Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

League Of Shadows (UZB)

ShadowsLeagueTeam
Siz bilgan va siz bilmagan Anime va Kino olami persanajlari haqida eng tòģri faktlar Bu kanal faqat kuchlar haqida eng kuchlilar haqida anime faqat Naruto va Saitama dan iborat emasligi haqida. Har hil darajalar Demon King va barchadan tepalar bularni
Subscribers
963
24 hours
4
30 days
-25
Post views
912
ER
0,96%
Posts (30d)
1
Characters in post
702
November 10, 01:27

Attack on Titan, Death Note, Code Geass yoki Vinland Saga kabi kuchli mazmunga ega qisqa animelarni izlayotganlar uchun.
Ko‘pchiligimiz anime tomosha qilayotganda faqat syujetni emas, balki uning ortidagi g‘oya va falsafiy savollarni izlaymiz. Ba’zan atigi 12–26 qismning o‘zida butun dunyoqarashni o‘zgartirib yuboradigan asarlar ham bo‘ladi. Quyida shunday qisqa, ammo ta’siri uzoq davom etadigan 8 ta animeni jamladim.
1. Violet Evergarden
(13 qism + 1 film)
Sevgi, yo‘qotish, kechirim va insoniylik haqida eng nafis hikoyalardan biri. Violetning his-tuyg‘ularni anglash yo‘li tomoshabinga ham o‘z ichki hissiyotlariga qarashga majbur qiladi.
2. Serial Experiments Lain
(13 qism)
“Men kimman? Haqiqat nima? Mavjudlikning ma’nosi nimada?”
Reallik va virtual olam chegaralari buzilib, Lain orqali inson ongining eng qorong‘i va eng chuqur qirralari ochiladi. Juda og‘ir, falsafiy va “har bir kadr – ma’no” darajasidagi asar.
3. Orb: On the Movements of the Earth
(25 qism)
Insoniyatning ilmga bo‘lgan tashnaligi, haqiqatni yashirgan jamiyatlar va ilm uchun qurbon bo‘lgan oddiy insonlar haqida kuchli hikoya.
4. Texhnolyze
(25 qism)
Qorong‘u atmosfera, majvudlik, chuqur ruhiy tushkunlik va jamiyatning degradatsiyasi fonidagi falsafiy hikoya. Oson anime emas, lekin tomoshabinni o‘z fikrlari bilan yolg‘iz qoldiruvchi, juda kuchli asar.
5. Welcome to the N.H.K.
(24 qism)
Yolg‘izlik, ruhiy tushkunlik, xavotir va odamning ichki kurashlari haqida juda samimiy va real hikoya. Ba’zida kuldiradi, ba’zida esa og‘riqli haqiqatlarga duchlashtiradi.
6. Ergo Proxy
(23 qism)
Kiberpank va ekzistensializm aralashmasi. “Inson bo‘lish nimani anglatadi?” savoliga chuqur, murakkab va falsafiy yondashuv. Atmosfera va musiqasi o‘ziga xos.
7. Kino’s Journey (2003)
(13 qism)
Sayohat orqali o‘zini va dunyoni anglash haqida falsafiy antologiya. Har bir epizod – alohida hikoya, alohida fikr. Kino turli mamlakatlarni kezib, jamiyatning qarama-qarshi tomonlarini, insonning tabiatini, erkinlik va axloq masalalarini o‘rganadi. Juda sokin, lekin juda chuqur anime.
8. Cowboy Bebop
(26 qism)
“Space western” janrining eng kuchli namunasidir. Har bir qism – hayot, yolg‘izlik, o‘tmishning yaralari va ozodlik haqida kichik falsafiy hikoya. Spike Spiegelning o‘z o‘tmishiga qarshi kurashi, Bebop ekipajining ichki dramatik holatlari – barchasi chuqur va o‘ylantiruvchi.

September 11, 04:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔴
ABITURIYENTLARGA YETKAZING!
DTM BAL BILAN IMTIHONSIZ TALABA BO'LISH IMKONIYATI BOR

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

Magistratura mutaxassisliklari

Rasmiy qabul platformasi:
qabul.afu.uz
☎️
+99878 122 75 57
🌐
@Alfraganus_callcenter
📌
Lokatsiya
😁
AFU
|
Telegram

September 08, 06:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔴
ABITURIYENTLARGA YETKAZING!
DTM BAL BILAN IMTIHONSIZ TALABA BO'LISH IMKONIYATI BOR

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

Magistratura mutaxassisliklari

Rasmiy qabul platformasi:
qabul.afu.uz
☎️
+99878 122 75 57
🌐
@Alfraganus_callcenter
📌
Lokatsiya
😁
AFU
|
Telegram

July 11, 09:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Berserk
Bugun eng zo'r mankagalardan biri, o'zi shedevrini tugatolmay bu olamdan ko'z yumgan GOAT Kentaro Miuraning tavallud topgan kuni. Miura 1966-yil 11-iyul kuni Yaponiyada dunyoga kelgan. 1989-yili hammamiz bilgan Berserk mangasini boshlaydi, ammo 54 yoshida yurak hastaligidan vafot etadi. Manga bir yildan oshiq muzlatib qo'yiladi. Keyin esa Miuraning eng yaqin do'sti, Holyland mangasi bilan mashxur Mori Koji Berserkni davom ettira boshlaydi. Kojiga omad tilaymiz bu ishda. R.I.P Kentaro Miura

