
Zangiota tumani hokimligi
#jarayon
Qishning qahraton sovug‘iga qaramay, Toshkent viloyatida aholiga tabiiy gazni barqaror va uzluksiz yetkazib berish maqsadida bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan,
“Hududgaz Toshkent” GTF
mutaxassislari tomonidan
gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash punktlari
doimiy nazoratda saqlanib, har bir holat sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar esa zudlik bilan bartaraf etilib, tizim barqarorligi mustahkamlanmoqda.
Shu bilan birga, avariyaviy holatlarning oldini olish, gaz ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Eng asosiysi maxsus brigadalar kunu tun navbatchilik asosida faoliyat olib borib, har qanday holatga tezkor javob berishga shay holda ish olib bormoqda.
✅
Telegram
🌐
Website
📹
YouTube
✅
Facebook
🕊
Twitter
#jarayon
Zangiota tumanida mas’ullar tomonidan gaz bosimi doimiy nazoratga olinib, hududlar bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirilmoqda.
Aholiga gaz ta’minotini barqaror va xavfsiz yetkazib berish maqsadida joylarda texnik holat o‘rganilmoqda.
✅
Telegram
|
📹
YouTube
💬
Fecebook
|
🌐
Website
I
📸
Instagram
Kanalga ulanish:
👉
https://t.me/Zangiotatumanihokimligi
Toshkent viloyati Zangiota tumanida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi, FVV Akademiyasi mutaxassislari hamda tuman mahalla faollari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 20-oktyabrdagi PQ-310-son
qarori ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlanib, unda aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olishda mahallalarning o‘rni hamda hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
Poytaxt, viloyat markazlari va yirik tuman-shaharlardagi
jozibador biznes muhiti
barqaror tadbirkorlar sinfining shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Masalan, respublikadagi jami
sanoatning 62 foizi, xizmatlarning 57 foizi tadbirkorlik salohiyati yuqori 50 ta tuman-shaharga to‘g‘ri keladi.
Uch yil oldin ushbu tumanlarda
mahalliy budjetning qo‘shimcha daromadi jami 875 milliard so‘m
bo‘lgan. Endi esa ularga
8,5 barobar ko‘p, ya’ni 7 trillion 400 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘
tushadi.
Shu bois,
50 ta tuman hokimi imkoniyatini ishga solib, infratuzilmani yaxshilash orqali daromadni ko‘paytirish bo‘yicha qattiq ishlashi
shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bu borada
poytaxtdagi 12 ta tumanda
biznes reja ishlab chiqilib, budjetga
yana 5,5 trillion so‘mlik tushum manbasi
aniqlandi. Masalan,
Olmazor tumanida
joriy yil mahalliy budjetga
qo‘shimcha
525 milliard so‘m
kelib tushishi kutilmoqda.
Masalan,
“Kaykovus” kanalining 2 kilometr qismi
Eski shahar hududidagi
8 ta mahalladan o‘tgan
. Endi ushbu
8 ta mahalladagi hokim yordamchilari bitta “loyiha guruhi”ga birlashib, yaxlit konsepsiya asosida kanal bo‘yida savdo, servis va dam olish infratuzilmasini rivojlantirish
bo‘yicha ishlaydi.
Xuddi shu tartibda
turizm, ta’lim, tibbiy xizmatlar, renovatsiya, ko‘l bo‘yi, gavjum ko‘chalar kabi yo‘nalishlarda ham hokim yordamchilaridan iborat “loyiha guruhlari”
tashkil qilinadi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Davlatimiz rahbari yana bir muhim masalaga to‘xtaldi.
Butun respublikada
aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish
bo‘yicha katta tadbir boshlangan.
Hozirgacha
jami 7 million 613 ming xonadondan 4 million 776 mingi ro‘yxatdan o‘tdi.
Lekin bu boradagi ishlar
Toshkent shahri, Farg‘ona, Surxondaryo, Buxoro, Toshkent viloyatida sekin
kechmoqda.
“
Bunday muhim tadbir
37 yil ichida birinchi marta
o‘tkazilyapti.
