
YAQIN
Биз сизларни бир-бирингиз билан синов қилиб қўйдик. Сабр қиласизларми? Роббингиз эса (ҳамма нарсани) кўриб тургувчидир.”
Синов.. шу сўзларни мудом кўп эшитасизлар, тўғрими? Атрофингизга қаранг, ҳеч нолимай яшаётган биргина одам борми? Ҳаа десангиз, мен айтаманки, демак у одам ғорда, бирон кимсаси йўқдир!
Шундай “..бирингизни-бирингизга”, синов қилдик.
Ким синов қилди.
Ҳолиқ Зот. Бутун мулк Уники бўлган Зот! Бехожат Зот! Сомад ва Қовий Зот!
Эр хотин учун синов, хотин эри учун, бола отага синов, она болага. Дўст дўсти учун синов, қўшни қўшнига, ҳақдор золимга синов, тожир эса бошқа тожирга..
Ҳеч бир инсон йўқки.. синалмасин, бирон хонадон йўқки.. қайғуси бўлмасин. Тирик жон борки ҳаётнинг тиши темирдан бўлган янчиғичига тушиб айланмаётган бўлсин.
.. Боши самога етди десалар, ило ишонмайман, ишонманг сиз ҳам, кўнгли ерда чўккалаб ётибти.
Баъзида хандон отиб кулаётганларга қараб хайрон бўламан, уларнинг ишқи сиротдан ўтганми..кан?
Мўмини қалбида хотиржамлик бўлади, дейишади. Қулоқ солингчи, ақалли сиздв ўша туйғу бордир, балки.
Балки сиз Юсуфнинг (а.с) қалби каби, соф, таънасиз бир иньомдадирсиз.
Балки Иброҳимнинг (а.с) таваккули каби, оловда “ёнмаётгандирсиз”.
..Албатта, Аллоҳ сизларни кузатиб турувчидир.”()
Атрофга қарайман, бунчалар бу дунё олғир-а
“Бирингизни- бирингизга синов қилдик, сабр қилармикансиз?”
Бу Аллоҳнинг қонуни! Кимсаки синалмасдан ўтмайди. Мазлум ҳам, золим ҳам!
Энди эса кўнглингизни эркалатадиган бир гап айтайми?
“Аллоҳ улардан рози бўлди, улар эса Ундан рози бўлдилар…”
(Моида)
Улар ким?
🌹
Сиз-да ўша.
Нега дейсизми?
🌷
Сабр қилганингиз учун.
..Кўз ёшларингизни,
…илтижоларингизни,
…заифлигингизни,
…ночорлигингизни,
..кучсизлигингизни,
…чорасизлигингизни шикояти ва шукрини Ал-Латиф, Ал-Жаббор, Ал-Ҳакийм ,Синган қалбларни тикловчига изҳор қилганингиз учун розилик келди.
Бўлди, йиғламанг, илло саноқлигина вақт қолди. Адолат тарозиси адашмайдиган, юзма юз қўйиладиган Қонтарада оласиз, ин шаа Аллоҳ.
“Уларга олтин билaн безалган билагузуклар тақилади ва улар ипак либослар кийадилар.”
Унутманг, Сизга бу либослар жуда ярашади!
Alloh xayrli manfaatli qilsin, juda foydali suhbat boʻlibdi.
https://youtu.be/Ww1RrOeTq78?si=mIS4qxp6YaSMOMQ8
https://t.me/YaqinOzbek
Biz yoshligimizda...
Bolaligimiz juda sodda oʻtgan ammo oʻzgacha gashti bor edi.
Biz yoshligimizda maktabga pul olib bormas edik doim ham.Sumkaga non solib olardik.Tortni yangi yildagina eyiladi deb oʻylardik. Nonushtada oq qand , shakar boʻlsa kifoya edi.Molokoni ramazonda yerdik.Bolalar qor yogʻsa xursaand boʻlardi ,kompot ichamiz endi qor yogʻdi ,qish keldi deb.Yozda muraveyda muzqaymoq kelardi xuddi ayiqning asal bochkasiga oʻxshagan idishda .Lemonad idishini koʻtarib bolalar muzqaymoqqa chopardi.Qishki poyafzallar eskirsa,orqasini qirqib yozgi shippak qilib kiyilardi.Opa-ukalar bir-birimizning kiyimimizni kiyib katta boʻlganmiz.
Maktabga yiliga yangi sumka olmaganmiz. Daftarlarni muqovasigacha yozardik.Ruchkaga zapas solib ishlatardik.Hozirgiday kondisioner ,ventilator boʻlmagan.Sakkizinchi ,toʻqqizinchi sinfda oʻqisak xam oqshom ertaklarini koʻrardik.
Endi bizning bolalarimiz-chi?!
Nonpalov,talqonni tanishmaydi . Nonni bir bosib yumshoq boʻlsa eydi. Shukri yoʻq. Uyda ovqat turib fasfud hohlashadi. Har oʻquv yiliga yangi forma kerak.Kompot oxirigacha ichilmaydi. Kola pepsi kerak. Shashlik ,somsa kerak. Kuniga pul kerak.
Baʼzida oʻylab diqqati oshadi odamning.Bir jihatdan hozirgi yoshlargayan osonmas.Sefr olishi kerak ,ielts olishi kerak.Boʻlsa boʻlmasa maktabga boradi ,keyin repetitor,qoʻlida telefon.Chumoliday mayda xatga terlimib dars qilishi kerak.Kamiga yutub , tiktok ,oʻyinlar tinmay bularni chalgʻitib yoʻldan urib turadi.Bir yoqda boʻydoqlikdagi oʻzgarishlar ...Ehh.Osonmas.
Oʻylab oʻyiga etmaydi odam.Har zamonni qilma orzu hammasida toshu tarozu .Bizning zamonda bu qulayliklar boʻlmagan hozirgi yoshlarga maza deymizu bularga ham oʻziga yarasha sinovlar borligini unutib qoʻyamiz.
Qaysi zamonda yashasak ham oʻz chegaramizni bilib erkinlik qulaylik ,yangiliklardan oʻz meʼyorida toʻgʻri foydalanish harakatida boʻlishimiz kerak ekan.
✍
Ummu Muhammad
https://t.me/YaqinOzbek
VATAN TAASSUROTLARI
2000chi yilda Toshkentga oʻqishga ketganman, 2003chi yilda chet elga ketganim boʻyicha jami 25 yildan keyin o‘zim tug‘ilib o‘sgan qishloqqa, o‘sha tumanga qaytsam o‘zimni begona his qilaman, noqulay bo‘laman deb o‘ylardim. Tamoman aksi bo‘ldi, o‘zimni juda qulay his qildim, go‘yoki u yerda yashay olishimga ko‘zim yetdi. O‘zbekistonga borsam faqat Toshkentda yashay olsam kerak deb o‘ylardim qaytanga Toshkent chet eldek tuyuldi, Toshkentda yashash nimayu chet elda yashash nima deb o‘yladim.
Tumanimdagi hatto o‘sha o‘nqir-cho‘nqir yo‘llaru, Odam alayhissalom davridan beri kelayotgan hojat chiqarish uslubi ham meni o‘zidan bezdirishga ulgurmadi. Qandaydir odamlarda mehrni, o‘zinikidek qabul qilishni his qildim. Mana shu sening vataning, ota-bobolaring xoki yotgan yer degan hissiyotlar o‘tdi.
Ammo menda fursat oz qolmoqda, amma-xola, amaki-tog‘alarim va opa-singillarim hayotligida u zaminga hissiy rishta kuchli bo‘ladi, ular o‘tishi bilan ahamiyati pasayib ketsa kerak. Chet elda yashayotgan ko‘pchilikda kuzatganman, qarindoshlari ham chet elga ketgan bo‘lsa yoki boshqa shaharlarga ko‘chib ketgan bo‘lsa o‘sha tug‘ilib o‘sgan joyining qizig‘i qolmaydi. Borganim bilan hechkim qolmagan deydi.
