Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Strategic Focus: Central Asia

StratFocusCA
Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating. @stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa @stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin
Subscribers
17 000
24 hours
100
30 days
-1 200
Post views
6 062
ER
32,99%
Posts (30d)
62
Characters in post
1 514
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 28, 14:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

#иқтибос
“Толибон”ни стратегик лойиҳа сифатида яратилиши (XX асрнинг 70 йиллари) жараёнларида (АҚШ сояси остида) Покистон бош ролни бажармаган ёки унда маълум бир иштирокчи сифатида қатнашган бўлиши мумкин, аммо 1990 йилларнинг бошлари ва ўрталаридан эътиборан “Толибон” ҳаракатини Кобул сиёсий саҳнасига чиқишида Покистоннинг алоҳида роли мавжуд эканлиги инкор этиб бўлмас ҳақиқатдир. Афғонистонлик ёзувчи Аҳмад Ваҳид Мужда “Толибон” бошқарувига бағишланган китобида Беназир Бҳуттоннинг ўзи тан олган бир маълумотни келтириб ўтади: “Толибон” инглизлар, Америка ва ISIнинг қўшма лойиҳасидир.
“Толибон” ҳаракатининг XX асрнинг 90 йиллари ўрталарида Афғонистондаги ҳар бир ҳудудни босиб олишдаги муваффақиятлари, шунингдек, баъзи бир афғон раҳбарларини сотиб олиш ёки қаршилик кўрсатганларни “йўқ қилиш” услублари ортида Покистон махсус хизматларининг таъсири сезилиб турганини эътибордан четда қолдириб бўлмайди. Масалан, маълумотларга қараганда Нангарҳор губернатори Ҳожи Абдул Қодир Жалолобод шаҳрини “Толибон” қўлига топшириш учун Покистон ва Саудия Арабистонидан 10 млн доллар нақд пул кўринишида пора олган. Афғонистоннинг собиқ президенти Муҳаммад Нажибуллонинг “Толибон” томонидан ўлдирилиши воқеасида ҳам Покистоннинг билвосита “ҳиссаси” мавжуд. Масалан, разведкачи, дипломат олим В.Пластун ва шарқшунос-афғоншунос В.Андрианов Муҳаммад Нажибуллонинг сўнгги кунлари ҳақида шундай ҳикоя қилади: Ўша пайтда “толиблар”нинг қуролланган гуруҳи БМТ миссияси биносига бостириб кирар экан, у ерни бир вақтнинг ўзида вайрон қилгач, унинг афғон фуқароларидан ташкил топган ходимларини калтаклаб, ҳибсга олди. Нажибулло ва унинг укаси Аҳмадзай ҳам қўлга олиниб, 1992 йилдан эътиборан Афғонистон махсус хизматлари қўл остида бўлган, кейинчалик Покистон разведкасининг махфий квартираларидан бирига (ундан олдин эса СССРга тегишли бўлган) олиб кетилди. Шу орада афғон сиёсати бўйича халқаро доираларда танилиб улгурган генерал Аслам Бек Кобулда пайдо бўлди. У билан бирга келган Покистон разведкаси масъул зобитларининг қўлида махсус ҳужжат бўлиб, унда Нажибулло бошқаруви даври билан кўрсатилган ёзув матнлари акс этган эди. Матнга кўра, Афғонистон президенти ва ҳукумати “Дюранд чизиғи”ни Афғонистон ва Покистон ўртасидаги расмий ва доимий чегара сифатида тан олиши кўзда тутилган эди. Аммо, Нажибулло бу ҳужжатни имзолашдан бош тортиб, қўриқчилардан қочиб кетишга уринган вақтда укаси билан бирга бутун афғонларни ҳайратга соладиган ваҳшийларча услубда “Толибон” томонидан ўлдирилади.
Бундан ташқари, ҳеч қанча вақт ўтмасдан, аниқроғи 1997 йил 25 май санасида Покистон томонидан “Толибон” ҳукуматининг расман тан олиниши Покистон расмий доираларининг “Толибон” ортида турмагани хусусидаги инкорини инкор этишга асос бўла олади.
Умуман, Исломобод режаларининг дастлабки босқичига кўра, “Толибон” ҳаракати Афғонистондаги бир қатор “муаммолар”ни ҳал эта олувчи ва Покистон манфаатларини илгари сурувчи асосий куч сифатида намоён бўлиши зарур эди. Кейинги босқичда эса минтақа ва жаҳон ҳамжамиятини ана шундай ёндашув тўғри эканлигига ишонтириш вазифаси Покистон раҳбариятининг асосий мақсадларидан бири ҳисобланарди. Аммо, бу режаларнинг ҳеч бири Покистон миллий манфаатларига хизмат қилмаслиги вақтлар ўтиб ўз тасдиғини топди.
Мурожаат учун: +998912995649
👉
@suhrob_buranov
👈

April 28, 14:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mendan ko‘pincha: “Prezidentimiz shuncha kuch va g‘ayratni qayerdan oladilar?” – deb so‘rashadi.
Men doim: “Xalqimizdan”, – deb javob beraman.

Меня часто спрашивают: «Откуда наш Президент берёт столько сил и энергии?»
Я всегда отвечаю: «От нашего народа».

April 27, 06:43

Yaqin Sharqdagi strategik boshi berk ko‘cha: Islomobod muzokaralarining muvaffaqiyatsizligi va uning oqibatlari
AQSh va Eron o‘rtasida Islomobodda rejalashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning boshlanmasdan turib to‘xtashi, mintaqadagi inqiroz diplomatik yechim bosqichidan uzoqlashib, uzoq muddatli charchatish urushi pallasiga kirganini ko‘rsatmoqda. Vashingtonning o‘z elchilarini qaytarib olishi va Tehronning “qizil chiziqlar” bo‘yicha qat’iy pozitsiyasi tomonlar o‘rtasidagi ishonch darajasi nolga teng ekanligidan dalolat beradi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arog‘chining Pokiston va Ummon bo‘ylab safarlari Tehronning yakkalanib qolishdan qochib, mintaqaviy qo‘shnilari orqali diplomatik manevr qilishga urinayotganini ko‘rsatsa-da, AQShning iqtisodiy blokadasi Eron iqtisodiyoti uchun jiddiy sinov bo‘lib qolmoqda.
Vaziyatning eng og‘ir nuqtasi bo‘lib turgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi blokada nafaqat Eron, balki butun jahon energetika bozori uchun strategik xavfga aylandi. Brent rusumidagi neft narxining 50 foizga oshishi Eronning bo‘g‘oz ustidan nazorat o‘rnatgani va global ta’minot zanjirini uzib qo‘yish qobiliyatiga ega ekanligini tasdiqladi. Biroq, bu holat Eronning o‘zini ham qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda: portlarning AQSh tomonidan to‘silishi va kichik kemalarga nisbatan “yo‘q qilish” buyrug‘ining berilishi Eronning dengizdagi harakat imkoniyatlarini cheklab, uni yanada tajovuzkorroq javob qaytarishga majbur qilishi mumkin. Germaniya kabi Yevropa davlatlarining minalarni tozalash kemalarini yuborish rejalari esa inqirozning xalqarolashib borayotganini anglatadi.
Shu bilan birga, Isroil va Hizbulloh o‘rtasidagi sulhning mo‘rtligi mintaqaviy barqarorlikka qo‘shimcha zarba bo‘ldi. Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan otashkesim muddatining uzaytirilishi amalda ish bermayotgani, Livan janubidagi harbiy to‘qnashuvlarning qayta boshlanishi Eronning proksi-kuchlar orqali bosim o‘tkazish taktikasini davom ettirayotganini ko‘rsatadi. Bu holatda Eronning Tehrondan fuqarolik reyslarini qayta tiklashi bir tomondan ichki barqarorlikni namoyish etishga urinish bo‘lsa, ikkinchi tomondan urush sharoitida iqtisodiy nafas olish yo‘llarini izlash deb baholanishi lozim.
Xulosa qilib aytganda
, hozirgi vaziyatda na AQSh, na Eron to‘liq g‘alaba qozona olmaydi. Eron o‘zining energetik dastasidan foydalanib, jahon iqtisodiyotiga sezilarli zarar yetkaza olishini isbotlagan bo‘lsa-da, uzoq muddatli blokada va harbiy bosim sharoitida uning resurslari cheklangan. AQSh esa diplomatiya va kuch ishlatish o‘rtasida muvozanatni topa olmayotgani sababli muzokaralar jarayonini boshi berk ko‘chaga yetaklab keldi. Yaqin haftalarda Eronning Rossiya bilan maslahatlashuvlari va Trampning "yaxshiroq taklif" kutayotgani haqidagi bayonotlari vaziyatning qaysi tomonga og‘ishini belgilab beradi.
Strategic Focus: Central Asia

