Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

OʻzMU Jurnalistika va oʻzbek filologiyasi fakulteti sobiq

UzMU_UFF
Fakultetdagi oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va turli tanlovlarga oid yangiliklar, eʼlon va maʼlumotlar berib boriladigan fakultetning KANALI - 👉 https://t.me/UzMU_UFF Dekanat: +998 71 246 01 47
Subscribers
1 260
24 hours
20
30 days
-80
Post views
594
ER
46,67%
Posts (30d)
9
Characters in post
656
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 13, 07:58

❗️
Kelgusi yildan magistraturaga kirishda yana imtihonlar qaytishi mumkin Farmonga ko‘ra, 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash vakolati oliy ta’lim…

April 13, 07:43

❗️
Kelgusi yildan magistraturaga kirishda yana imtihonlar qaytishi mumkin
Farmonga ko‘ra,
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab
magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash vakolati oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga berilmoqda.

Bu nima degani?
Hozirda magistraturaga kirishda hech qanaqa imtihon topshirilmaydi. Faqat diplom bali va til sertifikati darajasiga qaraladi.
Kelasi yilda esa oliygohlarning o‘ziga
mutaxassislik fanidan
imtihonni qanaqa olishni o‘zi belgilash huquqi berilmoqda. Kimdir xohlasa, yana imtihonni qaytaradi, kimdir xohlasa, hozirgi tizimda qoladi.
Imtihon shaklini
ham o‘zi belgilaydi, masalan, kimdir og‘zaki suhbatni tanlaydi, kimdir yozma imtihonga o‘tadi, kimdir test shaklini ma’qul ko‘radi.
👉
@xushnudbek
👈

April 13, 03:14

Channel name was changed to «
OʻzMU Jurnalistika va oʻzbek filologiyasi fakulteti sobiq
»

April 13, 02:54

Magistraturaga oid ayrim savollarga javoblar:
#abituriyent
Joriy yilda ilk marta magistraturada
kechki
va
masofaviy
ta’lim shakli ham ochildi. Bunda kechki yoki masofaviyga kirgan qizlarga ham davlat byudjetidan
kontraktlari qoplab berildi;
Magistraturada joriy yilda ham
qo‘shimcha qabul ochilgan
, buning uchun hujjat topshirilgan oliygohga murojaat qilish kerak. Qo‘shimcha qabul degani, bu xuddi bakalavrdagi super-kontrakt degani, ya’ni kira olmaganlar uchun
qo‘shimcha kvota ajratiladi.
Lekin asosiy farqi — magistraturada qo‘shimcha qabul kontrakti ancha arzon bo‘ladi. Bunda qo‘shimcha qabulga kirganlar 1 nafar talabani o‘qitishning
real xarajat summasini
to‘lasa kifoya.

Bu nima degani?
Masalan, mutaxassislikka qarab, 1 nafar talabani o‘qitish xarajati taxminan 15-25 mln so‘m atrofida bo‘ladi. Lekin davlat talabalarga yengillik bo‘lsin deb, kontrakt summasini haqiqiy xarajatdan arzonroq qilib belgilaydi, qolgan zararni qoplash uchun oliygohlarga byudjetdan subsidiya beradi.
Xullas, masalan, oddiy kontraktga kirganlar 10 mln so‘m to‘lasa, qo‘shimcha kontraktga kirganlar 15 mln so‘m to‘laydi. Magistraturada bakalavrdagi super-kontraktga o‘xshab, 5 baravar yoki 15 baravar to‘lash degan narsa yo‘q;
Qo‘shimcha qabulga kirganlar real xarajat miqdoridagi kontraktni
2 yil davomida
to‘laydi. Xuddi bakalavrga o‘xshab, faqat bir yil super-kontrakt to‘lab, ikkinchi kursdan oddiy kontraktga o‘tish degan narsa yo‘q;
Lekin qo‘shimcha qabulga kirganlar
grant taqsimotida ishtirok etishi mumkin,
agar natijasi yaxshi bo‘lsa, 2-kursda grantga o‘ta oladi;
Qo‘shimcha qabulga kirgan xotin-qizlarning kontrakt puli
byudjetdan qoplab berilmaydi.
Birinchi kursda ham, ikkinchi kursda ham. Lekin xotin-qizlar grant taqsimotida qatnashib,
grantga o‘tsa,
unda davlat grant ajratadi, tekinga o‘qishadi. Ammo grantga o‘ta olmasdan, real xarajat miqdoridagi kontraktda qolishsa, unda davlat byudjetidan qoplab berilmaydi. Magistraturaga oddiy kontraktga kirgan xotin-qizlarga esa, kontrakt puli byudjetdan qoplanishi haqida yuqorida aytdik;
Qo‘shimcha qabulga kirish uchun ham
talab darajasidagi sertifikati bo‘lishi shart.
Qo‘shimcha qabul - bu keyinchalik sertifikat olish sharti bilan hozir sertifikatsiz talabalarni o‘qishga qabul qilish degani emas;

April 12, 17:32

Магистратурага киришнинг амалдаги тартиби—диплом балли ва чет тили сертификатига қараб қабул қилишни бекор қилиш ҳамда имтиҳон (тест ва ҳоказо) жорий қилиш керак.
Шунингдек, олий таълимдан кейинги таълим: докторантура, мустақил изланувчиликка кириш квотасини белгилашни бекор қилиш керак.
Ким илмий иш қилмоқчи бўлса, қабул қилиниши керак, битта йўналишга 3 тагина квота белгилаволиш орқали илмга чеклов қўймаслик лозим.
Deyishmoqda magistrlar official kanali adminlari siz nima fikrdasiz? "Kommentlar" izohlarda fikringizni qoldiring.

April 11, 17:32

Nomaʼlum sabablarga koʻra fakultetning rasmiy telegram sahifasi
https://t.me/juff_nuu_uz
ushbu maznzilga koʻchdi.

April 11, 17:21

Kontrakt miqdorlari oshishi kutilmoqda. Aytishlaricha, joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarida kontrakt miqdorlari 20 foizgacha oshishi mumkin. Buning asosiy sababi — amaldagi kontrakt miqdorlari o‘qitish xarajatlaridan ancha past bo‘lib, oliy ta’lim…

April 11, 17:19

Kontrakt miqdorlari oshishi kutilmoqda.
Aytishlaricha, joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarida kontrakt miqdorlari
20 foizgacha
oshishi mumkin.
Buning asosiy sababi —
amaldagi kontrakt miqdorlari o‘qitish xarajatlaridan ancha past
bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarida reinvestitsiya qilish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
Sodda qilib aytganda, yangi kitoblar, laboratoriya jihozlari yoki zamonaviy uskunalar xarid qilish uchun oliygohlarda yetarli moddiy resurslar bo‘lishi zarur.

March 26, 19:42
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🚀
"DREAM LANGUAGE"DA BARCHA TILLAR BOʻYICHA KURSLARGA QABUL DAVOM ETMOQDA!!
Yangi til oʻrganishni hoziroq boshlang!
🇹🇷
Turk tili
🇬🇧
Ingliz tili
🇩🇪
Nemis tili
🇷🇺
Rus tili
Sinov darslarida qatnashib koʻrish BEPUL!
Kurslarga roʻyxatdan oʻtish uchun
☎️
+998991346363
☎️
+998991356363

@dreaml_admin

@dream_language_
admin
🗺
Manzil: "Dream Language" oʻquv markazi
Oʻzbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti binosida
🌐
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
⬇️
⬇️
⬇️
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

March 13, 13:17
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#hemis
❗️
HEMIS tizimida QR-kod orqali davomat qilish imkoniyati yaratildi
Endilikda dars jarayonida talabalar davomatini belgilash yanada
tez va qulay
bo‘ldi. HEMIS tizimiga
QR-kod orqali avtomatik davomat qilish
funksiyasi qo‘shildi.
Bu qanday amalga oshiriladi:
1️⃣
Mashg‘ulotlar/dars o‘tish sahifasida:
QR davomat ustunidagi maxsus belgi ustiga bosiladi.
2️⃣
QR davomat sahifasida:
QR-kod talabalarga ko‘rinarli holatda ekranda katta qilib ochiladi.
3️⃣
Talabalar tomonidan:
Mobil telefonlari orqali HEMIS mobil ilovasidan foydalangan holda ekrandagi QR-kod o‘qitiladi.
4️⃣
Tizim tomonidan:
QR-kodni o‘qitgan talabalar avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va “kelganlar” soniga qo‘shiladi. Ro‘yxatda faqat kelmagan talabalar qoladi.
5️⃣
Yakunlash bosqichida:
Auditoriyadagi barcha talabalar QR-kodni o‘qitib bo‘lgach, o‘qituvchi dars mavzusini tanlaydi va kelmagan talabalar davomatini saqlaydi.

Muhim eslatma!
🔹
Talabalar bir-biriga rasm yubormasligi uchun QR-kod har
8 soniyada
yangilanadi.
🔹
Ma’ruza mashg‘ulotlarida ro‘yxatda butun potokdagi barcha talabalar ko‘rsatiladi.
♦️
QR-davomat bilan bir qatorda
an’anaviy (qo‘lda belgilash) davomat funksiyasi
ham o‘z kuchida qoladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram