Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

UrDPI Aniq va tabiiy fanlar fakulteti/Rasmiy

UrDPIaniqfanlar
🏛 /UrDPI Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
Subscribers
1 030
24 hours
20
30 days
-40
Post views
189
ER
13,98%
Posts (30d)
198
Characters in post
671
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
18-24
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 27, 11:54
Media unavailable
7
Show in Telegram

#Aniq_va_tabiiy_fanlar
#huquq_bilimdonlari
Bugun Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida “Huquq bilimdonlari” nomli bellashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir talabalar o‘rtasida huquqiy bilimlarni mustahkamlash, ularning qonunchilikka bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda huquqiy savodxonlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Talabalar testlar orqali o‘z bilim darajalarini sinovdan o‘tkazib, huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. Mazkur bellashuv talabalarning nafaqat bilimini sinovdan o‘tkazdi, balki ularni faol, ongli va huquqiy madaniyatli shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qildi.
👉
https://t.me/UrDPIaniqfanlar

April 27, 11:45
Media unavailable
5
Show in Telegram

#Aniq_va_tabiiy_fanlar
#axborot_xavfsizlik
#suniy_intellekt
♻️
Bugun Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalariga moliyaviy xavfsizlik doirasida "Sun'iy intellektning zulmatli tomoni" mavzusida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
🧑‍💻
Tadbirda bugungi kunda sun'iy intellekt davrida moliyaviy savodxonlik muhim ahamiyat kasb etishi, SI hayotimizning barcha sohalariga kirib kelishi va shu orqali kiberfiribgarliklarning klassik bank mexanizmlaridan faol foydalanayotganligi haqida Yoahlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosari J.Yoʻloshev va fakultet tyutorlari tomonidan talabalarga tushunchalar berildi.

Mavzu bo'yicha talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

👉
https://t.me/UrDPIaniqfanlar

April 27, 10:52
Media unavailable
6
Show in Telegram

#Aniq_va_tabiiy_fanlar
📚

Talabalar turar joyida she’riyat kechasi o‘tkazildi!
Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi B.Xasanova hamda fakultet tyutorlari tomonidan Talabalar turar joyida oʻzbek xalqining sevimli shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan “She’rxonlik kechasi” tashkil etildi.
Mazkur tadbirda talabalar shoirning yurakdan chiqqan, xalqona va samimiy she’rlarini maroq bilan yod oldilar hamda ijro etdilar. Kecha davomida Muhammad Yusuf ijodining mazmun-mohiyati, Vatanga muhabbat, sadoqat va insoniy tuyg‘ular aks etgan satrlar haqida fikr almashildi.
🎤
She’rxonlik kechasi talabalarda adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi, ularni ma’naviy jihatdan boyitdi va ijodga ilhom bag‘ishladi.
🌟
Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlarning qalbida kitobga, she’riyatga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

April 27, 10:28
Media unavailable
3
Show in Telegram

#ijara_xavfsizlik
#Aniq_va_tabiiy_fanlar
Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutori U.Xudaybergenov tomonidan Matematika yo‘nalishi talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida ijara xonadonlariga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida quyidagi jihatlar alohida ko‘zdan kechirildi:
🔹
Gaz tizimi – gaz jihozlari xavfsizligi, ulanishlari, gaz sizib chiqishining oldini olish bo‘yicha sharoitlar tekshirildi.
🔹
Elektr tizimi – rozetkalar, simlar, avtomat himoya vositalari va elektr qurilmalarining ishlash holati ko‘rib chiqildi.
🔹
Xonalarni shamollatish – deraza va ventilyatsiya tizimlarining tabiiy shamollatish imkoniyati, tozalik va gigiyena qoidalariga rioya qilinishi baholandi.
📍
Monitoring davomida xonadonlarda yashayotgan talabalarning xavfsiz, qulay va sog‘lom sharoitda istiqomat qilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🌐
https://t.me/UrDPIaniqfanlar

April 27, 10:28
Media unavailable
5
Show in Telegram

🏛️
Urganch davlat pedagogika institutida “Amir Temur va Temuriylar davri – Markaziy Osiyoda ilm-fan hamda madaniyatning yuksalish davri” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi . Tanlovni institut axborot resurs markazi direktori M.Madrahimova ochib berdi.

Ushbu insholar tanlovi talaba-yoshlarning tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishi, ilmiy tafakkuri va ijodiy salohiyatini namoyon etdi.

Tanlov davomida ishtirokchilar Amir Temur va Temuriylar davrining buyuk tarixiy ahamiyati, ilm-fan, me’morchilik hamda madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida mazmunli fikrlarini bayon etdilar.
Faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.
🌟
Bunday tanlovlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, tariximizga hurmat va milliy g‘ururni yanada mustahkamlaydi.

April 27, 08:15
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Aniq_va_tabiiy_fanlar
Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan Urganch shahar sanitariya va epidemiologiya boʻlimi shifokor yordamchisi I.Urazova ishtirokida
"Sogʻlom yurak - sogʻlom hayot garovi"
mavzusida seminar tashkil etildi.
Uchrashuvda mutaxassis tomonidan talabalarga mavzuga doir ma'lumotlar tushuntirildi va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
👉
https://t.me/UrDPIaniqfanlar

April 27, 07:51
Media unavailable
5
Show in Telegram

Aniq va tabiiy fanlar fakultetida “Kelajak soati” rukni ostida ma’rifat darslari oʻtkazilmoqda
Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari Javlonbek Yoʻldashov tomonidan “Kelajak soati” rukni ostida "Innovatsion fikrlash" mavzusida 2-bosqich Matematika yoʻnalishi talabalariga ma’rifat darsi tashkil etildi.
👉
https://t.me/UrDPIaniqfanlar

April 26, 10:52
Media unavailable
2
Show in Telegram

🤩
Urganch davlat pedagogika institutida haftalik voqealar sarhisobi (20–25-aprel)
📊
O‘tgan hafta davomida institutimiz hayotida bir qator voqealar, uchrashuvlar va yangiliklar ro‘y berdi.
Ularning eng asosiylari bilan sizni tanishtirib boramiz!
🏛
Institut faoliyati
🤝
Xalqaro hamkorlik uchrashuvlari
🎓
Ta’lim jarayonidagi yangiliklar
✍️
O‘tkazilgan tadbir va tashabbuslar
©️
Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐
Sayt

Telegram
💬
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube

April 25, 16:40
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#Sayyor_qabul
🤩
Sayyor qabul — barchasi inson qadri uchun!
Bugun Urganch davlat pedagogika instituti
rektori v.b. Diyorjon Abdullayev ishtirokida sayyor qabul
tashkil etildi.
Qabul davomida Pedagogika fakultetida tahsil oluvchi talabalarning ota-onalarining
bo‘sh ish o‘rinlari,
xorijiy va boshqa oliy taʼlim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish
,
imtiyozlar asosida o‘qishga qabul qilish kabi masalalar
borasidagi murojaatlari tinglanib, ularning savollariga batafsil javoblar berildi. Bir qator muammolar joyida hal qilindi. Mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Sayyor qabul soha rahbarlari bilan aholi o‘rtasida bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim vosita hisoblanadi. U yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish hamda so‘z va fikr erkinligini taʼminlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bunday uchrashuvlar oliy taʼlim tizimidagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimlarini topish va sohani rivojlantirishda muhim bosqichlardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
©️
Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐
Sayt

Telegram
💬
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube

April 25, 16:40
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Xushxabar
|
#Toʻmaris_izdoshlari
🤩
Videolavha: UrDPI talaba-qizlari “To‘maris izdoshlari” tanlovining viloyat bosqichi gʻolibi boʻldi!
©️
Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐
Sayt

Telegram
💬
Facebook
🌐
Instagram
📹
YouTube