
Yangibozor tuman Axborot -kutubxona markazi
#mening_madhiyam
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi muborak bo‘lsin!
Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
1992-yil, 10-dekabr.
✍️
Abdulla Oripov so‘zi
🎼
Mutal Burhonov musiqasi
📱
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Kitobxonlikni targ‘ib qilish,o’quvchilarni kitobga qiziqtirish.
Keyingi yillarda mamlakatimizda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh tashabbus”ning to‘rtinchisi yo‘nalishi sifatida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish belgilangani ham bejiz emas.
Kitobxonlik madaniyatini oshirish va kitob mutolaasi borasida joylarda turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Shunday tadbirlardan biri Yangibozor tumani Axborot- kutubxona markazi tomonidan tashkil etildi. Unda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. AKM mutaxassislari tomonidan “Kitobsevar millat” shiori ostida maktablarga borib, xizmat ko’rsatish yo’lda qo’yildi. Tumandagi 15,11, 18 - son umumiy o’rta ta’lim maktablariga borib, kitoblar targ’ib qilinib, o’quvchilarni kutubxonaga a’zo qilinib, o’qishlari uchun kitoblar berildi
O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun munasabati bilan “Madhiyangni kuylayman - Vatan” mavzusida
O’zbekistоn Respublikаsi Madhiyasi 1992-yil 10-dekаbr kuni qаbul qilingаn. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrida bo`lib o`tgan XI sessiyasida “O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida”gi qonun qabul qilindi.Shoir Abdulla Oripov va Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya varianti tasdiqlandi.
10-dekаbr O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun munasabati bilan “Madhiyangni kuylayman - Vatan” mavzusida Yangibozor tumani Axborot kutubxona markazi hamda tumanimizdagi 26-son umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilari bilan birgalikda davra suhbati bo’lib o’tdi.
Kitobxonlikni targ‘ib qilish,o’quvchilarni kitobga qiziqtirish.
Keyingi yillarda mamlakatimizda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh tashabbus”ning to‘rtinchisi yo‘nalishi sifatida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish belgilangani ham bejiz emas.
Kitobxonlik madaniyatini oshirish va kitob mutolaasi borasida joylarda turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Shunday tadbirlardan biri Yangibozor tumani Axborot- kutubxona markazi tomonidan tashkil etildi. Unda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. AKM mutaxassislari tomonidan “Kitobsevar millat” shiori ostida maktablarga borib, xizmat ko’rsatish yo’lda qo’yildi. Tumandagi 17, 8 - son umumiy o’rta ta’lim maktablarida borib, kitoblar targ’ib qilinib, o’quvchilarni kutubxonaga a’zo qilinib, o’qishlari uchun kitoblar berildi.
Aziz yurtdoshlar, barchalaringizni 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan chin dildan muborakbod etaman!
Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi! Bu shunchaki shior emas, Bosh Qomusimiz mazmun-mohiyatini, hayotiy zaruratini anglatadigan so‘zlar!
Barchamiz uni anglasak, huquqlarimizdan foydalansak, burchlarimizni bajarsak, Konstitutsiya hayotimizning ajralmas qismiga aylanadi!
Bayram muborak bo‘lsin!
Kitob – hayot yo‘lidagi mash’ala
@otabek_khasanov
#KONSTITUTSIYA_33_YIL
📚
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan.
📚
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 1-maydan kuchga kirdi.
📚
Bunga 30-aprel kuni boʻlib oʻtgan referendum natijasiga koʻra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos boʻldi.
📚
2021-yil 8-fevralda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish to'g'risida"gi Qonunning 1-moddasi orqali amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bir qancha tuzatish va qo‘shimchalar kiritilishi belgilandi.
📚
Yangi konstitutsiya 65 foizga yangilangan.
📚
Konstitutsiya so‘zi lug‘aviy jihatdan “Nizom”, “Qoidalar to‘plami” degan ma’nolarni anglatadi.
E’LON !
«Konstitutsiya kuni» bayrami munosabati bilan 8-dekabr dam olish kuni deb e’lon qilingan, shu sababli ushbu kun Yangibozor tuman axborot kutubxona markazida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
Ma’muriyat
#Kun_tarixi
Bugun 6-dekabr, haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏
Mikroto‘lqinli pech tug‘ilgan kun
🇺🇸
AQSh – Milliy konchilar kuni.
🇦🇿
Ozarbayjon – Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi kuni.
🇰🇿
Qozog‘iston – Prokurorlar kuni.
#muhim_voqealar
🔹
1492 – Kolumbning birinchi ekspeditsiyasi Gaiti orolini kashf etdi.
🔹
1865 – AQSHda qullik bekor qilindi.
🔹
1945 – Spenser mikroto‘lqinli pechga patent oldi.
🔹
2000 – 116-atom raqamli kimyoviy element – livermoriy kashf qilindi.
#tavalludlar
🔹
1823 – Fridrix Myuller – nemis va ingliz filologi, sharqshunos.
🔹
1940 – Xayrulla Sa’diyev – teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹
1968 – Sadir Japarov – qirg‘izistonlik siyosatchi, Qirg‘iziston Prezidenti.
🔹
1994 – Sarvinoz Qurbonboyeva – o‘zbek shaxmatchisi, ayollar o‘rtasida grossmeyster.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
"Inson huquqlari-oliy qadriyat"
Inson huquqlari – bu insonning tug‘ilishidan to vafot etguniga qadar butun umri davomida unga hamrohlik qiladigan huquq va erkinliklardir. Ushbu universal huquqlar millati, jinsi, irqi yoki etnik kelib chiqishi, rangi, dini, tili yoki boshqa huquqiy maqomidan qat’i nazar, hech qanday kamsitishlarsiz barcha uchun xosdir.
Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi. Inson huquqlari munosib hayot kechirish va insoniy salohiyatimizni rivojlantirishga imkon berish uchun zarur bo‘lgan barcha insoniy fazilatlar uchun muhimdir. Inson huquqlarini ta’minlash qo‘rquv, ta’qib yoki kamsitishsiz jamiyatda yashash uchun katta ahamiyatga ega.
Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tuman ichki ishlar bo’limi mutaxassislari bilan birgalikda "Inson huquqlari-oliy qadriyat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi va IIB mutaxassislariga kitoblar targ’ib qilinib, o’qishlari uchun berildi.