Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Tarix va Biz 📜

Tarix_va_biz_official
🕰️ Tarix va biz – Har bir postda tarixiy faktlar, hayratlanarli voqealar va qadimiy sirlar. Inshaalloh 10k ☎️ Murojat uchun: @Sirli_Tarixdan
Subscribers
4 330
24 hours
-4 319
30 days
160
Unusual 24 hours growth
Post views
952
ER
0,18%
Posts (30d)
47
Characters in post
1 387
December 09, 07:02
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Ilk Jarrohlik va Qosim Al-Zahravi
💉
Jarrohlik sanʼati qadimdan mavjud bo‘lib, turli xalqlarda rivojlangan. Lekin Islom olamida u ilmiy asosda tizimli tarzda rivojlantirilgan. Shu sohada
10
-asrda yashagan atoqli olim Qosim Al-Zahravi (Abul-Qosim Al-Zahravi, Albucasis) alohida ajralib turadi.
Al-Zahravi “Al-Tasrif” nomli
30
jildlik asarida jarrohlikning barcha asosiy usullarini va asboblarini batafsil bayon qilgan. U skalpel, jarrohlik qaychisi, igna kabi asboblarni ishlab chiqqan va tizimli ishlatishni tavsiya qilgan. Shu bilan birga, teriga o‘z-o‘zidan singib ketuvchi ketgutni joriy qilgan, bu bugungi kunda ham jarrohlikda qo‘llanadi.
Shu tariqa, Qosim Al-Zahravi nafaqat Islom olamida, balki butun dunyoda jarrohlikning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan va “Jarrohlikning otasi” sifatida tarixda qoldi.
Do‘stlarizga ulashing
🕊
☑️
@Tarix_va_biz_official
- obuna boʻling!

December 09, 03:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Qanday qilib 300 nafar Ko‘kturk jangchisi 80 minglik Xitoy qo‘shinini mag‘lub etgan?
😐
VII
asr atrofida Xitoyning Tang sulolasi shimoldagi keng dashtlarni bo‘ysundirish maqsadida ulkan lashkar — qariyb
80
ming askardan iborat qo‘shin yubordi. Ular og‘ir zirhlar kiygan, uzun nayzalar ko‘targan, qat’iy jang tartibida saf tortgan edi.
Ularning qarshisiga esa atigi
300
nafar Ko‘kturk otliqlari chiqdi. Xitoy qo‘mondoni va lashkarboshilari kulib, bu oz sonli jangchilarni mensimadilar:
“Bu uch yuz yovvoyi kim bo‘libdi? Bizni to‘xtatmoqchi ekanmi!”
Ammo Ko‘kturklar dasht urush san’atini mukammal bilishardi. Ular jangda quyidagi noyob taktikalarni qo‘llashdi:
🔢
Yolg‘on chekinish:
Jangboshlanishi bilan Ko‘kturk otliqlari orqaga chekingandek bo‘ldilar. Buni g‘alaba deb o‘ylagan Xitoy qo‘shini safni buzgani holda ularni quvishga tushdi. Ammo bu — Ko‘kturklarning eng qadimgi hiylasi edi.
🔢
Chidamli otlar va yashin tezligidagi harakat:
Ko‘kturk otlari dasht sharoitiga moslashgan, chidamli va nihoyatda tez edi.
300
otliq turli tomondan yashin tezligida hujum qilib, yana izsiz g‘oyib bo‘lib qolardi. Og‘ir zirhli Xitoy qo‘shini esa ularga yetisha olmasdi.
🔢
O‘q-yoy ustaligi “o‘qlar yomg‘iri”
Ko‘kturk kamondorlari har bir hujumda o‘qlarni yomg‘ir misol yog‘dirar, Xitoy askarlari esa tartibni tiklashga ulgurmasdi. Og‘ir qurollangan qo‘shin bunday ildam zarbalarga qarshi ojiz qoldi.
🔢
Kutilmagan tungi hujumlar:
Ko‘kturklar tunda ham hujum qilib, dushmanni ruhiy jihatdan sindirishdi. Har safar turlicha joydan zarba berish Xitoy qo‘shinini chorasiz qoldirdi.
Bu voqea tarixda Ko‘kturklarning harbiy mahorati va dasht strategiyasining eng yorqin namunasidan biri sifatida eslanadi.
Ko‘kturklarning g‘alabasi shuni ko‘rsatdiki: urushda g‘alaba har doim son bilan emas — san’at, mahorat va aql bilan bo‘ladi.
Do‘stlarizga ulashing
🕊
☑️
@Tarix_va_biz_official
- obuna boʻling!

December 08, 13:54
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

"Kim Xitoyga kirsa, u Xitoyning ichida erib ketadi"
🇨🇳
Aytgin:
Allohim! Barcha podshohlikning egasi! Xohlagan kishingga podshohlik berursan va xohlagan kishingdan podshohlikni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan, xohlagan kishingni xor qilursan. Barcha yaxshilik Sening qo'lingda. Albatta, Sen har bir narsaga o'ta qodirsan.
Oli Imron 26-oyat
Tarixda haqiqatdan ham Xitoy madaniyati juda kuchli singdiruvchi kuchga ega bo'lgan. Masalan: Hunlar, uyg'urlar, hatto mo'g'ullar ham Xitoyga kirib, asta-sekin xitoylashib ketgan. Chingizxonning nabiralari Xitoyda Yuan sulolasini tuzib hukmron bo'lishdi, lekin keyingi avlodlar xitoy madaniyatini qabul qilib yubordi.
Amir Temur
1405-
yilda Xitoyga katta yurishga chiqib, O'tror (Sirdaryo bo'yida)da vafot etdi. Tarixchilarning yozishicha, Temur bu yurishda Xitoyni musulmon dunyosiga bo'ysundirishni xohlagan edi. Ammo bu niyat nasib etmadi. Muhammad Shayboniyxon ham Xitoyga yurish niyatida, lekin uni ichki siyosiy nizolar va Eron bilan urush chalg'itib qo'ygan. Abbosiylar Xalifaligi Talas jangida, Xitoy qo'shinini mag'lub etdi, Qo'qon Xonligi sharqiy Turkistonga chuqur kirib bordi. Ammo ular ham, Xitoyga to'liq kirmay chegaradan qaytib ketishdi. Musulmon hukmdorlarning birortasini ham Xitoyga yurishi to'laligicha amalga oshmagan.
Payg'ambarimiz ham Makka, Xaybar, Fors, Rum, Misr, Shom, Yaman, Fors (Eron) va Rum (Vizantiya) fath qilinishi haqida aytib o'tgan, ammo Xitoy fatxi haqida hech narsa demagan. Lekin
" ilmni Chin (Xitoy)da bo'lsa ham izlab oling "
degan rivoyat bor. Xitoyga kirgan ko'plab ko'chmanchilar oxir-oqibat xitoylashib ketgan. Amir Temur ham, Shayboniyxon ham Xitoyni zabt eta olmagan - bu Allohning qismati va hikmati sifatida ko'riladi. Shu sababli musulmon olamida Xitoy ustidan to'liq hukmronlik hech qachon o'rnatilmagan.
Do‘stlarizga ulashing
🕊
☑️
@Tarix_va_biz_official
- obuna boʻling!

December 08, 04:20
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
Konstitutsiya — xalq tarixining eng muqaddas sahifasi
Bugun — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.
Bu sana shunchaki huquqiy hujjat tug‘ilgan kun emas. Bu — xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilashga bo‘lgan irodasi tarixda naqshlangan kun.
Konstitutsiya — bu o‘tgan tarix, bugungi taraqqiyot va kelajak orzularini birlashtirgan xalqning buyuk irodasi.
Unda shunday jumlalar borki, ular o‘zbek xalqining ming yillik tarixidan kuch oladi:
📜
“O‘zbekiston xalqi… o‘zining tarixiy qadriyatlariga sodiq holda…”
Bu satrlar xalqning ildizlari qanchalik chuqur ekanini eslatadi.
Bu yer — Amir Temur adolati, Mirzo Ulug‘bek ilmi, jadidlarning ma’rifati bilan boyigan zamin.
📜
“O‘zbekiston Respublikasi… xalqning davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekanligini e'lon qiladi.”
Bu esa tarix davomida erkinlik uchun kurashgan avlodlarning orzusi amalga oshganini ko‘rsatadi.
📜
“Madaniy merosni asrash davlatning ustuvor vazifalaridan biridir.”
Bu band — bizning tariximiz, qadimiy shaharlarimiz, buyuk allomalarimiz ruhini asrab-avaylash majburiyatimiz ekanini ta’kidlaydi.
Konstitutsiya — bu faqat qonun emas.
U — xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi tilga kirgan kitob.
Tarixni bilgan xalqgina o‘z Konstitutsiyasining qadriga yetadi.
Konstutsiya bayrami uchun bitta reaksiya bosib keting
🇺🇿
☑️
@Tarix_va_biz_official
- obuna boʻling!