April 26, 08:32

Eronning strategik bardoshi: Vashingtonning muvaffaqiyatsiz operatsiyasi
K.Ametov, siyosiy ekspert
Bugungi kunda Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat yangi bosqichga ko‘tarildi: Tramp ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan "muddatsiz otashkesim" amalda Tehronning uzoq yillik strategik chidamliligi va o‘z milliy manfaatlarini himoya qilishdagi qat’iyati g‘alaba qozonganini ko‘rsatmoqda. AQShning dastlabki harbiy bosimlari va zarbalari kutilgan natijani bermadi; aksincha, Eron xalqaro maydonda o‘z shartlarini diktovka qila oladigan kuchli subyekt sifatida namoyon bo‘ldi. Tehronning Islomoboddagi muzokaralarga shoshilmasligi va o‘z pozitsiyasida sobit turishi - bu mamlakatning mustaqil tashqi siyosat yuritish borasidagi siyosiy irodasi naqadar yuksakligidan dalolatdir.
Eron nafaqat harbiy, balki texnologik va iqtisodiy jihatdan ham o‘ziga xos muvozanatni saqlab qolmoqda. Garchi Vashington iqtisodiy blokada va sanksiyalar orqali bosim o‘tkazishga urinayotgan bo‘lsa-da, Eron yillar davomida bunday sharoitda rivojlanish ko‘nikmasini hosil qildi. Bugungi kunda 400 kilogrammdan ortiq boyitilgan uran zaxirasiga egalik qilish - bu Eronning ilmiy salohiyati va strategik qudratining ramzidir. Shu bilan birga, Hoʻrmuz bo‘g‘ozi kabi global savdo tugunlari ustidan nazorat o‘rnatilishi, Tehronning jahon iqtisodiyoti xavfsizligini ta’minlashda naqadar muhim o‘ringa ega ekanini butun dunyoga eslatib qo‘ydi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak
, Oq uyning hozirgi tushkun va ikkilangan holati Eronning mintaqaviy g‘alabasi sifatida baholanishi mumkin. Tramp ma’muriyati uchun yagona chiqish yo‘li - Eronning mintaqadagi yetakchiligini tan olgan holda muloqot qilishdir. Eron esa Xitoy kabi yirik hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlab, G‘arbning bir tomonlama tazyiqlariga munosib javob bera oladigan, o‘z suverenitetini har qanday vaziyatda himoya qiluvchi kuchli davlat ekanini isbotladi.
Strategic Focus: Central Asia

April 24, 15:58

Rossiyada hokimiyat inqirozi: rasmiy raqamlar ortidagi haqiqat va ehtimoliy iste’folar
Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan
e’lon qilingan so‘nggi raqamlar
Rossiya siyosiy elitasi va jamiyati ichidagi chuqur siljishlar signalidir. Ketma-ket yetti haftalik pasayish ortida nimalar yashiringan?
Davlatga qarashli tashkilotlar odatda hokimiyat uchun "qulay" manzarani chizishga harakat qiladi. Shunday bo‘lsa-da, mart oyidagi
70,1% dan 65,6% gacha
tushishni rasman tan olinishi - vaziyatni yashirishning imkoni qolmaganidan dalolat.
Avtoritar tizimlarda respondentlar ko‘pincha o‘z fikrini bildirishdan cho‘chiydi. Mutaxassislar real manzarani ko‘rish uchun rasmiy raqamlardan
20-30% olib tashlashni
tavsiya etishadi. Tuzatish kiritilsa, amaldagi reyting
35% – 45%
atrofida bo‘lishi mumkin. Bu jamiyatning yarmidan ko‘pi charchaganini anglatadi.
Reytinglarning barqaror tushishiga bir necha omillar zamin yaratmoqda:
1) iqtisodiy charchoq:
narxlarning o‘sishi va sanksiyalar bosimi aholi hamyonida sezila boshladi;
2) urush foni:
uzoq davom etayotgan harbiy harakatlarning noaniq istiqbollari dastlabki "vatanparvarlik to‘lqini"ni so‘ndirmoqda;
3) ijtimoiy apatiya:
hatto eng sodiq qatlamlar orasida ham kelajakka bo‘lgan ishonch pasayib, shubhalar kuchaymoqda.
Manbalarga ko‘ra, reytinglar pasayishi fonida Kreml diqqatni chalg‘itish yoki tizimni "qayta yuklash" uchun keskin o‘zgarishlarga tayyorlanmoqda. Ekspert doiralarida ikkita asosiy variant muhokama qilinmoqda:
Birinchi,
Bosh vazir
Mixail Mishustin
iqtisodiy muammolar uchun "qurbon" qilinishi ehtimoli bor. Uning o‘rniga Mudofaa vaziri
Andrey Belousovning
kelishi kutilmoqda. Belousov - qat’iy davlat nazorati tarafdori bo‘lib, uning tayinlanishi mamlakatni yanada kuchliroq safarbarlik rejimiga o‘tkazishni anglatadi.
Ikkinchi,
so‘nggi paytlardagi
Dmitriy Medvedevning
o‘ta radikal va keskin ritorikasi tasodif emas. Ba’zi tahlilchilar buni prezidentlik kursiga qaytishga tayyorgarlik sifatida baholashmoqda. Medvedev o‘z chiqishlari bilan eng radikal elektoratni jipslashtirish vazifasini bajarmoqda.
Kreml jamoatchilikka "yangi kuch" (aslida, eski gvardiya) va "islohotlar" kelayotganini ko‘rsatishi shart.
Mishustin
iqtisodiy pasayish uchun mas’ul etib ko‘rsatilsa,
Belousov
tartib timsoli,
Medvedev
esa qat’iyatli lider sifatida taqdim etilishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda
, agar yaqin oylarda hukumatda kutilmagan iste’folar yuz bersa, bu rasmiy 65,6% reytingning ortida haqiqiy "xavotir bo‘roni" turganini isbotlaydi.
Sizningcha, ushbu kadrlar almashinuvi Rossiyaning hozirgi siyosiy yo‘nalishini o‘zgartira oladimi yoki bu shunchaki "ko‘zbo‘yamachilik"mi?
Strategic Focus: Central Asia

April 24, 08:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

Кичик давлатлар учун тарих — хотира; империялар учун эса ҳукмронликни оқлашга хизмат қиладиган сиёсий қурол.
Империялар босқинни “тарихий адолат”, босимни “хавфсизлик”, қарамликни эса “дўстлик” деб атайди. Кичик давлатлврнинг вазифаси эса бу чиройли сўзлар ортидаги хавфни кўра билиш: ўз ерини, тилини, хотирасини ва энг муҳими тақдирини бошқалар ёзиб беришидан ҳимоя қилиш.
🌟
Otabek Akromov
|
PhD Bio ANU

April 24, 07:43
Media unavailable
3
Show in Telegram

AQShning Turkiyadagi elchisi Tom Barrak:
Bu mintaqada faqat bitta narsani hurmat qilishadi, u ham bo‘lsa kuchni. Turkiya hazillashadigan davlat emas.
Manba
👉
@suhrob_buranov
👈

April 24, 03:34

Vashington va Tehron o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning yangi bosqichi arafasida Eron rahbariyati o‘ta murakkab va ziddiyatli geosiyosiy tanlov qarshisida turibdi. Islomobodda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tinchlik muzokaralari nafaqat mintaqaviy barqarorlikni, balki Eronning kelgusi yillardagi iqtisodiy va siyosiy yo‘nalishini belgilab beruvchi nuqta bo‘lishi kutilmoqda. Hozirgi vaziyatda Tehronning ochiq ritorikasi va sahna ortidagi harakatlari o‘rtasidagi tafovut strategik tahlilning asosiy markaziga aylangan.
Bugungi geosiyosiy vaziyatda bir necha muhim trendlar Eronning muzokaralar stolidagi pozitsiyasini shakllantirmoqda.
Birinchidan
, Tehron o‘ziga xos
diplomatik qarama-qarshilik
uslubini qo‘llamoqda: rasmiy darajadagi keskin va radikal bayonotlar ichki auditoriyani hamda konservativ kuchlarni tinchlantirishga xizmat qilsa, parda ortidagi muloqotlar iqtisodiy inqirozni yumshatishga qaratilgan hayotiy zaruratdir. Prezident Pezeshkianning o‘zgaruvchan ritorikasi (bir tomondan "tarixiy ishonchsizlik" haqidagi ogohlantirishlar, ikkinchi tomondan esa urush hech kimning manfaatiga xizmat qilmasligi haqidagi tan olishlar) Eron elitasidagi ikkilanishlarni yaqqol aks ettiradi.
Ikkinchi
muhim jihat, muzokaralarning
format va vakillik darajasi
bilan bog‘liq. Muhammad Boqir G‘olibof kabi nufuzli arboblarning muzokaralarda ishtirok etish sharti Tehronning bu jarayonga naqadar jiddiy va ehtiyotkorlik bilan yondashayotganini ko‘rsatadi. Bu nafaqat AQSHning yuqori martabali mulozimlari (masalan, JD Vens) bilan tengma-teng muloqot qilish istagi, balki kelishuvga erishilgan taqdirda uni Eron ichidagi "qattiq qo‘l" tarafdorlariga ham qabul qildirish strategiyasidir.
Biroq, muzokaralar jarayoniga
"Vashington qopqoni"
omili sezilarli darajada soya solmoqda.
Eronliklar orasida shakllangan psixologik to‘siq
- muzokaralar chog‘ida ham kutilmagan harbiy hujumga uchrash xavfi - muloqotning samadorligini savol ostida qoldiradi. Donald Tramp ma’muriyatining "maksimal bosim" va kutilmagan harbiy harakatlar tajribasi Tehronda "bosim ostidagi muzokaralar"ga nisbatan
kuchli allergiya
ni shakllantirgan. Shu sababli, Hormuz bo‘g‘ozidagi blokada kabi vositalar Tehron uchun shunchaki harbiy harakat emas, balki muzokaralar stolida o‘z shartlarini diktovka qilish imkonini beruvchi yagona richag bo‘lib qolmoqda.
Xulosa qilib aytsak
, Eron hozirda iqtisodiy omon qolish va g‘oyaviy qat’iyat o‘rtasidagi o‘ta nozik chiziqda harakatlanmoqda. O‘t ochishni to‘xtatish muddatining yakunlanishi va Islomoboddagi uchrashuv natijalari yaqin istiqboldagi trendni belgilab beradi. Agar tomonlar o‘zaro ishonchsizlik devorini yorib o‘ta olmasalar, "noaniq tinchlik" o‘rnini mintaqaviy energiya bozorlarini va global xavfsizlikni izdan chiqaruvchi yangi, yanada qaynoq eskalatsiya bosqichi egallashi muqarrar.
Strategic Focus: Middle East and North Africa

April 23, 13:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
Kuchli suratlardan biri.
Strategic Focus: Central Asia

April 22, 18:01
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇰🇿
🇹🇯
🇹🇲
🇰🇬
Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarini har gal bir davrada ko‘rish shaxsan men uchun juda yoqimli. Bu kabi tez-tez uchrashishlar ilgarigi faqatgina siyosiy tadbirdan bugun do‘stona, samimiy muloqotga ko‘chgan. Ushbu birlikda esa O‘zbekiston rahbarining juda katta o‘rni bor. Prezident Shavkat Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodasi, uzoqni ko‘ra bilish qobiliyati va dono tashqi siyosati tufayli mintaqa davlatlari bugun nafaqat birga yuksalyapti, balki muammolar, xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashmoqda. Prezidentlar bu gal Ostona shahrida butun Markaziy Osiyo mintaqasiga dahldor muammo Orolni qutqarish masalasini muhokama qildilar.
#markaziyosiyo
#birligimizgakoʻztegmasin