
Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Talabalar qachon akademik ta’til olishi mumkin?
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️
9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari kunlari e'lon qilindi
2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari kunlari e'lon qilindi.
🔹
9-sinf — majburiy fanlar:
• Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 1-iyun
• Matematika — 4-iyun
• O'zbekiston tarixi — 8-iyun
• Jismoniy tarbiya — 1–6-may
🔹
11-sinf — majburiy fanlar:
• Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 2-iyun
• Matematika (Asosiy / Chuqurlashtirilgan) — 5-iyun
• O'zbekiston tarixi — 9-iyun
🔹
11-sinf — tanlov fanlar (barcha bitiruvchilar uchun majburiy):
• Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya, Davlat huquq asoslari, Ona tili va adabiyoti (qardosh tillar), Chet tili — 12-iyun va 15-iyun kunlari bo'lib o'tadi.
O'quvchi 2 ta tanlov fan tanlaydi: 1-fan 12 iyunda, 2-fan 15-iyunda o'tkaziladi.
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️
Hodim ishdan bo‘shatilganda 2 oylik o‘rtacha ish haqi saqlanadi
✅
Xodim quyidagi asoslar bo‘yicha
ishdan bo‘shatilganda ish qidirish davrida 2 oygacha o‘rtacha oylik ish haqi
saqlanib qolinadi:
▫️
xodim yangi mehnat shartlari asosida
ishlashni davom ettirishni rad etganda
;
▫️
xodim ish beruvchi bilan ishlash uchun
boshqa joyga ko‘chishni rad etganda
;
▫️
xodim tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘i ko‘taradigan boshqa ishga o‘tishni rad etgada yoki
ish beruvchida tegishli ish bo‘lmaganda
;
▫️
xodimlar soni yoki
shtatlar qisqarganda
;
▫️
tashkilot
tugatilganda
;
▫️
xodim
malakasi yetarli bo‘lmaganda
;
▫️
shu ishni
ilgari bajarib kelgan xodim
ishga tiklanganda;
▫️
sudning
tashkilotni tugatishga oid qarori kuchga kirganda.
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
3ta cho'pni almashtirib eng kichik sonni hosil qiling.
Javobni commentda qoldiring.
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️
Kelgusi yildan magistraturaga kirishda yana imtihonlar joriy qilinadi
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab
magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda
mutaxassislik fanlaridan imtihon
shaklini belgilash vakolati oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga
berilmoqda.
❓
Bu nima degani?
Hozirda magistraturaga kirishda hech qanaqa imtihon topshirilmaydi. Faqat diplom bali va til sertifikati darajasiga qaraladi.
Kelasi yilda esa oliygohlarning o‘ziga
mutaxassislik fanidan
imtihonni qanaqa olishni o‘zi belgilash huquqi berilmoqda. Kimdir xohlasa, yana imtihonni qaytaradi, kimdir xohlasa, hozirgi tizimda qoladi.
Imtihon shaklini
ham o‘zi belgilaydi, masalan, kimdir og‘zaki suhbatni tanlaydi, kimdir yozma imtihonga o‘tadi, kimdir test shaklini ma’qul ko‘radi.
OTM rektorlari bundan korrupsiya yo'lida foydalanishmaydi deb umid qilamiz!
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️
Tibbiyot yo’nalishida super-kontrakt bekor qilinmoqda
Muhokamaga qo’yilgan qaror loyihasiga ko’ra,
2026/2027-o‘quv yilidan
boshlab tibbiyot oliygohlariga
super-kontrakt asosida
o‘qishga kirish mumkin bo‘lmaydi.
Shuningdek, tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlarida
minimal o‘tish balli
70 foiz
(
132,3 ball)
etib belgilanadi. Hozirda minimal o‘tish balli barcha yo‘nalishlar kabi
30 foizni (56,7 ball)
tashkil etadi.
Ya'ni tibbiyot oliygohiga kirishni maqsad qilgan abituriyent kontraktga “ilinish” uchun kamida
132,3 ball
to‘plashi kerak bo‘ladi.
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️
Davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha vakolatlar berilmoqda
Farmonda davlat oliy taʼlim tashkilotlariga quyidagi
qoʻshimcha vakolatlarni berish
nazarda
tutilmoqda:
🔹
davlat oliygohining
prorektorlarini
(mahalliy oliygohining filiali direktor oʻrinbosarlarini) oliy taʼlim tashkiloti
rektori tomonidan lavozimga tayinlash;
🔹
oʻz tizimidagi
ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari
rahbarlari,
akademik litseylar
direktorlarini
lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish
;
🔹
kafedralar shtat birliklari hamda professor-oʻqituvchilar
oʻquv yuklamasining minimal miqdorlarini
belgilash;
🔹
2027/2028-oʻquv yilidan boshlab
magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda
mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash
;
🔹
oʻqishi koʻchirilgan, qayta tiklangan, akademik mobillikdan qaytgan talabalarning oʻzlashtirilgan
kreditlarni tan olish, aniqlangan farqlarni topshirish
tartibini belgilash;
🔹
xorijiy fuqarolarni
oʻqishga qabul qilish shartlari va muddatlarini belgilash
, ularga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan
grant kvotalarini ajratish va stipendiya belgilash
;
🔹
chet el fuqarolari uchun
kontrakt toʻlovlari
boʻyicha
chegirmalar berish
;
🔹
xalqaro reyting tashkilotlari bilan
oliygohni xalqaro reytingga kiritish boʻyicha
xizmatlar koʻrsatish uchun
toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish
.
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️
Bakalavriatni xorijiy tilda yakunlagan talabalar magistraturaga sertifikatiz qabul qilinad
i
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi negizida
Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi
tashkil etiladi.
🧾
Davlat OTMning
bakalavriat
taʼlim yoʻnalishlariga ajratilgan
grant kvotalarining toʻlmay
qolgan qismi hisobidan
har yili 500 nafargacha
iqtidorli chet el fuqarolariga grant
(oʻqish xarajatini qoplash va maxsus stipendiya)
berishni nazarda tutuvchi
“Yangi Oʻzbekiston stipendiyasi”
dasturi
amalga oshiriladi.
📝
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab
xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish
“Study in Uzbekistan” platformasi
orqali yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, qabul shartlari va tartibi
oliy taʼlim tashkiloti tomonidan mustaqil
belgilanadi.
🔅
Shuningdek, taʼlim dasturini
xorijiy tilda yakunlagan talabalar taʼlimning keyingi bosqichi uchun
hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi
sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi
.
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️
Prezident va nomli davlat stipendiyalarini olish mezonlari hamda tartibi
yangilandi.
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️
Bog‘cha va maktab
pedagog xodimlarining oʻrtacha ish haqi 2 baravar oshiriladi
Muhokama uchun e'lon qilingan Prezident Farmoni loyihasiga asosan pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida
2030-yilgacha:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining
o‘rtacha ish haqini
2 baravar oshirish
(2026-da 0,4, 2027-da 0,8, 2028-da 1,2, 2028-da- 1,6 hamda 2030-da 2,0 barobarga)
;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining
malakasini uzluksiz oshirish orqali 500 ming nafar pedagog
kadrlarni qamrab olish;
Ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha
davlat granti asosida tayyorlangan kadrlar ulushini 17 foizga yetkazish
rejalashtirilmoqda.
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi