
Sukut Saqlama (NeMolchi.uz o'zbek tilida)
Angren voqeasi: pedofiliya qurboni bo‘lgan o‘smir qiz qonun himoyachilariga yana ko‘zgu tutdi. Kun.uz reportaji 14 yoshli qizning muntazam zo‘rlanib, reanimatsiyaga tushganidan so‘nggina fojiadan xabardor bo‘lgan jamiyat, Xorazmdagi yetim qizlar ishida shartli…
Z avlodi erkaklarining har uchinchisi xotin eriga itoat qilishi kerak, deb hisoblaydi. Bu internet bilan, ommaviy maydondagi feminizm va maktab darsliklaridagi tenglik ritorikasi bilan o‘sgan, 30 yoshgacha bo‘lgan yosh avlod vakilidir. Bumer-erkaklar orasida bundaylar atigi 13 foizni tashkil etadi. Ya’ni, bobolar nabiralarga qaraganda boshqacha fikrda. Taraqqiyot kutilmagan yo‘nalishda ketmoqda.
⠀
Dunyo bo‘ylab odamlarning 52 foizi ayollar huquqlari uchun kurash allaqachon yetarlicha uzoqqa bordi, deb hisoblaydi. Bu ko‘rsatkich 2019-yilda ayni savol berilgan 24 ta mamlakatning deyarli har birida ko‘tarilgan.
⠀
Har ikkinchi erkak ayollar tengligi g‘oyasini ilgari surish erkaklarga nisbatan kamsitishga aylanib ketganiga ishonadi. Ayollar orasida bunday fikrdagilar 36 foizni tashkil etadi.
⠀
Erkaklarning 54 foizi ushbu tenglik yo‘lida ulardan juda ko‘p narsa talab qilinayotganini “his qilmoqda”.
⠀
Ma’lumotlar shunchaki fikrlarni emas, balki yosh erkaklarning gender tengligini qanday qabul qilayotganlaridagi tarkibiy siljishni qayd etmoqda — buni jamiyat o‘z mavqelariga tahdid sifatida ko‘rishmoqda. Bu so‘nggi o‘n yil davomida parallel ravishda kechgan bir necha jarayonlarning natijasidir.
⠀
Birinchisi — algoritmik radikallashuv. YouTube, TikTok va podkastlar butun bir ekotizimni shakllantirdiki, unda feminizm teng huquqlar uchun harakat emas, balki hujum sifatida taqdim etiladi.
⠀
Ikkinchisi — boshqa tomonga yo‘naltirish oson bo‘lgan real iqtisodiy xavotir. O‘rta va ishchi sinf erkaklari yangi iqtisodiyotda haqiqatan ham yutqazmoqdalar — barqaror bandlikni, mavqeni, tushunarli rol modellarini yo‘qotmoqdalar. Ammo ushbu xavotirga tizimli tahlil o‘rniga oddiy javob taklif qilinmoqda: bunga avtomatlashtirish, neoliberal siyosat yoki kasaba uyushmalarining yo‘qolishi emas, balki feminizm aybdor emish.
⠀
Uchinchisi — ko‘rinishga (vizuallikka) nisbatan teskari reaksiya. Jamoat maydonida, rahbariyatda, mediada ayollar qancha ko‘p bo‘lsa — buni ushbu pozitsiyalarni “o‘z-o‘zidan o‘ziniki bo‘lishi kerak” deb hisoblaganlar shunchalik o‘tkir qabul qiladilar. Siqib chiqarilish hissi har doim ham real siqib chiqarilish bilan bog‘liq bo‘lmasligi mumkin, lekin subyektiv ravishda aynan shunday his qilinadi.
⠀
Yosh erkaklarning keksa avlod vakillaridan ko‘ra konservativroq bo‘lib chiqqani — paradoks emas, balki mantiqiy yakundir. Z avlodi vakillari bo‘shliqda o‘sgani yo‘q: ular feminizmga qarshi faol qarshilik ko‘rsatish sharoitida ulg‘ayishdi. Feminist tashkilotlar hisobotlar yozib, konferensiyalar o‘tkazayotgan bir paytda, antifeministik kontent milliardlab marta tomosha qilinayotgan edi.
⠀
Tenglik “yetarlicha uzoqqa bordi” deb hisoblaydigan 52 foiz odamlar — bu ayollar kamroq haq oladigan, kamroq qaror qabul qiladigan va ko‘proq jim turadigan dunyoda o‘zlarini qulayroq his qiladiganlar pozitsiyasidir.
⠀
“Erkaklarga nisbatan diskriminatsiya” haqidagi narrativ — bu alohida hikoya. Ayollar hamon kamroq maosh olayotgan, bolalar va qariyalar parvarishi yukini nomutanosib ravishda ko‘tarayotgan, oilaviy zo‘ravonlik qurbonlarining ko‘pchiligini tashkil etayotgan va direktorlar kengashida ozchilik bo‘lib qolayotgan dunyoda — har ikkinchi erkak o‘zini qurbon deb his qilmoqda. Bu klinik ma’nodagi kognitiv buzilish emas, balki so‘nggi o‘n yil davomida ma’lum media va siyosiy harakatlarning erkaklarga aynan shu narrativni maqsadli ravishda sotish bo‘yicha amalga oshirgan juda muvaffaqiyatli ishidir.
⠀
Ipsos so‘rovi — bu 2026-yilda biz qayerda ekanligimizning aniq kesimidir: jamiyat tenglikka erishilmasdan turib, tenglik haqidagi suhbatlardan charchadi. Yosh erkaklar feminist harakat ular bilan muloqot qilishga ulgurmasidan oldinroq radikallashmoqda. “Diskriminatsiya” atamasi esa endi haqiqiy tengsizlikka ham, hech kim imtiyoz deb atamagan imtiyozlarning yo‘qotilishiga ham birdek muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda.
⠀
Manba:
ipsos.com
⠀
Minimizary tayyorladi
⠀
#SukutSaqlama
#gendertengsizlik
Amerikalik paralimpiyachi suzuvchi Robert Grisvold jamoadoshini zo‘rlaganlikda ayblanib, Amerika SafeSport markazi qo‘mitasi qarori bilan o‘yinlardan
umrbod chetlatildi.
2022-yilda boshlangan tergov harakatlari natijasida, 9-mart kuni Grisvold aybdor deb
topildi
. Bolaligidan bosh miya falaji bilan og‘rigan sportchi, 2021-yilda Tokioda o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlari vaqtida hamkasbini zo‘rlagan. Shaxsini himoya qilish maqsadida ismi oshkor etilmayotgan jabrlanuvchi autizm bilan xastalangan bo‘lib, qizning aqliy qobiliyati besh yoshli bola darajasidadir.
Bundan tashqari, jabrlanuvchining
ayblov da’volariga
ko‘ra, Amerika Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitasi Grisvoldning aqliy zaifligiga qaramay, u bilan bir xonada va yuvinish xonasida bo‘lishiga bila turib ruxsat bergan.
2017-yilda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurashish maqsadida tashkil etilgan SafeSport markazi ham Grisvoldni himoya qilish va sud jarayonini paysalga solish orqali vositachilik qilganlikda ayblanmoqda.
Jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurashish va uning oldini olish uchun tuzilgandek ko‘ringan ushbu tashkilot birinchi marta mojarolar markazida qolayotgani yo‘q.
OAV da qayd etilishicha
, ishlarning 42 foizi jazoni yumshatish yoki bekor qilish bilan yakunlangan.
Masalan,
AP surishtiruvi
shuni ko‘rsatadiki, 2018-yilda SafeSport apellyatsiyadan so‘ng murabbiy Richard Kallaxanning voyaga yetmagan shogirdiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgani uchun berilgan umrbod taqiqni bekor qilgan va uni uch yillik diskvalifikatsiyaga almashtirgan.
Ayollar ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Shohsupada turishga munosibligini oqlash va hatto erkak hamkasblari tomonidan jinsiy yoki hissiy zo‘ravonliklar. Sport qo‘mitalarining "nol darajadagi toqati" va "sportdagi shaffoflik" haqidagi chaqiriqlariga qaramay, institutlar ko‘pincha asosiy vazifani — himoyasiz sportchilarni himoya qilishni uddalay olmayaptilar. Jamiyat sportchilarning jinoyatlariga ko‘z yumishga, aybdorlarni ularning sportdagi yutuqlari bilan oqlashga moyil bo‘lib, ko‘pincha jazosiz qolayotgan zo‘ravonlik sportchi ayollarning hayoti va karyerasini barbod qilayotganini inkor etmoqda.
Farida Aliyeva tayyorladi
#SukutSaqlama
Termizlik talaba qiz chayonni o‘ldirmasdan, zahrini olish imkonini beruvchi qurilma ixtiro qildi
So‘nggi yillarda tobora ko‘proq yosh tadqiqotchi ayollar ilm-fanga o‘z hissalarini qo‘shib, tibbiyot va tabiat uchun birdek foydali bo‘lgan ishlanmalarni yaratmoqdalar. Ularning g‘oyalari innovatsiyalar va texnologik taraqqiyot jinsga emas, balki bilim, jasorat va qiziquvchanlikka bog‘liq ekanini ko‘rsatmoqda.
Termiz davlat pedagogika instituti Biologiya fakultetining uchinchi bosqich talabasi Feruza To‘xtamurodova chayonni nobud qilmasdan uning zaharini olish imkonini beruvchi qurilma ishlab chiqdi. Ushbu ishlanma qimmatli biologik moddani xavfsizroq va ekologik toza usulda olishga qaratilgan.
Qurilma elektrostimulyatsiya usuli asosida ishlaydi: kuchsiz elektr impulsi chayonni oz miqdorda zahar chiqarishga majbur qiladi. Bunday usul muolajani jonzotga zarar yetkazmagan holda o‘tkazish va bitta chayondan bir necha bor zahar olish imkonini beradi.
Chayon zahari tibbiyot va farmatsevtika uchun katta qiziqish uyg‘otadi. Uning tarkibiy qismlari, xususan, xlorotoksin va turli neyrotoksinlar olimlar tomonidan o‘rganilmoqda hamda saraton kasalliklari va asab tizimi xastaliklarini tadqiq qilishda qo‘llanilishi mumkin.
Chayon zahari dunyodagi eng qimmat biologik moddalardan biri hisoblanadi. Uning xalqaro bozordagi narxi qariyb 12 ming dollarga yetishi mumkin bo‘lsa, O‘zbekistonda o‘rtacha 5 ming dollar atrofida baholanadi.
Tibbiy qiymatidan tashqari, chayonlar ekotizimda hasharotlar va boshqa mayda organizmlar sonini tartibga solib turishda muhim rol o‘ynaydi. Ularning populyatsiyasini saqlab qolish tabiiy muvozanatni ta’minlashga yordam beradi. Yangi ishlanma bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani hal etadi: fan va tibbiyot uchun qimmatli xomashyo olish, chayonlarning tabiiy populyatsiyasiga bo‘lgan bosimni kamaytirish hamda zaharni olish jarayonini barqaror va ekologik qilish.
Feruza To‘xtamurodovaning loyihasi — ilmiy tadqiqot, atrof-muhitga g‘amxo‘rlik va biologik resurslarni amaliy qo‘llashni o‘zida birlashtiradi. Ilmiy kasblar ko‘pincha erkaklar bilan bog‘lanadigan dunyoda bunday ishlanmalar qizlar ham tabiatga g‘amxo‘rlik qilgan holda, tibbiyot va farmatsevtikadagi yondashuvlarni o‘zgartiradigan innovatsiyalar yarata olishini isbotlaydi.
Bunday tashabbuslar boshqa yosh ayollarni ham ilm-fanga kirib kelishga, tashabbus ko‘rsatishga va jamiyatning real muammolari uchun o‘z yechimlarini taklif qilishga ilhomlantiradi.
