Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

SZM Blog / Shohrux Zoirov

Shohrux_Zoirov_SZM

• Shohrux Zoirovning FUTBOL borasidagi shaxsiy blogi. Qiziqarli ma’lumotlar, ajoyib faktlar, muhim statistika va NEYTRAL fikrlardan zavq oling.
• Reklama uchun:
@Shohrux_Zoirov

https://tirikchilik.uz/Catenaccio

Subscribers
719
Post views
111
ER
15,18%
Posts
4 940
October 14, 19:56
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚡️
Ronaldu yana gol urdi va yana hammani o‘ziga qaratmoqda!
Jamoasi yutqazayotganda dubl qilib, sheriklarini g‘alaba tomon yetaklamoqda. Bilasizmi, u gol urganida kimga va nechta urgani ikkinchi planga tushib bo‘ldi. Endi uning umumiy gollari soni va minglik dovonga nechta gol qolgani yozilmoqda. Nimaga? Chunki deyarli hamma uning o‘sha marraga yetishini kutmoqda, shunga ishonmoqda.
Bular rostan bizning sayyoradan emas, menimchayam...
📱
Telegram
|
📱
Instagram
📱
YouTube
|
📱
X (Twitter)
📱
Facebook
|
📱
Threads

October 14, 12:33
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇯🇵
🇧🇷
Biz Urugvay ikkinchi tarkibiga yengilgan bir paytda Yaponiya Braziliyani mag'lubiyatga uchratdi!
Kambekni qarang go'zalligini, mana shuni sinmas iroda deyishadi.
📱
Telegram
|
📱
Instagram
📱
YouTube
|
📱
X (Twitter)
📱
Facebook
|
📱
Threads

October 13, 20:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Dastlab O‘zbekiston, so‘ng Iordaniya, mana endi Kabo-Verde!
Mana shu jamoalar ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi. Dastlab Vatanimiz uchun bundan quvondik, xursand bo‘ldik. Lekin negadir endi darajasi tushgan turnirga chiqqandek taassurot paydo bo‘lmoqda. To‘g‘ri, musobaqa nomi, obro‘si hali ham o‘sha-o‘sha. Lekin hali undagi barcha ishtirokchilar aniq bo‘lgani yo‘q va o‘yinlar ham katta ehtimol avvalgidek yuqori saviyada bo‘lmasligi mumkin. Sababi oddiy — jamoalar nomutanosibligi.
Tasavvur qiling, masalan, keyingi mundial debyutantlari Benin, Kyurasao, Gaiti, Surinam, Salvador kabi davlatlar bo‘lishi mumkin. Ular bizga munosib qarshilik ko‘rsatishi mumkindir, ammo turnirga bo‘lgan qiziqishni susaytirishi ham bor gap.
FIFA jamoalar sonini ko‘paytirish orqali nazariy tomonlama futbol geografiyasini kengaytirishni, amalda esa mundialdan yanada kattaroq biznes loyiha yaratishni maqsad qilgandi. Bu aks taʼsir ko‘rsatish ehtimoli negadir yuqoridek ko‘rinyapti menga.
Mayli, nima bo‘lganda ham biz jahonning eng nufuzli turnirida ishtirok etishimiz aniq. Qolgan muammolar FIFAga havola;)
📱
Telegram
|
📱
Instagram
📱
YouTube
|
📱
X (Twitter)
📱
Facebook
|
📱
Threads

October 13, 11:34
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
👍
🇺🇾
🇺🇾
O‘zbekiston — Urugvay bahsi uchun asosiy tarkiblar maʼlum!
Tushunishim bo‘yicha, biz 3-5-2 sxemasida o‘ynaymiz. Buni Kannavarodan kutgandim. Lekin kutmaganim — Erkinovning Shomurodov bilan tandemda o‘ynashi bo‘ldi. Quvayt bilan o‘yindagi ajoyib harakatlari bois Hojimat Fabioda iliq taassurot qoldirgani bunga asosiy sabab bo‘lishi mumkin.
Har holda, Sergeev tushirilganda tarkibda ikki yaqqol hujumchi bo‘lardi. Demak, bosh murabbiyimiz Hojimatni sxemada ko‘proq aldamchi va erkin figura bo‘lib o‘ynashini istayapti.
P.S. G‘aniyevning asosiyda ekani ko‘proq ko‘zni quvnatdi:)
📱
Telegram
|
📱
Instagram
📱
YouTube
|
📱
X (Twitter)
📱
Facebook
|
📱
Threads

October 10, 16:32
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇾
O‘zbekistonning navbatdagi raqibi bo‘lmish Urugvay o‘rtoqlik o‘yinida Dominikanni mag‘lub etdi!
Ushbu bahsda bosh murabbiy Marselo Bielsa yoshlarni maydonga tashladi va katta ehtimol, biz bilan o‘yinda ham ularning ko‘pi asosiyda bo‘ladi. Reytingda bizdan yuqori bo‘lgan jamoaning yoshlarini yengish orqali o‘sha reytingda muhim ballarga ega chiqishimiz mumkin. Demak, jamoamizdan qo‘rqmay g‘alaba kutib qolamiz!
📱
Telegram
|
📱
Instagram
📱
YouTube
|
📱
X (Twitter)
📱
Facebook
|
📱
Threads

October 10, 13:57
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Urugvayga qarshi oʻyin uchun qaydnomasi
Milliy jamoa bugun tunda Urugvayga qarshi oʻyinda ishtirok etish uchun Malayziyaga yoʻl oladi. Fabio Kannavaro mazkur bahsda ishtirok etadigan futbolchilar roʻyxatini e’lon qildi. Kuvaytga qarshi yigʻinning birinchi qismida ishtirok etgan bir qator futbolchilarga dam berilib, yangi futbolchilar jalb etildi.
Eslatib oʻtamiz, oʻyin 13-oktyabr Melaka shahridagi “Hang Jebat” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da start oladi.
💳
Uzcard
|
❤️
Uzum karta
|
⚡️
t.me/FAUzbekistan

October 09, 16:47
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

O‘zbekiston terma jamoasi Kannavaroning debyut o‘yinida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi!
O‘yin ham ishonchli bo‘ldi, vakillarimiz uchrashuvni to‘la nazorat qilib bordi. Biroq bu xulosa uchun yetarli emas. Birinchidan, raqibimizga hurmat saqlagan holda ular bilan bahsda bor ustunlik va kamchilik yuzaga chiqishi ilojsiz. Ikkinchidan, bu o‘rtoqlik o‘yini edi va uchinchidan, men hozir boshqaruv to‘liq Kannavaroda emas degan fikrdaman.
Hatto Urugvay (yoshlar jamoasi)ga qarshi bellashuv ham xulosa qilish uchun kamlik qiladi. Keyingi o‘yinlardan biz to‘la Kannavaro imzosi ostidagi terma jamoani ko‘rishimiz mumkin. Hozircha esa bu shunchaki o‘rtoqlik uchrashuvidagi ishonchli g‘alaba bo‘ldi.
📱
Telegram
|
📱
Instagram
📱
YouTube
|
📱
X (Twitter)
📱
Facebook
|
📱
Threads

October 09, 11:53
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
O‘zbekistonning Quvaytga qarshi tarkibi maʼlum!
Neʼmatov, Davronov va Erkinovni kutmagandim. Taktik sxema esa o‘zgarishsiz qolgan.
📱
Telegram
|
📱
Instagram
📱
YouTube
|
📱
X (Twitter)
📱
Facebook
|
📱
Threads

October 09, 06:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 08, 16:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Fabio Kannavaro ertangi debyut uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.