Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O‘zbek 은혜 bilan

Uzbek_EunHye
Tarjimon/pedagog O‘zbek 은혜~ 어디서든 어떻게든 행복할 것! 은구야~ 행복하자~ ♡ Koreyada o’qish, GKS mentorligi, kasb/fakultet tanlash konsultatsiyasi, Koreyada gid va tarjimonlik xizmatlari uchun @TopiKoreanBot ga yozing. TOPIK uchun: @I_can_get_TOPIK6
Subscribers
2 080
24 hours
-40
30 days
30
Unusual 24 hours growth
Post views
609
ER
31,49%
Posts (30d)
12
Characters in post
663
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Social & Community
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Language Teaching
Summary
April 23, 06:25

O'rtoqlar, men o'zimga yordamchi rils, karusel larni qilib beradigan foto/video editor qidiryapman~ Havaskorlar ham bo'ladi~
Birga ishlamoqchi bo'lganlar bo'lsa portfolio va olishni istagan hizmat haqqingizni
@TopiKoreanBot
ga yuboring~
Arizalar 1-maygacha ko'rib chiqiladi~

April 18, 20:24

Mahindan ilhomlanib manam reels qo’yib keldim (nechchi oy deganda
🙈
)
https://www.instagram.com/reel/DXSQERujZmp/?igsh=cGNpZXcxcGZheTNx

April 14, 07:45

GKSchilar diqqatiga))
Yaqinda GKS uchun yopiq kanalimda bepul vebinar bo’ladi. Kuni va vaqtini o’sha kanalda e’lon qilaman~
Linkdan o’tib oling~
https://t.me/+GMEL0ShtQdtkNmNi

April 14, 04:24

Farg’onaliklar uchun ish e’loni~
📢
Vakansiya: Tarjimon (Interpreter / Translator)
📍
Joylashuv: Farg‘ona shahri
🏢
Kompaniya: Hansae Mobility Turan
🔹
Lavozim haqida:
Kompaniyamiz jamoasiga malakali tarjimon izlamoqda. Nomzod rahbariyat va xorijiy mutaxassislar bilan samarali muloqotni ta’minlashi, hujjatlarni sifatli tarjima qilishi zarur.
🔹
Asosiy vazifalar:
Og‘zaki tarjima (uchrashuvlar, muzokaralar, yig‘ilishlar davomida)
Yozma tarjima (hujjatlar, hisobotlar, ish yozishmalari)
Xorijiy mutaxassislar bilan kundalik muloqotni qo‘llab-quvvatlash
Zarur hollarda xizmat safarlarida ishtirok etish
🔹
Talablar:
Koreys tilini yuqori darajada bilish (Topik 5-6)
Ingliz tillar ustunlik beradi
Tarjimonlik bo‘yicha kamida 1-2 yillik tajriba
Texnik yoki ishlab chiqarish sohasida tajriba bo‘lsa ustunlik
Mas’uliyatlilik, aniqlik va tezkorlik
Kompyuter savodxonligi (MS Office va boshqalar)
🔹
Ish sharoitlari:
Rasmiy ishga joylashish
Raqobatbardosh oylik (suhbat asosida)
Professional rivojlanish imkoniyati
Xalqaro jamoada ishlash
📩
Rezyumeni yuborish:
@safiya0409
Rezyume faqat ingliz tili yoki koreys tillarida qabul qilinadi!

April 11, 17:39

O’rtoqlar, help)
Samarqanda joylashgan toza xavfsiz va tinch guest house/mehmonxona bilsangiz bo’lishing, juda qimmat joylar chiqyapti menda faqat))