Manba:
Yuz.uz
Zarya Ergasheva tayyorladi
#SukutSaqlama
#IlmFandaAyollar
2023-yilda Milliy gvardiya faxriy qorovuli tarkibidagi ayollar ilk bor rasmiy marosimda ishtirok etganlari aks etgan suratlar OAV larda e'lon qilinganda aksariyat o‘quvchilar buni iliq qabul qilib oldi. Ammo ko‘p savollar ham tug‘ildi.
8-mart sanasiga
Podrobno.uz
jurnalistlari Milliy gvardiya faxriy qorovul bataloni ayol vzvodining uch nafar ofitseri bilan ochiq va samimiy suhbat
tashkillashtirdi
.
Svetlana Proshkina, Dilshoda Ulug‘bekova va Lola Jurayeva har qanday ob-havo sharoitida parad maydonida soatlab mashg‘ulotlar haqida gapirishdi. Ular miltiqni ushlab, davlat rahbarlari sizga qarashi qanday ekanligi haqida so‘zlashdi.
Ushbu maqola, eng avvalo, stereotiplarni buzadi. Biz faxriy qorovulni mukammal, go‘yo jonsiz mexanizmning go‘zal tasviri sifatida qabul qilishga odatlanganmiz. Ammo bu mukammal surat ortida orzular, his-tuyg‘ular va fikrlarga ega tirik ayollar turibdi.
Maqola juda iliq va samimiy. Jurnalistlar ayollarga hurmat va xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lib, ularga ochiq gapirish imkoniyatini berganliklari ko‘rinib turibdi.
Biz
Podrobno.uz
jamoasiga ularning ishi uchun minnatdorlik bildiramiz. Davlat lavozimlarida munosib ayollarning samimiy hikoyalarini eshitish uchun ushbu i
ntervyuni
(rus tilida) tomosha qilishni tavsiya qilamiz.
#SukutSaqlama
Jizzax viloyatidagi bolalar bogʻchasi rahbari 6 yoshli qizchaga pornografik video koʻrsatgani uchun uyatsiz-buzuq xatti-harakatlarda aybdor deb topildi.
Jizzax viloyatining Sharof-Rashidov tumanida olti yoshli qizcha bolalar bog‘chasida shahvoniy shilqimlikka uchradi, deb xabar berdi
Kun.uz
.
53 yoshli erkak o‘z uyida tuman ta’lim bo‘limi tasarrufidagi oilaviy bolalar bog‘chasi tashkil qilgan. U muassasani boshqargan va bolalarni tarbiyalash va ularga g‘amxo‘rlik qilish uchun mas’ul bo‘lgan.
2025-yil 14-aprel kuni erkak mast holda, bolalar bog‘chasiga boradigan 2019-yilda tug‘ilgan qizchaga nisbatan zo‘ravonliksiz nomaqbul hatakatlar sodir etgan. U qizchaga telefonida pornografik videoni qo‘ygan. Ota-onaning so‘zlariga ko‘ra, u shuningdek, bolaga o‘z jinsiy a‘zolarini ham ko‘rsatgan.
Erkak mast bo‘lgani va hech narsani eslay olmasligini aytib, o‘zini himoya qilishga urindi. U shunchaki "tasodifan telefonini qizchaning yonida nomaqbul kontent bilan ochiq qoldirganini" iddao qildi. Biroq, ota-onalarga voqea haqida rasmiylarga xabar bermasliklari uchun 2 million so‘m (taxminan 2000 dollar) berishga urinishi uning "unutuvchanligi" haqida ko‘p narsalarni gapirib beradi. Ota-onalarning e’tiboriga, ular pulni rad etishdi va ishni sudga berishdi.
2026-yil 4-mart kuni sud erkakni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi (14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish) bo‘yicha to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi.
Tergovga qadar gumondor garov evaziga ozod qilindi. Shuni ta’kidlashni istardikki, uning bu davrda bolalar bilan ishlashdan chetlashtirilgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ya’ni qizni zo‘rlaganlikda gumon qilingan erkak (deyarli bir yil davomida) maktabgacha ta’lim muassasasi o‘quvchilari bilan ishlashda davom etishi mumkin edi.
Jinoyatchi jazosini o‘taydi, ozodlikka chiqadi va tinch hayot kechiradi. Lekin qizchaning keyingi taqdiri-chi? Unga yetkazilgan travma umrbod chandiq bo‘lib qolmaydi... Zo‘ravonlik ishonchli kattalar tomonidan sodir etilganda, bunday jinoyatni sodir etish hamma narsaga bo‘lgan asosiy ishonchni yo‘q qiladi.
Jinsiy daxlsizlikka qarshi moddalar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgandan so‘ng darhol ta’lim muassasasi litsenziyasini avtomatik ravishda va darhol bekor qilishni va o‘qitishni taqiqlashni qonun bilan tartibga solish adolatli va o‘rinli bo‘lar edi.
Zarya Ergasheva tayyorladi
#SukutSaqlama
#bolalar
10-mart - Xalqaro ayol sudyalar kuni
“Sukut Saqlama” loyihasi sud tizimida faoliyat yuritayotgan barcha ayollarni tabriklaydi. Bu har kuni qiyin qarorlar qabul qilishingiz, odamlar hayoti uchun mas'uliyatni o'z zimmangizga olishingiz va eng og'ir sharoitlarda ham qonunga sodiq bo'lishingiz kerak bo'lgan kasb.
Sizning mehnatsevarligingiz, halolligingiz va professionalligingiz uchun sizga rahmat aytamiz. Zero, mehnatingiz zamirida qonun, vijdon, adolat tuyg‘usi mujassam.
Sizning mehnatingiz tufayli jamiyatda adolat qaror topadi, degan umiddamiz.
#SukutSaqlama
Samarqand viloyatida erkak janjal paytida xotinini o‘ldirgani uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
2025-yil 29-avgust kuni er-xotin kun bo‘yi dala ishlari bilan band bo‘lib, kechqurun uyga qaytishgan. Uyda ularning farzandlari bo‘lgan. Er-xotin o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Ayol ota-onasining uyiga ketmoqchi bo‘lgan, biroq eri bunga qarshilik ko‘rsatib, uyda qolishini talab qilgan.
Jinoyatchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, janjal paytida uning qo‘lida go‘sht to‘g‘rashda foydalanilgan oshxona pichog‘i bo‘lgan. Bir vaqtning o‘zida u xotinining bo‘yin sohasiga pichoq bilan zarba bergan.
Zarbadan so‘ng kuchli qon ketish boshlangan. Erkak sochiq bilan qonni to‘xtatishga urinib, ukasini chaqirgan. Ayolni zudlik bilan tuman shifoxonasiga olib borishgan.
Kasalxonaga ketatoganda jabrlanuvchi eridan haqiqatni hech kimga aytmaslikni va sodir bo‘lgan voqeani go‘yoki ehtiyotsizlikdan yiqilib tushib, pichoq bilan jarohatlangandek, baxtsiz hodisa sifatida tushuntirishni so‘ragan. Dastlab qarindoshlar va shifokorlarga aynan shu talqin aytilgan.
Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, ayol vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasi o‘limga kuchli qon yo‘qotish va travmatik shok sabab bo‘lganini aniqladi. Pichoq bo‘yindagi yirik qon tomirlariga shikast yetkazgan.
Keyinchalik erkak janjal vaqtida turmush o‘rtog‘iga pichoq bilan zarba berganini tan oldi. Uning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 8-qismi (O‘limga sabab bo‘lgan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan malakalandi.
2026-yil 17-fevralda sud uni aybdor deb topdi va ushbu moddada 10 yildan 12 yilgacha jazo nazarda tutilganiga qaramay, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Jazo tayinlashda sud bir qator holatlarni hisobga oldi: sudlanuvchi muqaddam sudlanmagan, aybiga to‘liq iqror bo‘lgan va uning to‘rt nafar farzandi bor. Marhumaning onasi ham sudda bolalar ota-onasiz qolmasligi uchun kuyoviga nisbatan qat’iy jazo tayinlamaslikni so‘rab ko‘rsatma berdi. Shuningdek, u qizi ilgari kuyovidan shikoyat qilmaganini ma’lum qildi.
