Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi

UTYlokomotiv
Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasidagi barcha yangiliklar va ma'lumotlar shu rasmiy kanalda olishingiz mumkin.
Subscribers
1 710
24 hours
30 days
Post views
942
ER
0,57%
Posts (30d)
15
Characters in post
573
December 06, 08:55
Media unavailable
6
Show in Telegram

Тадбирдан фотолавҳалар......
Rasmiy sahifamiz:
🚉
👉
@Depo_Termiz
👈

December 06, 08:55
Media unavailable
10
Show in Telegram

🇸🇱
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025-йил 21-ноябрдаги “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси куни байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тўғрисида” Ф-60-сон фармойиши ҳамда «Ўзбекистон темир йўллари» АЖ бошқарув раисининг 2025-йил 28-ноябр кунидаги 594-Н сонли буйруғи ижросини таъминлаш мақсадида Термиз локомотив депоси филиалида депо раҳбарияти ва мутасадди ходимлар иштирокида
"8-декабр — Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 33 йиллиги"
муносабати билан маънавий-маърифий тадбир ташкил этилди.
✔️
Конституция инсон ҳуқуқ ва эркинликларини олий қадрият деб эълон қилиб, демократик ислоҳотлар, иқтисодиётни модернизатция қилиш, ижтимоий ўзгаришлар учун асос бўлди.
✔️
Шунингдек, тадбир давомида Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг янги таҳририда акс этган муҳим ўзгаришлар, инсон қадри, адолат, эркинликлар ва ёшлар ҳуқуқларини мустаҳкамловчи моддаларнинг мазмун-моҳияти ҳақида маълумотлар берилди
Rasmiy sahifamiz:
🚉
👉
@Depo_Termiz
👈

December 06, 08:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇸🇱
"8-декабр — Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 33 йиллиги"
муносабати билан маънавий-маърифий тадбирдан видеолавха

December 04, 13:24
Media unavailable
10
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo filialiga borib, Guliston shahrida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida jabrlanganlarning holidan
xabar oldi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Сырдарьинский филиал Республиканского научного центра экстренной медицинской помощи и
навестил
пострадавших при несчастном случае, произошедшем в городе Гулистане.
#Mirziyoyev
#safar
#Sirdaryo
#jabrlanganlar
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

November 27, 14:38
Media unavailable
3
Show in Telegram

Bugun ommaviy axborot vositalari xodimlari  ishtirokida "Samarqand – Urgut – Samarqand" yangi temir yo‘l yo‘nalishida media tur tashkil qilindi.
Dastlab jurnalistlar faxriylar hamda ushbu yo‘nalishdagi qatnovini boshlagan  birinchi poyezdning ilk yo‘lovchilari bilan muloqotda bo‘ldilar.
Tadbir davomida mutaxassislar mazkur yangi temir yo‘lning  qurilish jarayonlari, yo‘lovchilarga yaratilgan qulayliklar haqida keng maʼlumotlar berdilar. Jurnalistlar mazkur yo‘nalishda bunyod qilingan yangi liniya va “Urgut” hamda «Jartepa» vokzallari bilan ham yaqindan tanishdilar.
|Site|
Telegram|
Fasebook|
YouTube|
Instagram
|X

November 27, 11:32
Media unavailable
5
Show in Telegram

Joriy yilning 27-noyabr kuni Termiz lokomotiv depo filiali boshlig'i S.M.Ubaydullayev "Harakat xavfsizligi" kunida depo ishchi xodimlari hamda lokomotiv brigadalari bilan yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilish davomida korxona boshlig’i yig’ilish qatnashchilariga harakat xavfsizligini ta'minlash va lokomotivlardan foydalanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalari, kuzatuv kamerasida aniqlangan kamchiliklar to'g'risida so'z olib bordi. Yig‘ilish yakunida ochiq muloqot tarzda davra suhbati bo‘lib o‘tdi, filialning ishchi-xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollari va murojatlari atroflicha o‘rganib chiqildi va yechim topish bo‘yicha mutassadilarga topshiriqlar berildi.

November 27, 07:49
Media unavailable
9
Show in Telegram

"O'zbekiston" lokomotiv deposida "Sifat kuni" doirasida yig’ilish bo‘lib o‘tdi.
27-noyabr kuni, "O'zbekiston" lokomotiv deposi boshlig'ining ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.Y.Zulfiqorov hamda J.M.Mirzarahmedovlar boshchiligida harakatli tarkibni ta’mirlash xodimlari bilan "Harakat xavfsizligi va Sifat kuni" doirasida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilish davomida harakat xavfsizligini ta'minlash, harakat davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar, foydalanishga taaluqli bo'lgan boshqa masalalar va lokomotivlarga yanada sifatli texnik xizmat ko’rsatish to'g'risida so'z olib borildi.

November 26, 15:13
Media unavailable
8
Show in Telegram

Joriy yilning 26-noyabr kuni

Qarshi MTU” rahbariyati, bosh muhandisi T.Dj.Xamrayev boshchiligida “Qarshi lokomotiv deposi”filialida nazorat tekshiruvi o’tkazdilar. Tashrifda harakat xavfsizligini taʼminlash,lokomotivlarni xolati, sexlardagi ta’mirlash jarayonlari, lokomotivlarda kelib chiqishi mumkin boʻlgan nosozliklarni oldini olish, shuningdek infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan rejali ta’mirlash ishlarini
ko'zdan kechirdilar.Shuningdek aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli takliflar berildi va chora-tadbir rejasi belgilandi
🌐
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz!!
📱
Telegram
|
📱
Instagram

November 26, 15:13
Media unavailable
7
Show in Telegram

👉
Bugun 26-noyabr kuni Qarshi lokomotiv deposi korxona boshlig'i S.R.Jurayev boshchiligida harakat xavfsizligi  kuni bo'lib o'tdi.Majlisda harakat xavfsizligiga bevosita javobgar bo'lgan mutaxasis xodimlar va lokomotiv brigadalari qatnashdilar. Yig'ilish davomida rahbarimiz  quyidagi asosiy masalalarga alohida urg'u berib o'tdilar:
- har bir ishchi xodim har doim harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilishlari;
- harakat xavfsizligini ta’minlash borasida yo'riqnomalarga asoslanib ish tutishlari;
-lokomotiv brigadalarini bilim, malakalarini  oshirish, bu borada  nazoratni yanada kuchaytirish;
-lokomotiv brigadalari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar atroflicha ko'rib chiqildi;
- temir yo'l transportida bo'layotgan o'zgarishlar va yangiliklar to'g'risida tanishtirib o'tildi.
Yig'ilish so'ngida majlis qatnashchilarining fikr, mulohazalari, taklif va ish yuzasidan savollari tinglandi
🌐
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz!!
📱
Telegram
|
📱
Instagram

November 26, 13:33
Media unavailable
6
Show in Telegram

Joriy yilning 26-noyabr kuni “Qarshi lokomotiv deposi” filiali boshlig'ining 1-o'rinbosari A.E.Soriyev poyezdlarda harakat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida Qashqadaryo stansiyasida nazorat tekshiruvini amalga oshirdilar.
Nazorat tekshiruvi davomida stansiyada manyovr ishlarini bajaruvchi TEM2 6718 teplovozining texnik va estetik holati nazoratdan o'tkazildi va lokomotiv brigadalarining ishchi hujjatlari tekshirildi va bilim malakalari sinovdan o‘tkazildi.
🌐
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz!!
📱
Telegram
|
📱
Instagram