Insonda turli ehtiyojlar va hissiyotlar bo‘lib ba’zan ular bir-biriga zid kelishi yoki hayotning turli bosqichlarida turli ahamiyat kasb etishini ham tushundim. Masalan, navqironlik davrida insonda erkinlikka intilish kuchli bo‘ladi, mehrga muhtojlik zaifroq bo‘ladi. Ammo yoshi o‘tgan sari mehr evaziga erkinlikdan biroz voz kechishga tayyor bo‘ladi. Menda ham shunday bo‘lyapti deb o‘ylayman. Erkinlik bilan mehr qarama-qarshi kelganda qalbim mehrni tanlayotgandek bo‘lmoqda.
Hamma narsaga erishish mumkin ammo hamma narsaga birdaniga erisholmaysiz. Dam unisini, dam bunisini qo‘yib turishga majbur bo‘lasiz, qo‘yningizga yoki qo‘njingizga hammasi birdaniga sig‘maydi. Men mehrga intilsam bolalarim erkinlikka intilib to‘qnashuv hosil bo‘ladi va o‘rtachada nimadandir o‘tib berishga to‘g‘ri keladi. Gap shunda. Doim siz istagan narsa boʻlavermaydi, hayot fidokorlik, qurbonlik va oʻtib berishlardan iborat.
✍
Fayziddin Mumin
https://t.me/YaqinOzbek
23 yillik muhojirlikdan soʻng O‘zbekistonga kirib kelish surreal voqe’adek tuyulmoqda. Mehr-e’tiborning suyultirilmagan quyuq konsentratidan mast bo‘lyapman.
O‘sh chegara postidan o‘tayotgandayoq O‘zbekiston ruhini seza boshladim. Yumshoq iliq muomala diqqatimni tortdi. Chegara xodimlari ham xushmuomala edi, aka O‘zbekistondan chiqib ketgandan beri birinchi kelishingizmi deb so‘radi xolos, zobit bilan muloqotim ikki minutga ham bormadi shekili, pechat bosib o‘tkazib yubordi. O‘zbekiston tomonga o‘tishim bilan dimoqqa somsa va kabob hidi urildi, xaqiqiy o‘zbekona manzara edi.
Yo‘llarning tozaligidan hayron qoldim. Men sog‘ingan O‘zbekiston va xayolimda yurgan o‘sha manzaralar haliyam yo‘qolmabdi. To‘g‘ri, yangi binolar ham ko‘p ammo eski uylar hamon saqlanib qolgan. Qo‘qon shahri markazidagi pastqam oddiy uylar hamon turganiga hayron qoldim, allaqachon buzilib ketgan deb o‘ylardim. Farg‘ona viloyatining Furqat tumanidan o‘tadigan katta yo‘l bo‘ylarida ham har 10tadan 8ta uy o‘sha 20 yil qanday bo‘lsa shundayicha turibdi, Beshariq tumani markazida o‘zgarishlar katta ammo eski uylarni ko‘rib o‘sha 20 yil oldingi manzarani esladim .
Hatto tumanlarda ham hayot juda qulaylashib ketganidan larzaga tushdim, pul bo‘lsa har qanday xizmat bor, juda oson. Taksi xizmatlari chet eldagidan yaxshiroq, chaqirsangiz 5 minutga qolmay yetib kelyapti. Bir paytlar ingichka uziladigan, yo‘g‘on cho‘ziladigan fasl hisoblangan bahorda, mart aprel oyida bunchalik dasturxonlar to‘laligidan hayron qoldim. Ilik uzildi paytda shunchalik bo‘lsa, pishiqchilik davrida qanday bo‘lishini tasavvur qildim.
Umrimda bunchalik mehr -e’tibor ko‘rmaganman, hamma ayol qarindoshlar yig‘lab ko‘rishmoqda, ba’zi erkak qarindoshlar ham yig‘lab ko‘rishyapti, 70dan oshgan amakim bag‘riga bosib ko‘rmay o‘lib ketsam kerak o‘ylagandim deb o‘kirib yig‘ladi.
Ketganimdan keyin tug‘ilgan jiyanlarim katta yigit qizlar bo‘lib ketibdi.
Kechgacha qarindoshlar kelib ketib turdi. Miriqib gaplashdik, o‘tmishdagi voqealarni va o‘tganlarni esladik.
Go‘yo men 23 yil emas 2-3 yil kelmagandek his qildim. To‘g‘ri, hamma qarib ketgan, go‘daklar ulg‘aygan ammo mehru-shafqat kuchaygan,aslo kamaymagan edi. Yillar o‘tsada rishta mustahkam saqlanganiga hayron qoldim, holbuki men ular bilan doimiy aloqada bo‘lmaganman.
Men o‘zimga past baho bersamda, qarindoshlar va tanishlar nazarida qadrim juda baland ekanini his qildim, ularning ehtiromidan o‘ng‘aysizlandim. Opa-singillarim, amma-xola va amaki- tog‘amlarning mehridan, e’tiboridan yayradim. Meni ular qanchalik kattiq yaxshi ko‘rishini his qildim.
Jiyanlarimning o‘zbekona sharqona odobiga qoyil qolyapman, ulardagi hushyorlik, aytmasangiz ham o‘zlari bilib ishini qilishi, amringizga muntazir bo‘lib turishi, chaqqon xizmat qilishiga lol qolyapman. Ular bizga havas qiladi ammo men vatandagilarga havas qilyapman. Ular chet elda yashamaslikdan hech narsa yo‘qotgani yo‘q, hech narsadan quruq qolmadi aksincha biz ko‘p narsa yo‘qotdikmikan deb qo‘rqaman.
Hissiyotlar, tajribalar juda ko‘p, nasib qilsa yozaveramiz.
O‘tirishlar, ko‘rishishlar, uchrashuvlar nihoyatda zich, ulgurib bo‘lmayapti, boshqa shaharlarni ziyorat qilishni qo‘yib turay, o‘z tumanimdan ortmayapman.
O‘zbekistonda yashayotganlar uchun oddiy hol bo‘lib qolgan, ammo men boshqalarning o‘zaro muomalasini kuzatib naqadar iliq ekanini ko‘ryapman. Chet eldan kelgan odamga madaniy farqlar yaqqol ko‘rinarkan. Xalqimizda diniy milliy qadriyatlar, urf-odatlar haliyam saqlanib qolibdi balki yanada kuchaygan. Taassurotlarim shu darajada iyjobiyki aytsam Oʻzbekistonda yashovchilar uchun gʻalati tuyulmoqda, holbuki oʻz koʻzim bilan koʻrganimni va his qilganimni bayon qilyapman, toʻqima emas.
✍
Fayziddin Mumin
https://t.me/YaqinOzbek
AJOYIB DIALOG
Bekaliyevna:
—Ilm eskirib ketarkan
😳
besh baho olib o‘qishgan ekanu egallagan bilimlariga afsuslanisharkan
😳
Maktabdagi bilimni qayerda qo‘llay olyapsiz
😡
😡
Bu gaplar naqadar ahmoqona.
Homeschooling Uzbda yo‘q emish. Shuyam gapmi!?
Tavbaa
🤔
🤦♀
😡
Sevara Anvarova:
— O'zgarib ketadi degani - fanda ilgari surilgan nazariya va g'oyalar eskirib, yangi kashfiyotlar bo'ladi degani. Masalan: oddiygina allergik jarayon yuzaga kelishining 4 xil mexanizmi mavjud deb o'qiganmiz. Hali oliygohni bitirganimga 10 yil ham bo'lmadi, lekin o'sha teoriyalar allaqachon eskirdi. Yoki boshqa murakkab jarayonlarning ( genetika, mutatsiya, hujayrada kimyoviy jarayonlar) ilm-fan yutuqlari tufayli umuman yangi xususiyatlari, avvallari fanga noma'lum bo'lgan jihatlari kashf qilindi ( Nobel mukofoti sohiblarining, chet eldagi ilg'or tekshiruv institut va laboratoriyalar olimlarining faoliyatini kuzating-a). Bugun umuman yangi, avvallari e'tirof qilinmagan mexanizm haqida talabalar mendan ko'p bilishadi. Agar men ham o'z ustimda ishlamasam, doimiy yangiliklardan boxabar bo'lib turmasam - johilga aylanaman. Hech kim ilm eskiradi deb aytmaydi, izohda aynan ilmning cheksiz va hadsiz ekanligini aytmoqchi bo'lganman. Bir ustoz o'quvchiga hech qachon ILM ni tugal berolmaydi, biroq qiziquvchanlik va ilmga harislik bilan kishi butun umri davomida mustaqil o'rganishi mumkin deyilgan.
Biror fikr aqlga sig'mayapti degani - bu fikr noto'g'ri degani emas. Balki u hozircha aqlga sig'mayotgandir, kun kelib aql bu fikrni hazm qilishga tayyor bo'lar...
Bekaliyevna :
— Albatta sizi fikrlariz to‘g‘ri
Man maktab haqida bildirilgan fikrlardan xafa bo‘ldim.
Maktab talimi bekorga majburiy talim emas.
Amir Temurdan buyon Beruniy Navoiy ibn sinoyu mendlevdan buyon o‘zgamay kelayotgan ilmlar bor.
Ilm ochib kashf qilib boriladi eskirmaydi deb yozdim etibor qilsez.
Sevara Anvarova:
— Men ham xuddi sizdek o'ylardim, hatto 1 yil avval ham. Umumta'lim maktablari ochilganiga qancha vaqt bo'ldi degan savolga javob izlab ko'ring. Majburiy ta'lim deb qanchalar adashyapmiz... Eng qimmatbaho resurs bu - vaqt. Biz aynan shu resursni isrof qilyapmiz.
Qolgan salbiy taraflari haqida gapirib ham o'tirmay...
Umuman, butun dunyoda eng yaxshi ta'lim maskani bu Uy, eng yaxshi ustoz esa - Ona ekanligi allaqachon tan olingan. Biz faqat shu haqiqatni eslatishni, mas'uliyatdan qochmaslikni ta'kidlamoqchimiz xolos.
Bu postlarning bari Onajonlarga maktabni yomonlash uchun, qoralash uchun aytilmayapti. Man ham maktabda ham, oliygoh va magistraturada ham eng a'lochi bo'lganman. O'sha olgan bilimlarim bilan bugun bolalarimga dars qildiryapman. Man 30 yoshimda o'rganganlarimni bugun 5 yoshli farzandim bilyapti ( bir xursand bo'lsam, bir yeg'lagim keladi). Mani ham shunaqa qilib tarbiyalagan, har tomonlama o'zlarida borini bergan - Onamlar bo'ladilar.
Hamma ustozlarimizdan Alloh rozi bo'lsin.
https://t.me/YaqinOzbek
Nima uchun
#homeschooling
qilmoqchisiz? savoliga kelgan javoblardan. Hammamiz o'qib ibrat olsak arziydi
👇
👇
👇
Homeschooling qilishni istayman.
Nima uchun?
- chunki hech kim bolamni manchalik yaxshi tushunmaydi va unga moslashmaydi.
Nima uchun ta'lim jarayonida bolani tushunish va unga moslashish muhim?
- chunki, hamma bola har xil, qobiliyatlari va kamchiliklari ham o'ziga xos. Agar hamma bolaga o'z kaliti bilan yondoshilsa ta'limdan ko'zlangan samara yaqqolroq bo'ladi.
Nima uchun yaqqolroq samara olishni istayman va u qanday samara o'zi?
- man uchun yuqori samara bu- faqatgina mavzuga doir faktlarni yodlab olish emas, balki mohiyatini anglagan holda , amaliyotda qo'llay olish ko'nikmasiga ega bo'lish.
Mohiyatini anglash va amaliyotda qo'llay olish ko'nikmasi bolamga nima uchun kerak? Mangachi?
- kuchli shaxs bo'lishi uchun. Chin mo'min bo'lishi uchun, musulmonlar jamiyatini rivojlantirishi uchun, dunyoga nima uchun kelganini anglashi uchun. (Kuchli mo'min kuchsiz mo'mindan afzaldir)
Manga bo'lsa bu dunyoda ortimdan duo qilib qoluvchi va Qiyomatda karomat tojini kiydiruvchi solih farzand bo'lishi uchun.
Yana nima uchun homeschooling qilishni istayman?
- chunki, ona sifatida bolamga tarbiya berish ya'ni uni go'zal odob bilan xulqlantirish bevosita mening burchim. ( Har bir kishi qo'l ostidagilarga mas'uldir. Ayollar erlarining uyi va farzandlariga mas'uldirlar.)
Yana qaysi sababga ko'ra homeschooling ni tanladim?
- Sizlardan eng yaxshilaringiz Qur'onni o'rgatuvchi va o'rganuvchilaringiz. Homeschooling bu faqat ingliz tili, arab tili yoki Matematika emas. Bu butun olam haqida farzandim bilan suxbatlashish va anglash. Hayotimizdagi ajoyibotlaru, muammolar haqida so'zlovchi ilohiy kalom bor. Homeschooling orqali man o'zim va farzandimga hayotimizni Qur'onga , Qur'onni esa hayotimizga solishlikni o'rganmoqchiman.
Kuchli mo'min bo'lish, sadaqai joriya, qiyomatda toj kiyish, islomiy xulq atvor, Qur'on bilan hamnafas yashash - mana shular
#qadriyatlarimiz
.
Sevara Anvarova
Men o'n yillar ilgari O'zbekistonga qaytib maktab yoki bog'cha ochishni orzu qilar edim. Mobodo qachondir bu orzuim ushalsa, mana shunday go'zal fikrli onalarni hech qanday diplomsiz va mehnat daftarchasisiz maktabimga ishga olgan bo'lar edim. InshaAllah nasib
😊
Iroda Ahmed
@YaqinOzbek
Sevara Anvarova bilan dildan suhbat.
MashaAllah, judayam manfaatli suhbat bo'ldi. Barcha savollarga javob berildi. Jazakallah khayr mehmonimizga va suhbat davomida biz bilan birga bo'lgan tinglovchilarimizga.
🤲
https://t.me/YaqinOzbek
Mashalloh, Sevara bilan nihoyatda qiziqarli suhbat bo‘ldi, o‘zim uchun ko‘p narsa o‘rgandim, ibrat oldim, unga havas qildim. U qatori boshqa onalarga ham Alloh oson qilsin, barchamizga manfaatli ilm bersin.
Fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring. Kimda qanday savollar bo'lsa yozib qoldirsin.
Iroda Ahmed
@YaqinOzbek
Assalomu aleykum va rohmatullohi va barokatuh.
Omonmisizlar azizlar? Xabaringiz bor "Dildan suhbat" podkastmiz ma'lum sabablarga ko'ra vaqtincha to'xtab qolgan. InshaaAlloh yana yangiliklar bilan boshlash niyatimiz bor.
Ungacha sizlarga eng boshidagi suhbatlardan berib boramiz. Har bir suhbatlar alohida olam bo'lgan desak ham bo'ladi.
Shu oldingi suhbatlar ham qayta eshitishga arziydigan bo'lgan.
Sizdagi biror musibat yoki tushkunlik, yoinki nimadir yetishmayotgandek holatda bo'lgan paytingizga shu suhbatlar muammolaringizga mos kelib, sizda qayta umid, shijoat, shukr, taslimiyat kabi fazilatlarni Alloh nasib qilsa ne ajab.
Alloh Taolo barcha o'tgan suhbatlarimizdagi xato kamchiliklarni kechirsin hamda barcha eshitayotganlar uchun manfaatli qilsin. Amin
🤲