
🚀 Uchadi Uxladi 😴
Kreativ g'oyalar qanday yaratiladi?
Raqobatchilardan ajralib turish, eksklyuziv kontent yaratish va mijozlar bilan kommunikatsiyani yaxshilashda kreativ fikrlash qo'l keladi.
Bu gal
Marketing Bo'limida
shu mavzuda Otabek Sharapov, 605 kreativ agentligi asoschisi bilan suhbatlashamiz.
Suhbat kimlar uchun: Kreativga qiziqqan hamma ishtirok etishi mumkin
Format: onlayn
Qachon: 30-aprel, 20:00 da
🔗
Suhbatda ishtirok etish
Barchani suhbatda kutib qolamiz!
Gonkongda Honor o‘zining yangi Honor 600 smartfoni reklamasini yuk mashinasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Apple Store eshigi tagiga olib keldi. Maqsad — raqobatchini "asabiylashtirish".
Lekin kulgili tomoni: Tarmoq foydalanuvchilari buni tushunishmadi, chunki Honor 600 dizayni deyarli iPhone 17 Pro’ning o‘zginasi. O‘zini o‘zi reklama qilishning g‘alati usuli.
🚀
@UchadiUxladi
😴
CROCS VA "TOY STORY 5": KOVBOY ETIKLARI VA O‘ZGA SAYYORALIKLAR
🤠
🚀
Crocs kompaniyasi "Toy Story 5" multfilmi premyerasi munosabati bilan yangi kolleksiyasini taqdim etdi. Premyera 19-iyunga belgilangan bo‘lsa, poyabzallar 16-iyundan sotuvga chiqadi.
Jessi
uslubidagi etik-sabolar: Rezina asos, sigir printi va jinsi matoli yuqori qism —
narxi $130
.
👢
✨
O‘zga sayyoralik (Pizza Planet) krockslari: Yashil-ko‘k ranglar, old qismida uchta ko‘z va tovonda antenna —
narxi $70.
👽
🍕
Jibbitz sovg‘a:
To‘plamda Vudi, Bazz Layter, Jessi va sherif nishoni ko‘rinishidagi aksessuarlar mavjud.
🚀
@UchadiUxladi
😴
BYD’DAN "ELEKTRLI LAMBORGHINI": SUPERKARLAR OLAMIDA SHOK NARX
🏎
⚡️
BYD kompaniyasi tashqi ko‘rinishi Lamborghini’ni (ayniqsa old qismi) eslatuvchi yangi elektr superkarini taqdim etdi. Ammo eng hayratlanarlisi uning narxi — bor-yo‘g‘i
41 000 dollar
!
Quvvat
: 1000 ot kuchi.
Tezlik
: 0 dan 100 km/soatgacha — 2 soniya.
Masofa
: Bir quvvatda 600 km yo‘l bosadi.
Zaryadlash
: Bor-yo‘g‘i 5 daqiqada to‘liq quvvatlanadi.
🚀
@UchadiUxladi
😴
GOOGLE BELGILARIDA YANGI DAVR: GRADIENTLAR QAYTMOQDA
🎨
🔄
Google o‘zining ilovalar ikonkalari dizaynini o‘zgartirishga tayyorlanmoqda. Kompaniya keskin rang o‘tishlaridan voz kechib, silliq gradient uslubiga o‘tishni rejalashtirgan.
Brend vizual identifikatsiyasini yangilash orqali dizaynni yanada zamonaviy va "yumshoqroq" ko‘rinishga keltirmoqchi. Bu vizual o‘zgarishlar tez orada barcha servislarida aks etadi.
Sizga qaysi uslub ko‘proq yoqadi?
🔥
— Avvalgisi yaxshi edi
⚡️
— Yangisi chiroyliroq
🚀
@UchadiUxladi
😴
G'ALATI-A?
Moskva ko‘chalarida yangi
Yandex
qidiruv plakatlari paydo bo‘ldi. Kampaniya «G'alati-a?» oddiy analogiyaga qurilgan: kamera yo‘q telefon – g‘alati, cho‘ntaksiz jinsilar – g‘alati, va Sun'iy intellektsiz qidiruv – xuddi shunday g‘alati.
Vizualda esa minimalizm: katta tipografika, qora va qizil kontrast. Aslida plakatlar qidiruvni emas, odatni sotmoqda – AI telefondagi kamera kabi kundalik narsa sifatida qabul qilishni taklif qilmoqda.
Sizningcha, AI ishlatmaslik g‘alatimi?
🔍
🚀
@UchadiUxladi
😴
GOOGLE NANOBANANA PRO VA CHATGPT IMAGE 2.0: QAYSI BIRI REALISTIKROQ?
Tarmoqda tasvir generatorlari o‘rtasida qizg‘in bahs ketmoqda: qaysi neyrotarmoq eng realistik suratlarni yaratadi —
Google NanoBanana Promi yoki ChatGPT Image 2.0?
Foydalanuvchilar har ikkala modelning imkoniyatlarini sinab ko‘rishmoqda. Natijalarni baholash esa o‘zingizga havola:
🔥
—
Google NanoBanana Pro
⚡️
—
ChatGPT Image 2.0
🚀
@UchadiUxladi
😴
KOREYA STARBUCKS’DAN FOYDALI TREND: AYIQCHA-ILGICH
🐻
💼
Janubiy Koreyadagi Starbucks xaridlar uchun maxsus «Bearista Bag Hanger» sovg‘a qilmoqda. Bu mitti ayiqcha stolga mahkamlanib, 5 kg gacha yukni (sumkani) ko‘tara oladi.
Taxminan 200 000 so‘mlik xarid uchun beriladigan bu aksessuar — ham foydali, ham juda yoqimtoy marketing yurishi.
🚀
@UchadiUxladi
😴
INSTAGRAMNI "PORTLATGAN" MATCHA: KREATIV MARKETING REKORD
🍵
✨
AQSHdagi kofexona noodatiy xizmati bilan internetda trendga chiqdi. Mijoz devordagi tugmani bossa, mo‘jazgina "qo‘g‘irchoq bog‘i" ochiladi: barista tepadan matcha quyadi, havo shari esa shirinlikni tushirib beradi.
Instagramga tikilgan stavka 1000% o‘zini oqladi. 2 hafta ichida kofexona mijozlardan o‘n minglab tekin reklama roliklarini qabul qilib oldi.
Kreativ yondashuv — eng samarali marketing ekanligiga navbatdagi isbot
💡
🚀
@UchadiUxladi
😴
SUBWAY SURFERS UCHUN MAXSUS: 5 TOMONLI DISPLEY!
🏃
💨
Xitoyda
Subway Surfers
o‘yiniga to‘liq sho‘ng‘ish uchun besh tomonlama displey yaratildi. Endi poezdlardan qochish haqiqiy sarguzashtga aylandi!
Nihoyat! Bolalikdagi orzularimizni texnologiya darajasiga olib chiqishdi.
🚀
@UchadiUxladi
😴