Shunga qaramay, jazoning mutanosibligi borasida savol tug‘iladi. Hatto yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lsa-da, gap ayol kishining o‘limi haqida ketmoqda. Ona qotili bolalarga qanchalik yaxshi va to‘laqonli tarbiya bera oladi? Haqiqatan ham, ilgari zo‘ravonlik qilmagan odam oddiy oilaviy janjal paytida yaqin kishisining bo‘yniga pichoq bilan ura oladimi? Bu uning bolalar va atrofidagilar uchun xavfli ekanligidan dalolat bermaydimi?
Har bir shunday holat muhim savollarni yana kun tartibiga chiqaradi. Bu oilada ilgari nizolar bo‘lganmi? Ayol biror joyga yordam so‘rab murojaat qilganmi? Profilaktika xizmatlarida oiladagi nosog‘lom muhit haqida signallar bo‘lganmi? Ushbu vaziyatning asosiy jabrlanuvchilari — bolalarning taqdiri nima bo‘ladi? Ularning reabilitatsiyasi qanday tashkil etiladi?
Yana bir savol ochiqligicha qolmoqda: amaldagi jazo amaliyoti oila ichida sodir etilayotgan jinoyatlarning og‘irligini qanchalik aks ettirmoqda?
Nigina Xudaybergenova tayyorladi
#SukutSaqlama
#AdolatTalabQilamiz
Klara Setkin 1933-yilda, o‘z g‘oyasining yakuniy zafarini
ko‘rmasdan
vafot etdi.
1910-yilda Kopengagenda o‘tgan Xotin-qizlarning ikkinchi xalqaro sotsialistik konferensiyasida Klara xalqaro mehnatkash ayollar birdamligi kunini ta’sis etishni
taklif qildi
. O‘sha paytda uning hayot tajribasida o‘ttiz yillik partiyaviy ish, bir necha bor qamoq jazosi, Roza Lyuksemburg bilan do‘stlik va “ayollar masalasi — bu avvalo sinfiy masala” ekanligiga mutlaq
ishonch
bor edi. 17 mamlakatdan kelgan delegat ayollar uni tik turib olqishladilar.
Bunday bayram g‘oyasi muayyan voqealardan kelib chiqqan edi. 1908-yilda Nyu-Yorkning to‘qimachilik fabrikalarida ishlovchi o‘n besh ming nafar ayol talab bilan bosh ko‘tardilar — ular ish kunini qisqartirishni, bolalar mehnatini taqiqlashni va ovoz berish huquqini talab
qilishdi
. Bir yil oldin Amerika Sotsialistik partiyasi “Ayollar kuni”ni o‘tkazgan edi, lekin u xalqaro miqyosda katta aks-sado bermagan. Setkin bunda ulkanroq nimaningdir urug‘ini ko‘rdi va bayramni global qilishni
taklif etdi
.
Rossiyada bu bayram kutilmagan tarixiy rol o‘ynadi. 1917-yil 8-martda — eski taqvim bo‘yicha bu 23-fevral edi — Petrograd to‘qimachilik korxonalari ishchi ayollari ish tashlash va stixiyali mitingga chiqishdi. Ularga boshqa zavod ishchilari, keyin askarlar qo‘shildi, so‘ngra hamma narsa nazoratdan chiqib ketdi. Bu bir necha kun tarixga Fevral
inqilobi
sifatida kirdi.
Dastlab 8-mart bayramida hech bo‘lmaganda tashqi mafkuraviy
mazmun
saqlanib qolgan edi. Ammo elliginchi yillarga kelib, bayram barqaror ravishda bahor va ayollik jozibasi kuniga
aylana boshladi
. Siyosiy shiorlar maydalashdi, guldastalar qimmatlashdi, huquqlar haqidagi
va’zlar
esa sezilmas tarzda ayolning “nozikligi”, “oila o‘chog‘i qo‘riqchisi” ekanligi va umuman olganda erkaklardan ko‘ra ko‘proq vazifalarni bir vaqtda bajarishga (multitasking) yaxshiroq ekanligi haqidagi maqtovlarga aylanib ketdi. Vaholanki, bu maqtovning o‘zi ham ancha shubhalidir. Ya’ni, bayram Setkin uni uzoqlashtirishga harakat qilgan nuqtaga qaytib keldi.
Kapitalistik mamlakatlarda 8-mart uzoq vaqt davomida soyada qoldi — u yerda uni majburiy tadbirga aylantiradigan davlat mashinasi yo‘q edi. Keyin global bozor keldi va barqaror auditoriyaga ega bayram — bu birinchi navbatda marketing imkoniyati ekanligini angladi. To‘qsoninchi yillarga kelib, korporativ dunyo 8-martni to‘liq o‘zlashtirib
oldi
: zargarlik buyumlariga chegirmalar, “sen eng yaxshisiga loyiqsan” degan yozuvli tabriknomalar paydo bo‘ldi.
Natijada, postsovet hududida biz narxi uch baravar oshirilgan gul do‘konlarini, yumshoq o‘yinchoqlar oldida dovdirab turgan erkaklarni va “aziz ayollarimiz, siz juda go‘zalsiz va sizsiz biz hech kimmiz” qabilidagi korporativ tabriklarni ko‘ryapmiz.
G‘arbda ham deyarli shu
ahvol
, faqat unga “empowering” (imkoniyatlarni kengaytirish) so‘zi va qaysidir bankning pushti rangdagi logotipi qo‘shiladi — ular mart oyida ayollar yetakchiligi haqida banner ilishadi, lekin qolgan o‘n bir oy davomida ayollarga erkaklardan yigirma foiz
kamroq
ish haqi to‘lashda davom etishadi.
Bu o‘zgarish barcha tomonlarning sokin roziligi bilan, go‘yoki o‘z-o‘zidan, hech qanday yomon niyatsiz sodir bo‘lgani ham kulgili holdir. Ayollarning aksariyati gullarga e’tiroz qilishmadi. Erkaklar tushunarli bo‘lgan ritualdan xursand edilar. Davlat siyosiy o‘tkir qirrali bo‘lmagan qulay bayramga ega bo‘ldi. Shokolad to‘plamlari ishlab chiqaruvchilari — barqaror mavsumiy talabni qo‘lga kiritishdi. Setkin umr bo‘yi ayollar zulmining asosiy manbai deb atagan tizim, o‘ziga qarshi ta’sis etilgan bayramni nafis tarzda yutib yubordi va uni savdo-sotiq vositasiga) aylantirdi.
Klara Setkin bunday almashinishning eng yaqqol misoli uning nomi bilan atalishini va har yili har bir yirik supermarketning “seasonal gifts” (mavsumiy sovg‘alar) bo‘limida yangilanib turishini tasavvur ham qila olmasdi.
Garchi idish-tovoqlar to‘plami — amaliy buyum bo‘lsa-da, Klara pragmatik ayol edi. Balki, u buni tushungan bo‘larmidi?
Yo‘q, baribir tushunmasdi.
Minimizary
#SukutSaqlama
#8MartaGullarHaqidaEmas
Gazeta ва Yandex Books биргаликда жамоат арбоблари, адибларнинг китоб жавонига назар ташлайди. Лойиҳанинг Халқаро хотин-қизлар кунига бағишланган сонининг меҳмони — инсон ҳуқуқлари бўйича юрист Дилфуза Куролова.
У аёлларга доир масалаларни яхшироқ англашга ёрдам берадиган китобларни тавсия қилиш билан бирга, нега 8 март шунчаки «гуллар куни» эмаслиги, адабиётнинг хотин-қизлар ҳуқуқлари таъминланишидаги роли ҳақидаги мулоҳазалари билан ўртоқлашади.
https://www.gazeta.uz/uz/2026/03/08/womens-day/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube