
TALIM YANGILIKLARI | OLIY TA'LIM VAZIRLIGI
Ilmiy izlanishlaringizda foydali bo‘ladigan bir qator veb-saytlarni taqdim etyapmiz:
Google Scholar:
Ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar, kitoblar va boshqa ilmiy manbalarni qidirish imkonini beruvchi bepul qidiruv tizimi.
ResearchGate:
Olimlar va tadqiqotchilar uchun ijtimoiy tarmoq bo‘lib, unda ilmiy maqolalar almashish, hamkorlik qilish va savol-javoblar orqali bilim almashish mumkin.
Academia.edu:
Ilmiy maqolalar va tadqiqotlarni yuklash, ulashish va muhokama qilish uchun platforma.
JSTOR:
Turli fan sohalaridagi ilmiy jurnallar, kitoblar va boshqa akademik resurslarga kirish imkonini beruvchi raqamli kutubxona.
ScienceDirect:
Elsevier nashriyoti tomonidan taqdim etilgan ilmiy maqolalar va kitoblarga ega bo‘lgan katta ma'lumotlar bazasi.
❗️
Нуфузли хорижий олий таълим ташкилотларида илмий даража олган мутахассисларга ипотека кредити берилади
Ҳукумат қарори
(159-сон, 09.04.2026 й.)
билан “Нуфузли халқаро рейтинг ташкилотларининг рўйхатига киритилган хорижий олий таълим ташкилотларида илмий даража олган ёш мутахассисларга уй-жой сотиб олиш учун ипотека кредити ажратиш тартиби тўғрисида”ги низом тасдиқланди.
💸
Низомга кўра, Ўзбекистон ҳудудида бирламчи уй-жой бозоридан уй-жой сотиб олиш учун
БҲМнинг 2 150 бараваригача
10 йил
муддатга ҳар ойда қайтариш шарти билан кредит ажратилади.
📉
Кредит тижорат банки ҳисобидан йиллик
14 фоиз
ставкада ажратилади.
📝
Кредит олувчи
ЯИДХП
(
my.gov.uz
)
орқали давлат хизматидан электрон шаклда фойдаланиш учун рўйхатдан ўтади.
✅
Кредит олувчига кредит, у қуйидаги шартларнинг барчасига жавоб берганда ажратилади:
▫️
Ўзбекистон фуқароси бўлганда;
▫️
кредит олиш учун ариза билан мурожаат қилган кунда
35 ёшдан
ошмаганда;
▫️
кредит олувчи ушбу халқаро рейтинг ташкилотлари томонидан эълон қилинган рейтингда юқори
100 талик
рўйхатга киритилган хорижий олий таълим ташкилотларида илмий даража олганда;
▫️
кредит олувчининг хорижий олий таълим ташкилотларида илмий даража олганлиги ҳақидаги дипломи белгиланган тартибда
нострификация
қилинганда.
✍️
Кредит олувчи ипотека кредити ажратиш бўйича ЯИДХП орқали қуйидагиларни илова қилган ҳолда мурожаат қилади:
➖
кредит олиш тўғрисида
ариза;
➖
кредит олувчи томонидан сотиб олинадиган уй-жой бўйича
қурилиш ташкилоти билан тузилган
шартнома.
⏭️
Тижорат банки
3 иш куни ичида
унинг тўловга лаёқатини ўрганиб, уй-жой сотиб олиш учун унга ажратилиши мумкин бўлган кредит миқдори тўғрисида банк хулосасини Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигига тақдим этади.
⚠️
Бунда кредит сотиб олинадиган уй-жой қийматининг
80 фоизидан
ошмаслиги лозим.
🎓
📚
TA'LIM YANGILIKLARI | OLIY TA'LIM VAZIRLIGI
❗️
Штат қисқариши натижасида ходимлар ишдан бўшатилганда малакаси ва меҳнат унумдорлиги юқорироқ ходимлар ишда қолдирилади.
▪️
Малакаси ва меҳнат унумдорлиги бир хил бўлганда
қуйидагиларга
афзаллик берилади:
➖
қарамоғида
2 ёки ундан кўп киши
бўлган ходимларга;
➖
оиласида
мустақил иш ҳақи олувчи
бошқа ходим мавжуд бўлмаганларга;
➖
шу иш берувчида
узоқ муддат иш стажига эга
бўлганларга;
➖
малакасини ошираётган
ходимларга ҳамда ўқишни тамомлаган шахсларга;
➖
ушбу ташкилотда меҳнатда майиб бўлган ёки
касб касаллигига учраган
шахсларга;
➖
ногиронлиги бўлган
шахсларга;
➖
1941 – 1945 йиллардаги
уруш қатнашчиларига
ва имтиёзлар бўйича уларга тенглаштирилган шахсларга;
➖
меҳнатдаги ютуқлари учун рағбатлантиришларга эга ва
интизомий жазоларга эга бўлмаган
ходимларга;
➖
атом объектларидаги авариялар
оқибатида
зарар кўрган шахсларга.
