
"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali
Hurmatli yo‘lovchilar!
Texnik sabablarga ko‘ra,
2026-yil 07-may kuni 6375/6378-sonli “Sariosiyo-Termiz-Sariosiyo“
yo’nalishida harakatlanuvchi shaharlararo poyezdlar qatnovi vaqtincha to’xtatiladi.
Yo‘lovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
👍
“Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MChJ matbuot xizmati
📱
Telegram
📱
Instagram
Oqrabot – Qumqo‘rg‘on – Termiz temir yo‘l uchastkasida amaliy o‘rganish va nazorat ishlari olib borildi
Joriy yil 29-aprel kuni “
Poyezdlar harakati xavfsizligi”
kunida
“Termiz MTU” filiali boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan 1-N sonli harakat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosi ta’minlash maqsadida joylarda amaliy o‘rganish va nazorat ishlarini olib bordi.
Tekshiruv davomida infratuzilma holatini o‘rganish, yo‘llar, kontakt tarmoqlari, yo‘ldagi mavjud qurilmalar va sun’iy inshootlar holati, sel kelishi, ko‘chki xavfi mavjud hududlarni ko‘zdan kechirish, ishchi-xodimlar bilan bevosita muloqot qilish hamda olib borilayotgan ishlar sifatini nazorat qilish maqsadida
Oqrabot – Qumqo‘rg‘on – Termiz temir yo‘l uchastkasi elektrovoz kabinasida kuzatuv
amalga oshirildi.
Shuningdek,
Qumqo‘rg‘on stansiyasida
temir yo‘l izlari, strelkali o‘tkazgichlar, svetoforlar hamda yuk vagonlarining texnik hamda tijoriy holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan filial rahbari tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱
Telegramm
|
📱
Facebook
|
📱
Web
|
#Tugilgan_kun
!!!
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamentining Termiz MTU bo‘yicha bosh noziri Toshev Fayzullo Hamroyevich
ni tug'ilgan kuni munosabati bilan "Termiz MTU" filiali rahbaryati va jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etamiz.
Korxonamiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʼlida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatingizda omad va zafarlar hamisha yor boʼlshligini tilab qolamiz!!!
Rasmiy sahifamiz:
🚉
👉
@Termiz_MTU
👈
“28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”
Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱
Telegramm
|
📱
Facebook
|
📱
Web
|
Prezidentimiz Qo‘qondan Marg‘ilonga yangi elektropoyezdda bordi.
—
Президент нашей страны прибыл из Коканда в Маргилан на новом электропоезде.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan birga Farg‘ona vodiysi shaharlarini bog‘lovchi yangi elektropoyezdda Qo‘qondan Marg‘ilonga
keldi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев вместе с представителями общественности
прибыл
из Коканда в Маргилан на новом электропоезде, связавшем города Ферганской долины.
#Mirziyoyev
#safar
#Fargona
#poyezd
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
Milliy liboslar kuni – milliy qadriyatlar ifodasi
Xabaringiz bor, haftaning har juma kuni “Milliy liboslar kuni” etib belgilangan.
Ushbu tashabbus milliy qadriyatlarimizni yanada targ‘ib qilish, an’analarimizni asrab-avaylash hamda milliy liboslarimizning kundalik hayotimizda tutgan o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan.
Mazkur tashabbus doirasida “
Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali
xodimlari ham faol ishtirok etib, o‘zbek milliy liboslarida ish joylariga tashrif buyurdilar.
Ularning atlas va adras kabi milliy matolardan tikilgan liboslari nafaqat estetik go‘zallik balki, xalqimizning boy madaniy merosini ifoda etib, ish muhitiga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
“Milliy liboslar kuni” nafaqat tashqi ko‘rinish, balki milliy o‘zlikni anglash, o‘zbekona qadriyatlarni hurmat qilish va yosh avlodga ulug‘ ajdodlarimiz merosini yetkazish kabi muhim maqsadlarga ham xizmat qiladi.
"Termiz MTU" filiali axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱
Telegramm
|
📱
Facebook
|
📱
Web
|
Termiz lokomotiv deposida "Harakat xavfsizligi" bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish.
2026-yil 23-aprel kuni Termiz lokomotiv deposida
“Termiz MTU” filiali boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev
rahbarligida harakat xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda uzel tarkibidagi barcha korxona va stansiyalar boshliqlari, harakat xavfsizligi uchun mas’ul rahbar xodimlar hamda lokomotiv mashinistlari ishtirok etdi.
Unda lokomotivlardan foydalanish jarayonlari, ularga texnik xizmat ko‘rsatish sifati, smena davomida nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaslik, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘ilish davomida ishchi-xodimlarning fikr va takliflari tinglanib, aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishdan so‘ng lokomotivlarning texnik holati, ularning ekspluatatsiya talablari asosida ishlatilishi, rejali ta’mirlash ishlari hamda texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari joyida ko‘zdan kechirildi.
Bundan tashqari, depo ta’mirlash sexlarida olib borilayotgan ishlar, ehtiyot qismlar bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat sharoitlari va ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi ham batafsil o‘rganildi.
Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱
Telegramm
|
📱
Facebook
|
📱
Web
|
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 8 kun qoldi!
"Boysun bahori" xalqaro festivali oldidan maxsus veb-sayt ishga tushirildi. Unda xalqaro folklor festivalning tarixi, huquqiy asoslari hamda avvalgi tadbirlar foto va video lavhalari bilan batafsil tanishingiz mumkin.
Shuningdek, saytda bu yilgi festivalning boshlanishiga qolgan kun, soat, daqiqa va soniyalar ko‘rsatib boriladi.
"Boysun bahori" folklor festivalining maxsus veb-sayti:
boysunbahori.uz
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
"TEMIRYO‘LCHI" gazetasi
ning 2026 yil 23-aprel kunidagi 16-soni mutolaa uchun havola qilinadi.
Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱
Telegramm
|
📱
Facebook
|
📱
Web
|