Ro‘yxatga olish –
har bir mahalla, har bir oilaning real holatini aniqlash, kelgusi rejalarni shunga qarab belgilash, eng asosiysi, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan samarali mexanizmlarni yo‘lga qo‘yishga
xizmat qiladi
”,
– dedi davlatimiz rahbari va
barcha yurtdoshlarimizni ro‘yxatga olishda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Yig‘ilishda tuman hokimlari, mahalla raislari, hokim yordamchilarining hisobot va takliflari tinglandi.
Facebook
|
Instagram
|
X
“
Hokim yordamchilari
tashabbuskorlarni topib, mahallada mikro va kichik loyihalarni amalga oshirishni ancha o‘rgandi, tajriba orttirdi. Endi
ular o‘zi mas’ul bo‘lgan mahalladagi ishini “loyihaviy yondashuv” asosida tashkil qilishga o‘tadi
”
,
– dedi Prezidentimiz.
Hokim yordamchilarini
“loyihaviy yondashuv” asosida ishlashga o‘qitish tizimi
yo‘lga qo‘yilib, buni “og‘ir” mahallalardan boshlash topshirildi. Har bir tuman kesimida
“loyihaviy yondashuv” asosida amalga oshiriladigan loyihalar portfeli
shakllantiriladi.
“Og‘ir” mahallalardagi bo‘sh yerlar va davlat obyektlarining boshlang‘ich narxini 2-3 karra pasaytirib, sotuvga chiqarish
yo‘lga qo‘yiladi.
Ish o‘rni va daromadni ko‘paytirish bo‘yicha
eng yaxshi natija ko‘rsatgan 100 ta “og‘ir” mahallaga 1 milliard so‘mdan mablag‘
beriladi. Ushbu mahallalardagi
hokim yordamchilari Xitoy, Turkiya, Koreya, Malayziya kabi davlatlarga bir oylik malaka oshirish kurslariga
yuboriladi.
“Mahalla yettiligi” samarasini oshirish bo‘yicha poytaxtda yo‘lga qo‘yilgan tajriba
endi barcha tuman va shaharlarda ham tatbiq etilishi belgilandi.
Bundan buyon
hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi mahalla raisi taqdimnomasi asosida tuman hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ishdan olinadi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Joriy yilda
kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga 140 trillion so‘m kredit
ajratilishi belgilangan.
“
Ochiq aytish kerak, hozir banklar taklif qilayotgan
kreditlar barcha tuman va shaharlar uchun bir xil.
Endi o‘zingiz ayting,
Olmazor bilan Bo‘zatovdagi imkoniyat va sharoitni taqqoslab bo‘ladimi?
Lekin oilaviy tadbirkorlik uchun ikkala tumanga bir xil,
17,5 foizli kredit
ajratilyapti.
Endi 37 ta “og‘ir” tumanda ushbu dastur doirasida kreditlar 12 foizdan beriladi
”,
– dedi Prezidentimiz.
Barcha tumanda oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha
imtiyozli kreditning eng ko‘p miqdori 1,5 karra ko‘payib, 50 million so‘mga yetkaziladi.
Bunda import qilingan va sertifikatli
naslli chorva uchun 100 million so‘mgacha kredit
beriladi.
Uy mehmonxona, kichik hajmli muzlatkich, mahsulotni saqlash va qayta ishlash mini texnologiyasi uchun 150 million so‘m garovsiz kredit
ajratiladi.
Chegara va anklav hududda joylashgan 562 ta mahalladagi
tadbirkorlik loyihalarining kredit miqdori
1 milliard so‘mgacha oshiriladi.
Buning uchun joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlariga
reja qilingan 3,6 trillion so‘mga qo‘shimcha yana 2 trillion so‘m resurs
yo‘naltirilishi belgilandi.
Mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish uchun bu yil banklar
17 trillion so‘mlik kredit
ajratadi. Bu jarayonda
mahsulot yetishtirishga olingan kreditning 4 foizi, uni qayta ishlash loyihasida esa 6 foizi qoplab beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Mahallada ixtisoslashuvni rag‘batlantiradigan qo‘shimcha moliyaviy mexanizmlar
ham yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, t
omorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklariga:
– sertifikati bor
ko‘chatlarni sotib olish xarajatining yarmi budjetdan qoplab beriladi;
– mevaning turiga qarab,
“shpaler”lar uchun 20 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha subsidiya
ajratiladi;
– tomorqasiga
tomchilab sug‘orishni joriy qilganlarga har 1 sotix uchun 160 ming so‘m kompensatsiya
to‘lanadi.
Agar usta dehqonlar mahalladagi
har 10 ta xonadonda eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘ysa, 2 million so‘m,
buni tomorqasi bor xonadonlarning
kamida 30 foizida qilsa, yana 75 million so‘mdan mukofot
oladi.
Joriy yil 2 ming gektar o‘rmon yeri
4 ming kambag‘al oilaga 50 sotixdan tutzor qilish uchun 10 yilga bepul beriladi.
Bunda pilla kooperativini tuzish uchun
ehtiyojmand oilalarga 4 million so‘mdan subsidiya
ajratiladi.
Bundan tashqari, uyida pilla yetishtirish istagidagi
ehtiyojmand oilalarga xonani jihozlash va uskuna olish uchun 20 million so‘mgacha foizsiz ssuda
beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
“Og‘ir” tuman va mahallalarda
aholini ishli qilish hamda daromadini ko‘paytirish masalalari
atroflicha ko‘rib chiqildi.
Avvalo, bunday hududlarni
barqaror elektr bilan ta’minlash masalasini hal qilish zarurligi
qayd etildi.
Buning uchun 903 ta mahallaning har birida
300 kilovattli kichik quyosh stansiyalari qurilib, mahallaga beg‘araz aktiv sifatida beriladi.
Stansiyalardan olingan “yashil” energiya hisobidan
har bir mahallada 400-500 million so‘m qo‘shimcha daromad keltiradigan iqtisodiy aktiv
paydo bo‘ladi.
Bu “yashil” daromad
“yashil” chora-tadbirlarni amalga oshirishga
sarflanadi. Ya’ni ushbu mablag‘lar
ehtiyojmand xonadonni “yashil” ta’mirdan chiqarib, energiya xarajatini kamaytirish va turmush sifatini yaxshilashga
yo‘naltiriladi.
Quyosh stansiyalarini ekspluatatsiya qilishga mazkur mahallalarda yashovchi
kambag‘al oila a’zolari
ishga olinadi.
1-guruh nogironligi bo‘lib, oilasida mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan 6 ming 700 ta xonadon
energiya tejamkor qilib ta’mirlanadi.
Bu ishlar ixtisoslashuv darajasi yuqori bo‘lgan yana
1 mingta ilg‘or mahallada ham
amalga oshiriladi. Kichik quyosh stansiyalari
tayyor holda 7 yil muddatga mahallalarga foizsiz lizingga
beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish uchun
mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish zarurligini
ta’kidladi.
Chuqur ixtisoslashgan mahallada
turmush farovonligi ancha yuqori, ijtimoiy yordam oluvchilar ham 2 karra kam.
Bugungi kunda
903 ta “og‘ir” mahallada 100 ming gektar tomorqa va ijara yerlari
bor. Agar hokimlar “yettilik” bilan
suv ta’minotini yaxshilab, urug‘-ko‘chat yetkazib, ixtisoslashuvni tizimli yo‘lga qo‘ysa, u yerdagi odamlarni daromadida, turmush sharoitida keskin o‘zgarish qilish mumkinligi
ta’kidlandi.
Masalan,
Nishon
tumanidagi Oqoltin mahallasiga nasosda suv chiqarilgani uchun 25 yil tomorqasiga ekin ekmagan
280 ta xonadon 50-60 million so‘m daromad olishni boshladi
. Buni uddalagan mahalla aholisi bugun
ichki yo‘llar holatini yaxshilashni
so‘rayapti. Davlatimiz rahbari ertagayoq
bunga 1,5 milliard so‘m ajratishni
topshirdi.
“Marhamat, yana qaysi mahalla raisi o‘zi bosh bo‘lib, aholi ko‘nikmasiga qarab, hududni ixtisoslashtirsa, xonadonlarning daromadini 3-4 karra oshirsa,
yo‘l, suv, sug‘orish tarmog‘ini yaxshilash uchun yana 2 milliard so‘mdan
ajratishga tayyorman.
Bu
davlat va mahalla o‘rtasida yangi, o‘ziga xos “ijtimoiy shartnoma” tizimi
bo‘ladi”
,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook
|
Instagram
|
X