Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Zomin tumani hokimligi / Rasmiy kanal

Zomin_tuman_hokimligi
Zomin tuman hokimligi rasmiy sayti: https://gov.uz/oz/zomin “Ishonch telefoni”: +99872-392-11-59; Murojaat uchun: @theopriest
Subscribers
6 460
24 hours
20
30 days
1 290
Post views
753
ER
5,9%
Posts (30d)
478
Characters in post
840
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 28, 01:02
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Zomin_tumani
ZOMIN - TOSHKENT reysi avia chiptalariga ulgurib qoling....
💵
Biletlarni online xarid qilishingiz ham mumkin. Buning uchun:
https://www.silk-avia.com/uz/
havolasi kerak boʻladi
ℹ️
Toʻliqroq maʼlumot uchun
📞
+998995577741
📞
+998932950770
📞
+998933977741
🚨
Reys vaqtlari quyidagicha

Toshkentdan - Zominga
🔼
12:00 -
🔽
12:45

Zomindan-Toshkentga
🔼
13:25 -
🔽
14:10
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
YouTube
🌐
Sayt

April 28, 00:01
Media unavailable
1
Show in Telegram


🟦
🟦
🟦
🟦
Bugun 28-aprel, Seshanba.
🎊
BAYRAMLAR:
🎊
🪩
Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni
💼
Hindistonda advokatlar kuni
🎇
Yaponiyada suverenitetni tiklash kuni
🌎
VOQEALAR:
🌎
🌸
1784-yil – Fransiyada ixtirochilar B.Lonua va J.Benvenyu birinchi vertolyotning modelini namoyish qildilar.
🌸
1908-yil — Butunjahon esperanto assotsiatsiya tashkil etildi.
🌸
1914-yil — AQShda havoli konditsionerga patent berildi.
🌸
1995 yil — Toshkentda ma'rifatparvar adib, shoir va davlat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🌺
TAVALLUDLAR:
🌺
🌹
1545-yil — Li Sun Sin — koreyalik dengiz qo‘mondoni, dunyodagi birinchi jangovar kemalar yaratuvchisi.
🌹
1753-yil — Frans Karl Ashar — qand lavlagidan shakar ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqqan nemis fizigi, kimyogari va biologi.
🌹
1838-yil — Tobias Asser — gollandiyalik huquqshunos, Tinchlik bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
YouTube
🌐
Sayt

April 27, 15:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Lazgi” III xalqaro raqs festivali ishtirokchilariga
tabrik

Поздравление
участникам III Международного фестиваля танца «Лазги»
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

April 27, 14:15
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Doimiy_komissiya
🧡
❤️
❤️
❤️
🩷
❤️
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport" masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi

O‘tkazilish vaqti: 2026-yil 28-aprel, soat 16:00
📌
O‘tkazilish joyi: Zomin tuman moliya bo‘limi binosi (kichik zali)
✍️
Kun tartibi:
Chiqindilar
to‘g‘risidagi №362-II-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi to‘g‘risida
🇺🇿
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi
🇺🇿
😎
Telegram
🌎
Web sayt
😎
YouTube
😎
Facebook
😎
Instagram

April 27, 14:11
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

#Zomin_yoshlari
#DXX_kubogi
#Yoshlar_ishlari_agentligi
“Istiqlol” MFY jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi
Zomin tumani hududida o‘tkazilayotgan DXX kubogi musobaqasining 3-tur guruh bosqichi uchrashuvlari qizg‘in bahslarga boy tarzda davom etmoqda.
Navbatdagi o‘yinda “Istiqlol” MFY hamda “Turkman” MFY jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Uchrashuv boshidan “Istiqlol” MFY jamoasi maydonda to‘liq ustunlikni qo‘lga olib, faol hujumkor o‘yin namoyish etdi.
O‘yin yakuniga ko‘ra, “Istiqlol” MFY jamoasi raqibini 7:0 hisobida mag‘lub etib, yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoaning har tomonlama puxta tayyorgarligi va uyg‘un jamoaviy harakatlari ushbu natijada muhim omil bo‘ldi.
Mazkur g‘alaba “Istiqlol” MFY jamoasining guruh bosqichidagi o‘rnini mustahkamlab, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini yanada oshirdi. Musobaqa uchrashuvlari yuqori sport ruhida davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
YouTube
🌐
Sayt

