Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

ShDPIuz
Shahrisabz davlat pedagogika instituti rasmiy kanali https://t.me/ShDPIuz Sayt http://shdpi.uz/uz Lokatsiya https://maps.app.goo.gl/iFFXXDHLDRRLocf3A
Subscribers
7 550
24 hours
20
30 days
-110
Post views
1 040
ER
7,25%
Posts (30d)
366
Characters in post
1 073
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
March 28, 08:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining Toshkent va Buxoroda o‘tgan sermahsul uchrashuvlari ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat rishtalarini mustahkamlashda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Плодотворные встречи Президентов Узбекистана и Таджикистана, прошедшие в Ташкенте и Бухаре, стали еще одним важным шагом в укреплении вековых уз дружбы, добрососедства и взаимного уважения.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

March 28, 08:19
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

#
Xotin_qizlar_maslahat_kengashi
#ijara_xonadonlari
➡️
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan
talabalar turar joyi hamda ijara xonadonlarida yashovchi talaba-qizlar bilan doimiy uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
🟢
Ushbu uchrashuvlar — nafaqat muloqot maydoni, balki ularning muammo va takliflarini tinglash hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbusdir.
Uchrashuvlar davomida:

Talaba-qizlarning ta’lim jarayonidagi faolligi va yutuqlari muhokama qilinadi;

Ularning muammolari tinglanib, amaliy yechimlar ishlab chiqiladi;

Ma’naviy-ma’rifiy mavzularda suhbatlar olib boriladi

Yoshlarning orzu-maqsadlari qo‘llab-quvvatlanadi
.
🌸
Bunday uchrashuvlar talaba-qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, ularning jamiyatdagi faol ishtirokini ta’minlash hamda yetuk, bilimli va ma’naviyatli shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
🪐
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
:

Telegram

Facebook

Instagram

shdpi.uz

You tube

March 28, 08:18
Media unavailable
3
Show in Telegram

🟠
🟠
🟠
🟠
#Talaba_yutug'i
#insholar_tanlovi
😁
ShDPI talabasi “Jadidlar haqida insholar” tanlovida g‘olib bo'ldi!
🏛
Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan
“Jadidlar jasorati – millatimiz faxri”
hamda
“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari”
mavzularidagi insholar tanlovining respublika bosqichi yakunlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra,
“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari”
mavzusida o'tkazilgan insholar tanlovida
Shahrisabz davlat pedagogika institutining
Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 3-kurs talabasi
Maxmarejabova Ruxsora Otabek qizi
faxrli I-o‘rinni egalladi.
🏆
Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mos ravishda
I, II va III darajali diplomlar hamda 8, 6 va 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari
bilan taqdirlanadi.
🪐
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
:

Telegram

Facebook

Instagram

shdpi.uz

You tube

March 28, 07:30
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

#jarayon
#YoshlarBandligi
➡️
2026-yil 28-mart kuni Filologiya fakultetida ta’lim sifati, pedagogik jarayon samaradorligi va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida:
— o‘quv yilining birinchi yarim yilligida
talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va davomati
tahlil qilinib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilindi;
— professor-o‘qituvchilar tomonidan
ochiq darslarni tashkil etish va o‘zaro darslarga qatnashish
rejasining bajarilish holati ko‘rib chiqildi;

fakultet tyutorlari, talabalar va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash
;

bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash,
ularni mehnat bozori talablariga mos tayyorlash hamda tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
✔️
Yig‘ilish yakunida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
🟢
Yig‘ilishda rektor maslahatchisi
G‘.Yangiboyev,
Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i
M.Raximov,
fakultet dekani
A.Berdiyev
, shuningdek kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
🪐
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
:

Telegram

Facebook

Instagram

shdpi.uz

You tube

March 27, 18:09
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

O‘zbekiston – maktabgacha ta’lim islohotlari bo‘yicha jahon yetakchisi sifatida e’tirof etildi
Parij shahrida YUNESKOning
"2026-yilgi Global ta’lim monitoringi" (GEM)
doirasida vazirlar sessiyasi hamda panel muhokamalarida ishtirok etdik.
Vazirlar sessiyasida yurtimizda maktabgacha ta’lim yo‘nalishida amalga oshirilgan tizimli islohotlar, xususan, qamrovni kengaytirishda davlat-xususiy sheriklik va yangi moliyalashtirish modellarining samarali natijalari haqida to‘xtaldik.
Quvonarlisi shundaki,
YUNESKO tomonidan O‘zbekistonning maktabgacha ta’lim tizimidagi natijalari yuksak baholanib, mamlakatimiz ushbu sohada dunyo "chempioni" sifatida e’tirof etildi.
Xalqaro hamjamiyatning bu e’tirofi mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi islohotlar samarasidir. Bu yutuq bizga nafaqat faxr, balki islohotlarni yanada jadal davom ettirish mas’uliyatini ham yuklaydi.
✉️
Telegram
📱
Instagram
🗳
Facebook

March 27, 18:04
Media unavailable
3
1
Show in Telegram

📰
📰
📰
📰
📰
📰
📰

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Parij shahrida YUNESKO tashkiloti Bosh direktori Hoshim Al-Anani bilan uchrashdi.
Tadbir doirasida Toshkentda YUNESKO shafeligidagi II-toifali “Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Ushbu tashabbus 2025-yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan edi.
🔰
Osiyo va Tinch okeani mintaqasida ilk bora tashkil etilayotgan ushbu markaz:

maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlarni xalqaro tajriba va ekspertiza bilan qo‘llab-quvvatlaydi;

O‘zbekistonni erta yoshdagi ta’lim sohasida mintaqaviy “xab” sifatida shakllantiradi;

BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlaridan 4.2-maqsadi (barcha bolalar uchun sifatli erta rivojlanish va tayyorlov ta’limi) ijrosini jadallashtiradi.
🌐
Uchrashuv davomida Bosh direktor Hoshim Al-Anani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning YUNESKO bilan hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidlab, davlat rahbarining xalqaro ta’lim, madaniyat va fan sohasidagi tashabbuskorligini yuksak baholadi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

March 27, 18:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

#rezidentlik_dasturi
Yosh tadqiqotchilar diqqatiga: ISLAB va J-PAL hamkorligidagi 12 oylik Tadqiqot akseleratori dasturiga qabul ochildi
Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi (ISLAB) va J-PAL
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya, rivojlanish iqtisodiyoti hamda davlat siyosati ta’sirini baholash
yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borish istagidagi tadqiqotchilarni rezidentlik dasturiga
taklif etadi
.
2026-yilgi guruh uchun 10 dan ortiq o‘rin ajratilgan. Arizalar kelib tushish tartibiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi, shu sababli
hujjatlarni tezroq topshirish
tavsiya etiladi.
Dastur doirasida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
• ISLAB va J-PAL tadqiqotchilaridan bevosita mentorlik;
• MIT MicroMasters'ning “Ma’lumotlar, iqtisodiyot va rivojlanish siyosati (DEDP)” kurslarida o‘qish imkoniyati;
• Amaliy ijtimoiy siyosat tadqiqotlarida real tajriba;
• Mahalliy va xalqaro olimlar bilan professional netvorking;
• Kelajakdagi tadqiqotlar uchun moliyalashtirish imkoniyatlari;
• Tadqiqot akseleratori rezidenti sifatidagi rasmiy maqom.
👤
Kimlar topshirishi mumkin?
Iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, davlat boshqaruvi, statistika yoki tegishli miqdoriy (kvantitativ) fanlar bo‘yicha ma’lumotga, tadqiqot tajribasi va kuchli tahliliy ko‘nikmalarga ega nomzodlar.
🗓
Oxirgi muddat: 2026-yil 14-aprel.
🔗
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
Dastur yo‘riqnomasi
.
Dasturga mos keladigan hamkasb va do‘stlaringiz bilan ulashishni unutmang!
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram |
YouTube
|
Telegram

March 27, 17:59
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

#talabalar_turar_joyi
1-prorektor talabalar turar joyida kechki navbatchilikda bo'ldi.
➡️
Navbatchilik davomida talabalar turar joyida yashovchi yoshlarning
yashash sharoitlari, ular uchun yaratilgan qulayliklar hamda xavfsizlik masalalari
o‘rganildi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
🟢
Muloqot jarayonida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yanada kuchaytirish, shuningdek, tartib-intizomga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️
Birinchi prorektor tomonidan mas’ul xodimlarga talabalar turar joyidagi
shart-sharoitlarni yanada yaxshilash va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish
bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
🪐
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
:

Telegram

Facebook

Instagram

shdpi.uz

You tube

March 27, 17:59
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#ochiq_eshiklar_kuni
#psixolog_faoliyati
😁
Shahrisabz davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari uchun uchrashuv o‘tkazildi.
➡️
Avvalo, o‘quvchilar institutning fakultetlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular muassasaning kundalik hayoti, o‘quv jarayonlari hamda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🟢
Uchrashuv davomida institut psixologi
D.Ismoilova
tomonidan o‘quvchilarda
o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘z-o‘ziga ishonchni mustahkamlash
hamda ijobiy fikrlashni rivojlantirish
ga qaratilgan turli psixologik mashqlar, interaktiv o‘yinlar va muhokamalar o‘tkazildi.
🔘
Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘z fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
🪐
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
:

Telegram

Facebook

Instagram

shdpi.uz

You tube

March 27, 17:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

#rezidentlik_dasturi
Yosh tadqiqotchilar diqqatiga: ISLAB va J-PAL hamkorligidagi 12 oylik Tadqiqot akseleratori dasturiga qabul ochildi
Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi (ISLAB) va J-PAL
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya, rivojlanish iqtisodiyoti hamda davlat siyosati ta’sirini baholash
yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borish istagidagi tadqiqotchilarni rezidentlik dasturiga
taklif etadi
.
2026-yilgi guruh uchun 10 dan ortiq o‘rin ajratilgan. Arizalar kelib tushish tartibiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi, shu sababli
hujjatlarni tezroq topshirish
tavsiya etiladi.
Dastur doirasida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
• ISLAB va J-PAL tadqiqotchilaridan bevosita mentorlik;
• MIT MicroMasters'ning “Ma’lumotlar, iqtisodiyot va rivojlanish siyosati (DEDP)” kurslarida o‘qish imkoniyati;
• Amaliy ijtimoiy siyosat tadqiqotlarida real tajriba;
• Mahalliy va xalqaro olimlar bilan professional netvorking;
• Kelajakdagi tadqiqotlar uchun moliyalashtirish imkoniyatlari;
• Tadqiqot akseleratori rezidenti sifatidagi rasmiy maqom.
👤
Kimlar topshirishi mumkin?
Iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, davlat boshqaruvi, statistika yoki tegishli miqdoriy (kvantitativ) fanlar bo‘yicha ma’lumotga, tadqiqot tajribasi va kuchli tahliliy ko‘nikmalarga ega nomzodlar.
🗓
Oxirgi muddat: 2026-yil 14-aprel.
🔗
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
Dastur yo‘riqnomasi
.
Dasturga mos keladigan hamkasb va do‘stlaringiz bilan ulashishni unutmang!
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram |
YouTube
|
Telegram