Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

TerDPI rasmiy telegram sahifasi

TerDPI
Termiz davlat pedagogika institutining ilmiy-tahliliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy telegram kanaliga xush kelibsiz! https://t.me/Azizbek_Xasanov_Baxtiyarovich https://instagram.com/terdpi_rasmiy Murojaat bot: https://t.me/TerDPI_rektoriga_murojaat_bot
Subscribers
8 100
24 hours
170
30 days
-590
Post views
832
ER
14,05%
Posts (30d)
203
Characters in post
816
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 22, 17:42
Media unavailable
10
Show in Telegram

Termizda talaba yoshlar oʻrtasida “Vazir kubogi” futbol musobaqasi boshlandi
22-aprel kuni Termiz davlat universitetida talaba yoshlar, xususan qizlar oʻrtasida futbol boʻyicha nufuzli
“Vazir kubogi” musobaqasi
ning tantanali
ochilish marosimi
boʻlib oʻtdi. Mazkur sport tadbirida mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan
14 ta jamoa ishtirok etmoqda.
Musobaqaning asosiy maqsadi
xotin-qizlarni sportga keng jalb etish,
ularning jismoniy faolligini oshirish hamda yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishdan iborat. Shuningdek, ushbu musobaqa orqali
talabalar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni mustahkamlash va sogʻlom raqobat muhitini
shakllantirish koʻzda tutilgan.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qoʻngʻirotboy Sharipov
soʻzga chiqib, mazkur musobaqaning ahamiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi.
— Bugungi tadbirlar doirasida talaba-qizlar oʻrtasida futbol sport turi boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqalarining tashkil etilayotganida oʻziga xos ramziy maʼno bor. Chunki, bugun Davlatimiz Rahbari tomonidan xotin-qizlarimizga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasidagi islohotlar har bir taʼlim muassasasida oʻzining amaliy ifodasini topishi lozim, — dedi vazir.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/156787
👉
На русском
👉
In English
#sport_haftaligi
#Vazir_kubogi
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 22, 11:16
Media unavailable
10
Show in Telegram

Jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish uchun yangi tashabbuslarga start berildi!
Xabar berganimizdek, bugun
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
hamda
Sport vazirligi
hamkorligida tashkil etilgan oʻquv-amaliy seminar va sport haftaligi boshlandi.
2026-yil 7-aprel kuni
Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan videoselektor
yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan o'quv-amaliy seminarida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qoʻngʻirotboy Sharipov,
Sport vaziri
Adham Ikramov
hamda Surxondaryo viloyati hokimi
Ulugʻbek Qosimov
ishtirok etishdi.
Yig'ilishda jismoniy tarbiya va sportni oliy taʼlim tizimi bilan uzviy bogʻlash,
talabalar oʻrtasida sogʻlom va faol hayot tarzini shakllantirish,
sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bugungi kunning ustuvor yoʻnalishlaridan ekani alohida qayd etildi.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/156623
👉
На русском
👉
In English
#sport_haftaligi
#seminar
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 22, 11:13
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#Vazir_kubogi
#Futbol
#Qizlar_futboli
“Vazir kubogi” bahslarda TerDPI qizlar jamoasi
Termiz davlat universitetida oʻtkazilayotgan “Vazir kubogi” sport musobaqalari doirasida qizlar oʻrtasidagi futbol bellashuvlari ham yuqori ruh va murosasiz kurashlarga boy tarzda davom etmoqda.
✍️
TerDPI matbuot xizmati

Facebook
🌐
Veb sayt
📹
Youtube
🌐
Instagram

Telegram

April 22, 04:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

#sport
#10ming_qadam
Rektorlar marafoni: Termizda salomatlik sari o‘n ming qadam tashlandi
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 22, 04:05
Media unavailable
2
Show in Telegram

REKTORLAR MARAFONI: SALOMATLIK SARI O‘N MING QADAM
Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan o‘quv-amaliy seminar va sport haftaligi doirasida erta tongda “Sog‘lom hayot uchun o‘n ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida o‘tgan ushbu marafonda respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari qatorida Termiz davlat pedagogika instituti rektori A.Xasanov hamda institut jamoasi vakillari ham faol ishtirok etdilar.
✍️
TerDPI matbuot xizmati

Facebook
🌐
Veb sayt
📹
Youtube
🌐
Instagram

Telegram

April 22, 03:44
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

REKTORLAR MARAFONI: SALOMATLIK SARI O‘N MING QADAM
Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan o‘quv-amaliy seminar va sport haftaligi doirasida erta tongda “Sog‘lom hayot uchun o‘n ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida o‘tgan ushbu marafonda respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari qatorida Termiz davlat pedagogika instituti rektori A.Xasanov hamda institut jamoasi vakillari ham faol ishtirok etdilar.
Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi rahbarlarning shaxsiy namunasi orqali yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, oliy ta’lim tizimida sport va jismoniy faollikni ommalashtirish, shuningdek, o‘zaro tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.
Quvonarlisi, Termiz davlat pedagogika instituti jamoasi ushbu sport haftaligi doirasidagi tadbirlarda faol qatnashib, sog‘lom turmush tarzi, jamoaviylik va faollik borasida munosib namuna ko‘rsatmoqda.
Sport haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
✍️
TerDPI matbuot xizmati

Facebook
🌐
Veb sayt
📹
Youtube
🌐
Instagram

Telegram

April 22, 03:35
Media unavailable
10
Show in Telegram

#sport
#10ming_qadam
Termizda rektorlar marafoni: salomatlik sari o‘n ming qadam
Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan o‘quv-amaliy seminar va sport haftaligi doirasida bugun, 22-aprel kuni erta tongdan
“Sog‘lom hayot uchun o‘n ming qadam”
shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng‘irotboy Sharipov
boshchiligida o‘tkazilgan ushbu marafonda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etdi.
Tashabbusning asosiy maqsadi —
rahbarlarning shaxsiy namunasi
orqali yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish va o‘zaro tajriba almashishdan iborat.
Sport haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 21, 15:24
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#Yangi_O‘zbekiston_talabalari_Olimpiadasi
🇺🇿
Termiz davlat pedagogika institutida “
Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi
” doirasida sportning Yengil atletika turi bo'yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
☄️
Mazkur sport musobaqalari talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning jismoniy salohiyatini oshirish hamda yurtimizda sportni yanada ommalashtirishga xizmat qildi.
✍️
TerDPI matbuot xizmati

Facebook
🌐
Veb sayt
📹
Youtube
🌐
Instagram

Telegram

April 21, 14:09
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

2026-yil 3-chorak uchun mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc) shakliga arizalar qabuli davom etmoqda.
Arizalar 2026-yil 15-apreldan 15-mayga qadar Yagona elektron tizim (
http://daraja.ilmiy.uz/
) orqali qabul qilinadi.
KERAKLI HUJJATLAR:
Shaxsni tasdiqlovchi pasport yoki ID karta nusxasi;
Shaxsiy ma’lumotnoma (obektivka);
Oliy ta’limning bakalavr, magistratura bosqichlari diplomi va ilovasi;
Mustaqil izlanuvchilik (PhD) uchun - ixtisoslikga mos 1 ta maqola va 2 ta tezis (URL manzili bilan);
Mustaqil izlanuvchilik (DSc) uchun - ixtisoslikga mos 3 ta maqola va 2 ta tezis (URL manzili bilan);
Fan nomzodi (PhD) diplom nusxasi (Mustaqil izlanuvchilik DSc shakli uchun).
Mustaqil izlanuvchilikga Xorijiy til sertifikati talab etilmaydi.
Termiz davlat pedagogika institutida mavjud ixtisosliklar:
02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi;
10.00.02 – O‘zbek adabiyoti;
11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi;
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha);
19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya psixologiya;
19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
Ariza topshirish yoʻriqnomasi
🎓
@Ilmiy_faoliyat_TerDPI
✍️
TerDPI matbuot xizmati

Facebook
🌐
Veb sayt
📹
Youtube
🌐
Instagram

Telegram

April 21, 13:50
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#Teatr_vaqti
🎭
Teatr - madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskani
➡️
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun
TerDPI
talaba-yoshlari
Surxondaryo viloyati san’at saroyi binosida
bo'lishdi. Sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni inʼom etadi. Teatr esa oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat va maʼrifat maskanidir.
⭐️
Viloyat musiqali drama teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan
“Makr va muhabbat”
nomli spektaklda bugungi kunning dolzarb muammolari haqida so‘z boradi. Spektaklda qahramonlar mehnat qilmasdan oson pul topish yo‘liga o‘tib, adashishganligini kech anglaydi.
📎
Teatr tomoshasi yig'ilganlarga o'zgacha taassurot qoldirdi.
✍️
TerDPI matbuot xizmati

Facebook
🌐
Veb sayt
📹
Youtube
🌐
Instagram

Telegram