April 27, 13:56
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

#Zomin_tuman_Kengashi
#Qonun_ijrosi_nazorati
Maktab va maktabgacha ta'lim bo'limida Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda deputat so‘rovlariga berilayotgan javoblar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va belgilangan muddatlarda javob berish tizimi tahlil qilindi. Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik, shaffoflik va qonunchilik talablariga rioya etilish darajasi o‘rganildi.
Deputat so‘rovlariga berilayotgan javoblarning to‘liqligi, asoslanganligi hamda amaliy natijadorligi yuzasidan ham alohida e’tibor qaratildi. Ayrim holatlarda javoblarning yuzaki berilayotgani yoki masalalarning to‘liq hal etilmayotgani tanqidiy ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunida murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, deputat so‘rovlariga sifatli va o‘z vaqtida javob berishni ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Anqilangan kamchiliklar hafta yakuni bilan xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi muhokamasiga kiritilishi ta'kidlandi

O'rganish ishlari davom etmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
YouTube
🌐
Sayt

April 27, 13:51
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#Zomin_yoshlari
#DXX_kubogi
#Yoshlar_ishlari_agentligi
Qo‘rg‘on MFY jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi
Zomin tumani hududida o‘tkazilayotgan DXX kubogi musobaqasining 3-tur guruh bosqich o‘yinlari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda davom etmoqda.
Navbatdagi uchrashuvda Qo‘rg‘on MFY hamda Sh. Rashidov MFY jamoalari o‘zaro maydonga tushdi. O‘yin davomida Qo‘rg‘on MFY jamoasi tashabbusni qo‘lga olib, ustun o‘yin namoyish etdi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Qo‘rg‘on MFY jamoasi 4:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Jamoaning hujumdagi faolligi va himoyadagi ishonchli harakatlari yakuniy natijada muhim rol o‘ynadi.
Mazkur g‘alaba Qo‘rg‘on MFY jamoasining guruh bosqichidagi imkoniyatlarini yanada mustahkamlab, keyingi bosqichga chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Musobaqa doirasidagi uchrashuvlar yuqori sport ruhida davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
YouTube
🌐
Sayt

April 27, 13:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

Jizzaxda Kia K3 avtomobili ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi
Model aprel oyi oxirida bozorga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Ishlab chiqarish ADM Jizzakh zavodida xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev ta’kidlashicha, Jizzax so‘nggi yillarda industrial markazga aylanib, qishloq xo‘jaligidan mashinasozlik va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga izchil o‘tmoqda.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

April 27, 13:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Jizzax” hamda “Qorovultepa” suv omborlari nega mutaxassislar diqqatida?
Jizzax viloyatidagi strategik ahamiyatga ega suv inshootlarining texnik holati va xavfsizligi yana bir bor chuqur va ilmiy asosda tahlil qilindi. Xususan, Sharof Rashidov tumanida joylashgan “Jizzax” hamda G‘allaorol tumanidagi “Qorovultepa” suv omborlari mutaxassislar diqqat markazida bo‘ldi.
Mazkur o‘rganishlar Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI) professori A. Yangiyev rahbarligida amalga oshirildi. Ilmiy yondashuv va amaliy tajriba uyg‘unligi ushbu tadqiqotlarga alohida mazmun va salmoq bag‘ishladi.
Tekshiruv jarayonida suv omborlari to‘g‘onlarida o‘rnatilgan pyezometrlar orqali yer osti suv sathlari joyida aniq o‘lchandi va ularning natijalari maxsus qayd jurnallari bilan sinchkovlik bilan solishtirildi. Olib borilgan tahlillar to‘g‘on tanasidan o‘tayotgan filtratsiya ko‘rsatkichlari amaldagi me’yoriy talablarga to‘liq mos kelishini ko‘rsatdi. Bu esa inshootlar barqarorligi va ishonchliligi ta’minlanayotganining muhim dalilidir.
Shu bilan birga, suv omborlari mas’ul xodimlariga filtratsiya jarayonlarini muntazam monitoring qilish, har bir o‘zgarishga ilmiy asosda yondashish bo‘yicha aniq va hayotiy tavsiyalar berildi. Ayniqsa, suvni to‘ldirish va bo‘shatish sikllariga, shuningdek, ularning tezlik rejimlariga qat’iy rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Mutaxassislar fikricha, bunday izchil va puxta yondashuv suv omborlarining nafaqat bugun, balki kelgusida ham xavfsiz va samarali ishlashini ta’minlaydi. Zero, suv — hayot manbai, uni asrash va oqilona boshqarish esa barqaror taraqqiyotning eng muhim shartlaridan biridir.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

April 27, 12:59
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Jizzax viloyatida joylashgan kadastr idoralarining manzillari
🔵
Arnasoy tumani
🔵
Baxmal tumani
🔵
G‘allaorol tumani
🔵
Sh.Rashidov tumani
🔵
Do‘stlik tumani
🔵
Zomin tumani
🔵
Zarbdor tumani
🔵
Mirzacho‘l tumani
🔵
Zafarobod tumani
🔵
Paxtakor tumani
🔵
Forish tumani
🔵
Yangiobod tumani
🔵
Jizzax shahar
#Jizzax_kadastr_manzillari
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|