
Tuyg'un Xusanov | Rasmiy blog
Bu blogda :
🔹️
Shaxsiy rivojlanishga oid bilimlar,
🔹️
Moliyaviy savodxonlik,
🔹️
Investitsiya qilishning asosiy oltin
qoidalari,
🔹️
kitoblardan iqtiboslar,
Admin _
@KhusanovT
⏳
Vaqt — bu pul!
Ko‘pchilik narsa sotib olayotganda faqat qancha pul ketishini o‘ylaydi. Aslida esa,
o‘sha pulni ishlab topish uchun qancha VAQT sarflaganingizni
hisoblang.
💡
Masalan:
Telefoningizni yangilashga 5 million so‘m kerak bo‘lsa, oyligingiz 5 million bo‘lsa —
bu 1 oy hayotingiz.
Kiyim-kechakka 800 ming so‘m sarflasangiz, bu ehtimol
1 haftalik mehnatingiz.
Shunda o‘zingizdan so‘rang:
"Men bu narsaga hayotimning 1 kunini / 1 haftasini / 1 oyini berishga tayyormanmi?"
Agar javob "
Yo‘q
" bo‘lsa — sotib olishdan tiyiling. Chunki siz aslida pul emas,
hayotingizning bir bo‘lagini berayapsiz.
💬
Siz oxirgi marta qanday xarid qilganingizdan afsuslangansiz? Fikrlaringizni yozib qoldiring, balki kimnidir keraksiz xariddan asrarsiz.
@Tuygun_Xusanov
— Moliyaviy farovonlik sari birinchi qadamni qo‘ying!
"Qaysi ish sizga oson va yoqimli?"
Bir donishmanddan so‘rashibdi:
— Alloh har bir insonni biror maqsad uchun yaratgan bo‘ladi. Xo‘sh, o‘sha maqsadni qanday bilsak bo‘ladi?
Donishmand javob beribdi:
— Alloh o‘sha ishni bandaga oson va yoqimli qilib qo‘yadi!
Endi o‘zingizdan so‘rang:
Siz qilayotgan ish — sizga osonmi? Yoqimlimi?
Agar yo‘q bo‘lsa, ehtimol siz o‘z maqsadingizni hali topmagandirsiz...
Ammo bir narsani biling:
❗️
Moliyaviy savodxonlik — har qanday sohada muvaffaqiyatga olib boradigan poydevor.
O‘z yo‘lingizni topsangiz ham, topmasangiz ham — moliyani boshqarishni bilish har holda sizni kuchli qiladi!
Boylikka emas, bilimga intiling. Chunki bilim orqali boylik baribir keladi.
📌
Kanalda qoling — foydali moliyaviy maslahatlar davom etadi!
👉
@Tuygun_Xusanov
— Moliyaviy farovonlik sari birinchi qadamni qo‘ying!
💰
Boy bo‘lish sirlari nimada?
Ko‘pchilik boylikni omad, meros yoki laqillab pul topish deb o‘ylaydi. Aslida esa moliyaviy erkinlik —
bu xulq-atvor, odatlar va to‘g‘ri qarorlar natijasi.
Quyida boy bo‘lgan insonlar amal qilgan 7 ta
asosiy sir:
1. Daromaddan ko‘proq xarajat qilmang
— Oddiy tuyuladi, lekin ko‘pchilik bu oddiy qoidani buzadi.
2. Daromadingizning bir qismini darhol chetga ajrating
— Har oy kamida 10-20% mablag‘ni o‘zingiz uchun yig‘ing. Bu odat sizni moliyaviy xavfsizlik sari boshlaydi.
3. Sarmoya qilmasdan boylik bo‘lmaydi
— Pulni yotqizib qo‘ymang. Unga ishlashni o‘rgating: investitsiya, biznes, ko‘chmas mulk, bilim.
4. Moliyaviy savodxonlikka ega bo‘ling
— Boylar kitob o‘qiydi, kurslarga qatnaydi, doimiy o‘rganadi. Pul haqida o‘ylamaydiganlar esa... pulga muhtoj bo‘ladi.
5. Ishni emas, tizimni ishlating
— Hamisha o‘zingiz ishlamang. Jarayonlarni avtomatlashtiring, boshqa odamlar bilan ishlang.
6. Atrofingizdagi odamlarni o‘zgartiring
— Siz ko‘p vaqt o‘tkazadigan 5 odam sizning boyligingizga bevosita ta’sir qiladi.
7. Shikoyat emas – yechim izlang
— Boylar muammoga pul topish imkoniyati deb qaraydi, kambag‘allar esa bahona topishadi.
---
🎯
Siz qaysi sirni hayotingizga joriy qilmoqchisiz?
💬
Izohlarda yozing, eng ko‘p tilga olingan sirlardan keyingi postni shu mavzuda tayyorlaymiz!
📲
Kanalda qoling:
@Tuygun_Xusanov
Birgalikda moliyaviy farovonlik sari qadam tashlaymiz!
📊
Pulni boshqarishdagi eng oddiy va samarali qoida: “50/30/20”
“Pulim qayoqqa ketganini bilmay qoldim” — bu ko‘pchilik aytadigan gap.
Aslida esa bilamiz… lekin
nazorat qilish odatini o‘rganmaganmiz.
📌
Endi o‘rganamiz — “50/30/20” qoidasi yordamida pulni boshqarish!
Bu qoida sizga har oy
daromadingizni qanday bo‘lish kerakligini ko‘rsatadi:
🔹
50% — Asosiy ehtiyojlar
Oziq-ovqat, kommunal to‘lovlar, ijara, transport va boshqa zaruriy xarajatlar.
➡️
Bu pul siz yashashingiz uchun kerak bo‘lgan narsalarga ketadi.
🔹
30% — Ixtiyoriy xarajatlar
Kafe, kino, kiyim, sayohat yoki hobbiylar.
➡️
Hayotdan zavqlanish kerak, lekin me’yorida — faqat 30%!
🔹
20% — Jamg‘arma va qarz to‘lovlari
Favqulodda holatlarga zaxira, kredit to‘lash, investitsiya qilish.
➡️
Bu sizning kelajagingizni mustahkamlovchi eng muhim foiz.
🧮
Misol uchun:
Agar oylik daromadingiz
5 000 000 so‘m
bo‘lsa:
2 500 000 so‘m — zaruriy ehtiyojlar
1 500 000 so‘m — ixtiyoriy xarajatlar
1 000 000 so‘m — jamg‘arma yoki qarz
💡
“50/30/20” bu — moliyaviy erkinlik sari birinchi qadam.
Byudjet tuzish, xarajatlarni nazorat qilish va jamg‘arma yaratishni o‘rganing!
📣
Sizda ham shunday qoida bilan pul yuritish odati bormi?
💬
Izohlarda yozing:
Siz har oy pulingizni qanday bo‘lasiz?
Keyingi postda sizga qanday moliyaviy mavzu qiziq bo‘lishini ham yozib qoldiring!
📌
Kanalda qoling — foydali moliyaviy maslahatlar davom etadi!
👉
@Tuygun_Xusanov
— Moliyaviy farovonlik sari birinchi qadamni qo‘ying!
“Rizq belgilangan bo‘lsa, boylikka qanday erishamiz?”
Bu savol ko‘pchilikni o‘ylantiradi.
Ayrimlar hatto shunday deb o‘ylaydi:
➖
“Rizqim belgilangan bo‘lsa, harakat qilib nima qilaman?”
Ha, rizq taqdirda yozilgan bo‘lishi mumkin.
Ammo rizqning kengligi sizning mas’uliyatingizga bog‘liq
.
🧠
Esingizda tuting:
Qanchalik ko‘p mas’uliyat olsangiz, rizqingiz shunchalik kengayadi
.
📌
Masalan: — Ota-onangizga doimiy yordam berish
— Rafiqangizni moddiy ta’minlash
— Qarindosh-urug‘, mahalladagi muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish
Bu orqali siz nafaqat o‘zingiz, balki
boshqalarning rizqini ham o‘zingiz orqali kelishiga sabab bo‘lasiz.
Shu yo‘l bilan
moliyaviy baraka
eshiklarini ochasiz.
❗
Aksincha, mas’uliyatdan qochish — rizq torayishining eng katta sabablaridan biri bo‘lishi mumkin.
🤝
Siz ham boshqalarga manfaatli bo‘lishni istaysizmi?
📲
Unda ushbu postni yaqinlaringizga, do‘stlaringizga va guruhlarga ulashing!
Bu orqali siz ham bir yaxshilik sababchisi bo‘lasiz.
🔥
@Tuygun_Xusanov
- Bo'lajak MILLIARDERLAR kanali!
Kreditga olib keyin afsus qilinadigan 8 ta mahsulot
Moliyaviy xatolardan qanday saqlanish mumkin?
Ko‘pchilik moliyaviy reja tuzmasdan, “hozir kerak” deb kreditga mahsulot oladi. Lekin vaqt o‘tib afsus qiladi. Nega? Chunki bu narsalar daromad emas, xarajat keltiradi.
1. Qimmat telefonlar (brendga emas, imkoniyatga qarang)
Hali yaxshi ishlayotgan telefonni yangilash — ko‘pincha faqat “status” uchun. Ammo kredit to‘lovlari sizni siqib boraveradi.
2. Zargarlik buyumlari (oltin afzal, lekin kreditga emas)
Taqinchoqlar qadrsizlanadi, uni na sotib foyda qilasiz, na foydalana olasiz — lekin kredit qoladi.
3. Yangi avtomobil (shu yerda ehtiyot bo‘ling)
Mashina — xarajat manbai: soliq, texnik xizmat, benzin, sug‘urta. Yangi mashina tez qadrsizlanadi, lekin kredit oylab to‘lanadi. Faqat zarurat bo‘lsa va daromad keltirsa — oling!
4. Mebel va maishiy texnika (eshikdan kirgach qadrsizlanadi)
Kredit muddati tugaguncha ular eskiradi. Asboblar xarid emas, mas’uliyatga aylanishi mumkin.
5. Moda va brend kiyimlar
Qimmat liboslar ko‘rinish berishi mumkin, lekin cho‘ntagingizni qashshoq qiladi. Kiyimlar qadrsizlanadi — kredit esa o‘z vaqtida to‘lanishni talab qiladi.
6. To‘y isrofgarchiliklari
Kelinning libosi, limuzin, zal, operatorlar — bular ko‘pincha ijtimoiy bosim sababli olinadi. Ammo to‘y o‘tadi, kreditlar qoladi.
7. Dam olish va sayohatlar
Haqiqiy dam olish — qarzsiz dam olish. Kreditga olingan sayohat — vaqtinchalik rohat, uzoq davom etuvchi to‘lov.
8. Elektron gadjetlar va aksessuarlar
Noutbuk, planshet, quloqchin — daromad keltirsa mayli. Aks holda bu shunchaki xarajat bo‘ladi.
Esingizda bo‘lsin:
> “Kredit — bu kelajagingizdagi pulni bugungi xohishingiz uchun sarflashdir.”
Shuning uchun har bir xariddan oldin:
“Bu narsa menga daromad olib keladimi yoki faqat xarajatmi?” deb o‘ylang!
Sizchi? Qaysi xaridingizdan keyin afsus qilgansiz?
Kommentda yozing — eng ko‘p uchragan xatolar haqida keyingi postni yozamiz!
Moliyaviy xatolardan do‘stlaringizni ogohlantiring!
Ularni
@Tuygun_Xusanov
kanaliga taklif qiling — bu yerda pul haqida gaplar ochiq va tekin!
Parkinson qonuni: Pulni va vaqtni qanday isrof qilamiz?
"Pul ko‘payganda, xarajatlar ham oshadi."
Bu oddiy ibora ortida bir psixologik qonun yotibdi —
Parkinson qonuni.
Qonun nima deydi?
> “Resurslar (vaqt, pul) qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ko‘p isrof qilinadi.”
Bu qonun odatda vaqtga nisbatan aytiladi, ammo
moliyaviy hayotimizda ham aynan shunday ishlaydi.
Hayotiy misollar:
● Oyligingiz 5 mln bo‘lsa, shu mablag‘da yashay olasiz.
● 10 mln bo‘lsa — yangi telefon, qimmatroq restoranlar, obuna xizmatlar...
● Yana 15 mln bo‘lsa — yana “kerakli” xarajatlar topiladi.
Yangi daromad — yangi xarajatlarga yo‘l ochadi.
Natijada siz ko‘proq ishlaysiz, lekin jamg‘arma qilmayapsiz!
Nima qilish kerak?
1. Daromadingiz oshganda xarajatlarni emas, jamg‘armani oshiring.
2. Har oy o‘zingizga "moliyaviy chegara" qo‘ying.
3. Har bir xaridni “bu menga kerakmi yoki shunchaki xohlayapmanmi?” degan savol bilan tekshirib ko‘ring.
Savol sizga:
Sizda ham daromad oshgan sari xarajatlar ko‘payganini sezganmisiz?
Kommentda yozing — bu haqda keyingi postda chuqurroq fikr yuritamiz!
Do‘stlaringiz ham pulini boshqara olishini xohlaysizmi?
Ularni
@Tuygun_Xusanov
kanaliga taklif qiling!
Moliyaviy farovonlik sari birinchi qadam shu yerda boshlanadi!
Foizsiz daromad qilishni xohlaysizmi? Shariatga muvofiq sarmoya yo‘li — Iman Invest!
Ko‘pchilik “foizsiz investitsiya qilib daromad olish mumkinmi?” degan savolga duch keladi.
Javob — ha, mumkin! Buning uchun siz Iman Invest imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishingiz kerak.
Iman Invest bu nima?
– Islomiy moliya tamoyillariga asoslangan kompaniya
– Pul faqat halol loyihalarga yo‘naltiriladi
– Daromad "mudoraba" asosida: foyda ham, tavakkal ham sherikchilikda
Daromad qanday bo‘ladi?
– Siz mablag‘ingizni sarmoya qilasiz
– Kompaniya real biznes loyihalarini yuritadi
– Foyda kelishilgan ulush asosida bo‘linadi (masalan, 70% Iman Invest, 30% sizga)
Nega aynan Iman Invest?
✔
Foiz yo‘q — shariatga to‘la mos
✔
Real biznesda ishtirok etasiz
✔
Rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan, qonuniy faoliyat yuritadi
✔
O‘zbekistonda faol investorlarga ochiq
Muhim eslatma:
–
Bu omonat emas, sarmoya
– Foyda kafolatlanmaydi, lekin har doim halol
– Shartnomalarni diqqat bilan o‘rganish zarur
Keyingi postda sizga qanday moliyaviy savolga javob bersam foydali bo‘ladi?
Kommentariyada yozing – eng ko‘p berilgan savolga albatta alohida keyingi postni tayyorlayman
!
@Tuygun_Xusanov
kanali bilan moliyaviy savodxonlik, halol sarmoya va boylik sari birinchi qadamni qo‘ying!
📚
“TIRIK KITOB” — 30 daqiqada o‘qish odatini uyg‘otuvchi video
🔗
Videoni ko‘rish
https://youtu.be/lXthzAZtFJs?si=0CnzyLZMODrOdV1X
Nima olasiz?
3 amaliy qadam — o‘qigan g‘oyani hayotga ko‘chirish.
Ko‘p vs to‘g‘ri o‘qish — vaqtni tejash bo‘yicha maslahat.
20 daqiqalik reja — kunlik o‘qish odatini mustahkamlash.
⏳
30 daqiqani ajrating, foydasi o‘zini oqlaydi.Ishoning, ketgan vaqtingizga umuman achinmaysiz. Oson koʻriladigan, ogʻriqli suhbat boʻlibdi.
Savol — fikringiz muhim!
1. Darhol sinab ko‘radigan bitta maslahat?
2. Keyingi postda nimalarni ko‘rishni xohlaysiz: o‘qish texnikasi, vaqt boshqaruvi yoki moliyaviy tavsiyalari?
Javobingizni izohlarda kutaman!
👇
🔝
@Tuygun_Xusanov kanali — moliyaviy farovonlikka boradigan yo‘l ilm bilan boshlanadi. Do‘stlaringizni ham taklif qiling!
Kredit — foydami yoki balomi? Qachon olish ma’qul?
Ko‘pchilik kreditni yomon narsa deb o‘ylaydi. Aslida esa,
to‘g‘ri vaqtda, to‘g‘ri maqsadda
olingan kredit – moliyaviy o‘sish vositasi!
Kreditni olgan maqul bo‘lgan 5 holat:
1. Daromad keltirsa – oling
!
Ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki savdo uchun.
Masalan: tikuv mashinasi, Muravey, santexnika asboblari – darhol ishlaydi, foyda keltiradi.
2. To‘lov rejangiz aniq bo‘lsa
Kreditni qanday va qancha muddatda yopasiz – barchasi oldindan hisoblangan bo‘lishi kerak. “Qanday bo‘lsa ham” degan yondashuv – xatarlidir.
3. Imtiyozli yoki foizsiz kreditlar
Davlat yoki MFY orqali beriladigan past foizli kreditlardan oqilona foydalaning. Bu – sizga vaqt va imkoniyat beradi.
4. Hayotiy zarurat bo‘lsa
Tibbiy davolanish, ta’lim, muhim uy ta’miri – va boshqa muhim ehtiyojlar uchun, agar jamg‘arma yo‘q bo‘lsa.
5. Rejangiz va maslahatchingiz bo‘lsa
Qog‘ozda hisob-kitob, ehtiyot reja va sizga yo‘l ko‘rsatadigan odam bo‘lsa – kredit sizga zarar emas, foyda bo‘ladi.
Kredit olishdan oldin o‘zizga 3 savolni bering:
1. Bu kredit menga pul olib keladimi yoki yeb yuboriladimi?
2. Har oyki to‘lovim daromadimga mosmi?
3. To‘lashda uzrli holat bo‘lsa, rejam bormi?
Kredit aqlli qo‘lda – foyda, savodsiz qo‘lda – yo‘qotish!
Siz kredit olganmisiz? Qanday maqsadda? Fikrlaringizni kommentda yozib qoldiring!
Sizning tajribangiz boshqalarga saboq bo‘lishi mumkin!
Keyingi postda sizga qanday moliyaviy savolga javob bersam foydali bo‘ladi?
Kommentariyada yozing – eng ko‘p berilgan savolga albatta alohida keyingi postni tayyorlayman!
@Tuygun_Xusanov
kanali bilan moliyaviy farovonlik sari birinchi qadamni qo'ying!