Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Tezkor | Rasmiy kanal

Tezkor
⚡️ Eng so'nggi va tezkor xabarlar birinchi bizda. 📩 Voqea guvohi bo'ldingizmi? Bizga yuboring: @tezkorobot 💰 Reklama va hamkorlik: @tezkorobot
Subscribers
7 490
24 hours
-40
30 days
300
Post views
571
ER
6,93%
Posts (30d)
296
Characters in post
412
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 28, 06:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik salkam 7 mln so‘mga yetdi, Toshkentda 11,7 mln so‘m
2026 yilning I choragida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,4%ga o‘sib, 6 mln 825,9 ming so‘mga yetgan.
Hududlar orasida eng katta maosh haliyam Toshkent shahrida — 11 mln 684,3 ming so‘m (+18,8%), eng past maosh esa Qashqadaryoda — 4 665,2 ming so‘m (+14,3%). Poytaxt va Qashqadaryodagi maoshlar o‘rtasidagi farq 2,5 baravardan oshgan (o‘tgan yilning shu davridagi farq 2,42).
Sohalar aro eng yuqori maosh bank-moliya sohasida saqlanmoqda — 15 847,9 ming so‘m (+19,8%). Eng past maosh esa sog‘liqni saqlashda — 3 626,1 ming so‘m (+11,1%).
Qiziq, Toshkentda o‘rtacha oylik salkam 12 mln so‘m bo‘lsa, shunda qani mening qolgan 10 mln so‘m oyligim?
Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉
@TEZKOR

April 28, 05:50
Media unavailable
3
Show in Telegram

⚡️
Yana bir potentsial avtoterrorchi. O‘ziga hamma narsa mumkin deb o‘ylasa kerak.
Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉
@TEZKOR

April 27, 14:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
2027 yildan boshlab O‘zbekistonda Yagona davlat imtihoni (YADIM) tizimi joriy etiladi
Bitiruv va universitetga kirish imtihonlarini birlashtirgan yagona davlat imtihonlari joriy etilmoqda.
Endi maktab o‘quvchilari ikkita majburiy fan — ona tili va matematika, shuningdek, mutaxassisligiga qarab ikkita tanlov fanidan imtihon topshiradilar
Imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish har yili 1 yanvardan 31 martgacha bo‘lib o‘tadi. Tizim 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab bir nechta hududlarda sinov rejimida ishga tushiriladi va 2027–2028 yillarda butun mamlakat bo‘ylab joriy etiladi.
Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉
@TEZKOR

April 27, 14:02
Media unavailable
5
Show in Telegram

⚡️
Har kuni ertalab va kechki payt mana shu holat
Kichik halqa yo‘lining mashina yurishi taqiqlangan qismidan o‘zicha aqllilik qilib, hammadan oldinga o‘tib olib, svetoforda yana qatorga qo‘shilib olish uchun yo‘l so‘raydiganlarni ham jazolaydiganlar bormikan? Qachongacha bu holat davom etadi.
Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉
@TEZKOR

April 27, 13:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Tarmoqda Enter Engineering kompaniyasidan 2025 yil sentyabr oyidan buyon oylik maosh ololmayotgan xodimlarning prezidentga murojaat qilgani aks etgan video tarqalmoqda.
Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉
@TEZKOR

April 27, 12:59
Media unavailable
3
Show in Telegram

⚡️
Reper Shokir 11 ball jarima to‘plashga ulguribdi.
Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉
@TEZKOR

April 27, 10:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Ziroat Mirziyoyeva Urganchda bolalarga kasb o‘rgatilayotgan o‘quv novvoyxonasi bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” jamg‘armasi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Urganch shahridagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 96-son maktab-internatga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida u yerdagi o‘quv novvoyxonasida yaratilgan sharoitlar va bolalarning ilk kasbiy qadamlari bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda o‘quvchilar nafaqat non yopishni o‘rganmoqda, balki o‘z kuchiga ishonib, mustaqil hayot sari ishonch bilan odimlamoqda.
Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉
@TEZKOR

April 27, 09:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Yana zo‘ravon bog‘cha opa
Samarqanddagi xususiy bog‘chada tarbiyachi qizlardan birining boshiga musht tushirgani aks etgan video tarqaldi. Aytishlaricha, voqea «Ko‘zmunchoq» nomli xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir bo‘lgan.
Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉
@TEZKOR

April 27, 07:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
29-30 aprel kunlari Chexiya Bosh vaziri Anton Babish O‘zbekistonga kelishi malum qilindi
U esa tashrifdan asosiy maqsadini OAVga maʼlum qildi:
«Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekistondan energiya resurslarini sotib olishni rejalashtirmoqda».
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlatga Yevropa Ittifoqiga aʼzo bo‘lmagan davlatlar, jumladan, energiya yetkazib beruvchilar orasida ham kuchli va barqaror hamkorlar kerak.
Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉
@TEZKOR

April 27, 06:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Toshkent shahar hokimiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi
Dauletiyar Xudaybergenov Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi. U bungacha Prezident administratsiyasida boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Alisher Dusmuhamedov esa shahar hokimining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha Bojxona qo‘mitasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉
@TEZKOR