iqtisodiyot sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, soliq tushumlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, fermer va dehqonlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar bildirildi.
Shuningdek, qurilish va investitsiya yo‘nalishlarida yangi loyihalarni amalga oshirish, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy sohada aholi murojaatlariga tezkor javob berish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Turizm salohiyatini oshirish, hududning jozibadorligini kuchaytirish ham ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimidagi muammolar ham e’tibordan chetda qolmadi. Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, qonun ustuvorligini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida har bir masala bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
|
Telegram
|
Web-site
|
Instagram
|
YouTube
|
X
|
#Soliqlar_mahalla_taraqqiyoti_garovi
Mahallamiz obodligi va yurtimiz farovonligi o‘z qo‘limizda!
Mahallalarimiz obodligi, yo‘llarimiz ravonligi va hududlar infratuzilmasining rivojlanishi bevosita mahalliy byudjetga tushuvchi soliqlarga bog‘liq. Bugun Sayxunobod tumanida bu borada tizimli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Hozirda tumandagi 18 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga jami 6 ta mahalla inspektori biriktirilgan.
Viloyat soliq boshqarmasining mas’ul vakillari hamrohligida Nurli yo‘l mahallasidagi holat o‘rganildi.
2026 yil 15 aprel holatiga 32 million so‘m — mol-mulk solig‘i, 180 million so‘m — yer solig‘i to‘lanishi ta’minlandi.
“Mening solig‘im — yurtim iqboli!” degan tamoyil asosida yashash, sayxunobodlik har bir fuqaroning mahalla obodligiga qo‘shayotgan shaxsiy hissasidir. Targ‘ibot tadbirida soliq to‘lovlarini to‘lashda Soliq mobil ilovasidan foydalanish imkoniyatlari va afzalliklari tushuntirildi.
Batafsil
👈
Тelegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Web-site
|
Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostonaga keldi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Астану с рабочим визитом.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X