
Sirdaryo.uz
Ayni paytda viloyat rahbari Erkinjon Turdimov savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasida navbatdagi tadbirkorlar qabulini o'tkazmoqda...
———
В настоящее время глава региона Эркинжон Турдимов проводит очередной прием предпринимателей в региональном отделении торгово-промышленной палаты...
Bugun,
27-aprel
☁️
+27°...+15°,
Bulutli
Hozir:
☁️
+16°,
↘️
3.2 m/s
Tong:
☁️
+19°
Kun:
☁️
+25°
Oqshom:
☀️
+25°
Namlik: 33%
Shamol: Shimoliy, 4.1 m/s
Bosim: 762 mm sim. ust.
Oy: Yosh oy
Quyosh chiqishi: 05:29
Quyosh botishi: 19:15
“Menimcha” teleloyihasida bugun tahlil qilinadigan mavzular:
- Oʻzbekiston rahbari amaliy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻlib, ikki muhim sammitda ishtirok etdi;
- Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga tashrif buyurdi;
- Oʻzbekiston yetakchisining onalar va bolalar duosiga sabab boʻlayotgan odamiylik siyosati.
Ko‘rsatuvni bugun,
25-aprel
kuni soat
20:00 da
“O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Ertaga,
26-aprel
kuni soat
12:20 va 17:20 da
takroran namoyish etiladi.
Facebook|
Instagram|
X
Kecha Prezidentimiz
Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan situatsion-tahlil markazida “Aqlli tuman” platformasi
qanday tashkil qilingani bilan tanishdi.
Bugun
barcha viloyat hokimlari
mazkur tumanga o‘zi borib,
yangi tizim qanday ishlayotgani, mahallalar qiyofasi, qurilishlar qanday ketayotganini kelib ko‘rdi.
Endi bir haftada viloyat prokurorlari, ichki ishlar, xavfsizlik va soliq idoralari rahbarlari uchun
Mirzo Ulug‘bek tumani tajribasini ommalashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazish
zarurligi qayd etildi.
Viloyat hokimlariga ikki oyda ushbu tajriba asosida
viloyat markazlari va yirik shaharlarda xuddi shunday situatsion-tahlil markazlarini ishga tushirish
topshirildi.
Yig‘ilishda vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarning hisobotlari tinglandi.
Facebook|
Instagram|
X
Yurtimizda
xorijiy investitsiya ishtirokida 18 mingdan ortiq korxona
faoliyat yurityapti.
Lekin
ishlab chiqarishi bor 526 ta korxona biror marta ham eksport qilmagan.
Shu bilan birga, yana
767 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona faqat chetdan tovar olib kelib, sotish bilan shug‘ullanyapti.
“Nega buni aytyapman? Bularning
mablag‘i, tadbirkorlik ko‘nikmasi, ichki va tashqi bozorda hamkori, ko‘pchiligida brendi bor
”,
– dedi Prezidentimiz.
Ushbu korxonalar bilan gaplashib, chetdan o‘z mahsulotini olib kelib sotayotganlariga
shu yerning o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi
uchun loyihalar taklif qilish, ularni mahalliy tadbirkorlar bilan bog‘lab,
ehtiyot va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiyani
yo‘lga qo‘yish, mahsulotini ichki bozorda sotayotganlariga
eksportga chiqish uchun nima yordam kerakligini o‘rganish
muhim ekani ta’kidlandi.
Mutasaddilarga bu borada
alohida dastur
ishlab chiqish topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X
Joriy yilda
53 milliard dollar xorijiy investitsiya
jalb qilish maqsad qilingan.
“Qachonki rahbarlar birinchi qadamdan boshlab,
to‘g‘ri loyiha tanlasa va shunga mos salohiyatli investor topsa, shunda investitsiyada sifat bo‘ladi
”
,
– dedi Prezidentimiz.
Iqtisodiyotga katta samara beradigan loyiha, texnologik yechim bo‘yicha
eng to‘g‘ri variantlarni tanlashda,
loyihani qaysi hududda joylashtirish, qaysi investor bilan ishlash afzalligini aniqlashda
sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish muhim.
Mutasaddilarga
sun’iy intellekt yordamida mavjud quvvatlar, ichki va tashqi bozordagi talabni o‘rganib, qayerda, qanday loyiha qilish bo‘yicha yechim beradigan platformani ishga tushirish
topshirildi.
Investor va konsalting kompaniyalariga
ushbu platformadan
“yagona darcha” tamoyili asosida foydalanish
uchun sharoit yaratiladi.
Facebook|
Instagram|
X
“Takror aytaman, har bir yangi loyiha, har bir dollar sarmoya
faqat va faqat qo‘shilgan qiymat, yuqori daromadli ish o‘rni va eksportni ko‘paytirishga
xizmat qilishi kerak. Oddiy qilib aytganda,
hamma rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shart
”
,
– dedi Prezidentimiz.
Investitsiya loyihalarini ishga tushirilganidan keyin monitoring qilish platformasi
yaratilgan. Soliq, bojxona, bandlik, kadastr, kommunal idoralar axborot bazasiga integratsiya qilingan ushbu platforma
korxonalar faoliyatini 39 ta ko‘rsatkich bo‘yicha tahlil qilib bermoqda.
Masalan,
oxirgi uch yilda ishga tushgan 688 ta korxonadan 210 tasi quvvatidan to‘liq foydalanmayotgani
aniqlangan. Oqibatda
33 trillion so‘mlik ishlab chiqarish boy berilgan, 23 ming ish o‘rni bo‘sh turibdi.
Bu
hokimlarning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatiga berilgan haqiqiy baho ekani
ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga
210 ta korxona kesimida “yo‘l xaritasi”ni tuzib,
muammolar yechimi bo‘yicha aniq muddat va mas’ullarni belgilash topshirildi.
Hokimlarning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari ushbu korxonalarga borib, ular bilan yaqindan ishlaydi, qaysi korxonada nima ish qilganini platformaga kiritadi. Birinchi yarim yillik yakuni bilan
mazkur korxonalarni “oyoqqa turg‘azmasa”, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi
haqida ogohlantirildi.
Facebook|
Instagram|
X
O‘tgan yili
yashirin iqtisodiyot
bo‘yicha alohida farmon imzolanib, bu masalaga qattiq kirishildi.
Lekin birinchi chorakda kuzatilmaydigan iqtisodiyot
Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazmda 40 foizdan, Andijon, Farg‘ona, Buxoroda 30 foizdan yuqori
bo‘ldi.
Buxoro viloyatidagi holat tahlil qilinganda
, o‘tgan yili
faoliyatini go‘yoki to‘xtatgan 900 dan ziyod korxona
yanvar-fevral oylarida
1 million 300 ming kilovatt-soat elektr, 480 ming kub metr gaz ishlatgani
aniqlandi. Shuningdek,
12,5 mingta transport vositasida yuklar norasmiy tashilgani
oqibatida
40 milliard so‘m soliq
tushumi boy berilgan. Birinchi chorakning o‘zida uy-joy narxini kamaytirib ko‘rsatish oqibatida
1 trillion 800 milliard so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan.
Viloyat prokurorlari, ichki ishlar va soliq boshqarmalariga
xufiyona iqtisodiyot bilan kurashishda ishni qanday tashkil qilish bo‘yicha aniq metodologiya
qilib berildi. Endi barcha hududlarda
ishni shu tartibda tumanbay tashkil qilish
topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X
Tumanlardagi
markaziy ko‘cha, aholi gavjum joylarning katta qismida davlat idoralari joylashgan.
“Ko‘kdala tajribasi”
asosida
19 ta tuman-shaharda davlat idoralarini yagona ma’muriy markazga ko‘chirish
boshlanmoqda. Lekin
qolgan hokimlar
o‘zi tashabbus ko‘rsatib,
idoralarni bitta binoga olib kelib, elektr, gaz, suv va ta’mirlashga ketadigan xarajatini tejash, tayyor infratuzilmasi bor joylarni tadbirkorlarga taklif qilishni o‘ylamayotgani
ko‘rsatib o‘tildi.
Vaholanki, shuning o‘zidan
davlat idoralarida yiliga 1 milliard 800 million kilovatt-soat elektr va 340 million kub metr gaz tejaladi.
Bu ishlarni barcha tumanlarda tashkil qilish orqali biznes uchun
5 million kvadrat metr joy ochish
bo‘yicha
besh yillik dastur
tayyorlash topshirildi. Joriy yil
26 ta tumanda davlat idoralarini bir joyga ko‘chirish boshlanishi shartligi
qayd etildi.
Yangi ma’muriy markazlar qurishda
har bir xodimga to‘g‘ri keladigan maydon o‘rtacha 15 kvadrat metrdan oshmasligini
ta’minlash topshirildi.
Facebook|
Instagram|
X
Qaysi hokim
“Investorim, loyiham bor, sanoat zonasi uchun yer kerak”
desa,
infratuzilmasi bilan hal qilib berilmoqda.
Lekin
budjet hisobidan yo‘l, elektr, suv olib borilgan 226 ta sanoat zonasidagi 213 gektarda loyiha boshlanmagani
tanqid qilindi.
Shu bilan birga,
27 ta sanoat zonasida loyihalar joylashtirilgani bilan infratuzilma bormagan.
Hokimlarga auksionda yer sotuvidan tushgan puldan
tadbirkorlik infratuzilmasiga sarflashga
ruxsat berilgan. Mutasaddilarga ushbu mablag‘lar hisobidan
birinchi navbatda kommunikatsiya olib boriladigan sanoat zonalari ro‘yxatini shakllantirish
va
ishni boshlash topshirildi.
Viloyat hokimlarining investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari
oldiga
infratuzilma borgan sanoat zonalaridagi bo‘sh yerlarga joylashadigan loyihalar portfelini shakllantirish
vazifasi qo‘yildi.
Facebook|
Instagram|
X