Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Turan Security

TuranSecurity
Turan Security Information Security services provider founded by heavily experienced guys | turansec.uz www.instagram.com/turan.security www.linkedin.com/company/turansecurity Aloqa uchun: @turan_admin , info@turansec.uz
Subscribers
2 400
24 hours
-10
30 days
80
Post views
2 654
ER
112,21%
Posts (30d)
4
Characters in post
1 170
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Technology & Software Development
Summary
April 25, 18:28
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🔥
Team1337 JAMOAMIZ — AITU CTF 2026 XALQARO MUSOBAQA G'OLIBI!
Kompaniyamiz mutaxassislari kiberxavfsizlik yo‘nalishida yana bir yirik xalqaro musobaqada g‘alabani qo‘lga kiritdi.
🇰🇿
24–25-aprel kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida o‘tkazilgan AITU CTF 2026 musobaqasining final bosqichida Team1337 jamoamiz
Rossiya
🇷🇺
, Qozog‘iston
🇰🇿
, Janubiy Koreya
🇰🇷
, Mo‘g‘iliston
🇲🇳
, Yaponiya
🇯🇵
va boshqa davlatlardan kelgan
TOP-20
jamoa orasidan faxrli
1-o‘rin
ni egallab, musobaqa chempioniga aylandi.
Jamoa a'zolari tadbir doirasida o'tkazilgan
GeoGusser
musobaqasida 2-o'rinni qo'lga kiritdi.
Mazkur musobaqa Astana IT University hamda FR13NDS TEAM tomonidan tashkil etildi. Tashkilotchilarga yuqori saviyada o‘tkazilgan tadbir va samimiy mehmondo‘stlik uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz.
❗️
Eslatib o‘tamiz,
Turan Security
kompaniyasi atiga 2 yil avval 4 kishilik jamoa bilan faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda esa 40 ga yaqin mutaxassislarni birlashtirgan holda, O‘zbekistonda kiberxavfsizlik sohasini rivojlantirish va uni xalqaro maydonda munosib namoyon etish yo‘lida to'xtovsiz harakat qilmoqda.
Nasib bo'lsa biz to‘xtamaymiz. Oldinda yanada katta yutuqlar bor.
@turansecurity
|
www.turansec.uz
|
info@turansec.uz

April 23, 06:43
Media unavailable
2
Show in Telegram

From a graduate of Inha University in Tashkent to a founder of Turan Security
Our graduate, Akmal Sodiqov, is currently the founder of Turan Security — one of the leading cybersecurity companies in Uzbekistan.
In this video, he shares his experience of his student life and how studying at Inha shaped him as a leader.
Inha is the start that opens the door to great opportunities!



Toshkent shahridagi Inha Universiteti bitiruvchisidan — Turan Security kompaniyasi asoschisigacha
Bizning bitiruvchimiz Akmal Sodiqov hozirda O‘zbekistondagi yetakchi kiberxavfsizlik kompaniyalaridan biri — Turan Security asoschisi hisoblanadi.
Ushbu videoda u o‘zining talabalik davri va Inha Universitetida tahsil olish uni yetakchi sifatida shakllanishida qanday muhim ro‘l o‘ynagani haqida bo‘lishdi.
Inha — katta imkoniyatlar eshigini ochadigan start!



От выпускника Университета Инха в Ташкенте — до основателя компании Turan Security
Наш выпускник Акмал Садыков в настоящее время является основателем Turan Security — одной из ведущих компаний в сфере кибербезопасности в Узбекистане.
В этом видео он делится своим опытом студенческой жизни и тем, как обучение в Университете Инха сыграло ключевую роль в его становлении как лидера.
Инха — это старт, который открывает двери к большим возможностям!

April 15, 13:16
Media unavailable
2
Show in Telegram

💻
CUTS CTF 2026!
Turan Security kiberxavfsizlik tashkiloti tomonidan sovrin jamg‘armasi 50 mln so'm bo'lgan navbatdagi yirik CTF musobaqasiga start berilmoqda!
Kiberxavfsizlik sohasida o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni amalda sinab ko‘rish uchun juda zo'r imkoniyat!
Ushbu musobaqa Cyber University davlat universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Kiberxavfsizlik sohasi bo'yicha amaliyot qidirib yurgan barcha talabalarni kiberpoligonda ishtirok etishga taklif qilamiz.
🎯
Musobaqa bosqichlari:
Saralash bosqichi onlayn tarzda 2026-yil 18-aprel kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha davom etadi.
Final bosqichi esa oflayn formatda 2026-yil 30-aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha o‘tkaziladi.
Saralashdan eng yuqori natija ko‘rsatgan TOP-10 jamoa final bosqichiga yo‘l oladi.
🧾
Ro'yxatdan o'tish: (
https://cuts.uz/
)
⏺️
Eslatma: Ro'yxatdan o'tishdan oldin qoidalar bilan yaxshilab tanishib chiqing!!
@turansecurity
|
www.turansec.uz
|
info@turansec.uz

March 31, 11:29
Media unavailable
9
Show in Telegram

Kiberxavfsizlik bo'yicha seminar-trening!
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan uchrashuvida belgilangan vazifalar doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarining kiberxavfsizlik sohasidagi amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida sohadagi yetakchi kompaniya mutaxassislari bilan seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda kompaniyamiz vakillari ham o‘zlarining amaliy tajribalari va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Akmaljon Sodiqov - Turan Security asoschisi:
📌
CNA nima? Kiberxavfsizlikda o'qib pul ishlash mumkinmi?
Yoldoshali Esonaliyev - Team Lead:
📌
Web ilovalar xavfsizligi.
Abdumutal Abdumutalov - Team Lead:
📌
Android ilovalari xavfsizligida statik tahlil usullari.
Seminar yakunida universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
@turansecurity
|
www.turansec.uz
|
info@turansec.uz

March 21, 17:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
O‘zbekistonda ilk Bug Bounty platformasi — Oq Doppi
Prezidentimiz tomonidan belgilangan
2030-yilgacha kiberxavfsizlikni rivojlantirish strategiyasiga muvofiq
, mamlakatimizda axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlash va zaifliklarni oldindan aniqlash muhim vazifalardan biridir.
Shu yo‘nalishda
TuranSecurity
tomonidan O‘zbekistonda
birinchi Bug Bounty platformasi — Oq Doppi
ishga tushirildi.
🔎
Bug Bounty nima?
Bu kompaniyalarga o‘z tizimlaridagi xavfsizlik zaifliklarini mustaqil va professional ethical (white hat) mutaxassislar yordamida aniqlash imkonini beradigan zamonaviy yondashuvdir. Natijada muammolar erta bosqichda aniqlanadi va xavflar oldi olinadi.
🎩
Nega “Oq Doppi”?
“White hat hacker” — tizimlarni himoya qilish uchun ishlaydigan mutaxassislarni anglatadi.
“Oq Doppi” esa ushbu tushunchaning milliy talqini bo‘lib, ishonch, himoya va mas’uliyat ramzidir.
🤝
Siz uchun qanday foyda beradi?
• Tizimlaringizdagi zaifliklarni real mutaxassislar aniqlaydi
• Xavfsizlik darajasi sezilarli darajada oshadi
• Muammolarni oldindan bartaraf etish imkoniyati
• Qonuniy va nazorat ostidagi test muhiti
🚀
Platforma bugundan ishga tushdi
Birinchi scope doirasida 2 ta dastur ochildi:

TuranSec — *.
turansec.uz

Oq Doppi — platformaning o‘zi
🛡
Agar siz kompaniya bo‘lsangiz — tizimlaringizni himoya qiling
🛡
Agar siz mutaxassis bo‘lsangiz — o‘z bilimingizni amalda sinab ko‘ring
Oq Doppi — ishonchli va zamonaviy kiberxavfsizlik yechimi.
Havola
:
https://oqdoppi.uz
@oqdoppi_support
Tizimda xatoliklar va tushunmoqchilar bo’lsa yozing.
#OqDoppi
#CyberSecurity
#BugBounty
#Uzbekistan
#TuranSecurity

March 20, 02:29
Media unavailable
3
Show in Telegram

🌙
Turan Security jamoasi
Barchangizni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy qutlaydi!
Hurmatli yurtdoshlar,
Ushbu muqaddas va fayzli ayyomda Sizga hamda yaqinlaringizga sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik va baraka tilaymiz. Barcha ezgu orzu va niyatlaringiz ijobat bo‘lsin.

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
@turansecurity
|
www.turansec.uz
|
info@turansec.uz

March 08, 09:54
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🌸
8-MART - Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak!
Barcha mu'tabar onajonilarimizni, mehribon opa-singillarimizni, go'zallikda tengsiz qizlarimizni xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklaymiz!
Har qanday jamiyatning haqiqiy kuchi ayollar irodasi, sabr-toqati va donogligida mujassamlashgan.
Har bir xavfsiz uy, barkamol avlod onalarimizning mehnati va muhabbati bilan quriladi.
Sizlarga mustahkam sog'liq, oilaviy baxt va umringiz bahordek gullab-yashnashini tilaymiz!
🌷
@turansecurity
|
www.turansec.uz
|
info@turansec.uz

March 04, 07:03
Media unavailable
2
Show in Telegram

Markaziy Osiyo kiberxavfsizlik tarixida yangi bosqich
Turan Security
kompaniyasi rasmiy ravishda
CVE Numbering Authority (CNA)
maqomini oldi.
Bu degani, Turan Security endi aniqlangan xavfsizlik zaifliklari uchun
CVE identifikatorlarini berish vakolatiga ega
bo‘ldi va shu orqali
Markaziy Osiyodagi birinchi CNA tashkilotiga aylandi.
CVE (Common Vulnerabilities and Exposures)
— butun dunyo bo‘yicha xavfsizlik zaifliklarini yagona identifikatsiya qilish tizimi bo‘lib, unga qo‘shilish katta
ishonch va mas’uliyatni anglatadi.
Endilikda Turan Security
:
- yangi zaifliklarni aniqlaydi
- ularni tekshiradi
- va ularga rasmiy
CVE ID
biriktiradi
Shu orqali global
vulnerability disclosure
jarayoniga o‘z hissasini qo‘shadi.
Bu natija jamoamizning professional mehnati va Markaziy Osiyoda kiberxavfsizlikni rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarining natijasidir.
Batafsil
https://cve.org/Media/News/item/news/2026/03/03/Turan-Security-Added-as-CNA
CNA sahifamiz
https://cve.turansec.uz
Markaziy Osiyodagi birinchi CNA bo‘lish — bu nafaqat yutuq, balki katta mas’uliyat hamdir.
Biz kiberxavfsizlik tadqiqotlari, mas’uliyatli zaifliklarni oshkor qilish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda faol ishlashda davom etamiz.
Safarimiz davom etadi.
EN:
A new chapter in the history of cybersecurity in Central Asia
Turan Security
company has officially obtained the status of
CVE Numbering Authority (CNA)
.
This means that Turan Security now has the authority to
assign CVE identifiers for discovered security vulnerabilities
and has thus become
the first CNA organization in Central Asia.
CVE (Common Vulnerabilities and Exposures)
is a global system for uniquely identifying security vulnerabilities, and joining it represents great
trust and responsibility.
From now on, Turan Security will:
- identify new vulnerabilities
- verify them
- and assign official
CVE IDs
In doing so, it contributes to the global
vulnerability disclosure
process.
This achievement is the result of our team's professional work and efforts to develop cybersecurity in Central Asia.
More details
https://cve.org/Media/News/item/news/2026/03/03/Turan-Security-Added-as-CNA
Our CNA page
https://cve.turansec.uz
Being the first CNA in Central Asia is not only an achievement but also a great responsibility.
We will continue to actively work on cybersecurity research, responsible vulnerability disclosure, and the development of international cooperation.
Our journey continues.
#CyberSecurity
#CVE
#Infosec
#TuranSecurity
#CentralAsia
@turansecurity
|
www.turansec.uz
|
info@turansec.uz

March 03, 13:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

CyberHack CTF 2026
uchun barcha yechimlar (writeup) githubga yuklandi -
havola
.
Topshiriqlar sifatli va qiziqarli bo'lishi uchun TuranSec va Bitwalls jamolari qattiq harakat qildi:
- Web topshiriqlarda 0 day zailfigi (Agentpwn);
- Crypto topshirig'i uchun 3 ta tadqiqot ishlaridan (research papers) va boshqa usul va bilimlardan (O'zbekistonda birinchi marta) foydalanildi.
@turansecurity
|
www.turansec.uz
| info@turansec.uz

March 01, 19:32
Media unavailable
10
Show in Telegram

CyberHack Conference 2026 muvaffaqiyatli yakunlandi!
Konferensiya turli ekspertlar tomonidan ma'ruzalar, workshoplar (amaliyotga asosanlangan darslar) hamda O'zbekistondagi eng katta offline CTF - CyberHack CTF 2026 musobaqasini o'z ichiga oldi
va 450 dan ortiq kiber xavfsizlikka qiziquvchilarni o'ziga jamladi.
Ma'ruzalar:
- Andrey Shishkin (CISO,Uzcard) - Strategic Cyber Leadership;
- Muhayyo Rasulova (PhD, Senior Researcher, Institute of Mathematics) - Quantum Cryptography;
- Zhassulan Zhussupov (Malware Researcher, Author of Malware Development for Ethical Hackers, etc) - AI & Malware R&D va boshqa eskpertlar tomonidan o'tkazildi.
Mutaxassislar tomonidan Web, Mobile security, SEIM - blue team mavzularida amaliy darslar olib borildi.
Turan Security jamoasi CyberHack CTF 2026 musobaqasini xalqaro darajada o'tkazishga harakat qildi, musobaqada oliy ta'lim muassasalari va maktablardan 50 ta jamoa, 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Musobaqa O'zbekistonda birinchilardan bo'lib - white box pentest (web), kernel pwn va h.k (pwn) kabi murakkab topshiriqlarni hamda dinamik flag, instancer tizimlaridan foydalandi.
Musobaqada ushbu jamoalar g'alaba qozondi va mufokot bilan taqdirlandi:
🥇
shebang (NewUU) - 50 000 000 million so'm
🥈
Dark Void (Cyber University) - 30 000 000 million so'm
🥉
pwn4fun (NewUU) - 20 000 000 million so'm
Ushbu topshiriqlar yoshlarni xalqaro musobaqalarga tayyorlanishiga katta hissa qo'shadi va tajribalarini orttiradi.
Jamoamiz nomidan konferensiyani muvaffaqiyatli o'tkazishga yordam bergan hamkor va homiylarimiz - Yangi O'zbekiston universiteti, Domo (former HGT), MilliSec, Bitwalls jamoasiga katta minnatdorchilik bildiramiz!
P.S. Tez orada yana bir yirik tadbir o'tkaziladi. Bizni kuzatib boring!
@turansecurity | www.turansec.uz
|
info@turansec.uz