July 05, 20:53

Assalomu alaykum hurmatli do‘stlar.
Kanalimni avvaldan kuzatib yurganlar yaxshi bilishadi — bir paytlar postlar 10–15 ta odamgacha yetardi, faollik deyarli yo‘q edi.
Ko‘rishlar kam, reaksiyalar yo‘q, obunachilarni yig‘ish esa juda qiyin bo‘layotgandi.
Tanishim tavsiya qilgan
@chatseenbot
botiga ko‘zim tushdi.
Shubhalandim, biroq tanishim ishonch bilan tavsiya qilgani uchun sinab ko‘rdim.
Kanalimni botga ulab qo‘ydim — endi har bir tashlagan postimga avtomatik ko‘rishlar va reaksiyalar qo'shilmoqda.
Hech kimga yozmasdan, o‘zim xohlagancha xizmatlardan foydalanaman. To‘lovlar avtomatik bo‘lgani uchun bemalol ishlatish mumkin. O‘ylashimcha, botning faoliyati ham qonuniy bo‘lsa kerak.
📌
Men eng ko‘p foydalanadigan xizmatlar:
– Postlarga avtomatik ko‘rish va reaktsiyalar
– So‘rovnomalarda ovoz berish (bir necha marta 1-o‘rinni oldim)
– Jonli o‘zbek obunachilar
– Tayyor kanal va guruhlar (ichida auditoriyasi bor)
– Instagram, TikTok, YouTube uchun xizmatlar
– To‘lov va xizmatlar to‘liq avtomatlashtirilgan
Bu reklama emas — shunchaki o‘zim sinab ko‘rgan va foydasini ko‘rgan narsam bilan bo‘lishmoqchiydim. Balki aynan shuni izlayotgan odam bordir. O‘zingiz sinab ko‘ring — balki sizga ham foydasi tegar.

June 15, 08:22

The owner of this channel has been inactive for the last 17 months. If they remain inactive for the next 19 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.

June 06, 23:58

The owner of this channel has been inactive for the last 17 months. If they remain inactive for the next 27 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.

May 28, 15:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

Part 4
Filmning yakuni – bu filmni eng yaxshi tomonlaridan biri. Endryu va Fletcher o‘rtasidagi qarama-qarshilik oxir-oqibat musiqiy duelga aylanadi. So‘nggi sahnadagi “Caravan” ijrosi ruxiy portlashni ko'rsatgan.
Fletcher Endryuni qasddan yiqitishga urinadi, biroq Endryu bunga qarshi chiqadi va sahnani egallab oladi. Bu lahza — ikkisining ham yutug‘i: Fletcher nihoyat “buyuk” shogird topdi, Endryu esa o‘zini isbotladi. Yakun – ochiq, lekin kuchli; na umid, na taskin, faqat mukammallikning achchiq ta’mi qoladi.

May 28, 15:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

Part 3.
Rejissyor Damien Chazelle bu film orqali o‘zining aniqligi, ritmga bo‘lgan sezgirligi va tafsilotlarga e’tibori bilan ajralib turgan. Kamera Endryuning harakatlarini baraban urishlari bilan uyg‘un holda kuzatadi, bu esa filmga ichki dinamikani beradi.
Ovoz effektlari esa filmning eng kuchli jihatlaridan biri. Baraban tovushlari nafaqat musiqa sifatida, balki psixologik bosim, zo‘riqish va g‘azabni ifodalash vositasi sifatida ishlatilgan.
Operatorlik ishi ham buni to‘ldiradi: yaqin planlar, tez montaj va yorug‘lik bilan o‘ynash orqali sahnalar musiqiy performans emas, balki jang maydonidek ko‘rinadi. Chazelle texnik mukammallikni syujetning ichki konfliktlari bilan birlashtira olgan
.

May 28, 15:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Part 2.
Whiplash filmining markazida mukammallik vasvasasi yotadi. Film buyuklikning narxi haqida savol qo‘yadi: chinakam yutuqga erishish uchun odam nima bilan to‘laydi? Endryu o‘zini butunlay musiqaga bag‘ishlaydi, ijtimoiy hayotidan, sog‘lig‘idan, hissiyotlaridan voz kechadi. Fletcher esa bu fidokorlikni qo‘llab-quvvatlaydi, hattoki zo‘ravonlik orqali bo‘lsa ham.
Filmda mukammallik – yuksak maqsad emas, balki ruhiy qiynoqqa aylangan holat sifatida tasvirlanadi. “Yaxshi ish qilding” degan iborani eng xavfli so‘zlar deb atagan Fletcher, san’atda buyuklik faqat chegarani buzish bilan keladi degan g‘oyani ilgari suradi. Whiplash bu fikrni rad etmaydi, lekin uni savol ostiga qo‘yadi: haqiqatan ham bunga arziydimi?