Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Yosh chol

Yosh_chol
Shaxsiy fikr, shaxsiy minbar. @Yosh_chol_bot
Subscribers
1 150
24 hours
30 days
-20
Post views
595
ER
52,78%
Posts (30d)
5
Characters in post
350
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Entertainment & Media
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Media & Communication
Summary
April 15, 07:32
Media unavailable
2
Show in Telegram

Xitoyning yuksalishi nimadan boshlangan edi?
Kambagʻallikni yengishdan to dunyoning birinchi raqamli iqtisodiyotiga aylanish daʼvosiga qadar atigi 40 yil. Xitoy buni qanday uddaladi?
Manba:
Kunuz
@yosh_chol

April 14, 10:19

Ayollar xitoy yozuvida yozilgan kvant mexanikasi kitobiga o'xshaydi. Men xitoy tilini ham, kvant mexanikasini ham tushunmayman.
@yosh_chol

April 06, 09:14

Tomchilar tomchilar shaharga.
@yosh_chol

April 04, 18:51

Balki dunyo go'zallarga to'ladir, balki ularning soni sanoqli. Balki sen ham aslida go'zal emasdirsan, bexabarman. Ko'zim sendan boshqani ko'rmasa qayerdan ham xabarim bo'lsin.
@yosh_chol

March 29, 17:56
Media unavailable
3
Show in Telegram

Jurnalist, yozuvchi, shoir, tarjimon, sobiq deputat, parlament a'zosi va siyosatchi
Karim Bahriyev
64 yoshida bu yorug' olamni tark etibdi. G'oyibdan ustozim edi rahmatli. Karim Bahriyev endi yo'q, jismonan o'ldi. Lekin u kabi erksevar yigitlar oramizda ko'p, xavotir olmang.
Innaa lillahi va innaa ilayhi roji'un.
@yosh_chol

March 21, 18:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

Muhtasham bayroq. Ikkala bayroqdan ham foydalanaversak bo'ladi o'zi. Vatandoshlik hissi ancha oshadi.
@yosh_chol

March 20, 03:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin!
@yosh_chol

March 16, 20:15

Keling, Muhammad (s.a.v) Cola dan oling...
Hadis nima?
Hadis bu Payg'ambarimizning aytganlari, fe'l-atvorlari, axloqlari va turli yillarda shariatga oid aytgan so'zlari bular hadis deb nomlanadi. Ularga amal qilish esa Sunnatdir. Hozirgi kunda hadislarga amal qilishni va o'zi amal qilayotgani aytishadi, o'rgatishadi. Buning uchun siz hadislar yodlashingiz, ularni yodda tutib amal qilishingiz kerak. Biroz qiyindir sizga, lekin aslida juda oson.
Bir ishni qilishga qaror qildingiz, yoki qilayotganingizda yoningizda Allohning Rasuli borligini hayol qiling. Allohning so'nggi payg'ambari siz bilan.
"
Muhammad (s.a.v) bugun mening mehmonim bo'ladi, ertaga uyimga keladi
". Deb tasavvur qiling. (Man hayotiy emas hayoliy tushuntiryabman. Misol tariqasida, bir fikr berish uchun gapiryabman).
Deylik, Muhammad (s.a.v) ertaga kechga uyingizga keladigan bo'lsa bu oqshom bilan ertangi oqshom bir xil bo'ladimi? Bo'lmaydi. Misol uchun muzlatkichdan muzdek Colani olib:
- Ey Rasululloh, muzdek Coca Cola dan oling.
.. - deysizmi?
Demaysiz. Qilmaysiz bunday. Nega? Uyalasiz, desalarki
"- Bu kimning nimasi, ichsa bo'ladimi, nimalar bor ichida, Halolmi harommi?
" Javob berolmaysiz...
Yokida uydagi ayolingiz yoki bolalaringiz odobi, axloqi, turishi-o'tirishi, gapirishi kechagi oqshom bilan bir xil bo'ladimi? Bo'lmaydi!
Bir qo'shning ruxsatsiz kelib, so'roqsiz uyga kirib, o'tirib, gapirib, kerakli keraksiz va hattoki oila o'rtasida gaplashilmaydigan mavzulardan gaplashasizmi?
Nima bo'ldi? Nega o'zgardik? Nega o'zgaryabsiz? Nega o'zgarishga majbur bo'lyabsiz?
Chunki u vaqtda iymon bilan vijdoningiz bir-biriga to'qnash kelishni boshlaydi. Aytilganlar bilan qilinayotganlar orasida ba'zi bir "muammolar" bor. Shu sabab o'zimizga qarab boshlaymiz
.
O'zgarish uchun Rasululloh uyimizga kelishi shart emas. Shunchaki har kuni bir ishni qilishdan oldin, yoki qilayotgan vaqtda Muhammad (s.a.v) yoningizdadek hayol qilish va shunday vaziyatda siz qanday harakat qilardingiz shuni tushungan holatda harakat qilishingiz kerak.
Shunda siz hech qachon o'zgarishga hojat sezmaysiz...
@niyatgabogliq

March 08, 09:46
Media unavailable
2
Show in Telegram

Menda sig'ar ikki jahon, men bu jahonga sig'masman...
Manba
@yosh_chol

March 05, 01:01

4-5 yoshligimda bobom va buvim saharlik uchun uyg'onganlarida men ham ularga qo'shilib saharlik qilib olar edim. Ertalab nonushtani ham paqqos tushirar edim, o'sha vaqtlari 4 mahal ovqatlanganman menimcha. Ramazon bilan shunday ajoyib xotiralar bor menda. Hammangizga Ramazon oyi muborak bo'lsin!