Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Vatanparvarlik bo'limi

Vatanparvarlik_ChQBT
➖ Telegram: @Vatanparvarlik_ChQBT ➖ Instagram: Vatanparvarlik bo'limi ➖ Facebook: Vatanparvarlik bo'limi ➖ YouTube: Vatanparvarlik bo'limi
Subscribers
5 170
24 hours
10
30 days
-110
Post views
671
ER
11,37%
Posts (30d)
155
Characters in post
943
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 25, 05:43
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🔉
“Vatanparvarlar” xalqaro harbiy-sport musobaqasi yakunlandi
⭐️
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Vatanparvarlar” xalqaro harbiy-sport musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” harakati a’zolari hamda xorijiy davlatlarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etgan mazkur nufuzli musobaqa bir necha kun davomida yuqori saviyada tashkil etildi.
🗃
Musobaqa davomida ishtirokchilar turnikda tortilish, AK-74 avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish, arqon tortish, merganlik bellashuvlari, harbiylashtirilgan estafeta, yagona to‘siqlar yo‘lagi (OKU), birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, “Mardlar estafetasi” hamda “Smart sardori” ixtirochilik tanlovi kabi qator shartlar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Shuningdek, “Vatan madhi” badiiy havaskorlik yo‘nalishida ham jamoalar o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, musobaqada yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar quyidagicha taqdirlandi:
🥇
— 1-o‘rin: O‘zbekiston
🇺🇿
🥈
— 2-o‘rin: Qozog‘iston
🇰🇿
🥉
— 3-o‘rin: Qirg‘iz va Belarus Respublikalari.
🇰🇬
🇧🇾
➡️
Tantanali yopilish marosimida davomida g‘olib va sovrindor jamoalar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating :
📱
Telegeram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube

April 25, 05:42
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#Turon_yoʻlbarslari
#Respublika_bosqichi_final

“TURON YO‘LBARSLARI” RESPUBLIKA BOSQICHI YAKUNLANDI: JASUR VA QAT’IY YOSHLAR G‘OLIB BO‘LDILAR!
Chirchiq shahridagi Quruqlikdagi qo‘shinlar institutida bir necha kun davom etgan
“Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi tantanali yakuniga yetdi.
Jasorat, intizom, kuch, epchillik va Vatanga sadoqat sinovlari muvaffaqiyatli yakunlanib, eng kuchli, eng tayyor va eng azamat jamoalar aniqlandi.
🏆
Musobaqa g‘oliblari:
🥇
I O‘RIN – Toshkent viloyati,
Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabining “Amir Temur izdoshlari” jamoasi
🥈
II O‘RIN – Andijon viloyati,
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining “Sohibqiron” jamoasi
🥉
III O‘RIN – Jizzax viloyati,
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining “Vatanparvar” jamoasi
⚔️
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy ruhi, chaqqonligi va harbiy intizomga bo‘lgan hurmatini isbotladilar. Turli hududlardan kelgan iqtidorli yoshlar o‘rtasidagi murosasiz raqobat tomoshabinlarga unutilmas lahzalar, qatnashchilarga esa qiyin, ammo sharafli sinovlarni olib keldi.
Ayniqsa, yakuniy bosqichda jamoalar o‘rtasida kuchli bahs bo‘lib o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun kurashdi. Ammo g‘alaba eng kuchli va eng tayyor jamoalarga nasib etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova g‘olib va sovrindor jamoalarni tabriklab, bunday musobaqalar yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlashdagi muhim ahamiyatini ta’kidladilar hamda barcha ishtirokchilarga, ustoz va murabbiylarga minnatdorchilik bildirdilar.
“Turon yo‘lbarslari”
musobaqasi yoshlarni nafaqat jismoniy, balki ma’naviy-axloqiy jihatdan tayyorlash, ularni tartib-intizom, jasorat, vatanparvarlik va qat’iyat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating :
📱
Telegeram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube

April 25, 05:40
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🔉
“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi yakunlandi
⭐️
Umumta’lim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan,
“Vatan tayanchi”
otryadi aʼzosi bo‘lgan o‘quvchilar oʻrtasida
mudofaa vaziri kubogi
uchun o‘tkazilgan
“Vatanparvarlar”
harbiy-sport musobaqasining yakuniy bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
🗃
Bellashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, poytaxtimiz va viloyatlardan saralangan 14 ta jamoa dastlab ilk harbiy koʻnikmalarni sinovdan oʻtkazadigan “Harbiylashtirilgan estafeta”, tibbiy bilimlarning amalda ifodasi boʻlgan “Jabrlanuvchiga birinchi yordam koʻrsatish”, turnikda tortilish (o‘g‘il bolalar uchun), kuragi bilan yotgan holatda tanani ko‘tarish (qizlar uchun), sinchkovlikni talab etuvchi “Merganlar” kabi shartlarda bor kuch, bilim va imkoniyatlarini namoyon etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇
1-o‘rin — Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Lochin” jamoasi;
🥈
2-o‘rin — Toshkent shahri “Temurbeklar” jamoasi;
🥉
3-o‘rin — Toshkent viloyati "Lochinlar" jamoasi
.
🗃
Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan oʻquvchi-yoshlar shartlar gʻolibligidan tashqari yana quyidagi qoʻshimcha nominatsiyalar boʻyicha ham taqdirlandi:
“Eng yaxshi ixtirochi”
– Samarqand viloyati “Bars” jamoasi;
“Eng yaxshi ijrochi”
– Buxoro viloyati “Jasorat” jamoasi;
“Eng kuchli sportchi”
– Toshkent shahri “Temurbeklar” jamoasi Foziljonova Mubina Foziljon qizi;
“Eng mohir mergan”
– Qashqadaryo viloyati “Turon arslonlari” jamoasi aʼzosi Shomurodov Elmurod Orif oʻgʻli;
“Eng kuchli jamoa”
– Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Lochin” jamoasi.
➡️
Faxrli o‘rinlarga sazovor boʻlgan jamoalar hamda nominatsiyalar gʻoliblariga kubok, diplom, statuetka va esdalik sovgʻalar topshirildi. Qolgan jamoalar ham hamkor tashkilotlarning qimmatbaho sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating :
📱
Telegeram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
Youtube

April 24, 11:06
Media unavailable
2
Show in Telegram

⭐️
Umumtaʻlim maktablarida tashkil etilgan
"Vatan tayanchi"
otryadlari aʻzolari oʻrtasida
mudofaa vaziri kubogi
uchun oʻtkazilayotgan
"Vatanparvarlar"
harbiy-sport musobaqasining shiddatli bahslari…
🛫
Telegram
🔗
LIVE
📞
Facebook
📺
Youtube
📷
Instagram

X.com

April 24, 11:06
Media unavailable
2
Show in Telegram

⭐️
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport maktablari va maktab-internatlarining
“Vatan tayanchi”
otryadi a’zolari
“Turon yo‘lbarslari”
harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichida bellashmoqda.
🛫
Telegram
🔗
LIVE
📞
Facebook
📺
Youtube
📷
Instagram

X.com

April 23, 12:48
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

⭐️
“Turon yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi
Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlar oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasiga tantanali ravishda start berildi.
Batafsil

https://gov.uz/mudofaa
🛫
Telegram
🔗
LIVE
📞
Facebook
📺
Youtube
📷
Instagram

X.com

April 23, 09:48
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🟦
🟦
#Vatan_tayanchi
#Vatanparvarlar
⭐️
“Vatanparvarlar”
xalqaro harbiy-sport musobaqasining ishtirokchilari Toshkent shahridagi
Amir Temur
xiyoboniga tashrif buyurib mashhur davlat arbobi, yengilmas sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi
Sohibqiron Amir Temur
haykali poyiga gulchambar qoʻyishdi.
🗃
Bugun musobaqa ishtirokchilari uchun poytaxtimizning diqqatga sazovor maskanlariga sayohat tashkil etiladi. Sayohat davomida yoshlar buyuk ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan betakror me’moriy obidalar bilan tanishib, O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi haqida ko‘plab ma'lumotlarga ega bo‘lishadi.
🛫
Telegram
🔗
LIVE
📞
Facebook
📺
Youtube
📷
Instagram

X.com

April 23, 09:48
Media unavailable
2
Show in Telegram

Axborot24 | “Vatanparvarlar” xalqaro harbiy-sport musobaqasi
🛫
Telegram
🔗
LIVE
📞
Facebook
📺
Youtube
📷
Instagram

X.com

April 23, 07:02
Media unavailable
7
1
Show in Telegram

🇺🇿
“Turon yo‘lbarslari”
harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi musobaqalarning ochilish marosimidan so‘ng Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova ishtirokchilar uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlarni bevosita joyida o‘rganib chiqdi.
🇺🇿
U yoshlarning ovqatlanish tizimi va kundalik ratsioni bilan yaqindan tanishdi, menyu va mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, yotoqxona xonalari, ularning qulayligi, tozaligi va dam olish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan ham tanishdi. Direktor, shuningdek, harbiy xizmatga mos hayot tarzi – kunning tartibi, gigiyena qoidalari, formadan foydalanish va boshqa intizomiy jihatlar qanday tashkil etilganini ham sinchkovlik bilan o‘rgandi.
🤩
Agentlik rahbarining fikricha, bunday musobaqalar nafaqat qizg‘in bellashuv va g‘alaba uchun kurash, balki yoshlarni kelajakdagi harbiy xizmatga tayyorlashning eng samarali vositalaridan biridir. Bu kabi tadbirlar orqali yoshlar erta yoshdan boshlab mas’uliyat, intizom, o‘zaro yordam va Vatanga sadoqat kabi oliy fazilatlarni o‘zlashtiradilar.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal

April 22, 16:54
Media unavailable
10
1
Show in Telegram

🇺🇿
“TURON YO‘LBARSLARI” RESPUBLIKA BOSQICHI: JASORAT VA VATANPARVARLIK MAKTABI
📌
Chirchiq shahridagi Quruqlikdagi qo‘shinlar institutida
Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internat o‘quvchilari o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi boshlandi.
Maqsad – yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy tayyorgarlikni mustahkamlash hamda mardlik, jasorat kabi fazilatlarni shakllantirish.
🇺🇿
Tadbirni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova kirish so‘zi bilan ochdi, ishtirokchilarni respublika bosqichiga yetib kelganligi bilan tabrikladi hamda bunday musobaqalar yoshlarning jismoniy tayyorgarligi va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi. Shundan so‘ng musobaqaning respublika bosqichiga rasman start berildi.
🇺🇿
Hududiy bosqichda 212 ta jamoa (1484 nafar o‘quvchi) 9 ta sinov bo‘yicha bellashdi: saf mashqlari, qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish, otish, kamondan otish, arqondan o‘tish, himoya vositalarini kiyish, turnikda tortilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va “Temur tuzuklari bilimdoni”. Eng yaxshi natijalarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar respublika bosqichiga yo‘l oldi.
Musobaqa 22–25-aprel kunlari davom etadi.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal