Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Yaasin.uz

YaasinUz
«YaasinUz» ijodiy sahifasi Qalbdan chiqqan so'z qalbga yetib boradi 🤍 Hamkorlik uchun: @YaasinUz_bot 📩 Instagram sahifamiz: instagram.com/Yaasin.uz
Subscribers
2 070
24 hours
10
30 days
-110
Post views
1 859
ER
82,03%
Posts (30d)
6
Characters in post
379
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Psychology
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Psychology & Counseling
Summary
April 25, 08:01

Qorningiz och bo'lsa, ovqat yeysiz to'yadi.
Ammo, ko'zingiz och bo'lsachi?
Buning davosi nedur?

April 22, 18:02

#Қарз
Қарзга турлича ном берманг. «Ўзи арзимаган пул олгандим, шуниям сўради» деманг. Ўша миқдор арзиганки, сиз олдингиз. Керак пайтда сизга ёрдам берган одамга энди вақтида қайтаринг. Вақтида қайтаролмасангиз узр айтиб, муддатни узайтиришини сўранг.
Бир одамдан қарз олиб, бир муддат ўтиб пластик картасини сўрадингизми, энди тезроқ пулни ўтказиб беринг. Чунки пластик рақамини сўраганингиздан кейин у одам ўша пулга умид қила бошлайди, режаларини ўшанга қараб тузади. Сиз қайтармайсиз, узр ҳам айтмайсиз, натижада ҳақ эгаси бўлган киши ноқулай аҳволда қолаверади.
Қарзда миқдор муҳиммас.
Кимдан олганингиз, унинг сизга қай даражада яқинлиги умуман эътиборга арзимайди.
Қарз борми, бор. Имкон қадар қайтаришга йўл изласангиз, Аллоҳдан сўрасангиз, инша Аллоҳ муддатидан олдин уза оласиз.
Аммо «арзимаган пул-ку, олаверай, кечворар» десангиз ва муддат келганда у қарзни қайтаришингизни сўраса, минг ҳаракат қилсангизам ишингиз олға юрмайди.
Булар аввало нафсимга ўгитлар. Ҳаётим давомида кўп одамлар билан олди-берди қилдим. Ўша тажрибалардан келиб чиқиб ёздим.
Аллоҳ таоло барча қарздорларга нажот берсин.
Muhammad Temur A'zam |
@YaasinUz

April 22, 03:16

Sodiqlik sodiqlik bilan mukofotlanadi. Aksi esa masofa bilan.
@YaasinUz

April 18, 09:31

Eri bilan ajrashib “zo’r” bo‘lib ketgan ayollar
Marketingdan tashqari mavzu, xulosa sifatida yozayapman.
So‘nggi paytlar internetda shunaqa videolar ko‘paydi.
ajrashgan ayol, 0 dan boshlagan, qiyin kunlar, keyin mashina, uy, “hammasini uddaladim” degan hikoya.
Etibor bersangiz, bu kontentlar tasodif emas. bu ssenariy.
“Erim tashlab ketdi”
“Ota-onam ham meni haydab chiqardi”
“Bir tiyin pulsiz qoldim…”
Auditoriyaning eng og‘riqli joyiga uradi. Keyin oxirida siz ham uddalaysiz degan xulosa.
Bu motivatsiya emas, bu ehtiyojni ushlash.
Va ishoning, bunaqa kontentlarning oxiri ko‘pincha bitta joyga olib boradi kursini sotishga.
Kecha qiynalganini ko‘rsatadi,
bugun muvaffaqiyatli bo‘lib ketganini ko‘rsatadi,
mashina, uy bilan maqtanadi.
Keyingi qadam aniq. “men qanday qilib chiqdim sizga ham o‘rgataman”
Savol bitta.
Nega aynan ajrim targ‘ib qilinyapti?
Nega erkaklar tomondan bunaqa kontent yo‘q?
Qaysi erkakni ko‘rdingiz birinchi xotinimdan ajrashdim, keyin zo’r bo‘ldim deganini?
Haqiqat esa boshqacha.
Nechta ayolni ko‘rdingiz ajrimdan keyin qiynalib qolganini?
Nechtasini ko‘rdingiz farzandi bilan yolg‘iz qolganini?
Bular internetda ko‘rinmaydi. Chunki bu kontent emas. Bu ssenary emas.
Internet sizga faqat eng chiroyli “sotiladigan” kadrni ko‘rsatadi. Qolgan 99% kadr ortida qoladi.
Yana bir narsa.
Haqiqiy baxtli insonlar baxt bilan ovora.
Ular ko‘z ko‘z qilish bilan yashamaydi.
Ularning bunga vaqti ham yo‘q.
Bugun ko‘pchilik Instagram’dagi hayot bilan o‘zini solishtiryapti. Va o‘zini baxtsiz his qilyapti.
Aslida esa bu hayot emas. Bu sahna. Uyishtirilgan sahna.
Internetdagi har narsaga ishonmang.
Agar oila, munosabat, farzand tarbiyasi haqida tushunmoqchi bo‘lsangiz YouTube’da haqiqiy mutaxassislar qilgan podcastlarni ko‘ring.
Ko‘p vaqt olmaydi, lekin fikringizni to‘g‘rilaydi. Oshxonada ovqat qilayotganda ham ko’rsa bo’ladi.
Hurmatli ayollar, sodda bo‘lmang.
Ishonuvchan bo‘lmang.
Muzaffar Murodov |
@YaasinUz

April 16, 14:18

Qachondir o'zgarishimiz kerakligini ich-ichimizdan bilamiz. Lekin o'sha qachondir kelishini kutib, umrimizni sarf qilib qo'yamiz...
@YaasinUz

April 10, 12:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

😁
😆
😁
bu yil oila qurishim kerak...

March 23, 15:02

Oila yolg'on ustiga qurilmaydi.
@YaasinUz

March 11, 06:28

"Büyüyünce geçer" dedikleri şey Mutlulukmuş...
@YaasinUz

February 09, 12:10

Ҳаёт ўзи ғароиб. Унга ҳеч нарсасиз келамиз кейин ҳамма нарса учун жанг-жадал қиламиз, кейин эса ҳамма нарсани қолдириб яна ҳеч вақосиз кетамиз…
Ikrom Sharif |
@YaasinUz

January 27, 07:15

Uch narsa ayollik latofatini kamaytirib yuboradi:
– itoatsizlik;
– asabiylashish;
– ovoz ko'tarish;
@YaasinUz