December 07, 03:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Parij, Fransiya, 1905-yil: inson hayvonot bog‘i.
Inson hayvonot bog‘lari asosan Yevropa va Amerikada mavjud bo‘lib, u yerlarda osiyoliklar hamda Amerika tub aholisi namoyish etilgan.
So‘nggi "inson hayvonot bog‘i" Bryussel, Belgiyada joylashgan edi. U
1958
-yilda yopildi. Atigi
67
yil oldin.

Do‘stlarizga ulashing
🕊
☑️
@Tarix_va_biz_official
- obuna boʻling!

December 07, 03:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Akmal Ikromov — zulmat davrida millat uchun kurashgan arbob
Akmal Ikromov
1919–1924
yillarda imkoniyatlari chegaralangan bo‘lishiga qaramay, o‘zbek xalqining manfaatlari yo‘lida Markaz siyosatiga qarshi kurash olib borgan siyosiy arboblardan biridir. Uning faoliyati sovet tizimining qat’iy buyruqlari, O‘rta Osiyo byurosining cheklovlari ostida kechgani bois, u ko‘p hollarda majburiy ravishda Moskva ko‘rsatmalariga bo‘ysungan.
1925–1927
yillarda Ikromov “o‘n sakkizlar guruhi”, shuningdek, ino‘gomovchilik g‘oyalariga qarshi mafkuraviy kurashni boshqargan. Shu yillarda u O‘zbekistonda yer-suv islohoti, majburiy jamoalashtirish siyosati, zamonaviy sanoat asoslarini barpo etish kabi yirik tadbirlarning markazida bo‘lgan.
U jadidlarni “burjua millatchiligi”da ayblagan bo‘lsa ham, aslida Ikromovning o‘zi ham sovet tizimining temir panjasi ostidagi siyosatchi edi. Bolshevik mafkurasidan chekinmagan bo‘lsa-da, mustabid tuzum qatag‘onchilari uni ham ayab o‘tirmadilar.
1937
-yil sentabrda u Toshkentda hibsga olinadi. Keyinchalik Moskva sudida unga “O‘ng trostkiychi blok” ishi bo‘yicha tuhmat qilinib, sobiq SSSRni parchalash, jumladan O‘rta Osiyo respublikalarini ajratib olish, davlat tuzumini ag‘darish, kapitalistik tartibni tiklash kabi uydirma ayblar qo‘yildi. Oxir-oqibatda u otib tashlandi.
Oradan yigirma yildan ortiq vaqt o‘tgach,
1957
-yil
3
-iyunda SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi Akmal Ikromovni aybsiz deb topdi va u to‘liq oqlangan.
Do‘stlarizga ulashing
🕊
☑️
@Tarix_va_biz_official
- obuna boʻling!

December 06, 13:05
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Toshning uzoq safarlari
💎
Tarixiy manbalarga ko‘ra, bu nodir tosh avval Temuriylar xazinasida bo‘lgan, keyin Boburiy imperatorlar qo‘liga o‘tgan. Shundan so‘ng esa uning sarguzashtlari yanada dramatik tus oladi:
🟤
1739
-yil — Nadirshoh bosqinidan so‘ng
Eron hukmdori Nadirshoh Dehlini bosib oladi va Mug‘allar xazinasini egallaydi. Minglab javohirlar orasida biz so‘zlayotgan shu qizil tosh ham bor edi.
🟤
Nadirshoh vafotidan so‘ng
Tosh uning merosxo‘rlariga, keyin esa Afg‘on taxtiga o‘tadi.
🟤
XIX
asr — Panjob sultoni Ranjit Sing davrida
Tosh yana qo‘l o‘zgartiradi — bu safar sikhlar hukmdori Ranjit Sing xazinasiga kiradi.
🟤
1849-
yil — Britaniya Hindistonni egallagan payt Inglizlar Panjobni qo‘shib oladi. Ranjit Singning xazinasi, shu jumladan “ Timur Yoquti ” ham Britaniya ixtiyoriga o‘tadi.
Shu tariqa tosh London sari yo‘l oladi…
Bugun esa u Britaniya Qirollik Bezaklari orasida, butun dunyodan kelgan mehmonlarning nigohi ostida yashab turibdi.
Toshning siri nimada?
Uning ustiga o‘yilgan yozuvlarda Temur avlodlaridan to‘rt shahzoda nomi bitilgan.
Toshning rangi, vazni va tarixiy yo‘li uni dunyodagi eng noyob spinellardan biriga aylantirgan.
U Ramziy ma’noda Markaziy Osiyodan boshlangan ulkan saltanatlar tarixini ichiga yashirgan gavhar.
Do‘stlarizga ulashing
🕊
☑️
@Tarix_va_biz_official
- obuna boʻling!

December 06, 03:05
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Amir Temurning 361 karatli yoquti.
Bu tosh Amir Temurdan keyin Shohruxga, undan so‘ng Mirzo Ulug‘bekka tegishli bo‘lgan. Britaniyaliklar Hindistonni bosib olganida uni Angliyaga olib ketishgan. Bu tosh hozirda Buyuk Britaniyada.
U yerga qanday borib qolganini taxmin qilib ko‘ringchi.
🤔
Do‘stlarizga ulashing
🕊
☑️
@Tarix_va_biz_official
- obuna boʻling!

December 05, 07:54
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Tarix..
Ibn Xaldun quyidagi jumlalarni yozadi:
" Zotan tarix bir qarashda faqat siyosiy voqealar,sulolalar va o'tmishdagi hodisalar haqidagi ma'lumotlardek tuyuladi.Ammo u bizga insoniyat hayotidagi voqealarni tushunishga yordam beradi....Tarixning qa'riga nazar tashlaganimizda ,u voqealarning sabablarini va ularning kelib chiqishini teran tahlil etish,mavjud narsalarning qanday va nima sababdan yuzaga keganligini nozik tarzda anglashni o'z ichiga olishini ko'rishimiz mumkin.Shuning uchun ham tarix falsafa ichiga chuqur o'rnashgan deyishimiz va unga falsafaning bir bo'lagi sifatida qarashimiz joiz."
"Muqaddima"
kitobidan...
Do‘stlarizga ulashing
🕊
☑️
@Tarix_va_biz_official
- obuna boʻling!

December 04, 09:12
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Islom va ilm-fan tarixiga tamal toshi qo‘ygan
buyuk allomalarimiz
📚
Insoniyat taraqqiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan allomalar ko‘p, ammo ulardan ba’zilari bor-ki, ularning nomi bir necha asrlar davomida nur sochib kelmoqda. Quyida ana shunday buyuk siymolarning qisqa, ammo mazmunli ta’rifi keltiriladi.
🔢
Imom Buxoriy — Hadis ilmining sultoni:
600 mingdan ortiq hadisni yod olgan ulug‘ muhaddis. “Al-Jome’ as-Sahih” esa dunyodagi eng ishonchli hadis to‘plami sifatida tan olingan.
🔢
Imom Termiziy — Hadis va fiqh ustozi:
“Jome’ at-Termiziy” asari islom fiqhining eng asosiy manbalaridan biri bo‘lib, musulmon dunyosida ulkan nufuzga ega.
🔢
Ibn Sino — Tibbiyot dahosi:
“Tib qonunlari” ming yildan ortiq muddat tibbiyotning bosh darsligi bo‘lib keldi. U falsafa, mantiq va tabiiy fanlarda ham beqiyos meros qoldirgan.
🔢
Al-Xorazmiy — Algebra otasi:
“Al-jabr val-muqobala” asari orqali algebra faniga asos soldi. “Algoritm” atamasi ham uning ismiga borib taqaladi.
🔢
Al-Farg‘oniy — Astronomiya yetakchisi:
Yer o‘lchamlari, Quyosh va Oy harakatlari haqidagi aniq hisob-kitoblari Yevropada asrlar davomida darslik bo‘lib xizmat qildi.
🔢
Al-Beruniy — Ensiklopedik daholar dahosi:
150 dan ortiq asarlar muallifi. Hindiston sivilizatsiyasi, geografiya, mineralogiya, fizika, astronomiya — qaysi sohaga nazar tashlamang, unda Beruniyning izini topasiz.
🔢
Imom Moturidiy — Aqida ilmi peshvosi:
Sunniy aqidaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Moturidiya maktabining asoschisi. Ilmiy mulohazalari bugungi kunda ham o‘z kuchini yo‘qotmagan.
🔢
Forobiy — “Ikkinchi ustoz”
Aristoteldan keyingi eng ulkan faylasuf. Musiqa nazariyasi, mantiq, siyosiy falsafa borasida ulkan ilmiy tizim yaratgan.
🔢
Imom G‘azzoliy — Tasavvuf va ma’naviyat dahosi:
“Ihyou ulumiddin” islom ma’naviyati va axloqiy hayotining eng yuksak manbalaridan hisoblanadi.
🔢
Ibn Rushd — Falsafaning yirik namoyandasi:
Aristotelga yozgan sharhlari Yevropa uyg‘onishiga kuchli turtki bergan. Uning ilmiy merosi hali-hanuz tadqiq etiladi.
🔢
Jabir ibn Hayyon — Kimyo fanining otasi:
Laboratoriya uslublari, eritmalar, kislotalar, distillatsiya jarayonlari — barchasi uning yuksak ilmiy tajribalaridan boshlangan.
🔢
Ibn Nafis — Tibbiyot kashfiyotchisi:
Inson qon aylanishining kichik doirasini, ya’ni o‘pka orqali qon o‘tishini birinchi bo‘lib kashf etgan olim.
🔢
Nasriddin Tusi — Astronomiya yulduzi:
Marag‘a rasadxonasini barpo etdi. Trigonometriyani mustaqil fan sifatida shakllantirgan ulkan alloma.
🔢
Umar Xayyom — Shoir va matematik:
Algebra, geometriya, taqvim islohoti bilan mashhur. Ruboiylari esa dunyo adabiyotining bebaho durdonalari.
🔢
Al-Kindiy — Arab falsafasining otasi:
100 dan ortiq asarlar muallifi. Matematika, musiqa, kimyo, tibbiyot va falsafada chuqur iz qoldirgan.
🔢
Ibn Xaldun — Sotsiologiyaning asoschisi:
“Muqaddima” asari jamiyatshunoslik, tarix va iqtisod ilmining eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi.
🔢
Ar-Roziy — Tibbiyot va kimyo ustasi:
Kasalliklarni tasniflashda yangi tizim yaratgan, spirtni ajratib olish usullarini ishlab chiqqan buyuk olim.
🔢
Mirzo Ulug‘bek — Astronomlar sultoni:
Samarqand rasadxonasini qurdirgan, “Zijji Ko‘ragoniy” orqali yulduzlar harakati va osmon ilmini ulkan darajada rivojlantirgan.
🔢
Ibn Battuta — Eng buyuk sayohatchi:
30 yil davomida 120 ming kilometr yo‘l bosib o‘tgan. Uning safarnomalari butun dunyo uchun bebaho tarixiy manbadir.
🔢
Al-Jazariy — Mexanika va robototexnika otasi:
Suv soatlari, murakkab mexanizmlar, uch o‘lchamli chizmalar — barchasi kelajak texnologiyalarining poydevori bo‘ldi.
BUYUK ISLOM OLIMLARIMIZ UCHUN BIR REAKSIYALARNI BOSIB TASHLAYLIKCHI
☪️
☑️
@Tarix_va_biz_official
- obuna boʻling!