
TDTU_TALABALAR SHAHARCHASI
⚡️
Prezident
tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilingan yangi
Farmon va Qarordagi
eng muhim tashabbuslar bilan tanishing:
1.
20 ming nafar yosh tadbirkor xorijning
Garvard, Stenford, London
biznes maktabi kabi nufuzli ta’lim muassasalari dasturlari asosida o‘qitiladi;
2.
1 000 nafar tadbirkorga
500 million
so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi (6 oylik imtiyozli davr bilan);
3.
Xorijiy tildan
C1 darajadagi
sertifikati bor yoshlar uchun tadbirkorlikni tashkil etishdagi davlat xizmatlari to‘lovlari
50 foizga
arzonlashadi;
4.
Xorijiy tildan kamida
B2 sertifikati
bor yoshlar uchun chet elga chiqish pasportini olish boji
50 foizga
kamaytiriladi;
5.
Har yili kamida
10 mingta yosh oila
imtiyozli ipoteka
asosida uy-joy bilan ta’minlanadi;
6.
Oyiga 10 mingdan ortiq
kitob sotadigan
tadbirkorlarga
1 milliard so‘mgacha
imtiyozli ssuda ajratiladi;
7.
Chekka hududlarda til markazi ochgan va uni kengaytirmoqchi bo‘lgan yoshlarga 300 million so‘mgacha (730 BHM) foizsiz ssuda beriladi;
8.
“Yilning eng faol yosh xodimi”
tanlovi g‘oliblari bo‘lgan
100 nafar yosh
xodim har yili alohida mukofotlanadi;
9.
Yoshlarning volontyorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun
100 million so‘mgacha
grantlar ajratiladi;
10.
“TOP-100 kitobxon”
tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar
10 million
so‘m (25 BHM) miqdorida rag‘batlantiriladi;
11.
Nodavlat ta’lim markazlarining eng yaxshi o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi;
12.
“Yoshlar bilan bir kun”
aksiyasi orqali har yili 10 ming nafar yosh davlat rahbarlari va mutasaddilari bilan bevosita tajriba almashadi;
13.
Olis hududlardagi xususiy ta’lim markazlari uchun ijtimoiy soliq va daromad
solig‘i stavkalari 1 foiz
etib belgilanadi (2031-yilgacha);
14.
Har yili sentabr oyida
“Yoshlik – hayotning baxtli va oltin davri”
shiori ostida umummilliy yoshlar festivali o‘tkaziladi;
15.
Xususiy ta’lim markazlariga o‘zlari ishlab chiqqan dasturlar asosida ta’lim berishga ruxsat etiladi;
16.
Ijtimoiy faol yoshlar uchun davlat tashkilotlarida
haq to‘lanadigan stajirovka
tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
17.
Har bir hududda kamida bittadan turizm, gastronomik va kitobxonlikka ixtisoslashgan
“Yoshlar sayilgohi”
ko‘chalari tashkil etiladi;
18.
Davlat organlarida
3 yillik
stajga ega
yosh mutaxassislarning
lavozimda ko‘tarilish ulushi 30 foizga oshiriladi;
19.
Eng yaxshi yosh yozuvchi va shoirlar uchun
“Ilg‘or ijodkor”
Prezident mukofoti beriladi;
20.
Mahalla va tuman darajasida
yoshlar infratuzilmasi
(kutubxona, sport obyekti, kinoteatr) bo‘yicha majburiy minimal standartlar joriy etiladi;
21.
Tibbiy, ekologik, ta’lim va sport kabi yo‘nalishlarda kasbiy volontyorlik ixtisosliklari joriy etiladi;
22.
Yosh tadbirkorlar uchun tijorat banklari orqali
bepul biznes-rejalar
tayyorlab beriladi;
23.
Yosh oilalar uchun
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan maxsus hududiy forumlar tashkil etiladi;
24.
Zamonaviy kasblarni o‘qib sertifikat olgan yoshlarning
o‘qish xarajatlari davlat
tomonidan qoplab beriladi;
25.
Xalqaro va xorijda tan olinadigan kasbiy imtihon (sertifikat) tizimlarini joriy etish qo‘llab-quvvatlanadi;
26.
Xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda 100 ming nafar yosh kelajak va zamonaviy kasblarga o‘qitiladi;
27.
Mahallalarda yoshlar tashabbusi bilan amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalar soni 2 mingtaga yetkaziladi;
28.
Milliy kibersport musobaqalari o‘tkazilib, unga 50 ming nafar yosh qamrab olinadi;
29.
Yoshlarning ruhiy salomatligini himoya qilish uchun respublika bo‘ylab
24/7 ishlovchi bepul koll-markazlar
tashkil etiladi;
30.
Maktablarda eng quyi sinflardan boshlab kasbga yo‘naltiruvchi maxsus
“Kasblar olami”
dasturlari joriy etiladi;
31. Har ikki yilda 12-avgust – Xalqaro yoshlar kunida
“Avlodlar muloqoti”
xalqaro yoshlar kongressi o‘tkaziladi;
32.
Elektron platformalar orqali
har yili 600 ming nafar yoshning bandligini
ta’minlash choralari ko‘riladi.
@talim_yangiliklar_uz
✅
🔵
YANGI KUN
Assalomu alaykum boshlangan kuningiz hayrli va barokatli boʻlsin.
_________
🔵
NEW DAY
Assalamu a
laykum, may your day be happy and blessed.
@tdtu_talabalar_shaharchasi
📚
"Boy ota, kambagʻal ota" kitobi asosida SO’ROVNOMA!
Hurmatli talabalar!
Siz bilan birga mashhur
Robert kiyosagining
"Boy ota, kambagʻal ota"
kitobi asosida kichik so‘rovnoma o‘tkazmoqdamiz.
Maqsad:
Talabalarning ijtimoiy faollik indeksini baholash jarayonida ularning
kitobxonlik madaniyatini oshirish
, tanlangan badiiy va ilmiy adabiyotlarni
o‘qib o‘rganish
hamda
kitob mutolaasi orqali ball to‘plash
imkoniyatini yaratish.
Bilim sari yo‘lingiz biz bilan bo‘lsin:
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
Youtube