🎓
📚
TA'LIM YANGILIKLARI | OLIY TA'LIM VAZIRLIGI
Green Universityda 20 dan ortiq bakalavr va magistratura yo‘nalishlari ochiladi.
Prezidentning 2026-yil 25-mart kuni qabul qilingan “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 110-son qarori qaroriga ko‘ra, TOP-300 talikka kirgan xorijiy OTM diplomiga ega Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida to‘liq stavkada ishlaydigan o‘qituvchilarga 200 foiz ustama to‘lanadi.
Unga ko‘ra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)ga uning tarkibidagi ta’lim hamda ilmiy tashkilotlar tuzilmalariga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Bunda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan dunyoning nufuzli QS, Times Higher Education va ARWU reytinglarida TOP-300 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari diplomiga ega bo‘lgan va “Green University” o‘quv jarayoniga to‘liq stavkada jalb qilingan o‘qituvchilarga 200 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.
Green University’da joriy etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati
Magistratura mutaxassisliklari
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab:
Barqaror rivojlanish
Barqaror moliya
Ekologiya huquqi
Sirkulyar iqtisodiyot
Atrof-muhit muhofazasi
Barqaror turizm
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab:
7. Yashil loyihalarni boshqarish
8. Atrof-muhit muhandisligi
2028/2029-o‘quv yilidan boshlab:
9. Barqaror shaharsozlik
10. Iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi
11. Barqaror energiya almashinuvi
2029/2030-o‘quv yilidan boshlab:
12. Atrof-muhit sohasida ommaviy kommunikatsiya
13. Ekologiya va sun’iy intellekt texnologiyalari
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida “Green University” uchun davlat granti bo‘yicha 100 ta, lekin umumiy qabul kvotasining 50 foizidan oshmagan miqdorda qabul kvotalarini ajratib boradi.
Shuningdek, 2026-yil 1-sentyabrga qadar “Science Oasis” tamoyili asosida oliy ta’lim tashkilotlarida yashil transformatsiya va iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha fakultet va kafedralar tashkil etiladi. “Ul Green Metric” xalqaro reyting tizimidan joy olgan dastlabki 5 ta oliygohga xalqaro reyting olish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.
🎓
📚
TA'LIM YANGILIKLARI | OLIY TA'LIM VAZIRLIGI
⚡️
OTMlarga qabul boshlanishiga atigi 2 oy qoldi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Ma'lumki, o'tgan yilidan boshlab davlat OTMlariga hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshirilyapti.
1️⃣
-bosqich:
O'tgan yili
5-iyundan 25-iyunga qadar
(shu kuni ham)
amalga
oshirilgan
. Amaldagi tartib bo'yicha bu yil ham shu sanada qabul boshlanishi kerak. Bu degani: abituriyentlar atigi 2 oydan keyin hujjat topshirishadi.
Avval hamma OTMga kirish uchun
imtihon topshiradigan fanlarini
tanlaydi. Kirish imtihonlari tugagach, 2-bosqich uchun hujjat topshirishadi.
2️⃣
-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng
15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar
.
🖥
Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar
kollej va (yoki) texnikum
ni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng
10 kun muddatda tanlaydi.
🎓
📚
TA'LIM YANGILIKLARI | OLIY TA'LIM VAZIRLIGI
Kontrakt narxlari ko'tariladi
Yangi o'quv yilidan boshlab davlat oliy ta'lim muassasalarida
amaldagi kontrakt miqdorlari o‘qitish xarajatlaridan ancha pastligi va bu OTMlarning imkoniyatlarini cheklab qo'yayotganligi sababli
kontrakt narxlari 20% gacha ko'tarilishi
rejalashtirilmoqda.
Yuqoridagi rasmda amaldagi kontrakt narxlari keltirilgan.
🎓
📚
TA'LIM YANGILIKLARI | OLIY TA'LIM VAZIRLIGI
Homilador va yosh bolali talabalar uchun yangi imtiyozlar belgilandi
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab homilador talaba-qizlar hamda 3 yoshgacha farzandi bor talabalarga ta’limda quyidagi yengilliklar
beriladi:
🔹
o‘qishni qayta tiklash:
Kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan chiqarilgan bo‘lsa, istisno tariqasida, fanlar farqini topshirish sharti bilan o‘qishga qaytish imkoni beriladi;
🔹
qo‘shimcha muddat:
Fanlar farqini mustaqil o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha vaqt va sharoitlar yaratiladi.
❓
Yaqin 3 oy ichida yana qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
➖
Akademik ta’tilga chiqqan talaba-onalarga
o‘z xohishiga ko‘ra onlayn
(masofaviy)
shaklda o‘qishni davom ettirish imkoniyati
yaratiladi.
➖
Masofaviy ta’lim yo‘nalishlari va qabul ko‘rsatkichlari aynan
ushbu toifadagi talabalar
uchun ko‘paytiriladi.
➖
Akademik ta’tilga chiqqan yoki o‘qishdan ketgan talaba-onalar bo‘yicha
alohida statistika
yuritiladi.
🎓
📚
TA'LIM YANGILIKLARI | OLIY TA'LIM VAZIRLIGI
Олий таълим, фан ва инновациялар тизимини такомиллаштириш юзасидан ишлаб чиқилган янги
чора-тадбирлар:
➖
“
U10 – Ўзбекистоннинг глобал даражадаги илғор университетлари
” дастури амалга оширилади. Дастур доирасида танлов асосида
10
та олий таълим ташкилотига
миллий тадқиқот университети
мақоми берилиб, уларда илмий
кластерлар
ташкил этилади.
Миллий тадқиқот университети мақоми берилган университетга илмий кластер ташкил этиш учун Илм-фанни молиялаштириш ва инновацияларни қўллаб-қувватлаш жамғармаси ҳисобидан
150 млрд сўмгача
маблағ ажратилади.
➖
2027
йилдан бошлаб олий таълим ташкилотларини уларнинг
миллий рейтингдаги натижаларига
кўра
молиявий
рағбатлантириш
тизими йўлга қўйилади.
Бунда университетлар таълим сифати, илмий фаолият, халқаро ҳамкорлик, рақамлаштириш ва битирувчилар бандлиги каби мезонлар асосида баҳоланади.
➖
Давлат гранти асосида
таълим олаётган талабалар учун олийгоҳларга ажратиладиган маблағлар миқдорини шакллантиришда ҳам янги ёндашувлар таклиф этилди. Эндиликда таълим йўналишининг мураккаблиги, меҳнат бозори эҳтиёжлари, университет рейтинги, ҳудудий омиллар ва профессор-ўқитувчилар меҳнатини рағбатлантириш каби кўрсаткичлар инобатга олинади.
➖
Илмий тадқиқотларни молиялаштиришнинг
янги тизими жорий этилиши кўзда тутилмоқда. Хусусан, давлат илмий дастурлари доирасида ажратиладиган маблағларнинг камида
50 фоизи устувор йўналишларга сарфланади
. Лойиҳаларни саралаш халқаро экспертиза, илмий-техник кенгашлар ва тармоқ корхоналари билан ҳамкорликда амалга оширилади.
🎓
📚
TA'LIM YANGILIKLARI | OLIY TA'LIM VAZIRLIGI
📌
O'tgan yili magistraturaga grant o'qigan xotin-qizlar diqqatiga
❗️
Grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan, agar magistr xotin-qizlar 1 o'quv yilida grant o'qib, ikkinchi yil kontrakt bo'lib qolsa, kontraktlarni davlat qoplab bermaydi. O'z hisobidan o'qiydi. Ya'ni har qanday talaba, 1 yilda 1 ta imtiyozdan foydalanish huquqiga ega
❗️
Bu yerda tanlovda ishtirok etgan magistr xotin-qizlar nazarda tutilgan
✅
🎓
📚
TA'LIM YANGILIKLARI | OLIY TA'LIM VAZIRLIGI
Kontrakt miqdorlari oshishi kutilmoqda.
Aytishlaricha, joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarida kontrakt miqdorlari
20 foizgacha
oshishi mumkin.
Buning asosiy sababi — amaldagi kontrakt miqdorlari o‘qitish xarajatlaridan ancha past bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarida reinvestitsiya qilish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
Sodda qilib aytganda, yangi kitoblar, laboratoriya jihozlari yoki zamonaviy uskunalar xarid qilish uchun oliygohlarda yetarli moddiy resurslar bo‘lishi zarur.
🎓
📚
TA'LIM YANGILIKLARI | OLIY TA'LIM VAZIRLIGI