April 06, 08:51

Salbiy holatlar haqida ham post bo'lsinmi yoki yo'q?
😅

April 04, 04:22

O'tgan seshanbada Koreyada bir loyiha sabab tanishib qolgan dugonam bilan uchrashdik.
O'tgan yili Koreyadan bir xil paytda qaytgan edik. Hozir turmush o'rtog'i bilan Toshkentda yashayotgan ekan~ Shu bahona uchrashib maza qilib suhbatlashdik.
Dugonam gap orasida qaytgandan keyin O'zbda anchagina o'zgarishlar ko'rganini va bundan xursand bo'lganini aytib qoldi. Men ham buni tasdiqladim.
O'zbda davomiy yashayotgan odamlarga balki sezilmas, lekin ma'lum bir payt tashqarida bo'lib qaytgan odamga o'zgarishlar shundoq seziladi (ayniqsa, ijobiylari).
Shaxsan men ko'proq ijobiy narsalarga diqqat qaratishga harakat qilaman. Shuning uchunmi o'shanda salbiydan ko'ra ijobiy o'zgarish - rivojlanish belgilari ko'proq diqqatimni tortgan. Misol uchun:
1) 5 yil oldin 24/7 ishlaydigan do'konlar umuman bo'lmasdi. Hozir esa bor va bu juda qulay!
2) Yo'llarda qimmatbaho chet el mashinalari ko'paygan, oldin judalar kam edi (men masalan ko'p mashina turlarini birinchi marta Koreyada ko'rganman
🙈
). Bu esa odamlarda pul borligini bildiradi.
3) Ko'ngilochar xiyobonlar, katta-katta savdo markazlari ishlab turibdi. Bu aholiga ham iqtisodga ham yaxshi.
4) Qahvaxonalar ko'paygan, bu esa juda ajoyib! Avvallari o'zingizga vaqt ajratib yoqtirgan choy yoki qahvangizni ichib dam olib o'tiradigan joylar deyarli yo'q edi. Hozir xilma-xil mavzulardagi qahvaxonalarni topish mumkin.
Shu bilan birga bizda qahvaxonada dars qilish yoki shunchaki kompda ishlash madaniyati deyarli yo'q edi. Hozir ko'pchilik shunday qilyapti va bu juda qulay~
5) Xizmat ko‘rsatish tezligi ancha yaxshilangan. Onlayn savdo, yetkazib berish ancha yo'lga tushib qolgan. Masalan, ketishimdan oldin Uzum kabi marketpleyslar deyarli rivojlanmagan edi.
6) Odamlarning kiyinish uslubi ancha o'zgargan, tabiiylik nisbatan ko'p. Odamlar qulaylikni tanlab ryukzak va kedalarni klassik uslub bilan moslashtirishni o'rganishibdi. Kiyim do'konlari ham sezilarli darajada ko'paygan. Bu esa raqobatni kuchaytiradi.
7) Yangi umumiy transport vositalari olib kelinibdi, ayniqsa yangi metro vagonlari juda yoqdi. Yo'l haqini to'lash to'liq elektronlashtirilgani ham ajoyib! Ketishimdan oldin transport kartalari faqat metroga amal qilardi.
O'shanda diqqatimni tortgan asosiy narsalar shular edi (hozir esimga tushgani
🙈
, ba'zi narsalar qolib ketgan bo'lishi mumkin). Yaqin orada O'zbga qaytganlar bo'lsa, o'zingiz sezgan ijobiy o'zgarishlar haqida aytib bersangiz xursand bo'laman~
@Uzbek_Eunhye

March 31, 18:39

O’zbekistonga yaqinda kelgan chet ellik bilan (ayniqsa u koreys bo’lsa
😂
) ishlash juda qiziq, men sizlarga aytsam
Chunki u hamma narsaga qiziqadi va bittamizning javobimizga qoniqmay hammadan fikrini so’rab chiqadi
😂
😂
Bugun erkaklar quyoshga qarshi soyabon tutadilarmi, deb so’radi. Men yo’q, dedim. U yana davom etdi.
- Men soyabon tutib yursam g’alati qarashsa kerak?
- Siz chet elliksiz, unaqa qarashmaydi.
- Erkaklar nima deb o’ylasharkina?
- Sizga buni nima farqi bor, siz tutib yuravering chet elliksiz-ku!
Shunda xodim hisobchimizga yuzlandi:
- Siz quyoshga qarshi soyabon tutasizmi?
- Soyabon? Quyoshga qarshi? Hm.. men hatto yomg’irda ham soyabon tutmayman.
Navbat haydovchiga keldi.
- O’zbekistonda erkaklar quyoshga qarshi soyabon tutsa bo’ladimi?
- Qanaqasidan? Qorasidanmi?
- Ha, ultrabinafsha nurlarini to’sadiganidan
- Qorasi mayliyu qizil-pushtisi bo’lmaydi.. (
😂
😂
)
Gapga bir necha yildan beri O’zbda yashaydigan boshqa koreys aralashdi:
- 45 gradusda ham soyabonsiz yuramiz biz
(salkam o’zbek bo’lib qolgan ekanlar o’ziyam
😂
)
- Iye! Bu mumkinmas-ku! Yuz terisiga nima bo’ladi? Qorayib ketsa keyin shifokorga qatnaysizmi?
Men esa mavzuni tezroq yopgim kelardi:
- Qoraysa nima qilibdi, erkaklarga yarashaveradi. Ular oppoq bo’lishi shart emas. Yuz terisidan ko’ra boshini oftob urmasligi uchun bosh kiyim kiysa bo’ldi..
- Hop, mayli soyabonni qo’yib turaylik. Kichkina qo’l ventilyatorichi? Erkaklar uni ishlatsa bo’ladimi?
- Bo’laveradi. Isib ketsa ishlataveradi-da!
Boshqalar ham bir ovozdan buni tasdiqlashdi.
- Siz bemalol ishlatavering, juda bo’lmasa chet elliklar o’zini yaxshi asraydi, deb qo’yaqolishadi.
- Ha men soyabon ham tutaman, ventilyator ham olvolaman. Shunchaki boshqalar fikriga qiziqdim…
Shu joyda menimcha mening yuzim o’zgarib ketdi lol. Baribir o’zingiznikidan qolmas ekansiz boshqalar qanaqa fikrdaligining nima ahamiyati bor, degim keldiyu tilimni tiydim
😂
@Uzbek_Eunhye

March 30, 16:55

Oramizda samarqandliklar bormi?
☺️
Samarqandga nechchi kunga borgan yaxshi? Sayohat rejasini tuzishga yordam bering
🥹

March 27, 03:39

Kecha O'zbga qaytganimga 1 yil bo'ldi (vaqt bunchalik tez o'tadi deb o'ylamagandim, to'g'risi). Sanaga qarab bir yil oldin aeroportda ko'nglimdan o'tgan hislar yodimga tushdi. O'ylab qarasam, bu haqida kanalda yozmagan ekanman. Hechdan ko'ra kech, bugun…